DASTURLASH ASOSLARINI O‘RGANISHDA INTERFAOL
USULLARDAN FOYDALANISH
Allamuradov Norbobo Tursun o‘g‘li
1
, Shahriyorov Ikrom Ibrohim o‘g‘li
2
1
Toshkent amaliy fanlar universiteti “Kompyuter injiniring” kafedra
s
i
o‘qituvchi
s
i
,
2
Toshkent amaliy fanlar universiteti “Informatika” kafedra
s
i
o‘qituvchi
s
i
norbobo1996@gmail.com, shahriyorovikrom6@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10442460
Annotasiya.
Maqolada o‘qitishning zamonaviy interfaol texnologiyalarining asosiy
masalalari qaralgan. Shu bilan birga zamonaviy interfaol texnologiyalaridan foydalangan holda
dasturlash asoslarini o‘rganishning asosiy vazifalari va samaradorligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari,interfaol texnologiyalar,
o‘qitishning intefaol vositalari, multimedia, intefaol vositalaridan foydalanish samaradorligi,
dasturlash asoslarini o‘rganishning intefaol metodlari.
Применение интерактивных методов при изучении основ программирования
Аннотация
. В статье рассмотрены основные вопросы применения современных
интерактивных методов обучения, а также выделены основные задачи и эффективности
обучения основ программирования с применением современной интерактивной
технологии.
Ключевые слова:
современные технологии обучения, интерактивные
технологии,
интерактивные
средства
обучения,
эффективность
применение
интерактивных средств, интерактивные методы изучения основы программировании.
Application interactive methods at study of a basis programming
Abstract.
In the article the basic questions of application of modern interactive
methods of training are considered, and also the basic tasks and learning efficiency of a basis
programming with application of modern interactive technology are selected.
Keywords:
modern technologies of training, interactive technologies, interactive
means of training, efficiency application of interactive means, interactive methods of study of a
basis programming.
Bugungi
kunda
bakalavriat
yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlar
tayyorlashning
sifatini
ta’minlashda
talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng
so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish,bugungi
kunda fan va texnika sohasidagi yangiliklarni
o‘quv dasturlari mazmuniga kiritish va shular
zaminida
zamonaviy
bilimlarni
shakllantirishga zamin yaratish muhim
ahamiyat kasb etadi. Binobarin, zamonaviy
o‘qitish texnologiyalari, ular bilan bog‘liq
metodik yondashuvlar bo‘lajak pedagog
kadrlarlarda
zaruriy
bilimlar,
muhim
qonuniyatlar,
ko‘plab
fundamental
tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va
mustahkam shakllantirish uchun qulay
sharoit yaratadi.
Ta’lim tizimida dasturlash asoslari
yuzasidan bilim va malakalarni shakllantirish
va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga
nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni
taqozo etadi. Bo‘lajak kadrlarning chuqur
bilimga, samarali faoliyat yurita olish
mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari
borasida unda yetarli nazariy hamda amaliy
bilimlarning,
ta’lim
jarayonida
yangi
innovatsion
texnologiyalaridan
unumli
foydalanish
malakasining
qanchalik
shakllangan-ligiga bog‘liqdir. Shu sababli,
ta’lim
jarayonini
axborotlashtirish,
zamonaviy
axborot
texnologiyalari
imkoniyatlaridan,
jumladan
innovatsion
texnologiyalar tizimlarini yaratish va undan
ta’lim jarayonida unumli foydalanishning
nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish
tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.
Dasturlash
asoslarini
o‘rganish
bo‘yicha
mashg‘ulotlarni
innovasion
texnologiyalar yordamida tashkil etishdan
asosiy maqsad
talabalarni axborot va
jamiyat, axborot texnologiyalari va tizimlari,
ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati,
kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish, tamoyil va
uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama
amaliy jixatdan tanishtirishdan iboratdir.
Interfaol usullar - bu jamoa bo‘lib fikrlashdan
iborat deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir
etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usullarning
o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi
orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kundagi
ko‘pgina uslubiy innovasiyalar interfaol
usullarni qo‘llash bilan bog‘lik. Biz quyida
dasturlash asoslarini o‘qitish jarayonida
qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi bir
texnologiyalarni bayon etishga harakat
qilamiz.
“Venn
diagrammasi”
grafik
organayzeri talabalarda mavzuga nisbatan
tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida
mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish
ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U
kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq
sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Grafik
organayzer
talabalar
tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin
nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni
qiyosiy tahlil yetishga yordam beradi. Undan
muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha
yakuniy
darslarni
tashkil
yetishda
foydalanish yanada samaralidir. Dasturlash
tilini o‘rganishda operatorlarni “Venn
diagrammasi” grafik organayzeri ko‘rinishida
tasvirlash mumkin:
“SWOT-tahlil”
strategiyasi
muammoning asosiy to‘rt jihatini yoritishga
xizmat qiladi. o‘quvchilar mavzuning
mazmuniga mos muammo-larni atroflicha
o‘rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni
keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish
imkoniyatlarini topadi. C++ dasturlash tilini
SWOT tahlilida quyidagicha ifodalanadi:
S
C++ dasturlash tilidan
foydalanishning kuchli
tomonlari
Ushbu dasturlash
tili tizimli
dasturlash tili
bo‘lib, boshqa
dasturlash tillarida
ham tizimli
masalalarni
yechishda C++ ga
murojaat etiladi.
W
C++ dasturlash tilidan
foydalanishning
kuchsiz tomonlari
Dasturlash tilining
strukturasi
murakkabligi.
O
C++ dasturlash tilidan
foydalanishning
imkoniyatlari (ichki)
C++ dasturlash
tilini muk-kammal
o‘zlashtirgan
dasturchi-lar
muammoli
masalalarni
yechishda va
yuzaga keladigan
xatoliklarni bartaraf
yetishda mukammal
muhit hisoblanadi.
T
To‘siqlar (tashqi)
Ma’lumotlar
xavfsizligining to‘la
ta’minlanmaganligi
Idrok xaritasi usuli– mavzu yoki o‘quv
materialini grafikli bayon etish usuli bo‘lib,
axborotlarni tizimli, tartibli va vizual
o‘zlashti-rish imkonini beradi.
“Sinkveyn” strategiyasi J.Still,
K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab
chiqilgan “o‘qish va yozish asosida tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir
talaba va talabalar guruhlarining fikrlash
faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn”
usulini qo‘llash samarali ekanligi
aytiladi.
“Dastur” mavzusi “Sinkveyn” usulida
quyidagicha ifodalanadi:
1-
qator:
Dastur
2-
qator:
tizimli
amaliy
3-
qator:
tekshiradi
bajaradi
chiqaradi
4-
qator:
Buyruqlarning tartibangan ketma-
ketligi
5-
qator:
Mashina kodi
Assesment
(baholash)
usuli-
mustahkamlash, baholash, o‘zlashti-rish
ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini
tekshirishga,
o‘z-o‘zini
baho-lashga
yo‘naltirilgan
bo‘lib,
to‘rt
darajadagi
o‘zlashtirish
jarayonini
ichiga
oladi.
Dasturlash asoslari bo‘yicha talabalarga
quyidagicha assisement tavsiya etish mumkin.
Baholash: har bir katakchadagi javoblar
uchun 5 ball yoki 1-5 ball
Test
1.Quyida cout
operatori necha marta
takrorlanadi?
for (k=1; k<5; k=k+1)
for (j=0; j<5; j=j+1)
cout<<k+j;
1) 18 marta 2) 20
marta 3) 4 marta 4) 16
marta 5) 24 marta
2. Dastur natijasini
aniqlang:
main()
{ float s; int i; s=0;
i=0;
while ( i
cout<<s; return 0; }
1) 0 2) 0.6 3) 0.8 4) 0.4
5) 0.2
3. Dastur natijasini
aniqlang:
main()
{ float s; int i; s=0;
i=1;
do s=s+1/i; i=i-1;
while ( i<=1 )
cout<<s; return 0; }
1) 0 2) 0.4 3) 0.8 4) 0.2
5) 0.6
Qiyosiy tahlil
[a,b] oraliqdagi toq
sonlar kvadtlarining
ko‘paytmasini
hisoblash dasturini:
1) Sikl opertoridan
foydalanmas-dan;
2) Sikl opertoridan
foydalanib tuzing va
natijani tahlil qiling.
Tushunchaga sinkveyn
yozing
“Dastur”
Parametrli sikl
operatorini ishlash
tartibini tushuntiring
“Klaster” grafik organayzeri. “Klaster”
(g‘uncha,
to‘plam,
bog‘lam)
grafik
organayzeri puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib,
uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh
asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda
qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan
g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi
aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Grafik organayzer shartlari:grafik organayzer
yordamida talabalar topshiriq bo‘yicha
fikrlarini klaster (mayda, alohida qismlar)
tarzida quyidagicha ifodalaydi:
“C++tilida dastur” tushunchasiga “Klaster”
Mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi tomonidan
talabalarga
strategiyaning
mohiyati,
afzalliklari haqida yetarlicha ma’lumot
berilishi ular tomonidan hal etiladigan
muammo mohiyatining to‘la tushunilishini
ta’minlash va kutilgan natijaga erishishga
yordam beradi.
Mashg‘ulotlardagi interfaol usullar o‘zaro
tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga,
umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun
ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga
olib keladigan muloqotni tashkil etish va
rivojlantirishni
ko‘zda
tutadi,
hamda
talabalarda hal etilayotgan masala yuzasidan
mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini
tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Dasturlash asoslarini o‘rganish jarayonida
interfaol
texnologiyalardan
foydalanish
quyidagi ijobiy natijalarga erishiladi:
❖
o‘quvchilarning
dasturlash
asoslari
bo‘yicha bilim va malakalari shakllanadi;
❖
o‘quvchilarning hisoblash malakalari
oshadi;
❖
dasturlash
asoslariga
oid
amaliy
bilimlarda
xato
va
kamchilar
kamaytiriladi;
❖
o‘quvchilarning dasturlash asoslariga oid
matematik
va
mantiqiy
fikrlash
qobiliyatlari o‘sadi.
❖
o‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z-
o‘ziga baho berishi, tanqidiy qarashi
rivojlanadi;
❖
o‘quvchi
uchun
dars
qiziqarli
o‘qitilayotgan
predmet
mazmuniga
aylanadi, o‘qish jarayoniga ijodiy
yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi;
❖
har bir o‘quvchini o‘zi mustaqil fikr
yurita olishga, izlanishga, mushohada
qilishga olib keladi;
❖
interfaol usulda o‘qitilgan darslarda
o‘quvchi faqat ta’lim mazmunini
o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining
tanqidiy va mantiqiy fikrlashishini ham
rivojlantiradi.
❖
Xulosa
qilib
aytganda,
dasturlash
asoslarini interfaol usullari asosida
o‘rganishda quyidagi asosiy vazifalarni
bajarish lozimligini ta’kidlash mumkin:
❖
o‘qituvchi
tomonidan
fanning
mazmunini
aks
ettiruvchi
sillabus
yaratish;
❖
mashg‘ulotlarni zamonaviy interfaol
texnologiyalar asosida tashkil etish
uslublarini bugungi kun talablari asosida
yoritish;
❖
mashg‘ulotlarni interfaol usullar asosida
tashkil etishga oid bajarilgan ishlanmalar
yuzasidan taqdimotlar yaratish;
❖
mashg‘ulotlarni interfaol texnologiyalar
asosida tashkil etish bo‘yicha nazorat
topshiriqlari va mustaqil ta’lim
yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
❖
mashg‘ulotlarni interfaol texnologiyalar
asosida tashkil etish yuzasidan keyslar
to‘plami, amaliy topshiriqlar,
ishlanmalar yaratish va ularni
amaliyotga tadbiq etish.
ADABIYOTLAR
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining Farmoni “2017—2021-yillarda O‘zbekistonni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”. //7
aprel, 2017 yil.
Begimqulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik ta’limni tashkil
etish.// —Pedagogik ta’lim» jur, № 1, 2004 - 25-25 betlar.
D.Ro‘ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. //
Uslubiy qo‘llanma. -T.: “TDPU”, 2013, -116 bet.
Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Моисеева М.В.. Петров А.Е. Новые педагогические и
информационные технологии в системе образования: Учеб. пособие. М., Академия,
2000.
