MODERN METHODS OF TEACHING THE DEPARTMENT OF PHONETICS

HAC
Google Scholar
To share
Yuldosheva, B. (2023). MODERN METHODS OF TEACHING THE DEPARTMENT OF PHONETICS. Modern Science and Research, 2(12), 1131–1133. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27427
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides general information about the phonetics department. The goals and tasks of teaching the phonetics department are explained. An opinion was expressed that the use of interactive methods in teaching the subject to students helps students to think independently and take a new approach.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1131

FONETIKA BO‘LIMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Yuldosheva Begoyim

NavDPI o‘zbek tili adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429323

Annotatsiya. Mazkur maqolada fonetika boʻlimi haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.

Fonetika boʻlimini oʻqitishning maqsad va vazifalar yoritib berilgan. Mavzuni o‘quvchilarga
o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va yangicha
yondashishga yordam berishi haqida fikr bildirilgan.

Kalit soʻzlar: Fonetika, tovush, boʻgʻin, urgʻu, unli tovushlar, tilning gorizontal holati,

“Venn diagrammasi”, “Klaster”.

MODERN METHODS OF TEACHING THE DEPARTMENT OF PHONETICS

Abstract. This article provides general information about the phonetics department. The

goals and tasks of teaching the phonetics department are explained. An opinion was expressed
that the use of interactive methods in teaching the subject to students helps students to think
independently and take a new approach.

Keywords: Phonetics, sound, syllable, stress, vowel sounds, horizontal position of the

tongue, "Venn diagram", "Cluster".

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ КАФЕДРЫ ФОНЕТИКИ

Аннотация. В данной статье представлены общие сведения о кафедре фонетики.

Объяснены цели и задачи преподавания кафедры фонетики. Высказано мнение, что
использование интерактивных методов в преподавании предмета студентам помогает
студентам мыслить самостоятельно и применять новый подход.

Ключевые слова: Фонетика, звук, слог, ударение, гласные звуки, горизонтальное

положение языка, «диаграмма Венна», «Кластер».

Tilning barcha boʻlimlari bilan uzviy, chambarchas bogʻliq boʻlgan boʻlimlardan biri bu

fonetika. Fonetika boʻlimi asosan 5-sinfdan boshlab oʻtiladi. Mazkur bo‘limda tovushlar tizimi
oʻrganiladi. Nazariy jihatdan fonetika (grekcha phone – “tovush”, tike – “fan” soʻzlaridan) inson
nutqini ifoda qilish uchun zarur boʻlgan tovushlar va ularning vositalari haqidagi tilshunoslik
sohasidir.

1

Fonetika boʻlimida tovushlarning hosil boʻlish oʻrniga koʻra turlari, boʻgʻin, urgʻu

oʻrganiladi.

Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:
1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya’ni artikulyatsiyasi

o‘rganiladi;

2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya’ni akustik tomonini hisobga

olinadi;

3) nutq tovushlari bo‘gʻin, urgʻu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi

tekshiriladi;

4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat

qilishi, ya’ni fonologik tomoni o‘rganiladi.

2

Fonetikadan amaliyotda juda keng qoʻllaniladi. Tilning tovushlar tizimini oʻrganishda, chet

el xalqlarining tilini oʻrganishda, soʻzlarni toʻgʻri yozish masalasini hal etishda, tili chuchuk


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1132

bolalarning nutqini yaxshilashda fonetikadan foydalanamiz.

3

Shu boisdan mazkur bo‘lim nutq

rivojlanishida ham muhim hisoblanadi.

Fonetika maqsadi va vazifasi jihatidan bir nechta turlarga boʻlinadi:

– vazifasiga ko‘ra: umumiy va xususiy fonetika.
Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli bo‘lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni

o‘rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos bo‘lgan tovushlar sistemasini o‘rganadi;

– maqsadiga ko‘ra: nazariy fonetika, amaliy fonetika, eksperimental fonetika. Nazariy

fonetika ma’lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika
esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me’yorlarini o‘rganadi. Ostsillograf, kimograf singari
alohida apparatlar bilan (yordamida) nutq tovushlari bo‘g'in, urgʻu va ohangdagi artikulyatsion-
akustik xususiyatlarini o‘rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasidir.

4

5-sinfda fonetika boʻlimining oʻtilishi bu bolalarning boshlangʻich oʻrta sinfdan boshlab

fonetika boʻlimini yaxshi va mukammal oʻrganib olishlari nazarda tutilgan. Fonetika boʻlimining
yaxshi oʻrganilishi bu keyingi boʻlimlarni oʻrganishga ham oʻz ta'sirini oʻtkazadi. Hozirgi oʻzbek
tilida 6ta unli fonemalar bor. Har bir fonema hosil boʻlish usuliga, oʻrniga koʻra boʻlib oʻrganiladi.
Olti unli fonema : a,o,u,o‘,i,e.

Ular tasnifida uch holat e’tiborga olinadi:
1.Tilning gorizontal holati:
a) til oldi: i, e, a.
b) til orqa: u, o‘, o.
eslatma: til orqa: qiliq.
Til oldi: o‘rdak, uka.
2.Tilning vertikal holati:
a) tor unli: i, u.
b) o‘rta keng unli: e, o‘.
s) keng unli: a, o.
3.Labning ishtiroki:
a) lablashgan: u, o‘,o
b) lablashmagan: i, e, a.
Yuqorida keltirilgan unlilar fonemasi tasnifida koʻrishimiz mumkinki, har bir tovush har

tomonlama tahlil qilib, oʻrganilib keladi.

5

Har bir soʻzni hosil boʻlishida unli tovushlar alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻzda unli harf

boʻlmasa, sizni hosil qilish imkonsiz. Unli tovushlar urgʻu qoʻyishda va boʻgʻin koʻchirishda ham
ishtirok etadi. Fonetika boʻlimidan unli tovushlarning qoʻllanilishini oʻrganishda “Venn
diagrammasi”, “Klaster” interfaol ta’limiy metodlardan foydalanishimiz mumkin.

“Venn diagrammasi”dan asosan barcha mavzularni oʻqitishda foydalanishimiz mumkin.

“Venn diagrammasini” qoʻllashda sinf doskasidan yoki qoʻgʻozdan foydalanamiz. Bunda unli
tovushlarning hosil boʻlish holatiga koʻra birlashtiruvchi va farqli tomonlarini ifodalashimiz
mumkin.

Masalan, “a” va “o” unlisini birlashtiruvchi belgi bu ikkisi ham til tovushlari, tilning

gorizontal holatiga kirsa, farqlovchi tomoni esa “a” til oldi tovushi, “o” til orqa unlisi hisoblanadi.
Shu tariqa unli tovushlarni oʻrganishda “Venn diagrammasi”dan foydalanamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

Fonetika boʻlimini oʻrganishda “Klaster” usuli ham yaxshi natija beradi. “Klaster” usulidan

asosan mavzuni umumlashtirishda, ma’lumotlar jamlashda, mavzuni yanada kengroq tushunishda,
mavzu mohiyatini ochishda foydalanamiz. Bu metod yordamida oʻquvchi bilan yakka tartibda
yoki jamoaviy ishlash mumkin.

Fonetika boʻlimi mavzusidan “Klaster” tuzishda doska yoki qogʻozdan foydalamiz.

Qogʻoz oʻrtasiga kerakli kalit soʻzni "Fonetika" soʻzini kiritamiz. Oʻquvchilar darsda olgan
bilimlari asosida fonetika boʻlimiga nimalar kirishini yozishadi va sterelka bilan “bosh” kalit
soʻzga birlashtirishadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, fonetika boʻlimining o‘rganilishi mavzu bo‘yicha

o‘quvchilarning tushunchalarini aniqlashda, ularning o‘z bilimlarini boyitishga, oshirishga
yordam beradi. Shuningdek, ularga mavzuga oid ma’lumotlar beriladi. Interfaol metodlardan
foydalanish ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga, samaradorligini oshirish va ro‘yobga chiqarishda
katta amaliy yordam beradi.

REFERENCES

1.

Abduzuhur Abduazizov. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent – 2010

2.

Xolbayeva Shahnoza. 5-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN "FONETIKA BOʻLIMINING
OʻRGANILISHI". Maqoladan.

3.

Xolbayeva Shahnoza. 5-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN "FONETIKA BOʻLIMINING
OʻRGANILISHI". Maqoladan.

References

Abduzuhur Abduazizov. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent – 2010

Xolbayeva Shahnoza. 5-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN "FONETIKA BOʻLIMINING OʻRGANILISHI". Maqoladan.

Xolbayeva Shahnoza. 5-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN "FONETIKA BOʻLIMINING OʻRGANILISHI". Maqoladan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов