THE IMPORTANCE OF DIGITIZING THE MODERN GLOBAL BANKING SYSTEM

HAC
Google Scholar
To share
Gulamov , M. (2024). THE IMPORTANCE OF DIGITIZING THE MODERN GLOBAL BANKING SYSTEM. Modern Science and Research, 3(1), 23–26. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27819
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the most important tasks related to the organization of banking innovations and the use of existing opportunities and their improvement in the context of digitization of the activities of global commercial banks today.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

ZAMONAVIY GLOBAL BANK TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Gulamov Mirshod Maxmudovich

Osiyo Xalqaro Universiteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

yo’nalishi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10463171

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda jahon tijorat banklari faoliyatini

raqamlashtirish sharoitida bank innovatsiyalarini tashkil etish va mavjud imkoniyatlardan
foydalanish va ularni takomillashtirishga oid muhim vazifalar yoritilgan.

Kalit so’zlar:

bank, Markaziy bank, Tijorat bank, Islom bank, Tashqi bank, Kapitalizm,

kredit-hisobi, Tovar-pul, bankrot, pulli stol.

THE IMPORTANCE OF DIGITIZING THE MODERN GLOBAL BANKING

SYSTEM

Abstract.

This article highlights the most important tasks related to the organization of

banking innovations and the use of existing opportunities and their improvement in the context of
digitization of the activities of global commercial banks today.

Keywords:

Bank, Central Bank, Commercial bank, Islamic bank, external bank,

capitalism, c redit account, commodity-money, bankrupt, pay table.

ВАЖНОСТЬ ЦИФРОВИЗАЦИИ СОВРЕМЕННОЙ ГЛОБАЛЬНОЙ

БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ

Аннотация.

В данной статье освещаются важнейшие задачи, связанные с

организацией банковских инноваций и использованием имеющихся возможностей и их
совершенствованием в условиях оцифровки деятельности мировых коммерческих банков
на сегодняшний день.

Ключевые слова

: Банк, Центральный Банк, Коммерческий банк, Исламский банк,

внешний банк, капитализм, кредитный счет, товар-деньги, банкрот, платный стол.


Bank deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit- hisob va boshqa har xil

vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi. Banklar paydo bo'lishining asosi
tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi
va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning mavjud bo‘lishini
taqozo qiladi.

«Bank» italyancha «banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i, «pulli stol»

ma’nosini anglatadi. O‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni
stol ustiga qo‘yib hisob-kitob qilishgan. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii»,
deb atalgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa,
u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «banco rotto», ya’ni bankrot, deb atashgan. Demak,
bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» ham italyancha «banca» so‘zidan olingan.

Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich bosqichi XVI asrda Florensiya va Venetsiyada

tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda
(1605), Gam-burgda (1618), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar,
asosan, o‘z mijozlari — savdogar- larga xizmat qilgan.Bank ishining asosiy yoʻnalishlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni
amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan
qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish
kabi pulli xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra hozirgi
vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat
banki.

Markaziy bank („banklarning banki“) (Milliy bank va AQShda Federal rezerv tizimi)

mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va
kredit stavkasini nazorat qiladi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi,
mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.

Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan

bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va
boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil
bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho
qogʻozlarni sotish va sotib olish).

Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma turdagi

asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir faoliyatga, sohaga va
tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan
shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar
guruhiga xizmat koʻrsatadi yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo,
ipoteka va boshqalar).

Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida barpo etiladi,

taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondiradi. Tarmoq va hududiy
prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining bir koʻrinishi hisoblanadi.

Investitsiya banki korxonalarning qimmatli qogʻozlari va bondlarni chiqaradi, sarmoya

boshqaruvi xizmatlari, kapital bozorda firmalarga maslahat berib boradi, birja bozorlarini yaratadi
va yuritadi.

Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib boriladi. Bunday

banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi,
chunki bunday faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga moʻljallangan binolarni
moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi.

Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshoreʼ banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy

davlatlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat. Mulk shakliga
koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo
bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi,
kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va
boshqalar.

Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan,

savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida
hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda
maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish
ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga
keldi.

Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank

ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa
mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga
solishning maxsus bir sohasiga aylandi.

Bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi.

Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi kengayib bordi. bank
muomalaga xususiy veksellar oʻrnida ishlatiladigan kredit pullari — banknotlar (bank biletlari)
chiqara boshladi.

Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar

paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini
bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli
muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida
oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi.

Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank

ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini
qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat
kurashining kuchayishiga sabab boʻldi.

Bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat

korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi yaʼni korxonalarga egalik xuquqini rasmiylashtirishni
yoʻlga qoʻydi va ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis
etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya
kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy
hayotida katta mavqeni egalladi.

Hozirgi davrda koʻpgina mamlakatlarda koʻplab (masalan, 90-yillar boshida AQShda 14,5

mingdan ortiq bank boʻlgan) bank boʻlishiga qaramay, ulardan 3—4 tasigina yetakchi oʻrinda
turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda sertarmoq boʻlib, oʻz mamlakati doirasidagina
emas, shu bilan birga jahonning juda koʻp mamlakatlarida boʻlim va filiallariga ega.

Rivojlangan mamlakatlarda bank iqtisodiyotni boshqarish va ragʻbatlantirish muassasasi

vazifalarini bajaradi. bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari boʻyicha
taqsimlanishida qatnashib, foyda normasining tenglashuvini taʼminlaydi.

Jahon bank tizimlarining qanday turlari borligini o'rganishga kirishishdan oldin ta'rifning

o'zini tushunishga arziydi. Ushbu atama bitta huquqiy va moliyaviy-kredit mexanizmi doirasida
faoliyat yurituvchi nobank kredit tashkilotlari va banklarning o'zlari yig'indisini tavsiflash uchun
ishlatiladi. Bu tizim ham milliy bankni, ham xususiy tuzilmalarni, jumladan, turli kredit va hisob-
kitob markazlarini oʻz ichiga oladi.

Milliy bankning asosiy vazifasi davlat valyuta va emissiya siyosatini amalga oshirishdan

iborat. Bu mamlakat zaxira tizimining markazi. Bank tizimi kredit tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-
quvvatlovchi ixtisoslashgan kompaniyalar bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

REFERENCES

1.

Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun, Toshkent,2019y.

2.

Markaziy bank to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2019y.

3.

Bank siri to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y.

4.

Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2006y.

5.

http://www.uba.uz-O‘zbekiston Banklar Asotsiatsiyasi rasmiy sayti.

6.

http://www.lex.uz-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami.

7.

http://www.cbu.uz-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vebsayti.

References

Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun, Toshkent,2019y.

Markaziy bank to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2019y.

Bank siri to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y.

Kredit uyushmalari to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2006y.

http://www.uba.uz-O‘zbekiston Banklar Asotsiatsiyasi rasmiy sayti.

http://www.lex.uz-O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami.

http://www.cbu.uz-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vebsayti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов