USE OF AUDIOVISUAL MATERIALS IN TEACHING UZBEK AS A FOREIGN LANGUAGE

HAC
Google Scholar
To share
Keldiboyeva , P. (2024). USE OF AUDIOVISUAL MATERIALS IN TEACHING UZBEK AS A FOREIGN LANGUAGE. Modern Science and Research, 3(1), 216–219. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27939
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The use of audiovisual materials in the teaching of Uzbek as a foreign language requires the use of interactive teaching methods instead of the traditional lecture method. This is one of the easiest and most effective ways to learn foreign languages today. In addition to simplifying the process of learning for students, this approach can also be an interesting activity for them. This makes it possible to learn Uzbek as a foreign language and perform simultaneous translation by learning the real Uzbek pronunciation.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

O’ZBEK TILINI CHET TILI SIFATIDA O’QITISHDA AUDIOVIZUAL

MATERIALLARDAN FOYDALANISH

Keldiboyeva Parizoda Orif qizi

Payariq tumani 1-son Kasb hunar maktabi o’quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10477463

Annotatsiya. O’zbek tilini chet tili sifatida o'rgatishda audiovisual materiallardan

foydalanish an'anaviy ma'ruza uslubidan chiqib, interaktiv usulda dars o’tish metodlarini
qo’llashni taqozo etadi. Bu esa bugungi kunda xorijiy tillarni o'rganishda eng oson va samarali
usullardan sanaladi. Bu yondashuv o’quvchilarning bilim olish jarayonini soddalashtirish bilan
bir qatorda, ularga qiziqarli mashgʻulot ham bo'la oladi. Bu esa o’zbek tilini chet tili sifatida
o’qitishda tasvirni haqiqiy o’zbek talaffuzi orqali o'rganib sinxron tarjima qilish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: O’zbek tili, audiovizual materiallar, yangilik dasturlari, maqolalar,

podkastlar, til o’tganish ko’nikmalari.

USE OF AUDIOVISUAL MATERIALS IN TEACHING UZBEK AS A FOREIGN

LANGUAGE

Abstract. The use of audiovisual materials in the teaching of Uzbek as a foreign language

requires the use of interactive teaching methods instead of the traditional lecture method. This is
one of the easiest and most effective ways to learn foreign languages today. In addition to
simplifying the process of learning for students, this approach can also be an interesting activity
for them. This makes it possible to learn Uzbek as a foreign language and perform simultaneous
translation by learning the real Uzbek pronunciation.

Keywords: Uzbek language, audiovisual materials, news programs, articles, podcasts,

language skills.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АУДИОВИЗУАЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ ПРИ

ОБУЧЕНИИ УЗБЕКСКОМУ ЯЗЫКУ КАК ИНОСТРАННОМУ

Аннотация. Использование аудиовизуальных материалов в преподавании

узбекского языка как иностранного требует использования интерактивных методов
обучения вместо традиционного лекционного метода. На сегодняшний день это один из
самых простых и эффективных способов изучения иностранных языков. Помимо
упрощения процесса обучения для студентов, такой подход также может стать для них
интересным занятием. Это дает возможность изучать узбекский язык как иностранный
и осуществлять синхронный перевод, изучая настоящее узбекское произношение.

Ключевые слова: узбекский язык, аудиовизуальные материалы, новостные

программы, статьи, подкасты, языковые навыки.


Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib, xalqaro

maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgani uchun dunyo xalqlarining o‘zbek tiliga
bo‘lgan qiziqishlari ham ortib bormoqda. Jahonning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalarida
o‘zbek tili xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, o‘zbek tili Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston,
Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universiteti va 100 dan ziyod maktabida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim
va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda. Natijada, o‘zbek tili chet tili sifatida o‘qitiladigan
xorijlik talabalarga o‘zbek tilida sifatli ta’lim berish, ularning o‘zbek tilini tez va oson
o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida o‘zbek tilida ilmiy metodik bazani shakllantirish va uni
boyitish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

Bu esa ayni vaqtda o‘zbek tilini o‘qitishdagi ustuvor masalalardan biriga aylandi va

metodik ta’minot – kontentlarni yaratishni shart qilib qo‘ydi. Biz yangi o‘ta rivojlangan
texnologiyalar dunyosida yashayapmiz. Bugungi kunda sun’iy aqlga ega turli-uman yangidan
yangi qurilmalar, texnik vositalar yaratilmoqda. Ular nafaqat ishlab chiqarishga, balki
xonadonlarimizga, hatto zamonaviy ta’lim tizimiga ham jadallik bilan kirib kelmoqda. Ta’limning
boshqaruv tizimi, ta’lim jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilmoqda – o‘qitishning yaxlit elektron
tizimi yaratilmoqda.

Dunyo ta’lim tizmida zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida audio-video va

media-axborot mahsulotlarini yaratish va ulardan samarali foydalangan holda til o‘rgatish ham
allaqachon kafolatli ta’limning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Darslarda audio-video va media-
axborot materiallardan foydalanish ta’limda audiovizual metod deb ham yuritiladi. Audiovizual
(murakkab tarkibli) metod ta’limning audiovizual vositalari (diafilmlar, o‘quv filmlari,
kinofilmlar, animatsion filmlar, videoroliklar, slaydlar, kliplar)dan va texnik vositalar (radio,
televideniye va axborotning elektron vositalari: kompyuter, planshet va smartfonlar)dan keng
foydalanishni nazarda tutadi. Audiovizual materiallardan til o‘rgatish darslarining istalgan
bosqichlarida, nutqiy faoliyatning barcha turlarini shakllantirishda, ayniqsa, nutqni eshitib
tushunish va gapirishga o‘rgatishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Shunisi xarakterliki,
darslarda qo‘llanadigan audiovizual materiallar, xususan, videolar tilni jonlikontekstda taqdim eta
oladi.

Darsni real dunyo bilan bog‘lay oladi va tilni harakatdagi muloqot vaziyati bilan ko‘rsatadi.
Bu esa talabalarning arsenalida mavjud bo‘lgan til materiallarini boyitishga xizmat qiladi.
Video materiallar talabalarga nafaqat ona tilida so‘zlashuvchilarning jonli nutqini taqdim

etadi, balki ular muloqotga kirishgan til egalarining imo-ishoralarini va yuz ifodalarini ko‘radi,
xullas, til o‘rganuvchilarni o‘rganilayotgan til vaziyatiga olib kiradi. Shuningdek, videolar til
o‘rganishdagi madaniy to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi.

Yaratilajak darsda qo‘llanishi nazarda tutiladigan audio-video va media-axborot

materiallar o‘tilishi rejalashtirilgan darslarning mavzusi va mazmuniga mos kelishi, ulardan tizimli
va oqilona foydalanish texnikasini ishlab chiqish o‘ta muhimdir. Shundagina ular darsning uzviy
mazmuniy qismiga aylanadi va ularning samaradorligi yanada oshadi. Shuningdek, audiovizual
materiallarning samarasi til o‘rganuvchi o'quvchilarning kommunikativ madaniyati va intellektual
salohiyati qay darajada shakllantirilganiga ham qarab belgilanadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlar mavhum va yangi tushunchalarni og'zaki va vizual

shaklda taqdim etilganda osonroq o'rganadilar. Boshqa tadqiqotlarga ko'ra, vizual axborot vositasi
odamlarga matnli axborot vositalariga qaraganda tushunarli bo'ladi va keyinchalik eslashga
yordam beradi. 2009-yilda o'tkazilgan Willingham tadqiqotida u o'z fikrini bildirish uchun oddiy
savolni so'raydi: "Nega talabalar televideniyedagi hamma narsani eslashadi va biz o'rgatgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

narsalarni unutishadi?" "Chunki vizual media o'quvchilarga tushuncha va g'oyalarni saqlab
qolishga yordam beradi",. - deb javob beradi amerikalik tadqiqotchi Willingham.

Shuningdek, filmlar, hujjatli filmlar, teleko'rsatuvlar va musiqa kabi bir tomonlama aloqa

vositalarining imkoniyatlarini kengaytiradigan o'quv muhitini yaratish uchun texnologiyaning hal
qiluvchi rolini qayd etadi.

Audiovizual materiallardan nutqning to’rtala ko’nikma shakllarida ham foydalanish

mumkin. Buning uchun me’yor va yosh-xususiyatlarini chegaralab, bilim darajasini ham aniqlab
olish muhimdir.

Masalan, biz boshlang’ich sinf yoshidagi o’quvchilarga siyosiy yangiliklar haqidagi

videoni qo’yib ko’rsatolmaymiz. Shuningdek, universitet talabasini ham bolalar uchun
mo’ljallangan kichik ko’rsatuvlarni tomosha qilishga majburlay olmaymiz. Shunday ekan, har bir
audio-vizual materialni taqdim etishdan oldin uni kimga namoyish etmoqchi va qanday uslubda
yetkazmoqchi ekanligimizni belgilab olishimiz lozim. Tinglab tushunish (Listening skill)
ko’nikmasini rivojlantirish uchun biz o'quvchilar bilan audio materiallar, jumladan
radioeshittirishlardan, turli mavzulardagi podkastlar, estrada qo’shiqlari, monolog va dialoglardan
foydalanishimiz mumkin. Bunda ular eshitish orqali raqamlarni, joy nomlarini, ismlarni, soat
vaqtlarini topishlari yoki bo’sh kataklarni, tushirib qoldirilgan so'zlar bilan gaplarni to'ldirishlari
kerak bo'ladi.

Ushbu vazifalar til o’rganuvchilarning eshitib tushunish qobiliyatini rivojlantirish bilan bir

qatorda, ularning nutqiy ko’nikmasi, ya’ni so’zlashuv mahoratini ham oshirishga xizmat qiladi.
O'zbek tilida taqdim etiladigan matnlar orqali biz xorijliklarda o’qish mahorati (reading skill) ni
oshirishimiz, bunda ham media manbalaridan foydalanishimiz mumkin. Jumladan, o’zbek tilidagi
gazeta va jurnallar, masalan, “Xalq so’zi”, “Hurriyat” kabi qator bosma nashrlarda berilayotgan,
xabar, yangilik va maqolalarni o'qish, tahlil va tahrir qilish orqali til oʻrganuvchilarning ham o'qish
mahorati ortadi, ham o’zbek tilida fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Yozish mahorati (writing skill) ni oshirishda ham biz media mahsulotlariga tayansak

bo'ladi. O’quvchilarga turli kichik sahna asarlari uchun ssenariy tayyorlashni yoki gazeta uchun
ularning o'zlari maqola, xabar yoki yangiliklarni o’zbek tilida o'zlari yozishlari haqida topshiriq
berish mumkin. Bundan tashqari, o’zbek tilidagi bir qancha bosma nashrlarni o’qib, tushungan
mazmuni bo’yicha kichik bayon yozishni topshirish ham yozuv ko’nikmasini rivojlantirishda
samara li bo’ladi. Internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar haqida ham xuddi shunday fikr yuritsak
to’g’ri bo’ladi. Xorijlik o’quvchilar bajonidil You Tube tarmog’ida o’z videolarini, boshqa
ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga ma’lumotlar joylashlari va bir-birlarining virtual sahifalariga
shaxsiy munosabatlarini yozishlari mumkin. Bu esa albatta ularning yozuv ko’nikmasiniyanada
rivojlantirishga xizmat qiladi. Birgina talab, yo’naltiruvchi o’qituvchi til o’rganuvchilarga har bir
fikrni badiiylashtirilgan me’yorlar asosida yozishlarini ta’kilashi lozim.

Gapirish mahoratini rivojlantirishda ham medianing barcha turlaridan bemalol foydalanish

mumkin. Misol uchun, filmlarni shunchaki tomosha qilish emas, balki, oʻzlarini aktyor va
aktrisalardek tutishlari, shuningdek, ular kabi rol ijro etib, ularning aksentini o'zlashtirgan holda
faollarni qaytarishlari kerak bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, ommabop audio-vizual materiallar
(filmlar, musiqa, YouTube) til o’rganuvchi har bir shaxs uchun tanish vosita bo'lib, ular e'tiborni
jalb qilishga va muhokama qilinayotgan nazariyalar va tushunchalarga o’quvchilarning qiziqishini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

saqlab qolishga yordam beradi. Chunki ular nazariya va tushunchalarni amalda ko'rishlari
mumkin. Majoziy ma'noda, nazariya va tushunchalar ekrandan sakrab chiqadi. O’quvchilar o'zlari
o'rganayotgan nazariyalar va kontseptsiyalar yordamida vositalarni tahlil qilib, analitik
ko'nikmalarini oshirishi mumkin.

Darsda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish o'quvchilarga televizor ko'rayotganda,

musiqa tinglashda yoki do'stlari bilan kinoda bo'lganida tushunchalar va yangi misollarni ko'rish
imkonini beradi. Shu boisdan ham, o’zbek tilining chet tili sifatida o'qitilishida ommaviy axborot
vositalari materiallaridan foydalanish eng samaraliusullardan biri hisoblanadi

REFERENCES

1.

Tolipov M., Xudoyberganov Sh., Abduqodirov R. Hozirgi zamon darsining
didaktikuslubiy masalalari. Toshkent, "Tafakkur", 1998 yil.

2.

Yangi pedagogik texnologiyalarning yo'nalishlari, muammolari va yechimlari.Toshkent,
1999 yil.

3.

B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,2006
yil

References

Tolipov M., Xudoyberganov Sh., Abduqodirov R. Hozirgi zamon darsining didaktik uslubiy masalalari. Toshkent, "Tafakkur", 1998 yil.

Yangi pedagogik texnologiyalarning yo'nalishlari, muammolari va yechimlari. Toshkent, 1999 yil.

B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,2006 yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов