RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

HAC
Google Scholar
To share
Allamuradov, N., & Shahriyorov, I. . (2024). RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–9. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28236
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this state, the development and infrastructure of the digital economy is analyzed, and a number of problems related to the development of the digital economy in our country are analyzed, and the solutions are described in detail.


background image

1

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT

KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

Allamuradov Norbobo Tursun o‘g‘li

1

, Shahriyorov Ikrom Ibrohim o‘g‘li

2

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Kompyuter injiniring” kafedrasi o‘qituvchisi,

2

Toshkent

amaliy fanlar universiteti “Informatika” kafedrasi o‘qituvchisi

norbobo1996@gmail.com, shahriyorovikrom6@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471487

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotming rivojlanishihamda infratuzilmalari

tahlil qilinadi hamda olingan natijalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
boʻyicha bir qancha muammolar va ularning mumkin boʻlgan yechimlariatroflich koʻrib
chiqiladi.Bundan tashqari, respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida raqamli texnologiyaning
global ahamiyatga ega boʻlgan platformalarini yaratish mexanizmlari haqida batafsil bayon etilgan.

Аннотация:

В данной статье проанализировано развитие и инфраструктура цифровой

экономики, и по результатам рассмотрен ряд проблем, связанных с развитием цифровой
экономики в нашей стране и возможные пути их решения, подробно описаны механизмы
создания

Annotation:

In this state, the development and infrastructure of the digital economy is

analyzed, and a number of problems related to the development of the digital economy in our country
are analyzed, and the solutions are described in detail.

Kalit soʻzlar.

Big Data, texnologiya, global, The Digital Economy, Digital, Networked,

Intelligence, asbob-uskunalar, platformalar, sensorika, kvant texnologiyalari, kraudsorsing, virtual,
reallik texnologiyalari, statistic, diversifikatsiya, kripto-aktivlar, smart-kontrakt, konsalting, emissiya,
ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding, blokcheyn.

Ключевые слова:

Big Data, технологии, The Digital Economy, Digital, Networked,

Intelligence, оборудование, платформы, датчики, квантовые технологии, краудсорсинг,
виртуальные, технологии реальности, статистика, диверсификация, криптоактивы, смарт-
контракт, консалтинг, эмиссия, обмен, хранение, распространение, управление, страхование,
краудфандинг, блокчейн.

Keywords:

Big Data, technology, global, The Digital Economy, Digital, Networked,

Intelligence, equipment, platforms, sensors, quantum technologies, crowdsourcing, virtual, reality
technologies, statistics, diversification, crypto-assets, smart-contract, consulting, emission, exchange,
storage, distribution, management, insurance, crowdfunding, blockchain.


KIRISH

Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va

u bilan bog’liq boʻlgan bir qancha samarador
texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan
kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham
davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada
jadallashtirish

maqsadida

respublikamiz

rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni
qabul

qildi.

Masalan,

Oʻzbekiston

Respublikasi

prezidenti

2018

yil

28

dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim
ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda
raqamli iqtisodning rivojlanishi boʻyicha


background image

2

quyidagilarni aytib oʻtdi: “Iqtisodiyotning
barcha sohalarini raqamli texnologiyalar
asosida yangilanishini koʻzda tutadigan
“Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni
ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda
“Raqamli

Oʻzbekiston-2030”

dasturini

hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30
foizga oʻstirish, korruptsiyani keskin
kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro
tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar ham buni
tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga
ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga
oʻtish boʻyicha “yoʻl haritasi”ni ishlab
chiqish topshiriladi. Bu borada axborot
havfsizligini ta ’minlashga alohida e’tibor
qaratish zarur”[1,2]. Shuning uchun ham uni
qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va
halq oldida koʻndalang boʻlib turibdi. Ushbu
maqolada

Oʻzbekiston

Respublikasida

raqamli

iqtisodiyotni

rivojlantirish

strategiyasining

ba’zi bir yoʻnalishlari

mualliflar

nuqtai-nazaridan

muhokama

qilinadi.

Iqtisodiy

va

texnologik

taraqqiyotning

yangi

bosqichi

sifatida

namoyon

boʻlayotgan raqamli inqilob

insoniyat hayotini shiddat bilan oʻzgartirib,
keng imkoniyatlar yaratish bilan birga,
xalqaro

raqobat

maydonining

yanada

keskinlashuv

davrini

boshlab

berdi.

“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi boʻlib
1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop
etilgan

“Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli

intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The
Digital Economy: Promise and Peril in the
Age of Networked Intelligence) nashrida
alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan.
Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning
asosiy tarkibiy qismlariga fundamental
innovatsiyalar

(yarimoʻtkazgichlar,

protsessorlar),

asosiy

texnologiyalar

(kompyuterlar) va bog‘lovchi infratuzilmalar
(internet va telekommunikatsiya tarmoqlari)
ajratib koʻrsatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki

xil turli tushunchalarni ifodalash uchun
ishlatiladi.

[1]

Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu

rivojlanishning

zamonaviy

bosqichi

hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot
ne’matlarining

ustuvor

oʻrni

bilan

tavsiflanadi.

Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot–bu

oʻziga xos tushuncha boʻlib, uning oʻrganish
obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global
iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot oʻz
rivojlanishining boshlang‘ich davrida boʻlib,
zamonamizning raqamli axborot bosqichiga
oʻtishi atiga bir necha oʻn yilni tashkil etadi.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu
jarayonlarni

tahlil

qilish

natijalaridan

foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni
qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab
chiqarishlar,

texnologiyalar,

asbob-

uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash,
sotish va yetkazib berish samaradorligini
jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan,
raqamli koʻrinishdagi ma’lumotlar asosiy
ishlab

chiqarish

omili

hisoblangan

faoliyatdir..

[2]

Zamonaviy taraqqiyotning keyingi

istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan
ishlash texnologiyalari (Big Data), sun’iy
intellekt,

neyrotexnologiyalar,

kvant

texnologiyalari,

buyumlar

interneti,

robototexnika va sensorika, raqamli elektron
platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar,
virtual

va

qoʻshimcha

reallik

texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn
texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-
texnologiyalari

singari

raqamli

texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb
etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud
sohalarning yarmidan koʻprog‘ida beqiyos
oʻzgarishlar

keltirib

chiqarishi

ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki
ekspertlari fikricha, tezkor internetdan
foydalanuvchilar

sonining

10

foizga


background image

3

koʻpayishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini
har yili oʻrtacha 0,4-1,4 foizga oshirish
imkonini beradi. .

[4]

Dunyoda

raqamli

iqtisodiyot

oʻsishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni
tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda
raqamli

iqtisodiyotning

yalpi

ichki

mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular
hozirning oʻzida raqamli iqtisodiyotning
joriy

qilinishidan

juda

katta

naf

koʻrishmoqda. Xususan, Amerika Qoʻshma
Shtatlari

yiliga

400

milliard

AQSh

dollaridan koʻproq raqamli xizmatlarni
eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki
mahsulotining 5 foizidan koʻprog‘i bevosita
internet

va

axborot-telekommunikatsiya

texnologiyalari bilan bog‘liq sohalarga
toʻg‘ri keladi. 2025-yilgacha AQSh sanoatni
raqamlashtirishdan qoʻshimcha 20 trln.
dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday
iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol
tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar),
avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va
logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori boʻlishi
ta’kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari
boʻyicha raqamli iqtisodiyotning dunyo
iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5 foizdan 15,5
foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sektorida
yaratilayotgan qoʻshilgan qiymatning deyarli
40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan
bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika
Qoʻshma

Shtatlari

va

Xitoy

Xalq

Respublikasi xissasiga toʻg‘ri keladi[3].

Mamlakatimiz

Prezidenti

Sh.M.

Mirziyoyevning 2020-yil 13-fevral kuni
axborot texnologiyalarini rivojlantirishga
bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik
ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi

10,9

foiz,

Xitoyda

10

foiz,

Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi.
Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 2 foizdan ham
oshmaydi. Raqamlashtirishning ahamiyati va

ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini
baholash uchun soʻnggi oʻn yillikdagi bir
nechta yirik texnologik kompaniyalar va
raqamli platformalarning jahon bozoridagi
kapitallarining ulushini koʻrish kifoya.
Xususan, BMTning savdo va rivojlanish
konferensiyasi

ma’lumotlarida

qayd

etilganidek, bu koʻrsatkich 2009-yilda 16
foizni tashkil etgan boʻlsa, 2018-yilning
oxiriga kelib 56 foizga yetgan [2].

Jadallik bilan rivojlanib borayotgan

zamonda,

mamlakatimizda

juda

katta

oʻzgarishlar boʻlmoqda. Oʻtgan asrning
soʻngi yillarida va XX asrning dastlabki
yillaridanoq inson faoliyatining eng muhim
sohalari boʻlgan iqtisodiy boshqaruv
butunlay oʻzgacha yondashuv va alohida
mohiyatga

ega

boʻladi. Odamlarning

ijtimoiy

hayotga

qarashlari

ham

oʻzgarmoqda. Kompyuter texnologiyalari
uzoq vaqtdan beri kundalik hayotning
ajralmas qismi boʻlib kelgan. Biroq,
smartfonlar va kompyuter, planshetlarining
paydo

boʻlishi

bilan

kompyuter

texnologiyalarining ta'siri keskin oshdi.
Zamonaviy

jamiyatning

eng

koʻzga

koʻringan

xususiyati

raqamli

texnologiyalarning odamlarning yashash va
ishlash tarziga ta'sirining kuchayishidir. Bu
mikroelektronika,

axborot

va

telekommunikatsiya

texnologiyalarining

jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Shunday
qilib, jamiyat hayotini "raqamlashtirish"
ob'ektiv va muqarrar olg'a siljish degan
xulosaga kelish mumkini Iqtisodiyotdagi
raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan
axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish
mumkin.Hozrgi

zamondagi

iqtisodiy

vaziyatda kelib chiqib elektron biznes
tuzilmalari

ishini

optimallashtirish

bu

yanada raqamli iqtisodiyotda sodir boʻlishi
mumkin boʻlgan uchta asosiy elementga
boʻlinadi: 1.Infratuzilma elementlari ya’ni
uskunalar

va

dasturlar;


background image

4

2.Telekommunikatsiya

qurilmalari

va

boshqalar, qolaversa elektron biznesning
yoʻnalishi, 3.Tijorat ya’ni onlayn tovar
savdosi.

Bugungi

kunda

axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining katta
qismi raqamli vositalar hisoblanadi.Bunga
misol

qilib

olishimiz mumkin ya’ni

iqtisodiyot

infratuzilmasi.

Iqtisodiyotda

mehnatning raqamli shakllarini joriy etish
ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir
inson uchun ham yaxshigina foyda keltiradi.
Koʻrishimiz mumkinki bunda: ishlab
chiqarish, tovar mahsulotlari va xizmatlarini
taqsimlash,

ayirboshlash,

ulardan

foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan
keng foydalanish soʻnggi oʻn yilliklarda
barcha

sanoat

sohalarida

va

ishlab

chiqarishda va xizmat koʻrsatishda jadallik
bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga
olish kerakki, avvallari bu oʻz-oʻzidan va
nazoratsiz holatda boʻlgan, ammo bugungi
kunga

kelib

yirik

kompaniyalar

va

korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu
masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini
anglab yetdi va unga asoslangan oʻzlarining
bma’lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda.
Raqamlashtirishning strategik rejasini ishlab
chiqish va keyinchalik amalga oshirish
hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha
sohalarida deyarli barcha yirik firmalar
uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi
kunda

raqamli

iqtisodiyotni

asosiy

texnologiyalari bular:bulutli texnologiya,
taqsimlangan hisoblash texnologiyasi, katta
ma'lumotli

texnologiyalar

tashkil

etib

kelmoqda. Biroq, eng muhim texnologiyani
raqamli platforma deb hisoblash mumkin.
Raqamli platforma bu koʻp sonli bozor
vakillarining oʻzaro munosabatlari tizimi
sifatida ma'lum bir algoritm boʻyicha va
ularni maxsus axborot muhiti orqali
birlashtirish tushuniladi.iv Shunday qilib,
raqamli texnologiyalar toʻplamidan keng
miqiyosda foydalanish va ularni ma’lum

darjada oʻzgartirish orqali tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi
mumkin. Muayyan raqamli platforma har
qanday yirik iqtisodiy sohaga asoslanib,
shart-sharoitlarni

ta'minlaydi.

Mehnat

taqsimoti shartlari sotuvchilar va xaridorlar
oʻrtasida ma'lumot almashish uchun.
Masalan:

Platformaslar

quyidagilarni

ta'minlaydi, taksi ishchilari va ularning
yoʻlovchilari oʻrtasidagi aloqani.qolaversa
yana bir qancha platformalar ham, avtomobil
egalari va avtomobil ijaraga olmoqchi
boʻlganlar oʻrtasidagi munosabatlarni aks
ettirishda

yaqqol

namoyon

boʻladi.

Platforma - bu boshqa barcha kerakli
texnologiyalarni oʻz ichiga jamlahan
dasturlar yig‘indisi boʻlib, katta hajmli
ma’lumotlarga va turli xizmatlarga kirish
imkoniyatini beradi Raqamli iqtisodiyot
elektron dasturlar sanoati tomonidan kashf
qilingan

innovatsion

texnologiyalarga

asoslangan hisoblanadi. Buni biz ikki
element

bilan

ifodalashimiz

mumkin.

Birinchidan, bu elektron sanoat, kichik
hajmdagi

chiplar

ishlab

chiqarish,kompyuterlar

va

telekommunikatsiya qurilmalari va maishiy
elektronikani oʻz ichiga olsa, ikkinchidan esa
bu

kompaniyalarning

raqamli

texnologiyalari

sohasida

xizmatlar

koʻrsatadigan va raqamli ishlab chiqarish
hamda

ularni

saqlash

vositalaridan

foydalanishva ma'lumotlarni boshqarishdan
iborat

hisoblanadi.

Raqamli

sektorni

rivojlantirishda milliy iqtisodiyot uchun
muhim ahamiyatga ega bir qancha davlatlar
tomonidan hozrgi kunda keng koʻlamli va
adolatli oʻz iqtisodiyotlarining raqamli
sektorlarini rivojlantirishga qaratilgan ulkan
dasturlar

amalga

oshirilayotgani

ham

tasdiqlanadi. Yangi ish oʻrinlarini yaratishda
ushbu sohalarda va elektron sanoat hamda IT
texnologiyalarining

raqobatbardoshligini

oshirish qaratilgan bir qancha ishlar amalga


background image

5

oshirilmoqda.

“Iqtisodiyotning

globallashuvi”

tushunchasi

keskin

kuchayish va bir qancha jarayonlarni
nazarda tutadi. Misol uchun olishimiz
mumkin, tovarlar, kapital, texnologiya,
xizmatlar, axborot, odamlarning davlatlararo
(transchegaraviy)

oqimlari

shular

jumlasidandir.

Soʻngi

yilliklarda

iqtisodiyotning

globallashuv

jarayoni

haqiqatan ham sezilarli darajada tezlashdi.
Biz milliy iqtisodiyotning oʻzaro ta‘sirini
kapital

vakili

boʻlgan

transmilliy

korporatsiyalar va banklar faoliyatining
ta’sirini bir vaqtning oʻzida bir nechta
davlatlar tomonidan oʻzaro bog‘liqligining
tez ortib borayotganiga guvoh boʻlishimiz
mumkin. XXI asr boshlarida 20 mingga
yaqin ulkan transmilliy korporatsiyalar
oʻzlarining asosan Yevropa, Shimoliy
Amerika va Sharqiy Osiyodagi yirik
bozorlarda faoliyat yurituvchi koʻplab
shoʻba

korxonalari,jahon

savdosining

yarmidan

koʻpini

nazorat

qilgani

iqtisodiyotning globallashuv jarayoni oʻz
aksini topgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti
insoniyat

sivilizatsiyasining

rivojlanishi

bilan

doimo

chambarchas

bog‘liq

hisoblanadi. Biroq, fan va texnikaning
rivojlanishida

ishlab

chiqaruvchi

kuchlarning bosqichma-bosqich progressiv
rivojlanishi jarayonida sifat darajalarining
ortishi sodir boʻladi. Xulosa oʻrnida shuni
aytish lozimki, ma'lum kamchiliklarga va
xatolarni

inobatga

olmagan

holda

rivojlanayotgan

jamiyat

iqtisodiyotini

raqamlashtirishda

bu

hodisalarning

afzalliklari juda katta va bu afzalliklar ancha
muhim hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda
takidlab

oʻtganimizdek,

raqamli

texnologiyalar samarali foydalanish oʻz
sohalarining

narxini

va

ishlarning

samaradorligini doimiy ravishda kengaytirib
kelmoqda.

Jamiyatimiz

uchun

kerakli

boʻlgan vositalarni joriy etish, iqtisodiyotni

raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda
jadallik bilan ortib bormoqda. Yuqorida
aytilganlarga asoslanib, xuddi shunday
raqamli qurilmalarning mavjudligi darajasi
zamonaviy

jamiyat

iqtisodiyotini

raqamlashtirish - bu jamiyat taraqqiyotiga
ulkan hissa qoʻshadigan jarayon degan
xulosaga kelishimiz mumkin.

Dunyo hamjamiyatida roʻy berayotgan

bunday jadal oʻzgarishlar va raqobatning
keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va
raqamli

texnologiyalarni

keng

joriy

etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda
mamlakatimiz

iqtisodiyotini

barqaror

rivojlantirish,

uning

raqobatdoshligini

ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat boʻlib,
bu esa, oʻz navbatida, ilmiy va amaliy
harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Bu
borada,

soʻnggi

yillarda

milliy

iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya
qilish boʻyicha olib borilayotgan keng
qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz
ijtimoiy-iqtisodiy

hayoti

va

davlat

boshqaruvi

tizimiga

raqamli

texnologiyalarni joriy etish borasida qator
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Oʻzbekiston

Respublikasida

raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻg‘risida”gi 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-
sonli

qarori

qabul

qilinishi

raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam
boʻlib,

mamlakatimizda

raqamli

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha
quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim
vazifalar belgilab berildi:

investitsiyaviy va tadbirkorlik

faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya
qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi
sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning,
smart-kontrakt,

konsalting,

emissiya,

ayirboshlash,

saqlash,

taqsimlash,

boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding
(jamoaviy

moliyalashtirish)


background image

6

texnologiyalarini joriy etish;

blokcheyn

texnologiyalarini

ishlab chiqish va ulardan foydalanish
sohasida

zamonaviy

axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi
tushunadigan, amaliy ish koʻnikmalariga ega
malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek,
yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb
qilish;

kripto-aktivlar

boʻyicha

faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish,
shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga
olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;

raqamli iqtisodiyotni yanada

rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar,
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish
sohasida davlat organlari va tadbirkorlik
sub’ektlarining

yaqin

hamkorligini

ta’minlash.

Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron

hukumat” tizimini joriy etish raqamli
iqtisodiyotni

rivojlantirishning

ajralmas

tarkibiy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi
ma’muriy tartib va taomillardan oʻtishni
soddalashtirish,

aholi

turmush

sifatini

oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik
muhitini yaxshilashga qaratilgan. Belgilab
olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga
oshirish,

shuningdek,

mamlakatimizda

raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va
tadbirkorlar

uchun qulay imkoniyatlar

yaratish,

byurokratik

toʻsiqlar

va

korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va
ochiq

davlat

boshqaruvi

tizimini

rivojlantirish borasida koʻzlangan maqsadga
erishish

uchun

bugungi

kunda

iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli
texnologiyalar asosida yangilashni nazarda
tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy
konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan boʻlib,
aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

orqali

yalpi

ichki

mahsulot

hajmini

qoʻshimcha 30 foizga oʻstirish imkoni
yaratilishi kutilmoqda[3].

Mamlakatimizda

ilm-fanni

yanada

ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim,
yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib
tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni
shakllantirish

borasida

boshlagan

ishlarimizni jadal davom ettirish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyevning

2020-yil

24-yanvardagi

Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida
2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom
berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda
Oʻzbekiston hayotida global taraqqiyotga
hamohang ravishda tarixiy burilish davri
boshlanganini tasdiqladi[5].

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va

texnologik

rivojlanish

sharoitida

Oʻzbekistonning iqtisodiy

rivojlanishini

raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin.
Tadqiqotlar natijalariga koʻra, 2022-yilga
kelib global YaIMning chorak qismi raqamli
sohada boʻlishini taxmin qilinmoqda. Lekin,
xalqaro

axborot

kommunikatsiya

texnologiyalari

rivojlantirish

indeksi

boʻyicha Oʻzbekiston 170 dan ortiq davlat
ichida 103-oʻrinni egallab turishining oʻzi
mamlakatimizda

bu

sohada hali oʻz

yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi
lozim boʻlgan ishlar koʻpligidan dalolat
beradi.

Davlatimiz

rahbarining

ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot
kommunikatsiya

texnologiyalarini

rivojlantirish indeksi boʻyicha 2019-yilda 8-
pog‘onaga koʻtarilgan boʻlsa-da, hali juda
ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar,
korxonalar

raqamli

texnologiyalardan

mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish
kerakli infratuzilma, koʻp mablag‘ va mehnat
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.
Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga


background image

7

bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?!
Ertaga juda kech boʻladi. Shu bois, raqamli
iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi
eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot

va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga,
meni juda qattiq tashvishga soladigan va
bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya
balosini yoʻqotishda ham ular samarali
vositadir. Buni barchamiz teran anglab
olishimiz

darkor.

Davlat

va

jamiyat

boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli
texnologiyalarni

keng

joriy

etib,

natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan
aytganda,

odamlar

turmushini

keskin

yaxshilash mumkin” [6].

Oʻz oʻrnida qayd etib etish lozimki,

mamlakatimiz

hayotida

raqamli

iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon
muvaffaqiyat bilan faoliyat koʻrsatmoqda.
Jumladan,

hujjatlar

va

kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda
raqamli vositalarga oʻtkazilishini hisobga
olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat
bilan

muloqot

qilish

ham

elektron

platformalarga oʻtkazilmoqda. BMT Bosh
kotibi Antoniu Guterrishning ta’biri bilan
aytganda, “raqamli iqtisodiyot yangi xavf-
xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu
jumladan,

kiberxavfsizlikka

tahdidlar,

noqonuniy

iqtisodiy

faoliyatning

yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini
buzilishi bilan bog‘liq sabablarni keltirish
mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish
hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik
guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik
sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab
etadi”. Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot
miqyosining kengayib borishida xalqaro
hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur.
Shu oʻrinda mamnuniyat bilan qayd etish
joizki, Oʻzbekistonda axborot xavfsizligi
sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-

tadbirlar

natijasida

2019-yilda

Kiberxavfsizlik

global

indeksida

41

pog‘onaga koʻtarilib, 52-oʻrinni egalladik
[8].

Xulosa oʻrnida aytish joizki, insoniyat

taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin
istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy
soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat
jihatdan

rivojlanishi

raqamli

texnologiyalarni keng joriy etish bilan
bevosita

bog‘liq

boʻlib

bormoqda.

Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham
raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli
texnologiyalarning

qamrov

darajasiga

tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli
iqtisodiyotni

rivojlantirishning

quyidagi

asosiy shartlari va ustuvor yoʻnalishlarini
sanab oʻtish maqsadga muvofiq:

raqamli texnologiyalar barqaror

faoliyat koʻrsatishi uchun institutsional
muhit va raqamli infratuzilmani yaratish,
davlat

xizmatlarini

koʻrsatish,

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari,
sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa
sohalarda raqamli texnologiyalarni keng
joriy

etish,

shuningdek,

Oʻzbekiston

Respublikasi

hududini

rivojlangan

mamlakatlar darajasida internet global
tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan
imkon qadar toʻliq qoplashni bosqichma-
bosqich ta’minlash;

kadrlar

tayyorlash

koʻlamini

kengaytirish va bu yoʻnalishlar boʻyicha
chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va
injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim
tizimining barcha bosqichlarida xalqaro
andozalarga

toʻliq

javob

beradigan

zamonaviy

axborot

texnologiyalarini

oʻqitish,

shu

jumladan,

xorijiy

hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million
dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga
oshirish;

raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-

nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada


background image

8

“Raqamli

ishonch”

jamg‘armasi

mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda
ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash;

aholining keng qatlamlari oʻrtasida

“raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va
kengaytirish,

ularni

axborot

texnologiyalarini oʻzlashtirishga jalb qilish
maqsadida oʻquv yurtlarida seminar, kurslar
va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

raqamli iqtisodiyot sohasida

me’yoriy-huquqiy

bazani

mustahkamlash

va

qonunchilik

hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek,
“startap” tushunchasi, faoliyati, venchur
fondlari orqali ularni moliyalashtirishning
huquqiy asoslarini yaratish;

raqamli iqtisodiyot talablariga

javob beradigan mehnat bozorini tashkil
etish va uning mobilligini oshirish, yangi
texnologiyalarni tezkorlik bilan oʻzlashtirish
uchun mutaxassislar malakasini oshirib
borish;

raqamli iqtisodiyot sohasidagi

xalqaro

hamkorlikni

mustahkamlash,

yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar
bilan oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarni
amalga oshirish, shu jumladan, innovatsion
ishlanmalar boʻyicha zamonaviy ilmiy-
ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil

etish.

Xalqaro

tajriba

shundan

dalolat

bermoqdaki,

bugungi

kunda

raqamli

texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va
xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda.
Shuning

uchun

davlat,

aynan, ushbu

sohalarda innovatsion loyihalar va IT-
kompaniyalarni qoʻllab quvvatlagan holda
qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Shuningdek, davlat innovatsion va

raqamli

ekotizimni

qoʻllab-quvvatlash

sohasida raqamli ta’limning zamonaviy
metodlarini qoʻllab-quvvatlashi, innovatsion
xizmatlarni

samarali

tartibga

solish

normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni
oʻzlashtirishda

koʻmaklashishi

hamda

texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida
yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish
choralarini koʻrishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi [6].

Raqamli iqtisodning yana boshqa bir

xizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy
intellekt, mashina vositasida ta’lim berish,
blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham
kelajak

iqtisodiyotida

va

korporativ

boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari
yaqqol koʻrsatib turibdi.

ADABIYOTLAR

1.

Ozoda Abdullayeva, Nosirjon Mallaboyev Process of student self-education and its

design. Vol 27 No 2 (2018): Scientific Journal of Polonia University

2.

Маллабоев Н., Имамназаров Э., Абдуллаева Н, Перспективы производства

продуктов питания. //"Экономика и социум" №5(48) 2018. С. 770-773

3.

Маллабоев Н., Шокиров Д.Роль стандарта в производстве качественных и

безопасных продуктов//Экономика и социум. -Москва, 2018.-№ 5(48) С. 773-775.

4.

Mamurova Feruza Tojimatovna, Abdullayeva Nozima Khoshimovna, Mallaboyev

Nosirjon. Using the "assessment" method in assessing students knowledge.//Theoretical & applied
science.
номер: 11(79) год: 2019 страницы:80-83.

5.

N.M.Mallaboev, I.A.Xolmirzaev; Joint educational educational work of the teacher and

student and methods of improving the quality of education// Экономика и социум.-Москва, 2019.-
№ 6(61) С. 48-53

6.

Abdullaeva N, Mamurova F, Mallaboev N. Efficiency of experimental preparation use


background image

9

multimedia to enlarge some questions //Экономика и социум.-Москва, 2018.-№ 5(48) С. 11- 13.

7.

Nosirjon Mallaboyev.Using the «assessment» method in assessing students'

knowledge.//International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia,

USA issue 11, volume 79 published November 30, 2019.
8.

Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Dadamirzayev Muzaffar G'ulomqodirovich,

Normatov

Azizbek

Muhammatrizoyevich.

Raqamli

ta’lim

muhitini

shakllantirish

muammolari.//Fan va jamiyatning oʻzaro ta’siri–modernizatsiya va innovatsion rivojlanish sari yoʻl
xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiya. 10th june 2020-Namangan city, Uzbekistan

References

Ozoda Abdullayeva, Nosirjon Mallaboyev Process of student self-education and its design. Vol 27 No 2 (2018): Scientific Journal of Polonia University

Маллабоев Н., Имамназаров Э., Абдуллаева Н, Перспективы производства продуктов питания. //"Экономика и социум" №5(48) 2018. С. 770-773

Маллабоев Н., Шокиров Д.Роль стандарта в производстве качественных и безопасных продуктов//Экономика и социум. -Москва, 2018.-№ 5(48) С. 773-775.

Mamurova Feruza Tojimatovna, Abdullayeva Nozima Khoshimovna, Mallaboyev Nosirjon. Using the "assessment" method in assessing students knowledge.//Theoretical & applied science. номер: 11(79) год: 2019 страницы:80-83.

N.M.Mallaboev, I.A.Xolmirzaev; Joint educational educational work of the teacher and student and methods of improving the quality of education// Экономика и социум.-Москва, 2019.-№ 6(61) С. 48-53

Abdullaeva N, Mamurova F, Mallaboev N. Efficiency of experimental preparation use multimedia to enlarge some questions //Экономика и социум.-Москва, 2018.-№ 5(48) С. 11- 13.

Nosirjon Mallaboyev.Using the «assessment» method in assessing students' knowledge.//International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia,

USA issue 11, volume 79 published November 30, 2019.

Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Dadamirzayev Muzaffar G'ulomqodirovich, Normatov Azizbek Muhammatrizoyevich. Raqamli ta’lim muhitini shakllantirish muammolari.//Fan va jamiyatning oʻzaro ta’siri–modernizatsiya va innovatsion rivojlanish sari yoʻl xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiya. 10th june 2020-Namangan city, Uzbekistan

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов