INGLIZ TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INTERFAOL METODLAR TAVSIFI.

HAC
Google Scholar
To share
Muminova , N. . (2024). INGLIZ TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INTERFAOL METODLAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27975
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil o‘quv topshiriqlarini rivojlantirish tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta'lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.


background image

INGLIZ TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR VA INTERFAOL METODLAR TAVSIFI.

Muminova Nasiba Solijon qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko`chasi 1 uy, Toshkent 100149, O`zbekiston

malohatahmedova091@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10444540

Kalit so‘zlar

: Xorijiy til, integratsiya, til, millat, leksika, pedagogik texnologiya, aspect, zamonaviy texnologiya

Annotasiya

:

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil o‘quv topshiriqlarini rivojlantirish tizimiga o'tishning amaldagi holati va

istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari, ta'lim
oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta'lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va
akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq
belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

KIRISH.

Hozirgi kunda xorijiy tillarni o‘rganish va
o‘qitishda yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.
2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini”
o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori chet tillarini
o‘rganish

imkoniyatlarini

kengaytirdi.

Respublikamizda chet tilining o‘qitilishi, xorijiy tili
o‘qituvchilarining

bilim

va

ko‘nikmalarini

baholashning

umumyevropa

mamlakatlari

tavsiyanomalari (CEFR, IELTS, PIRLS, PISA)ga
mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar, o‘quv
materiallari yaratilmoqda. Chet tili o‘rganishga
bo‘lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda.
Chet tili fani to‘rt aspektga (o‘qish, yosh, tinglab
tushunish va gapirish) bo‘linib, ularning har biri
bo‘yicha alohida tushuncha, malaka va ko‘nikmalar
berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan
unumli foydalanish demakdir. Shuningdek, ta’lim
jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini
olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini
o‘rganishda

bunday

axborot-kommunikatsion

texnologiyalardan

foydalanishning

bir

qancha

afzalliklari mavjud. Hozirda Til o‘rganish va
o‘qitishda zamonaviy yondashuvning roli beqiyos.
Texnologik

vositalardan

foydalanish

chet

tili

o‘rganishning har bir aspekt (o‘qish, yozish, tinglab
tushunish va gapirish)da interfaol ,noan’anaviy
topshiriqlar bilan yanada qo‘l keladi. Masalan,
tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,
CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin
emas. Tinglab tushunish til o‘rganishning eng muhim
qismlaridan biri. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida
so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya
qilganligi, so‘z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor
berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanishda o‘quvchilar ham
axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi
bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil
hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan

foydalanib o‘rgatish va o‘rganish eng samador
usullardan biri bo‘lib uni kommunikativ yondashuv
bilan interfaol topshiriqlarni kombinatsion usulda
qo‘llash ham maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda,
jumladan:

− kompyuterlardan foydalanganda o‘quvchi chet
tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni
kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi
shu bilan birga ularga taqdlid qilib o‘rganish
imkoniga ega;

− chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi
dasturlarni eshitish va tomosha qilish imkoni;

− noan’anaviy usul hisoblanadigan smartfon va
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali katta til
o‘rganish bazasiga ega bo‘lish;

− CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik
vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini
o‘rganishlari jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq
bo‘lishini ta’minlaydi bundan tashqari harakatli
o‘yinlar

vositasida

o‘quvchilar

diqqati

dars

jarayonida bir joyda jamlashni taminlaydi. Ma’lumki,
darsning turli xil o‘yinlar asosida o‘tilishi
talabalarning imkoniyatlarini kengaytirib ularni
yashirin qobilyatlarini namoyish etish, diqqatni
jamlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish va kuchli
bo‘lishlariga yordam beradi. Rolli o‘yinlar va
muammoli vaziyatlarga yechim topishga qaratilgan
mashg‘ulotlar kombinatsiyasidan iborat o‘qitish
uslubi dars davomida talabalarning diqqati
buzilishini oldini olib ularni muammoga yechim
topish va mustaqil izlanish olib borishda ko‘nikma
hosil qiladi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha,
harakatli o‘yinlarning psixologik mexanizmlari
shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda barqaror
o‘rnini topish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z
imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental
ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o‘yin zamirida
umumiy qabul qilingan ta’lim prinsiplari, taktikasi
yotishi kerak. O‘quv o‘yinlariga o‘quv predmetlari
asos qilib olinishi kerak.

[2,49]

O‘yinlar jarayonida

o‘quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg‘ulotga
qiziqish bilan yondashadi va bemalol faoliyat


background image

ko‘rsatadi.

Bugungi

kunda

komputer

texnologiyalarsiz til o‘rganish va o‘rgatishni tasavvur
eta olmaymiz. Shu bilan birga o‘qituvchi endilikda
barcha ma’lumotlarni tushuntirib an’anaviy yo‘sinda
dars tashkil etmay balki, faqat ko‘rsatma va
tushuntirib o‘rganuvchilarni mustaqil izlanishiga
imkon yaratadi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim jarayonida
noodatiy innovatsion interfaol topshiriqlar tizmini
hamda dars tashkil etishni talab etadi. Interfaol
topshiriqlar qo‘llanganda farqli ravishda talabalarning
bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual
faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan
holda muammo yechimini izlaganlarida namoyon
bo‘ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar
ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har
qanday fikrga o‘zining shunga o‘xshash, yaqin yoki
aksincha mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirishga
da'vat etadi. Quyida interfaol metod va topshiriqlarni
an’anaviy ta’lim jarayonidan farqi hamda samarali
jihatini alohida ko‘rib chiqamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA

Interfaol metod va topshiriqlarning ta’lim va
tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari. Interfaol
metod – ta’lim jarayonida talabalarning hamda
o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali
talabalarning

bilimlarni

o‘zlashtirishini

faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol
ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-
munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon
etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni
kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar
tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi,
kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash
uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va
boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga
xos ahamiyatga ega

Interfaol mashg‘ulot samaradorligi

sabablari

Hozirda

ta’lim metodlarini takomillashtirish

sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim
va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan
o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol
usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida talabalarning
mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish,
o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya
qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib
borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu
masalada Amerikalik psixolog va pedagog B.Blum
bilish

va

emotsional

sohalardagi

pedagogik

maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan.

B.Blum

taksonomiyasi

deb

nomlanadi.

[10.45]

(Taksonomiya-borliqning

murakkab

tuzilgan

sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi).
U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga
muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi. Unga ko‘ra

tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash,
tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi.
Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir
darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham
ifodalanadi, jumladan:

Bilish

-dastlabki tafakkur

darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi,
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni
biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar
namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish,
axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish,
ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish,
takrorlash.

Tushunish

darajasidagi tafakkurga ega

bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, sxema,
jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida
kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:
asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash,
tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib
berish,

sharhlash,

oydinlashtirish.

Qo‘llash

darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan
faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham
foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy
qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish,
o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob
qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi
tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash
mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar
orasidagi

farqlarni

ajratadi,

ma’lumotlarning

ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga
muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish,
ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish,
bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish,
guruhlash.

NATIJALAR.

Umumlashtirish

darajasidagi

tafakkurda

talabalarning ijodiy ish bajaradi, biror tajriba
o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi
bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik
yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik
yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish,
ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish,
yaratish,

tuzish,

loyihalash.

[8.33]

Baholash

darajasidagi tafakkurda talabalarning til bilish
mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi,
mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi. xulosalarning
mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar
va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:
tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish,
asoslash,

ma’qullash,

baholash,

tekshirish,

solishtirish, qiyoslash. Interfaol usullar ko‘p turli
bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv
usullar kabi eng avvalo, o‘qituvchidan dars
mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab
qiladi. Shu mashg‘ulotlarni tashkil etishda interfaol
darsning asosiy xususiyatlarini uning an’anaviy
darsga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali
yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu maqsadda
quyidagi jadvalni keltiramiz:


background image

An’anaviy hamda

interfaol

dars

orasidagi farqlar

Asosiy
tushunchal
ar

An’anaviy

dars,

Interfaol dars

1

Qo‘llanish
darajasi

An’anaviy

dars.

Barcha

mavzular

bo‘yicha

ular

uchun qulay bo‘lgan
dars turlari shaklida
qo‘llaniladi.

Interfaol dars.

Ayrim

mavzular

bo‘yicha

interfaol

darsning

qulay bo‘lgan turlari
shaklida qo‘llaniladi.
Boshqa

mavzular

uchun

an’anaviy

dars qo‘llaniladi

2

Dars
maqsadi

An’anaviy dars.

Dars

mavzusi

bo‘yicha

bilim,

ko‘nikma,

malakalarni
shakllantirish,
mustahkamlash.

Interfaol dars.

Dars

mavzusi

bo‘yicha

mustaqil

fikrlash,

xulosaga kelish, ularni
bayon

qilish,

himoyalashga
o‘rgatish.

3

O‘qituvchi
ning
vazifalari
va

ish

usullari

An’anaviy

dars.

Yangi

mavzuni

tushuntirish,
mustahkamlash,
nazorat,

topshiriqlar

berish.

Interfaol

dars.

Talabalarning mustaqil
ishlashlarini

va

taqdimotlarini
tashkil

qilish,

boshqarish,

nazorat,

yakuniy

xulosalarni

asoslab berish.

4

Darsga
tayyorgarli

An’anaviy dars.

Dars

rejasi,

konspekt

va

kka talablar

didaktik

vositalarni

tayyorlash.

Interfaol

dars.

Interfaol

dars

ishlanmasi,

mustaqil

ishlar

uchun

topshiriqlar, tarqatma
materiallar,

boshqa

zarur

vositalarni

tayyorlash.

5

Talabalarni
ng
tayyorgarli
giga
talablar

An’anaviy

dars.

O‘tilgan dars bo‘yicha
vazifalarni

bajarib

kelish.

Interfaol dars.

Yangi

dars mavzusi bo‘yicha
asosiy tushunchalarni
va

dastlabki

ma’lumotlarni bilish.

6

Talabalarni
ng
vazifalari
vaish
usullari

An’anaviy

dars.

O‘qituvchini tinglash
va

o‘zlashtirish,

berilgan topshiriqlarni
bajarish.

Interfaol

dars.

O‘qituvchi

bergan

topshiriqlarni bajarish
bo‘yicha

mustaqil

fikrlash,

o‘z

fikr,

xulosalarini
boshqalarga
solishtirish va yakuniy
xulosaga kelish

7

Vaqt
taqsimoti

An’anaviy dars.

Dars

vaqtining ko‘p qismi
o‘qituvchining yangi
mavzuni tushuntirishi,
tahlil

qilishi,

topshiriqlarni
tushuntirishi,
o‘zlashtirishni nazorat
qilishiga sarflanadi.

Interfaol dars.

Dars

vaqtining ko‘p qismi
o‘quvchilarning
mustaqil topshiriqlarni
bajarishi,

fikr

almashishi,
mushohada qilishi, o‘z
xulosalarini

bayon

qilishi

va

himoyalashiga
sarflanadi.

8

Darsning
modul

va

algoritmlari

An’anaviy

dars.

Darsning modul va
algoritmlaridan har bir
o‘qituvchi

o‘zi

qo‘llayotgan metodga
muvofiq foydalanadi.


background image

Interfaol dars.

Har

bir

dars

oldindan

tayyorlangan modullar
va

algoritmlarga,

loyihalarga

muvofiq

o‘tkaziladi.

9

O‘quvchila
rdan talab
qilinadigan
faollik
darajasi

An’anaviy

dars.

O‘qituvchi

har

tomonlama

faol,

talabalarning diqqatni
jamlash,

tushunish,

fikrlash, topshiriqlarni
bajarish

bo‘yicha

faol.Muloqot
shakllari:o‘qituvchi-
guruh;
o‘qituvchi- talaba
o‘quvchi-talaba;
talaba-o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi;

Interfaol

dars.

O‘qituvchi

ham,

o‘quvchilar ham har
tomonlama

faol.

Hamkorlik,
hamijodkorlik
shakllari:
Talabalarning -kichik
guruh;

o‘qituvchi-

kichik

guruh-

o‘qituvchi;

guruh-

o‘qituvchi.

10

Bilimlarni
o‘zlashtiris
hning
asosiy
usullari

An’anaviy

dars.

Muloqot, muhokama,
muzokara,

bahs,

munozara, mulohaza,
tahlil,

mushohada,

mutolaa va boshqalar.

Interfaol

dars.

Muloqot,

mutolaa,

mushohada,
muhokama, muzokara,
bahs,

munozara,

mulohaza, tahlil va
boshqalar.

11

Mashg‘ulot
shakllari

An’anaviy

dars.

Ma’ruza,

seminar,

amaliy

mashg‘ulot,

laboratoriya
mashg‘uloti,

davra

suhbati,

bahs,

munozara,
konsultastiya

va

boshqalar.

Interfaol

dars.

Ma’ruza, guruh yoki
juft bo‘lib ishlash,
taqdimotlar,

bahs,

munozara,

davra

suhbati, amaliy ishlar
va boshqalar.

12

Kutiladigan
natija

An’anaviy

dars.

Mavzu

bo‘yicha

talabalarning

bilim,

ko‘nikma,
malakalarini
o‘zlashtirishlari.

Interfaol dars.

Mavzu

bo‘yicha
o‘quvchilarning

o‘z

fikr,

xulosalarini

shakllantirish,

ularni

mustaqil bilim olishga
o‘rgatish.


Bu jadvalda fikr juda qisqa bayon qilingan.
Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki dars mashg‘ulot
turining bir-biriga nisbatan afzal va kamchilik
tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

MUHOKAMA.

Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan
ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi
xulosalarga kelish mumkin:

1.

O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular
bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga
muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir
mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq
erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy
mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.

2.

Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun
talabalarning yangi mashg‘ulotdan oldin uning
mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va
dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash
zarur.

3.

Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil
ishlashlari

uchun

an’anaviy

mashg‘ulotga

nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish
zarur.
Shularga o‘xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi

ta’siri to‘g‘risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy
o‘zining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari
muqaddimasida shunday yozgan edi: «Umid ulkim,
o‘qig‘uvchilar diqqat va e’tibor ko‘zi bila nazar
solg‘aylar va har qaysisi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra
bahra olg‘aylar…». Bunda shu asarni har kim
turlicha, ya’ni o‘z fahmi idroki darajasidagina
tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda
qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bundan biz
interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan
asosiy

farqlari

to‘g‘risida

yuqorida

aytgan

xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o‘quvchilarning
fahmu

idroklarini

o‘stirishdan

iborat,

deb

ifodalashimiz mumkin. [6.13]
Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari
O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya
jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar
bilan talabalar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama,


background image

munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat,
mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza,
zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning
mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib
etishishlariga xizmat qilgan.
Hozir interfaol mashg‘ulotlarni olib borishda,
asosan interfaol usullar qo‘llanilmoqda. Kelgusida
esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiya
bilan uyg‘unlashadi. Bu interfaol usul hamda
texnologiya

tushunchalarining

o‘zaro

farqini

bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi
tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari
darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba o‘z
motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda
turli

darajada

o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim

texnologiyasi — har bir o‘qituvchi barcha talabalar
ko‘zida tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib
borishini ta’minlaydi. [5.81]
Pedagogik texnologiya doirasida yangi o`quv
materialini

o`zlashtirishning

boshlang`ich,

algoritmik, ijodiy va evristik xarakterdagi darajalari
belgilanadi:

1). Boshlang`ich xarakterdagi daraja –

talabaning eshitganlari, ularga berilgan namunalar,
taqdim etilgan algoritmik va ko`rsatmalar asosida
topshiriqlarni

bajarish

ko`nikmasini

ifodalaydi.

O`quv materialini o`zlashtirishning ushbu darajasida
o`qituvchining faolligi, mahorati ko`proq ahamiyatga
ega. O`qituvchi o`quv materialini qiziqarli, izchil
bayon etishi, muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirishi, ta`lim jarayonining bosqichlarini to`g`ri
belgilay olish talabaning faoliyatini doimiy ravishda
yo`naltirib boradi.

2). Algoritmik xarakterdagi daraja. U

talabalar

tomonidan

o`zlashtirilgan

bilim

va

ko`nikmalarni amaliyotga tadbiq eta olish mahorati,
shuningdek, bir turdagi masalalarni yechish, yozib
olish va eslab qolish faoliyatini tashkil etish
malakasini

ifodalaydi.

Ushbu

darajada

o`quv

materialining tizimliligi, uning mazmunini osondan
qiyinga tomon murakkablashib mavzu va fanlararo
aloqalarning ta`minlanishi, takrorlashlar hamda
ko`rgazmalilik alohida ahamiyatga ega.

3). Ijodiy xarakterdagi daraja. Ushbu daraja

o`quv materiali, shuningdek, ilgari o`zlashtirilgan
bilim va ko`nikmalarni turli holatlarda tadbiq eta
olish,

mahoratini

ifodalaydi.

Bunda

o`quv

materiallarini o`zlashtirishda izlanishga undash,
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirib borishga e`tibor berish va
bilimlarni

amaliyotda

qo`llash

imkoniyatlarini

kengaytirish muhim o`rin tutadi.

4). Evristik xarakterdagi daraja. U taqdim

etilgan o`quv masalalarining yechimlarini izlash
hamda ularni echish uchun yangi axborotlarni
mustaqil tarzda izlab topish ko`nikmasiga ega bo`lish
bilan tavsiflanadi. Ushbu darajada talabaning
mustaqil faoliyatlarini tashkil etish, o`z-o`zini nazorat
qilib borishga yo`naltirish hamda iste’dodni
rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega.

XULOSA.

Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib, o`quv
materiallarini

didaktik

loyihalashga

nisbatan

pedagogik texnologiya asosida yondashuv quyidagi
jihatlari bilan ajralib turadi: -o`quv materiallari
pedagogik

texnologiya

asosida

ta`lim-tarbiya

jarayonini izchil tashkil etish uchun loyihalanadi va
belgilangan o`quv faoliyatini amalga oshirish uchun
qo`llaniladi;

-dars pedagogik texnologiya talablariga
muvofiq

o`quv

materiallarini

o`zlashtirishning aniq maqsadini belgilaydi;
-darslik materiallari mazmuniga pedagogik
ishlov berish jarayoni amalga oshiriladi;
-o`quv

materialining

didaktik

vazifasi

belgilanadi;
-o`quv materiallarini taqdim etishning shakl,
usul va vositalari aniqlanadi;
-o`quv

materiallarining

mazmunini

o`zlashtirish

darajasi

va

kafolatlangan

yakuniy natija ishlab chiqiladi.

Demak, o`quv materiallarini loyihalashni

didaktik va metodik jihatdan takomillashtirish, ta`lim
jarayoniga tadbiq etish uchun o`qituvchi tomonidan
unga ikkilamchi ishlov berish amalga oshiriladi,
ya`ni,

o`quv

jarayoni

loyihalanadi.

O`quv

materiallarini loyihalashda talabaning faolligini
oshirishga alohida e`tibor berish zarur. Bu vazifani
ayni vaqtda ta`lim amaliyotida keng qo`llanayotgan
interfaol metodlar yordamida amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. O`qituvchi va talabaning
hamkorlikdagi faoliyatlari (barcha didaktik omillar
ta`sirida) faqatgina qat`iy va anglangan vaqt
oralig`idagina ta`minlanadi. Ta`lim vositalari sifatida
o`quv matnlari asosiy o`rinni egallaydi. O`quv
matnlari ayni vaqtda ta`limning yangi vositalarida
(elektron darsliklar, videofilmlar, audio darslar, audio
va videokassetalar, videodisk va boshqa axborot
texnologiyalari) ifodalanmoqda.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan

foydalanish”

mavzusida

referat.

Toshkent — 2012 yil

2.Отабоева, М. Р. Chet tilini o‘qitishda zamonaviy
innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning
samaradorligi

/

М.

Р.

Отабоева.

Текст:

непосредственный, электронный // Молодой ученый. —
2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL:
https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения:
27.04.2020)

3. N.Q.Xatamova, M.N.Mirzayeva. “Ingliz tili darslarida
qo‘llaniladigan interfaol usullar” (uslubiy qo‘llanma),
Navoiy, 2006, 40 bet.

4. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “Chet
tilini o‘qitishda yordamchi vositalardan foydalanish”.
Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

5.O‘.Hoshimov, I. Yoqubov. “Ingliz tili o‘qitish
metodikasi” (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “Sharq”
nashriyoti, 2003
6. Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy
innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М.
Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой


background image

ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592. — URL:
https://moluch.ru/archive/308/69404/ (дата обращения:
20.01.2022).

7. Ambrose, S., Bridges, M., Lovett, M., DiPietro, M., &
Norman, M. (2010). How learning works: 7 research-based
principles for smart teaching. San Francisco, CA: Jossey
Bass.

8.EDUCAUSE (2005). Potential Learning Activities.
Retrieved

April

7

2017,

from

EDUCAUSE

website: https://net.educause.edu/ir/library/pdf/NLI0547B.p
df.

9.Fink, D. L. (2005). Integrated course design. Manhattan,
KS:

The

IDEA

Center.

Retrieved

from http://ideaedu.org/wp-
content/uploads/2014/11/Idea_Paper_42.pdf.

10.Sh.K Shayakubov, R.X Ayubov “Interfaol ta’lim
usullari” o‘quv uslubiy qo‘llanma.

References

Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

Отабоева, М. Р. Chet tilini o‘qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)

N.Q.Xatamova, M.N.Mirzayeva. “Ingliz tili darslarida qo‘llaniladigan interfaol usullar” (uslubiy qo‘llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.

M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “Chet tilini o‘qitishda yordamchi vositalardan foydalanish”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

O‘.Hoshimov, I. Yoqubov. “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003

Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М. Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592. — URL: https://moluch.ru/archive/308/69404/ (дата обращения: 20.01.2022).

Ambrose, S., Bridges, M., Lovett, M., DiPietro, M., & Norman, M. (2010). How learning works: 7 research-based principles for smart teaching. San Francisco, CA: Jossey Bass.

EDUCAUSE (2005). Potential Learning Activities. Retrieved April 7 2017, from EDUCAUSE website: https://net.educause.edu/ir/library/pdf/NLI0547B.pdf.

Fink, D. L. (2005). Integrated course design. Manhattan, KS: The IDEA Center. Retrieved from http://ideaedu.org/wp-content/uploads/2014/11/Idea_Paper_42.pdf.

Sh.K Shayakubov, R.X Ayubov “Interfaol ta’lim usullari” o‘quv uslubiy qo‘llanma.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов