Tilshunoslikda lisoniy shaxs talqini

HAC
Google Scholar
To share
Umurzoqova , M. (2024). Tilshunoslikda lisoniy shaxs talqini. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27901
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada tilshunoslikda lisoniy shaxs tushunchasining shakllanishi, uning tadqiq qilinishi, yondashuvlar haqida so‘z boradi. Xorijiy va o‘zbek tilshunosligida lisoniy shaxs tiplari, uni tadqiq qilish metodlari haqidagi ishlar tahlil qilingan. Badiiy matnda lisoniy shaxsning voqelanishidagi o‘ziga xosliklar yoritilgan.


background image

Tilshunoslikda lisoniy shaxs talqini

Umurzoqova Marhabo

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

umurzakovamarkhabo@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439694

Kalit so‘zlar:

lisoniy shaxs, lingvopersonologiya, diskurs, nutq, uslub, lingvodidaktika.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada tilshunoslikda lisoniy shaxs tushunchasining shakllanishi, uning tadqiq qilinishi,

yondashuvlar haqida so‘z boradi. Xorijiy va o‘zbek tilshunosligida lisoniy shaxs tiplari, uni tadqiq
qilish metodlari haqidagi ishlar tahlil qilingan. Badiiy matnda lisoniy shaxsning voqelanishidagi
o‘ziga xosliklar yoritilgan.


KIRISH.

Antroposentrik

tilshunoslikning

muhim

masalalaridan biri lisoniy shaxs tushunchasi bo‘lib,
bugungi kunda lisoniy shaxsga turli nuqtayi nazardan
baho berilgan, talqin qilingan, tavsiflangan qator
tadqiqotlar yuzaga keldi. Tilshunoslikda lisoniy shaxs
tushunchasi

lingvodidaktik,

lingvokultrologik,

lingvopoetik

kognitiv-stilistik

aspektda

tadqiq

qilingan

bo‘lib,

bulardan

lingvodidaktik,

lingvokulturologik,

lingvopoetik

yo‘nalishdagi

ishlarda lisoniy shaxs tushunchasi nazariy asosga va
tavsiflashning ma’lum bir metodologiyasiga ega.
Lekin bu tadqiqotlarda lisoniy shaxs tushunchasiga
berilgan tavsiflarning xilma-xilligi, lisoniy shaxs
tiplarini ajratishda yondashuvlarning turlichaligini
tushunchaning ko‘p qirraliligi hamda struktural-
semantik jihatdan murakkabligi bilan izohlash
mumkin.

Rus

tilshunosligida

lisoniy

shaxs

tushunchasiga

oid

qarashlar

dastlab

V.V.Vinogradovning badiiy proza tili tadqiqiga
bag‘ishlangan asarida (1930) uchraydi. Y.Karaulov
lisoniy

shaxs

tadqiqiga

bag‘ishlangan

monografiyasida badiiy nutq, stilistika va poetikani
o‘rganishda yangicha yondashuvga turtki berishi
mumkin bo‘lgan salmoqli salohiyatga ega bo‘lgan
g‘oya, tushuncha V.Vinogradovga tegishli ekanligini
hamda badiiy matn tili tadqiqiga bag‘ishlangan
ishlarda olimning ulushi katta ekanligini ta’kidlaydi
[6,28].

V.V.Vinogradov lisoniy shaxs tushunchasi

Boduen de Kurteneni jamoaning ijtimoiy-lingvistik
shakllari va me’yorlari konteyneri sifatida, turli xil
ijtimoiy-lingvistik kategoriyalarni aks ettiruvchi,
jamlovchi markaz sifatida qiziqtirganligini, individual
ijod muammosi Boduen de Kurtene uchun begona
bo‘lib, badiiy asar tili uni faqat ijtimoiy guruh
qobiliyatlari va tendensiyalarini aks ettirish nuqtayi
nazaridan tadqiq qilganligini ta’kidlaydi [3,61].

Linvopersonologiya tilshunoslikning yangi

yo‘nalishi sifatida rivojlanmoqda. Antroposentrik
paradigmaning

yuzaga

kelishi

bilan

mavjud

hodisalarga

bo‘lgan

qarash

ham

o‘zgardi.

Lingvopersonologiyada “til inson omilisiz voqelana
olmaydigan, uning ruhiyati, ijtimoiy mavqeyi, jinsi,
etnik kelib chiqishi, milliy-madaniy qarashlari kabi

tashqi omillar bilan bog‘liq holda yaratilgan nutq
asosida

reallashuvchi

imkoniyat

tarzida

o‘rganilmoqda va bunda asosiy e’tibor matn tahlili
orqali lisoniy shaxsga tavsif berish masalasiga
qaratilmoqda” [8,37].

TADQIQOT

METODOLOGIYASI.


Tadqiqotda tavsifiy, semantik metodlar hamda

diskursiv,

sotsiopragmatik

tahlil

usullaridan

foydalanildi.

MAVZUGA OID

ADABIYOTLAR TAHLILI

.


Tilshunoslikda

lisoniy

shaxs

tadqiqiga

bag‘ishlangan ishlar orasida Y.N.Karaulovning
tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. Tilshunos olim
lisoniy shaxs tushunchasini tavsiflar ekan, lisoniy
shaxs sifatida har qanday til egasi bo‘la olishini
ta’kidlaydi hamda uni “lisoniy shaxs – bu umuman
shaxs tushunchasining chuqurlashishi, rivojlanishi,
qo‘shimcha mazmun bilan to‘yinganligi”, –deya
to‘ldiradi. [6, 38]

Insonning

jismoniy

va

ma’naviy

xususiyatlarining ijtimoiy ahamiyati borasida falsafiy,
sotsial va psixologik qarashlar mavjud. Lisoniy shaxs
tushunchasi

tilshunoslikda

fanlararo

mavjud

atamaning ko‘chishi natijasida paydo bo‘lgan.

S.T. Vorkachev lisoniy shaxs haqida mavjud

ta’riflarni

umumlashtirgan

holda

quyidagicha

tavsiflaydi: “til egasi, nutqiy qobiliyatga ega bo‘lgan,
aniqrog‘i nutq tuzish va idrok eta oladigan shaxs;
tildan

aloqa

vositasi

sifatida

foydalanadigan

kommunikant; o‘z tilining lug‘at boyligini egallagan,
millatning

milliy-ma’naviy

qadriyatlari,

xulq-

atvorining prototipi” [4, 65]. Ko‘rinib turibdiki, S.T.
Vorkachev lisoniy shaxs tushunchasini keng ma’noda
qo‘llaydi hamda Pifagorning qaysi bir xalqning urf-
odatlarini, qadriyatlarini o‘rganmoqchi bo‘lsang,
uning tilini o‘rgan degan fikri to‘g‘ri ekanligini
asoslaydi.

S.T. Vorkachev lisoniy shaxs va konseptni

lingvokulturologiyaning asosiy kategoriyalari deb
hisoblaydi hamda tabiiy tilda so‘zlovchining umumiy
mentalitetini va aqliy salohiyatini aks ettirishini


background image

ta’kidlaydi [4, 72]. Lingvokulturologiyada konsept
tushunchasi

yuqori

darajadagi

mavhumlikning

semantik shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi.

Inson tildan eng avvalo aloqa vositasi sifatida

foydalanadi, shunday ekan, nutq jarayonida tilning
ifoda imkoniyatlari turli darajada namoyon bo‘ladi.
“Lisoniy shaxs shuningdek, kommunikativ shaxs –
tildan aloqa vositasi sifatida foydalanadigan insonning
verbal xatti-harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
yig‘indisi

sifatida

ham

tushuniladi”

[1].

Tilshunoslikda

lisoniy

shaxs

tushunchasini

lingvodidaktik

yo‘nalishda

tadqiq

qilishda

G.I.Boginning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
G.I.Bogin lisoniy shaxs modeli nafaqat matnlarning
tuzilishi jihatdan turlarini, balki matnlarning turlicha
tushunish mezoniga ko‘ra tipologiyasini ham
belgilashga yordam beradi deb hisoblaydi. Lisoniy
shaxs matn tuza olish, uni tushunish, talaffuz qilish
sifatiga ega shaxs bo‘lib, tadqiqotchi kuzatishlari
natijasi o‘laroq, lisoniy shaxsning besh darajasini
ko‘rsatadi. Unga ko‘ra lisoniy shaxs jamiyatda qabul
qilingan

to‘g‘ridan

to‘g‘ri

nominatsiyaning

qo‘llanilish chastotasi yuqorilarini o‘zlashtirib, nutqni
ichki nutqqa o‘tkazadi, bu esa leksik-grammatik
bilimlarga yo‘l ochadi, shu orqali mavjud
imkoniyatlardan mosini tanlashga ko‘maklashadi,
natijada matn ma’noli matn shaklini oladi [1,5].
Lisoniy shaxsni lingvodidaktik aspektda tadqiq qilish
muhim vazifalardan sanaladi. Sir emaski, bugungi
kunda ta’lim tizimimizda eng katta kamchilik sifatida
til egasining o‘z ona tilida mantiqli nutq tuza olmasligi
deb ko‘rsatilmoqda, lisoniy shaxs shakllanishidagi
omillarni o‘rganish ko‘p jihatdan shu kamchiliklarni
tuzatishga yordam beradi.

G.I.Bogin lisoniy shaxsning uch aksiomaga

asoslangan parametrlarini keltirib o‘tadi: til
ko‘nikmalari (fonetik, leksik, grammatik); nutq
faoliyati turlari (gapirish, tinglash, o‘qish, yozish);
lisoniy shaxsni rivojlantirish parametrlari (to‘g‘rilik,
ichki nutq, mazmunan to‘yinganlik, to‘g‘ri tanlov,
sintez). Bundan tashqari lisoniy shaxsning ikkita
asosiy xususiyatini – til qobiliyatini va kommunikativ
(nutq)

kompetensiyasini

aniqladi

[1,

12-13].

Tilshunoslik va notiqlikka oid fanlarni o‘qitish
jarayonida lisoniy shaxsni tarbiyalash masalalari
G.I.Bikova tomonidan tadqiq qilingan. Tadqiqotchi
rus tili va adabiyoti fakulteti talabalarining lisoniy
shaxsi

tuzilishi va mazmuni aniqlab, tajribalar asosida

uning rivojlanish darajalarini aniqlaydi [2].

L.P.

Klobukova Y.N.Karaulovning lisoniy shaxs darajalari
haqidagi fikriga qo‘shilmaydi. Lisoniy shaxsning nol
darajasini ona tili bo‘lmagan ikkinchi tilni
o‘rganuvchilarga nisbatan qo‘llash mumkin deb
hisoblaydi. Nutq jarayonida oddiy muloqotga kirisha
oladigan shaxs lisoniy shaxs emas degan fikrni
bildiradi va bunday holatda lisoniy shaxs terminiga zid
bo‘lgan nutq shaxsi terminini taklif etadi [7]. L.P.
Klobukova konsepsiyasiga muvofiq har qanday
lingvistik shaxs “bir tomondan, tilning turli
darajalarini, ikkinchi tomondan, nutq faoliyatining
asosiy turlarini, uchinchidan, nutq muloqoti sodir
bo‘ladigan mavzular, sohalar va vaziyatlarni hisobga
olgan holda ko‘p qatlamli va ko‘p komponentli

paradigmasini ifodalaydi” [7, 29]. Tadqiqotchi
lingvodidaktika

nuqtayi

nazaridan

uchunchi

ko‘rsatkich lisoniy shaxs uchun muhim ko‘rsatkich
deya ta’kidlaydi. Haqiqatdan ham muloqot jarayonida
nutq vaziyatiga mos birliklar, ularning turli ma’no
tovlanishlari, pragmatik imkoniyatlarini hisobga olgan
holda nutq tuza olgan shaxsni yuqori darajadagi
lisoniy shaxs sanash mumkin.

V.P. Neroznak lisoniy shaxs tushunchasini

dastlab ikki turga – idiolekt va polilekt shaxsga
ajratadi. Idiolekt – bu statik holatdagi nutq
xususiyatlari

bilan

tavsiflangan

sinxron

individuallanishlar ketma-ketligi bo‘lsa, polilekt til
taraqqiyoti nuqtayi nazaridan uzoq vaqt davom etgan
lingvistik holatlarni (individuallarni) diaxron tarzda
namoyon etadigan dinamik tizim sifatida namoyon
bo‘ladi [10, 113].

Lisoniy shaxs tushunchasiga ta’rif berar ekan,

V.P. Neroznak uni ikki asosiy turga ajratadi: “1)
tilning qayta ishlangan o‘rtacha adabiy me’yorini aks
ettiruvchi standart lisoniy shaxs; 2) belgilangan til
me’yorlaridan chetga chiqadigan nostandart lisoniy
shaxs. Nostandart shaxs turi nutq madaniyatining ikki
qarama-qarshi

tomonini

egallagan

lingvistik

elementlarni, N.S.Trubetskoy ta’biri bilan aytganda,
til madaniyatining “yuqori” va “quyi” tomonlarini
birlashtiradi” [10, 114]. Badiiy matnda lisoniy shaxs
tushunchasini

talqin

qilishda

V.P.

Neroznak

tasnifidagi ikkinchi tipdagi lisoniy shaxsga e’tibor
qaratiladi. Zero, ijodkor boshqa til egalaridan farqli
ravishda tilning ifoda imkoniyatlarini

yuzaga

chiqarishda ko‘proq imkoniyatga ega, ularning
ijodkorligi ham belgilangan me’yorlardan chetga
chiqishi, ohorli va o‘ziga xos ifoda uslubini yaratishi
bilan belgilanadi.

Lisoniy shaxs tushunchasi til sohibining ongi,

dunyoqarashi bilan til o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ifodalaydi. Har qanday shaxs o‘zini obyektiv faoliyat
orqaligina emas, balki til va nutqsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydigan muloqot orqali namoyon qiladi.
Insonning nutqi uning ichki dunyosini aks ettiradi va
uning shaxsiyati haqida tasavvur hosil qilishda
ko‘maklashadi.

Lisoniy

shaxs

muammosiga

o‘zbek

tilshunosligida

dastlab

D.Lutfullayeva,

D.Xudoyberganovalar e’tibor qaratgan. “Tilni inson
omili bilan bog‘liq holda o‘rganish muammosiga
jiddiy e’tibor qaratilayotgan vaqtda tilda lisoniy shaxs
muammosini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan biridir.
Xususan, olamning lisoniy tasviri tahlilida lisoniy
shaxs muammosini o‘rganish muhim ahamiyatga ega”
[8, 37].

O‘zbek tilshunosligida lisoniy shaxs tiplari

D.Niyazova tomonidan tadqiq qilingan. Tadqiqotchi
O‘.Hoshimov asarlari misolida lisoniy shaxs tiplari,
ularning ifodalanishida leksik birliklarning o‘rni
masalasiga e’tibor qaratgan [5]. Badiiy matnlarning
sotsiopragmatik

xususiyatlari

X.Yo‘ldosheva

tomonidan o‘rganilgan. Badiiy matnda lisoniy
shaxsning voqelanishidagi omillar, lisoniy shaxs
tiplari xususida ba’zi tadqiqotlarimizda so‘z
yuritganmiz [11,12].


background image

XULOSA VA TAKLIFLAR.


Lisoniy shaxsni tavsiflashda leksik tarkib

asosiy indikator hisoblanadi va lisoniy shaxsni
belgilashda ko‘p hollarda shu ko‘rsatkichlar e’tiborga
olinadi, lekin bu indikatorlarning o‘zinigina tadqiq
qilish yetarli emas. Lisoniy shaxsning shakllanishida
sintaktik birliklarning, xususan, muallifning gap
tuzishi, emotsionallik-eksperessivlikni ta’minlovchi
birliklar, qurilmalardan foydalanishi ham muhim
sanaladi. Lisoniy shaxsni tadqiq qilishda uning
voqelanishidagi asosiy omillarga e’tibor qaratish,
badiiy matnda lisoniy shaxsning ifodalanishida
yozuvchining milliy, diniy mansubligini inobatga
olish zarur. Lisoniy shaxs biologik va ijtimoiy omillar
asosida shakllanar ekan, bu omillar uning ijodiy va
intellektual salohiyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi,
tabiiyki bu ta’sir lisoniy shaxsning nutqida o‘z
ifodasini topadi. Lisoniy shaxsni tadqiq qilishda
sotsiopragmatik,

lingvokulturologik

aspektda

yondashuv ko‘pqirrali bo‘lgan mazkur hodisaning
yangi jihatlarini ochishda muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR.

[1]

Богин Г. И. Модель языковой личности в её
отношении к разновидностям

[2]

текстов: Автореф. дисс. д-ра фил. наук. Г. И.
Богин. – Л., 1984. – 31 с

[3]

Быкова Г.И. Воспитание языковой личности в
процессе преподавание лингвистических и
речеведических дисциплин: Дисс. канд. пед.
наук. – Екатеринбург, 1999. – 194 с.

[4]

Виноградов В.В. Избранные труды. О языке
художественной прозы. – М.: Наука, 1980. –
362 с.

[5]

Воркачев

С.

Г.

Лингвокультурология,

языковая личность, концепт: становление
антропоцентрической

парадигмы

в

языкознании // Филологические науки, 2001. –
№ 1. – С. 64-72.

[6]

Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik
tadqiqi. Filol. fan. dok (DSc) diss. avtoref. –
Qarshi, 2023. –70 b.

[7]

Караулов Ю. Русский язык и языковая
личность. – М.: Издательство ЛКИ, 2010. –
264 с.

[8]

Клобукова Л.Н. Феномен языковой личности
в свете лингводидактики / Язык, сознание,
коммуникация: Сб. статей / Ред. В.В.
Красных, А.И. Изотов. – М.: Филология, 1997.
– С.29

[9]

Лутфуллаева Д., Худойберганова Д.
Тилшуносликда лисоний шахс муаммоси
//Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2017. 6-
сон. – Б.35-41

[10]

Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс
типлари:

Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри

(РhD) дисс автореф. –

Қарши, 2020.

[11]

Нерознак В.П. Лингвистическая персонология :
к определению статуса дисциплины // Язык.
Поэтика. Перевод. Сб. науч. тр. – М.:
Московский государственный лингвистический
университет, 1996. – С. 112-116.

[12]

Umurzakova M.E.

Types of linguistic personality

in the literary text (on the example of Ulugbek

hamdam's stories)

https://scholar.google.com/citations?view_op=vie
w_citation&hl=ru&user=w6qGLxUAAAAJ&cita
tion_for_view=w6qGLxUAAAAJ:WF5omc3nY
NoC

[13]

Umurzakova M. The age factor in the formation
of a linguistic personality

[14]

https://www.researchgate.net/publication/361667
526_The_age_factor_in_the_formation_of_a_lin
guistic_personality?_tp=eyJjb250ZXh0Ijp7ImZp
cnN0UGFnZSI6InByb2ZpbGUiLCJwYWdlIjoic
HJvZmlsZSJ9fQ



References

Богин Г. И. Модель языковой личности в её отношении к разновидностям

текстов: Автореф. дисс. д-ра фил. наук. Г. И. Богин. – Л., 1984. – 31 с

Быкова Г.И. Воспитание языковой личности в процессе преподавание лингвистических и речеведических дисциплин: Дисс. канд. пед. наук. – Екатеринбург, 1999. – 194 с.

Виноградов В.В. Избранные труды. О языке художественной прозы. – М.: Наука, 1980. – 362 с.

Воркачев С. Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологические науки, 2001. – № 1. – С. 64-72.

Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi. Filol. fan. dok (DSc) diss. avtoref. – Qarshi, 2023. –70 b.

Караулов Ю. Русский язык и языковая личность. – М.: Издательство ЛКИ, 2010. – 264 с.

Клобукова Л.Н. Феномен языковой личности в свете лингводидактики / Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей / Ред. В.В. Красных, А.И. Изотов. – М.: Филология, 1997. – С.29

Лутфуллаева Д., Худойберганова Д. Тилшуносликда лисоний шахс муаммоси //Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2017. 6-сон. – Б.35-41

Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс типлари: Филол. фан. бўйича фалсафа д-ри (РhD) дисс автореф. – Қарши, 2020.

Нерознак В.П. Лингвистическая персонология : к определению статуса дисциплины // Язык. Поэтика. Перевод. Сб. науч. тр. – М.: Московский государственный лингвистический университет, 1996. – С. 112-116.

Umurzakova M.E. Types of linguistic personality in the literary text (on the example of Ulugbek hamdam's stories)Types of linguistic personality in the literary text (on the example of Ulugbek hamdam's stories) https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=w6qGLxUAAAAJ&citation_for_view=w6qGLxUAAAAJ:WF5omc3nYNoC

Umurzakova M. The age factor in the formation of a linguistic personality

https://www.researchgate.net/publication/361667526_The_age_factor_in_the_formation_of_a_linguistic_personality?_tp=eyJjb250ZXh0Ijp7ImZpcnN0UGFnZSI6InByb2ZpbGUiLCJwYWdlIjoicHJvZmlsZSJ9fQ

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов