Inklyuziv ta’lim va inklyuziv ta’limga ehtiyoj sabablari

HAC
Google Scholar
To share
Sobirova, N. (2024). Inklyuziv ta’lim va inklyuziv ta’limga ehtiyoj sabablari. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28137
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim ta’riflari, inklyuziv ta’limda maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonlari, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari hamda inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj sabablari masalalalari bayon qilinadi.


background image

Inklyuziv ta’lim va inklyuziv ta’limga ehtiyoj sabablari

Sobirova Nigora Tursunbayeva

Ipak yo’li innovatsiyalar universiteti katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466979


Annotatsiya:

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim ta’riflari, inklyuziv ta’limda maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan

ishlash jarayonlari, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari hamda inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj sabablari masalalalari bayon qilinadi.

Kalit so’zlar:

Inklyuziv ta’lim, maxsus yordamga muhtoj bolalar, shaxsiy huquqlar, segregasion-maxsus, yopiq turdagi

muassasalar, Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj.

So’nggi yillarda “Inklyuziv ta’lim” degan

jumlaga tez-tez duch kelyapmiz. Xo’sh, ta’limning bu
turi qanday ta’lim hisoblanadi? Inklyuziv ta’limga
bo’lgan ehtiyoj sabablari qanday namoyon bo’ldi?

Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan

bo’lib,

inclusive,

inclusion–uyg’unlashmoq,

uyg’unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish
ma’nolarini bildiradi). Nogiron va sog’lom bolalar
o’rtasidagi to’siqlarni (diskriminasiyani) bartaraf
etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim
sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar
rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy
qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim
jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli
bolalarni ta’lim olishini qo’llaydi va yutuqqa
erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot
qurishiga imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim - bu davlat
siyosati bo’lib nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli
maxsus yordamga muxtoj, tarbiyasi og’ir, yetim
bolalar, og’ir kasalliklar bilan kasallangan bolalar va
yoshlar uchun moslashuvchan va individuallashgan
yordam tizimidir va barcha bolalarni teng ko’rishni
ko’zda tutadigan ta’lim. Ya’ni millati, irqi, tanasining
rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda
tutgan o’rni, manbai, moddiy va ma’naviy ahvoli,
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi
bo’lishidan qat’iy nazar barcha bolalarni teng ko’rish,
ulardagi

har

qanday

imkoniyatni

qadrlash,

rivojlantirishni ko’zda tutadigan ta’limdir.

Inklyuziv ta’lim - umumta’lim jarayonini

rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo’lgan ta’limni
joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim
olishiga oid qo’shimcha moslamalarni tashkil qilib
bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi.
Inklyuziv ta’lim

-

har xil ehtiyojli bolalarning ta’lim

olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga
harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga

yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga
oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tadbiq etishda dars
berish, o’qitish bir muncha samarali va unumli bo’lsa
unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki
barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim maktablari
bolalarning bilim olish uchun shaxsiy huquqlarini
himoyalaydi. Bunday yondashuv diskriminasiyani
bartaraf etadi, kamaytiradi chunki bolalar bir-birlari
bilan muloqot qilish jarayonida o’zlarining o’qitilish
jarayonida

turli

ehtiyojlarga

ega

individum

ekanliklarini anglaydilar.

O’zbekistonda ham inklyuziv ta’lim uchun

alohida farmonlar, qarorlar va qoidalar ishlab
chiqilgan. Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar
tasniflangan, guruhlarga ajratilgan. Ularning ta’limi va
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalar

ta’lim-tarbiyasi ularni o’qish va yozishga o’rgatish
muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga
ko’mak berish, bu ishlarni samarali amalga
oshirish, maxsus soha xodimlari hamda nogiron
bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi
mas’uliyatli ishlar jumlasiga kiradi.

Maxsus yordamga muhtoj bolalarning

asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turan
muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan
hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga
javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, cheklab
qo’yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas
ekan ijtimoiy integrasiyaga erishish qiyin.

Maxsus ehtiyojli bolalarnining ta’lim-

tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli
xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib
ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning
tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish,
ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini
oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim.


background image

Alohida yordamga muxtoj bolalarni umumta’lim
muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor:

Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan

bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro
faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim
maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus
ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar,
sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning
tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga nisbatan
yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda
bo’lishni his etadilar.

Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom

tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish
huquqiga ega ekanligi.

Bu ishlarning muvaffaqiyati har bir

davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki,
qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar
bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi.
Imkoniyati cheklangan bolalar-o’quvchilarga ta’lim
berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar,
mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlari
talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom

tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyati darajasida
faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi
va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga
muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar,
ijtimoiy hayotda teng huquqliligini, o’z tengdoshlari
bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.

Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil

etilgan

segregasion-maxsus,

yopiq

turdagi

muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-
muncha yuqori darajada korreksiyalansada, ammo
bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib
qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi,
kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar qatori
faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch
keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan
katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus
ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik
davrasidan

ajratgan

holda

yashashlari

ham

demokratiya nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. Chunki
maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-
huquqlarga ega.

Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning

diqqat markazida bo’lib qoldi. Janubiy Afrika va
Janubiy Sharqiy Osiyodagi integrasiyalashgan ta’lim
dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o’rganilib
chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim
vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi alohida
bo’limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash
uslublari qabul qilindi.

Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning

jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi
nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:
- inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo
o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida
bo’lishga imkon beradi;
- inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini
yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat
qilishi mumkin;
- bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan
internatlarga joylashtirish ularning

uyi,

oilasi

hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik
qiladi;
- uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan
bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. Chunki oila
tarbiyaning bosh markazidir.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim

muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada
bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni
qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab
chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga
tegadi.

Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish

fikr

va

munosabat

mavjud.

Ular

haqida

ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan
maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya
berilishi bunga sabab bo’lishi mumkin. Bunday
munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha
mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki,
kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik
jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus
ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan
birgalikda ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni
nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarini
anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, inklyuziv

ta’lim maxsus yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni
ta’lim va tarbiya tizimini mujassamlashtiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni o’z tengqurlari
davrasida o’zini bemalol tutishiga, sog’lom bolalar
qatori teng huquqli ekaniga, inson sifatida yashash,
zavqlanish, ta’lim olish, ishlash, hayotda, jamiyatda
o’z o’rnini topishiga yordam beradi. Maxsus
yordamga muhtoj bolalarning ehtiyojlari O’zbekiston
Respublikasi tomonidan kafolatlanadi va doimiy
nazoratda turadi.

Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati:

1. Mirxalilova N. O’qish savodxonligini oshirishda
PIRLS xalqaro tadqiqotining dolzarb masalalari:
muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 18-
noyabr 2022-yil. 175-178-b.
2. D.M.Maxmudova, N.A.Mirxalilova. Funksional
savodxonlik tushunchasi va uni shakllantirish usullari.
Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. Илмий-


background image

методикалық журнал. 2023-yil. 2/3- san. 340-346-
bet
3. Mirxalilova N.A., Davlatova M.A. TIMSS xalqaro
baholash dasturida miqdor tushunchasi va uning
turlari. Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385. Cite-
Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1.
4.

Mirxalilova

N.

Funksional

savodxonlik

tushunchasi.

O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari,

2023,

[1/2]

ISSN

2181-7324.

Falsafa

https://science.nuu.uz/

.Social sciences.216-218b

References

Mirxalilova N. O’qish savodxonligini oshirishda PIRLS xalqaro tadqiqotining dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 18-noyabr 2022-yil. 175-178-b.

D.M.Maxmudova, N.A.Mirxalilova. Funksional savodxonlik tushunchasi va uni shakllantirish usullari. Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў. Илмий-методикалық журнал. 2023-yil. 2/3- san. 340-346-bet

Mirxalilova N.A., Davlatova M.A. TIMSS xalqaro baholash dasturida miqdor tushunchasi va uning turlari. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385. Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1.

Mirxalilova N. Funksional savodxonlik tushunchasi. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/2] ISSN 2181-7324. Falsafa https://science.nuu.uz/.Social sciences.216-218b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов