STUDY OF THE EFFECTS OF NATIVE PLANT EXTRACT ON BIOMEMBRANES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdullayeva, M. (2023). STUDY OF THE EFFECTS OF NATIVE PLANT EXTRACT ON BIOMEMBRANES. Modern Science and Research, 2(4), 500–503. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19378
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article covered the structure and composition of extracts and biomembranes of local medicinal plants. To date, the demand for natural medicinal plants has increased even more. Therefore, the study of native plants and knowledge of their impact on diseases, the preparation of medicines from them are considered topical topics, and information about biomembrane permeability has been cited.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

500

MAHALLIY O’SIMLIKLAR EKSTRAKTINING BIOMEMBRANALARGA

TA’SIRINI O’RGANISH

Abdullayeva Munira Narmamat qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya

(turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7849247

Annotatsiya. Mazkur maqolada mahalliy dorivor o’simliklar ekstraktlari va

biomembranalarning tuzilishi hamda tarkibi yoritildi. Bugungi kunga kelib tabiiy dorivor
o’simliklarga bo’lgan talab yanada ortib bormoqda. Shuning uchun mahalliy o’simliklarni
o’rganish va ularning kasalliklarga ta’sir kuchini bilish, ulardan dori-darmon vositalarini
tayyorlash dolzarb mavzulardan hisoblanadi va biomembrana o’tkazuvchanligi haqida
ma’lumotlar keltirildi.

Kalit so’zlar: Biomembranalar, ekstrakt, flavonoidlar, membrana, lipid, glikolipid, oqsil,

formatsevtika, fitopreparat, diffuziya, hujayra.

ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ ЭКСТРАКТОВ МЕСТНЫХ РАСТЕНИЙ НА

БИОМЕМБРАНЫ

Аннотация. В этой статье были рассмотрены структура и состав экстрактов

местных лекарственных растений и биомембран. На сегодняшний день спрос на
натуральные лекарственные растения продолжает расти. Поэтому изучение местных
растений и знание их силы воздействия на болезни, приготовление из них лекарств
являются актуальными темами, и были представлены данные о проницаемости
биомембран.

Ключевые слова: биомембраны, экстракт, флавоноиды, мембрана, липид,

гликолипид, белок, формальдегид, фитопрепарат, диффузия, клетка.

STUDY OF THE EFFECTS OF NATIVE PLANT EXTRACT ON

BIOMEMBRANES

Abstract. This article covered the structure and composition of extracts and biomembranes

of local medicinal plants. To date, the demand for natural medicinal plants has increased even
more. Therefore, the study of native plants and knowledge of their impact on diseases, the
preparation of medicines from them are considered topical topics, and information about
biomembrane permeability has been cited.

Keywords: biomembranes, extract, flavonoids, membrane, lipid, glycolipid, protein,

formaceutics, phytopreparate, diffusion, cell.

KIRISH

Mamlakatimiz o‘simlik dunyosi rang-barang va juda boy. Cho‘l-dashtlar, tog‘-adirlar,

pasttekisliklar va daryo deltalarida dorivor o’simlik turlari xilma-xil. Markaziy Osiyoning qo‘shni
mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘lari maydoni birligiga nisbati bo‘yicha
o‘simliklar soni bir necha baravar ko‘p.

Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ziyod

turli xil o‘simliklar uchraydi, ular orasida ko’plab dorivor o‘simliklar ham bor. Bu kabi dorivor
o‘tlar ekologik toza bo‘lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash,

kasalliklarning oldini olishda, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida
ishlatiladigan o’simliklardir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

501

Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan.1000 dan ortiq

oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. O’zbekistonda dorivor
oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va
madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.
Hozirgi kunda tibbiyotda qoʻllaniladigan dorilar qariib 40-47% oʻsimlik xom ashyolaridan
tayyorlanadi.

Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega jonli tabiiy kimyoviy laboratoriyaga o’xshaydi, oddiy

noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish xussusiyati bor.
Dorivor mahalliy oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi,
poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urug’i), danagi, sharbati, qiyomi, efir moyi va
boshqalardan ekstraktlar olinib doridarmon tarzida foydalaniladi. Dorivor oʻsimliklarning
organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar
oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati
yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanish vaqtiga toʻgʻri keladi.
Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli
yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklardan
ekstrakt olishda asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi.
Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda -
kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin - erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va
urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi
yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida, yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45%
gacha nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari
parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. Tabiiy o’simlik ekstraktlaridan tayyorlangan dori vositalari
turli kassaliklarni davolashda samarasi ko’proqdir, ayniqsa bunda hujayra va biomembranalarni
o’tkazuvchanlik xususiyatini o’rganish muhim sanaladi.

Biomembranalarning o’tkazuvchanlik xossasi tufayli o’simliklardan olingan ekstraklar va

ular tarkibida uchraydigan biologic faol moddalar organizimga singadi. Biologik faol
moddalarning hujayra qobig’i orqali o’tishida biomembranalarni tuzilishini bilishimiz lozim.

Biologik membranalar hujayrani tashqi muhitdan ajratib turadi va ular butunligi hujayraning

yashash shartlaridan biridir.

Biologik membranalarni o’rganishdagi muvaffaqiyatlar keyingi

yillarda biologiya, tibbiyot, veterinariya sohalaridagi yutuqlarga olib keldi.

Hujayra ichidagi

membranalar umumiy massasi quruq membrana massasining 2/3 qismini tashkil etadi.
Membranalar yuzasi qancha katta bo’lsa, hujayra metabolizmi intensivligi yuqori bo’ladi.

Biomembranalar, asosan, oqsillar, lipidlar va uglevodlardan tashkil topgan. Oqsillar va lipidlar
membrana quruq vaznining asosiy qismini tashkil etadi. Uglevodlar ulushi 10-15% oshmaydi,
bunda ham ular oqsil molekulalar bilan (glikoproteinlar), yoki lipid molekulalari bilan
(glikolipidlar) bog’langan bo’ladi. Turli membranalarda lipidlar oqsilga nisbatan massa jihatidan
25 foizdan 75 foizgacha tashkil etadi.

Membrana lipidlari uch asosiy turga bo’linadi: 1) fosfolipidlar, 2) glikolipidlar, 3) steroidlar.

Membrana lipidlarning katta qismi fosfolipidlardan iborat. Ular ichki gidrofob va gidrofil
sirtlardan iborat qo’shaloq qatlamli strukturalar hosil qila oladi. Shuning uchun membranalar
orqali yog’da eriydigan moddalar o’ta oladi, suvda eriydigan moddalar va gidrofil ionlar
membrananing gidrofob sohasidan o’ta olmaydi. Ular hujayra ichida oqsil tabiatiga ega bo’lgan
maxsus o’tkazuvchanlik kanallari orqali kirishadi.

Barcha hujayralar ichidagi osmotik bosim,

tashqi muhitga nisbatan katta. Shuning uchun plazmatik membrana o’zining elastikligi tufayli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

502

cho’ziladi Biroq biomembranalar ichki sohasi gidrofob bo’lgani uchun, membranalar orqali
gidrofil moddalar o’tishi membranada oqsil tabiatli kanallar mavjudligi bilan aniqlanadi
Membranalardagi oqsillar molekulyar massasi 10000 dan 240000 (m.a.b.) gacha bo’ladi. Biologik
membranalar bajaradigan vazifalarning turli- tumanligi, ko’pchilik hollarda ulardagi oqsillar
mavjudligi bilan bog’liqdir. Erkin suv membranalar tarkibiga mustaqil faza holida kiradi va suyuq
suv kabi izotrop harakat qila oladi.

Membranalar tuzilishini o’rganish ularning ishlashishni tushunish uchun kerakdir. 1935-

yilda F.Danielli va G.Davson biologik membranalar tuzilish haqida birinchi modelni taklif etishdi.

Membrana faoliyati lipid qo’shaloq qatlami qovushqoqligi va membranadagi fosfolipidlar
harakatchanligiga kuchli bog’liqdir. Lipid qo’shaloq qatlamining biofizik xarekteristikalari
me’yordan farq qilishi turli patologiyalar bilan bog’liq. Membranalar lipid qatlamining
yopishqoqligi suvning qovushoqligidan taxminan 100 marta katta bo’lib, o’simlik moyining
yopishqoqligiga mos keladi.

Membranalar mexanik xossalari haqida keltirilgan ma’lumotlar

membrana lipid qatlamining yetarlicha mustahkam tuzilma ekanligini ko’rsatadi. Biroq
membranalar mustahkamlik chegarasi ancha past. Tirik organizm sharoitida hujayraning o’rtacha
sirt deformasiyasi 0,01 foizni tashkil etadi. Membrana, sirtining yuzasi 2 foizga oshganda
yemiriladi. Shuning uchun hujayraning osmotik kengayishi, ularning ideal shar shaklini egallashi
mumkin. Membrana yemirilishi uchun ichki bosim 100 Pa bo’lsa yetarli.

Shunday qilib, tirik hujayra osmotik boshqaruv buzilishlarini faqat o’zining shaklini

o’zgartirishi orqali kompensasiyalashi mumkin.

Membrana normal faoliyat ko’rsatish uchun

suyuq kristall holatda bo’lishi kerak. Shuning uchun tirik organizmlarda atrof-muhit haroratining
ko’p vaqt pasayishidan membranalarda fazali o’tish haroratining kamayishini yuzaga keltiradigan
kimyoviy tarkibdagi adaptasion (moslashuvchan) o’zgarishlar kuzatiladi.

Membranalar ionli

o’tkazuvchanligining oshishi hujayralarni sovuq ta’sirida buzilishlardan qutqazadi. Bunga
hujayradan suv va tuzlar chiqishi oshganligi uchun hujayra ichidagi suvning muzlashiga to’sqinlik
qiladi Membrana lipidlarining faza o’tishlari nafaqat harorat o’zgarishi orqali, balki muhit
kimyoviy tarkibi o’zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Tajribalarda ma’lum haroratda
membranalarning suyuq kristal holatdan gel holatga o’tishi, membranani o’rab turgan suv
eritmasida Ca2+ konsentrasiyasining 1 dan 10 mmol/l gacha oshishi hisobiga ro’y berishi
aniqlanganligini ko’rsatgan.

Membranalar orqali moddalar ko’chishi bilan hujayra metabolizmi

jarayonlari, bioenergetik jarayonlar, biopotensiallar hosil bo’lishi va boshqa jarayonlar bog’liqdir.

Biologik membranalar orqali moddalar ko’chishini ikki asosiy turga ajratish mumkin: passiv va
aktiv. Passiv ko’chish deb moddaning konsentrasiyasi yoki elektrokimyoviy potensiali katta
bo’lgan joydan kichik bo’lgan joylarga ko’chishga aytiladi. Passiv ko’chishning quyidagi turlari
bor: 1) erkin diffuziya; 2) yengillashgan diffuziya. Aktiv ko’chishda modda elektrokimyoviy
potensial gradiyentiga qarshi ko’chadi, bunda energiya sarf bo’ladi

So'nggi paytlarda zamonaviy biologiya va farmatsevtika amaliyotida fitopreparatlar va

biologik jihatdan barqaror moddalar o'simlik materiallariga asoslangan faol qo'shimchalar mavjud.

Ekstraksiya jarayonining asosiy maqsadi bu toza kimyoviy birikmalar olish yoki yaqinlarini

ajratish, kasalliklarni davolash yoki oldini olish, olingan ekstraktlar turli xil texnologik jarayonlar
yordamida: ekstraktsiya, distillash, siqish, fraktsiyalash, tozalash, konsentratsiyalash yoki
fermentatsiya usulida olinadi.

Asrimizning boshlarida dorivor o'simliklardan olingan dorilar 80 foizini tashkil etdi, ammo

keyinchalik sintetik, antibiotik va gormonal dorilar ularni sezilarli darajada siqib chiqardi. Biroq,
hozirgi vaqtda, ishlab chiqarishdagi katta yutuqlarga qaramay qimmatbaho sintetik dorivor


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

503

preparatlar, o'simliklardan tayyorlangan dorilar zamonaviy ilmiy tibbiyotda muhim o'rin
egallashda davom etmoqda va ikkalasining nisbati barqarorlashdi.

Ekstrakt ekstraksiya jarayonida ayniqsa muhim rol o'ynaydi. U hujayra devorlariga tanlab

kirib borish qobiliyatiga ega, biologik faol moddalarni eritib,

hujayra membranalari orqali yaxshi

kirib boradi.

Ekstraksiya jarayonining murakkabligi bir qator jarayonlar bilan bog'liq; namlash, shishish,

eritish, adsorbsiya, so'rilish, diffuziya, dializ va boshqalar.

Zamonaviy biologiya, tibbiyot va farmatsiyaning dolzarb muammosi organizimga zararsiz

va o'ziga xos (immunitetni) oshiradigan dori vositalarini ishlab chiqishdir. Dorivor o'simlik xom
ashyosining afzalligi inson tanasiga nojo’ya ta’sirlari yo'qligi.

REFERENCES

1.

Пономарева, Е. И., Молохова Е. И., Холов А. К. Применение эфирных

2.

масел в фармации / Е. И. Пономарева, Е. И. Молохова, А. К. Холов //

3.

Современные проблемы науки и образования. – 2015. – № 4. – С. 567.

4.

E.Ismailov, N.Mamatkulov, G’.Xodjayev, Q.Norboev

5.

Biofizika va radiobiologiya. Toshkent – 2018

6.

M.A.Davidov, A.A.Imirsinova. 0 ‘simliklar sitoembriologiyasi. (0 ‘quv qo‘llanma).
-Т.: «Fan va texnologiya», 2018

7.

Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;

8.

Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;

References

Пономарева, Е. И., Молохова Е. И., Холов А. К. Применение эфирных

масел в фармации / Е. И. Пономарева, Е. И. Молохова, А. К. Холов //

Современные проблемы науки и образования. – 2015. – № 4. – С. 567.

E.Ismailov, N.Mamatkulov, G’.Xodjayev, Q.Norboev

Biofizika va radiobiologiya. Toshkent – 2018

M.A.Davidov, A.A.Imirsinova. 0 ‘simliklar sitoembriologiyasi. (0 ‘quv qo‘llanma). -Т.: «Fan va texnologiya», 2018

Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;

Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов