ORGANIZING STEAM LESSONS FOR PRIMARY CLASS STUDENTS

HAC
Google Scholar
To share
Xudayarova , M., & Sobirova, N. . (2023). ORGANIZING STEAM LESSONS FOR PRIMARY CLASS STUDENTS. Modern Science and Research, 2(12), 1174–1176. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27460
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the organization of lessons in elementary grades based on the STEAM approach and the tasks required to improve their knowledge. Also, the processes of studying and applying the STEAM educational system, historical stages of STEAM and aspects related to practice are reflected.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1174

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA DARSLARNI STEAM USULDA

TASHKIL ETISH

Xudayarova Mavluda Baxramovna

Sobirova Nigora Karimbayevna

Xorazm viloyati Gurlan tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10430968

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarni STEAM yondashuvi

asosida tashkil etish haqida va ularning bilim saviyasini oshirishda talab etiladiga vazifalar
haqida so‘z yuritildi. Hamda STEAM ta’lim tizimini o’rganish va tadbiq etishdagi jarayonlar,
STEAM haqidagi tarixiy bosqichlar va amaliyot bilan bog’liqlik taraflari aks etgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, ta’limdagi samarali o’qitish metodi, STEAM tarixi,

texnologiya.

ORGANIZING STEAM LESSONS FOR PRIMARY CLASS STUDENTS

Abstract.

This article talks about the organization of lessons in elementary grades based

on the STEAM approach and the tasks required to improve their knowledge. Also, the processes
of studying and applying the STEAM educational system, historical stages of STEAM and
aspects related to practice are reflected.

Key words:

elementary school, effective teaching method in education, history of STEAM,

technology.

ОРГАНИЗАЦИЯ STEAM-УРОКОВ ДЛЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье рассказывается об организации уроков в начальных

классах на основе подхода STEAM и задачах, необходимых для совершенствования их
знаний. Также отражены процессы изучения и применения образовательной системы
STEAM, исторические этапы STEAM и аспекты, связанные с практикой.

Ключевые слова:

начальная школа, эффективный метод обучения в образовании,

история STEAM, технология.


STEAM ta’lim oʻsib borayotgan taʼ lim fanlari tarmogʻini, biznes va jamiyatni bogʻlash

uchun foydalaniladigan asosni taʼminlaydi, bunda fuqarolar ishtirok etadigan, global
masʼuliyatli, voqelikka asoslangan dasturlarni yaratish mumkin. Ushbu yondoshuv samarasi
o’laroq olingan bilim o'z tajribalari va ta'lim, ixtiro, tadbirkorlik va hayotga ta'siri haqida yangi
va chuqurroq yo'llar bilan o'ylashga majbur qiladi.

Steam ta’limi o’zi nimani anglatadi? Ushbu savolga javob quyidagicha ta’limni

integratsiyalashgan holda olib borish yani barcha sohalarni ta’lim, fan va texnologiyani va ishlab
chiqaish, bizness sohalari aloqasini etirof etgan holda, muhokama va tanqidiy fikrlash
qobilyatlarini o’rganadigan tizimdir. Jahondagi ta’lim bo’yicha ekspertlarning ta’kidlashicha,
STEAM ta’limi o’quvchilarda quyidagi qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

O'ylab tavakkal qiling

Ma'noli o'quv faoliyati bilan shug'ullaning

Bardoshli muammolarni hal qiluvchilarga aylaning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1175

Hamkorlikni quchoqlang va qadrlang

Ijodiy jarayon orqali ishlang

Boshlang‘ich ta’limda STEАM – ta’limning vazifasi o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga

bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. Bajaradigan ishini sevib bajarish, qiziqishlarini
rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

S - science (tabiiy fanlar)

T - technology (texnologiya)

Е - engineering (muhandislik ishi)

А- art (san’at)

M - mathematics (matematika)

Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani

bajarish, asosan pedagoglarga bog`liq bo`ladi. Shu maqsadda yoshlarni bilim olishga katta e`tibor
qaratish lozim. Yurtboshimiz ta`kidlaganidek yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga
yo`naltirishimiz kerak.

Bu borada STEAM texnologiyasi bizga qo`l keladi. STEAM-tabiiy fanlar, texnologiya,

muhandislik, san`at va matematika fanlarini uyg`unlikda o`qitish uslubidir. STEAM
texnologiyasida nazariy va amaliy bilimlar uyg`unligiga e`tibor qaratiladi. STEAM ta`lim
muhitida bolalar bilimga ega bo`ladilar va darhol undan foydalanishni o`rganadilar.

Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan 1-2 sinflarning ona tili va o`qish savodxonligi,tabiiy,

matematika darsliklarida berilgan mavzularga STEAM texnologiyasi asosida yondashib, darslar
tashkil etsa bo`ladi. Xususan tabiiy fanlarda har bir mavzu nazariy ham amaliy tarzda berilgan.
Jumladan 2-sinf tabiiy fanida Yer- sayyora mavzusi berilgan.

Bu mavzuni o`rganishda o`quvchilar nazariy bilim bilan birga amaliy mashg`ulot ham

o`tkazishadi. O`quvchilar yer shari,quyosh modelini yasashadi.Bu bilan ular yer shari quyosh
atrofida aylanishini amaliy bilib oladilar shu bilan birga yer sharining global muammolarini
bartaraf etish choralarini o`ylab topishadi. Bir shu mavzu asosida o`quvchilarni bilishga,
fikrlashga, mustaqil ishlashga, ijodkorlikka undash mumkin.

Nafaqat darslarda balki sinfdan tashqari mashg`ulotlarda ham STEAM texnologiyasidan

oqilona foydalanish kerak. Mashg`ulotlarni tashkil etishda kasb, hunar egalari taklif etilsa, ular o`z
kasblari haqida nazariy bilim bilan birga amaliy ko`rsatib bersa, bu bolalarda yaxshi taassurot
qoldiradi. Kelajakda kasb tanlashda, o`z yo`nalishini topib oladilar.

Xulosa qilib aytganda, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o`tkazishga, modellar

tuzishga, mustaqil fikrlashga, g`oyalarni ilgari surishga undaydi.

STEАM – ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida

tabiiy fanlarni texnologiyaga, muhandislik ijodiyotiga va matematikaga integratsiya qilish yotadi.

STEАM – ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida bolalarga ilmiy-texnik bilimlaridan

real hayotda foydalanish namoyon qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy industriya
modellarini ishlab chiqadi, quradi va modelni rivojlantiradi.

Masalan: bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan

o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan natijaga erishilmasa uning sabablari haqida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1176

o‘ylaydilar va topadilar. Balkim, g‘ildiraklarining kattaligi yoki aerodinamikasi to‘g‘ri
kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng ular kamchiliklarini bartaraf etib boradilar.

O‘z kuchiga ishonish hissining ortishi

Bolalar ko‘prik qurish, mashina va samolyot modelini ishga tushirishda har safar maqsadga

yaqinlasha boradilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtiradilar. Oxirida barcha
muammolarni o‘z kuchlari bilan yengib maqsadiga erishadilar. Bu bolalar uchun ruhlanish,
g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.

Faol kommunikatsiya va komandada ishlash

STEАM – dasturi faol kommunikatsiya va komandada ishlash bilan farqlanadi. Muloqot

davrida o‘z fikrini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga
keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot qilishga o‘rganadilar. Bolalar doimo o‘qituvchi va
sinfdoshlari bilan qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar.

STEAM kundalik hayotning ilmiy tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan

ta’limning integrativ yondashuvini taqazo etadi.

Bunday yondashuvdan maqsad ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va

iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy
savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan.


REFERENCES

1.

G’aniyeva, H. (2021). COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING APPROACH IN

EFL CONTEXT.

Мактабгача таълим журнали

,

4

(Preschool education journal).

Retrieved

2.

Aliev A. (2021). About the features ofthe perspective ofsimple geometric shapes and

problems in its training. ЗбірникнауковихпрацьSCIENTIA.

3.

JabbarovR.,

&

RasulovM.

(2021).

FURTHER

FORMATION

OFSTUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN
PAINTING.

References

G’aniyeva, H. (2021). COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING APPROACH IN EFL CONTEXT. Мактабгача таълим журнали, 4(Preschool education journal). Retrieved

Aliev A. (2021). About the features ofthe perspective ofsimple geometric shapes and problems in its training. ЗбірникнауковихпрацьSCIENTIA.

JabbarovR., & RasulovM. (2021). FURTHER FORMATION OFSTUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов