ANALYSIS OF THE STATE OF DIGITIZATION OF INFINBANK'S ACTIVITIES.

HAC
Google Scholar
To share
Gulamov , M. . (2024). ANALYSIS OF THE STATE OF DIGITIZATION OF INFINBANK’S ACTIVITIES. Modern Science and Research, 2(12), 96–99. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27811
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This thesis highlights important analytical approaches related to the fact that InfinBANK was one of the first in the market to try to digitalize business processes, and its current projects on automation of customer relationship processes based on SAP CRM, data management based on SAP BI/BW and automation of lending processes based on the Pega platform.


background image


96

INFINBANK FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH HOLATINING TAHLILI.

Gulamov Mirshod Maxmudovich

Osiyo Xalqaro Universiteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10460785

Annotatsiya. Ushbu tezisda

InfinBANK bozorda birinchilardan bo‘lib biznes jarayonlarini

raqamlashtirish tizimiga o’tishga harakat qilganligi va uning bugungi kundagi SAP CRM asosida

mijozlar bilan munosabatlar jarayonlarini avtomatlashtirish, SAP BI/BW asosida ma’lumotlarini

boshqarish va Pega platformasida kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha amalga

oshirilgan loyihalariga

oid muhim tahliliy yondoshuvlar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Biznes bozori, Infinbank, SAP, CRM, BI/BW, Pega loyihalar, kreditlash

platformasi, avtomatlashtirish, raqamli xizmatlar, mobil ilovalar.

ANALYSIS OF THE STATE OF DIGITIZATION OF INFINBANK'S

ACTIVITIES.

Abstract. This thesis highlights important analytical approaches related to the fact that

InfinBANK was one of the first in the market to try to digitalize business processes, and its current

projects on automation of customer relationship processes based on SAP CRM, data management

based on SAP BI/BW and automation of lending processes based on the Pega platform.

Keywords: business market, InfinBANK, SAP, CRM, BI/BW, Pega projects, lending

platform, automation, digital services, mobile applications.

АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ИНФИНБАНКА.

Аннотация. В этом тезисе освещаются важные аналитические подходы,

связанные с тем, что InfinBANK был одним из первых на рынке, кто попытался перейти

на цифровизацию бизнес-процессов, и его текущие проекты по автоматизации процессов

взаимоотношений с клиентами на основе SAP CRM, управления данными на основе SAP

BI/BW и автоматизации процессов кредитования на платформе Pega.

Ключевые слова: рынок бизнеса, InFinBank, SAP, CRM, BI/BW, Pega проекты,

платформа кредитования, автоматизация, цифровые услуги, мобильные приложения.

Insoniyat har kuni ko‘plab axborotlarni qabul qiladi. Bunga mobil telefon, internet,

smartfonlarning doimiy ravishda o‘sib borayotgan texnik imkoniyatlari, insonlarning ijtimoiy

tarmoqlarga jalb qilinishi va internet tezligining o‘sishi katta yordam beradi.


background image


97

Albatta, bugungi kunda axborot tizimining sezilarli darajada o‘zgarishi asosida jamiyat,

huqumat, iqtisodiyot, biznes, savdo va bank sohasidagi tub o‘zgarishlarni ham kuzatishimiz

mumkin.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana

bank xizmatlariga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda

innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini

yanada kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Darhaqiqat, “raqamli bank” tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa davlatlarida

jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yanada qulaylik va foydali xizmatlarni

taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanadi.

Raqamli banklar:

- bank filiallari tarmog‘ining kengaytirilmasligi;

- bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o‘rnatilganligi;

- sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan mobil ilova;

- bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay sharoitlar (yaʼni,

mijoz talabidan kelib chiquvchi);

- tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi;

Xususiy yoki davlat banklari:

- Bank filiallar tarmoqlarining har bir tuman, shahar va viloyat kesimida faoliyat yuritishi,

sifat darajasiga eʼtiborning sustligi;

- Bank-mijoz o‘rtasida onlayn aloqa o‘rnatish holatining pastligi;

- Mobil ilovalari nomiga chiqarilib, foydalanuvchi bir marotaba kiradi va qayta

kirmaslikka ahd qiladi (mobil ilovalarda oddiy kartadan-kartaga pul o‘tkazish yoki kommunal

to‘lovlar to‘lash jarayonlarida doimiy muammolar mavjud bo‘lim, ko‘p holatlarda tizimda

uzilishlar kuzatiladi);

- bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar chiqariladi, ammo ko‘p

holatlarda faqat tanish-bilishchilik katta rol o‘ynaydi (agar tanish bo‘lmasa, o‘sha mijoz 3 oy va

undan ko‘p muddatga sarson-sargardonlikda yuradi).

- tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlari nomigagina

faoliyat yuritadi, mijoz bir savoliga javob olish uchun bankning barcha bo‘limlari mutaxassislari

bilan so‘zlashishiga to‘g‘ri keladi. Mijoz vaqti, telefon aloqa xizmati uchun mijoz tomonidan

to‘lanadigan summa hisobga olinmaydi.


background image


98

2017-yildan buyon amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tufayli

O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqish sezilarli darajada oshdi. Doimiy ravishda yangi yo‘nalish

va formatlarni izlayotgan, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarga e’tibor qaratadigan yangi

yosh ishbilarmonlar avlodi shakllandi.

Shunga o‘xshash o‘zgarishlar bank sektorini ham chetlab o‘tmadi. InfinBANK bozorda

birinchilardan bo‘lib biznes jarayonlarini raqamlashtirish zarurligini anglab yetdi, shuning uchun

2017-yilda u SAP CRM asosida mijozlar bilan munosabatlar jarayonlarini avtomatlashtirish, SAP

BI/BW asosida ma’lumotlarini boshqarish va Pega platformasida kreditlash jarayonlarini

avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirdi.

InfinBANK 14 yildan ortiq vaqtdan buyon mijozlarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini

ko‘rsatib kelmoqda. Bank doimiy ravishda takomillashib, mijozlar uchun yangi imkoniyatlar,

barcha qulayliklarni yaratmoqda. 2021-yilda bank o‘zining bank kartalarini emissiya qilish

tizimini yaratish jarayonini yakunladi va Visa hamda UnionPay to‘lov tizimlarining prinsipial

a’zosiga aylandi.

2007-yil 26-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, 2010-yilda uning sof aktivlari 100 milliard

so‘mdan oshgan. 2011-yilda SWIFT tizimi yordamida birinchi to‘lov amalga oshirildi, 2013-yilda

esa InfinBANK jismoniy shaxslar orasidagi 100 minginchi mijoziga xizmat ko‘rsatdi.

2015-yilda InfinBANK xususiy aksiyadorlik banki maqomini ATBga o‘zgartirdi, shundan

so‘ng u ISO 9001:2015 sertifikatini oldi, yangi bosh ofis ochdi va bankning 27,9 million dona

aksiyasini sotishga erishdi — bu Respublika fond birjasining 2016-yil dekabr oyidagi rekord

ko‘rsatkichi.

2021-yilda InfinBANK mobil ilovasining yangilangan versiyasi chiqarildi va OpenWay

bilan birgalikda o‘z karta protsessing tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bank Visa va UnionPay to‘lov

tizimlarining prinsipial a’zosi bo‘ldi.

Bank jamoasi elektron to‘lovlar bozorida katta tajribaga ega mutaxassislardan iborat.

Protsessing — bankning murakkab IT muhitidagi bo‘g‘inlardan faqat bittasi xolos, bu

aloqalarning barchasi imkon qadar muammosiz ishlashi muhim.

Bankning ustuvor maqsadlari mijozlar ustuvor maqsadlariga bog‘liq. Biz ularni turli xil

karta mahsulotlari bilan ta’minlash va ilgari xarid qilingan kartalarni boshqarish uchun qulay

vositalarni, masalan, har bir karta uchun oylik ko‘chirma yoki mobil ilovada 3D Secure ulanish

imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirganmiz. Loyihamizning dastlabki mahsulotlari ishlab

chiqarish jarayonida ekan, afzalliklar haqida gapirishga hali erta. Ammo ishonch bilan aytishimiz

mumkinki, bank karta biznesini to‘liq rivojlantirish uchun yuqori sifatli vositaga ega bo‘ldi.


background image


99

Kelgusi yillarda InfinBANK chakana savdo bozorida yanada yuksalish va o‘z mijozlariga

omnikanal raqamli xizmatlardan foydalangan holda sifatli xizmat ko‘rsatish uchun jiddiy

qadamlar tashlashni rejalashtirmoqda. Ishonchimiz komilki, OpenWay platformasi negizida to‘liq

ishlaydigan protsessing markazi bankka nafaqat operatsion xarajatlarni kamaytirish va

innovatsion mahsulotlarni tezroq joriy etish, balki qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish va

O‘zbekiston bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi

”, — deya ta’kidlaydi,

OpenWay’ning MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dmitriy

Dovgal.

Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi bank mijozlari uchun keng

imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich sanalish bilan birga,

mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Yaʼni, raqamli banklarning

istiqbollaridan biri, bu moliyaviy tarmoqlarni raqamlashtirish evaziga xizmatlar tannarxi 40-60

foizgacha pasaytirilishiga erishiladi. Mijozlar bankka tashrifi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun

ketadigan vaqt hamda mablag‘larini tejashiga imkon yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank

tizimida ishlashga o‘zgarishi bu – yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi va butun dunyo

bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va

xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak,

raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim

yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.

References

references

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов