Malakali voleybolchi-talabalarda to‘p kiritish aniqligini an’anaviy mashg‘ulotlar davomida shakllantirish dinamikasi

HAC
Google Scholar
To share
Хudaybergenovа E., & Murodov , Z. . (2024). Malakali voleybolchi-talabalarda to‘p kiritish aniqligini an’anaviy mashg‘ulotlar davomida shakllantirish dinamikasi . Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28000
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Malakali voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlarda TFR va to‘p kiritish aniqligini shakllantirish tajribasi va pedagogik kuzatuv hamda so‘rovnoma asosida o‘rganilgan ayrim muammolar yoritilgan.


background image

Malakali voleybolchi-talabalarda to‘p kiritish aniqligini an’anaviy

mashg‘ulotlar davomida shakllantirish dinamikasi

Хudaybergenovа Elmira Umaraliyevna, Murodov Zufarjon Muzaffarjon o‘g‘li

Toshkent Amaliy fanlar universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi katta o‘qituvchisi,

Toshkent shahridagi Inha universiteti Jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy

Email:

ilxomxudaybergenov899@gmail.com,

zufarmurodov1997@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10458801

Annotasiya: Malakali voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlarda TFR va to

p kiritish aniqligini

shakllantirish tajribasi va pedagogik kuzatuv hamda so‘rovnoma asosida o‘rganilgan ayrim muammolar
yoritilgan.


Tayanch so‘zlar: Voleybolchi, trener, an’anaviy mashg’ulotlar, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma.


Kirish

Zamonaviy voleybolda to‘p kiritish – bu nafaqat

o‘yinni boshlash yoki uni davom ettirish vositasi
bo‘libgina qolmay, balki so‘nggi yillarda ushbu o‘yin
usulidan ochko olish quroli sifatida foydalanish odat
tusiga kirib bormoqda. Ma’lum-ki, to‘p kiritish
usullarini aniq va ochkoli natija bilan ijro etish
o‘yinchining bu boradagi texnik-taktik mahoratiga
bog‘liqdir. To‘p kiritish taktikasi o‘z navbatida texnik
mahoratning serqirraligi, uning ichki va tashqi omillar
ta’siriga barqarorligi, ayniqsa raqib o‘yinchilarning
maydonda joylashish tartibi, ularning o‘yin funksiyasi
va imkoniyatlarini tahlil qilish, kuzatish, tanlov-
farqlash asosida foydali eng samarali qarorni qabul
qilish reaksiyalari bilan belgilanadi [A.V.Belyaev,
2007; Yu.D.Jeleznyak, 2013; A.G.Furmanov, 2007;
A.A.Pulatov,

2020;

S.F.Ashurkova,

2020;

V.Yu.Shnayder, 2008; A.Yu.Litvenenko, 2007;
Yu.B.Chesnokov,

2008;

A.T.Garinov,

Yu.Yu.Kleshev, E.V.Fomin, 2009]. Albatta, to‘p
kiritish taktikasini takommillashtirishda qayd etilgan,
aqliy – ruhiy qobilyatlar ham e’tiborga olinadi. Biroq,
malakali voleybolchilar bilan olib boriladigon
mashg‘ulotlarni vizual kuzatish shuni ko‘rsatadi-ki,
aksariyat trenerlar to‘p kiritish usullari va ularning
taktikasini

shakllantirishda

mazkur

intellektual

qobilyatlarni modellashtirilgan vaziyatlarda aks
etishiga urg‘u berishmaydi. Ularni alohida - avtonom
va

integral

tartibda

o‘zlashtirishga qaratilgan

ixtisoslashtirilgan mashqlar (maydonda, maketda
ko‘rsatiladigon taktik, multimediya taktik o‘yinlari va
h.k.) qo‘llanilmasligi kuzatiladi. Vaholanki, bu borada
o‘tkazilgan manbalar tahlilidan aniqlanadi-ki, sport
o‘yinlarida, shu borayotgan jismoniy, ruhiy va texnik-
taktik yuklamalar, yugurish, keskin to‘xtash
kuzatiladi. Vaholanki, bu borada o‘tkazilgan manbalar
tahlilidan aniqlanadi-ki, sport o‘yinlarida, shu
jumladan

voleybolda

ham,

yildan-yilga

ortib

borayotgan

jismoniy,

ruhiy

va

texnik-taktik

yuklamalar, yugurish, keskin to‘xtash burulishi,
aylanish sakrash va h.k.) o‘yin davomida nafaqat
toliqish omillarini kuchayishiga

olib keladi, balki chayqalish holatlarini yuzaga keltirib,
muvozanatni izdan chiqishi harakat koordinatsiyasini buzulishi
va uning aniqligini susayishiga sabab bo‘ladi. Bunday oqibatlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri obye’kt va vaziyatni kuzatish, tahlil qilish,
foydali tanlov-faqrlash reaksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, to‘p
kiritish aniqligi va uning natijadorligini barbod qilishi shubha
uyg‘otmaydi. Demak, ushbu muammolarni o‘rganish o‘ta
dolzarb nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq - deb ta’kidlash
mumkin.
Turg‘unligini baholashda quyidagi nazorat mashqlari
diagnostik testlar sifatida qo‘llaniladi; - Tanlov reaksiyasi –
mazmuni va bajarilish tartibi; maydonning 1-, 6-, 5- zonalarida
3 nafar o‘yinchi signal berilishi bilan turli harakatlarni
namoyish etadi va ularning biri kutilmaganda 1- zonaning
istalgan joyida qo‘lini ko‘taradi; shu vaqtda to‘p kirituvchi
o‘yinchi-tekshiriluvchi uni tanlab to‘p kiritishni boshlaydi;
mazkur testni ijro etishga 8 s. vaqt beriladi; maydonda
harakatlanayotgan va qo‘lini ko‘tarish kerak bo‘lgan o‘yinchi
har bir zonada 3 martadan qo‘lini ko‘taradi; testni to‘liq
bajarish uchun 9 marta tanlov reaksiyasi ijro etiladi – buning
uchun jami 72 s. ajratiladi (1-rasm).

1-rasm. To‘p kiritish aniqligi. Mazmuni va bajarilish tartibi; to‘p
kirituvchi o‘yinchi 72 s. ichida tanlov reaksiyasi asosida har bir
zonaga 3 tadan 9 ta to‘p kritadi; 1marta tanlov asosida to‘p kiritish
uchun 8 s. belgilanadi.


background image


2- rasm.

Aylanma harakat davomida muvozanat saqlash
turg‘unligini baholash ikki test yordamida amalga
oshiriladi; - To‘p kiritish zonasida tik turib, ko‘z
yumilgan holatda boshni o‘rtacha tezlikda aylantirish
davomida muvozanat saqlash (s); - To‘p kiritish
zonasida 90° oldinga egilgan holatda tanani aylantirish
davomida muvozanat saqlash (s) 3-rasm.

3-rasm.

Har bir mashq seriyasidan so‘ng 7-8 marta chuqur
nafas olib, chuqur nafas chiqariladi. 2. Tik holatda
qo‘llar mushaklarini bo‘shashtirib va silkitib, ularni
sekin-asta yuqoriga - pastga harakatlantirish mashqlari
bajariladi. 3. Chalqancha yotgan holatda oyoqlarni
yuqoriga ko‘tarib, yurish, sakrash, silkitish,
“velosiped” va “qaychi” mashqlari bajariladi.
Statistik usullar o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining

o‘rtacha statistik ko‘rsatkichi -

Х

, olingan

natijalarning o‘rtacha kvadratik og‘ishmasi (standart
og‘ish), sportchilar soni - n va ko‘rsatkichlarning plyus
hamda minus tomonga o‘zgarish farqlari qiyosiy tahlil
qilinadi.

Tadqiqotning maqsadi

malakali voleybolchi-

larda to‘p kiritish natijadorligini oshiruvchi tanlov -
farqlash reaksiyasini shakllantirish imkoniyatlarini
o‘rganishdir.

Tadqiqotning qiyosiy tahlili.

Yuqorida qayd

etilganidek, zamonaviy voleybolda to‘p kiritish
aniqligi va uning natijadorligi TFRsiga asoslanadi.
TFRsining sifati, ayniqsa uni ijro etish vaqti to‘p
kiritish aniqligi yoki natijadorligiga ta’sir etishi ham
ma’lumdir. Odatda ushbu reaksiya va to‘p kiritish
aniqligi sust raqobat ostida kechadigan yoki yuklama
jihatidan yengilroq o‘tadigan o‘yinlarda nisbatan

samarali amalga oshiriladi. Ammo o‘ta keskin raqobat ostida
o‘tadigan va tezkor o‘zgaruvchan vaziyatlarda ijro etiladigan
shiddatli harakatlar (sapchib yugurish, keskin to‘xtash, burilish,
sakrash, aylanish va h.k) ga boy o‘yinlarda bunday yuklamalar
TFR siga ham, to‘p kiritish aniqligi va uning natijadorligiga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatish tez-tez kuzatilib turadi. Ana
shunday

muammolarni

o‘rganish

maqsadida

biz

modellashtirilgan maxsus tadqiqotlar o‘tkazdik. Chunonchi,
ushbu tadqiqotlarda ishtirok etgan malakali voleybolchi-
talabalarda TFR 1-zonaga to‘p kiritishda 3,4±0,07 s.ni, 6
zonaga - 2,5±0,04 s. ni, 5 zonaga- 3,8±0,08 s. ni tashkil etganni
aniqlandi. TFR sining o‘rtacha ko‘rsatkichi 3,2 s. bilan
ifodalandi (3.1. jadval).

3.1-jadval.

Malakali voleybolchi-talabalarda maydonning

orqa zonalarida harakatlanayotgan “tirik” nishonlarni

tanlab to‘p kiritish aniqligi –

Х

±σ (n=12x2=24)

Testlar

1

zona

6

zona

5

zona

Х

/

Jami

TFR (s.)

3,4±0,07

2,5±0,04

3,8±0,08

3,2/-

72 s.

ichida 9

marta

yo‘p

kiritish

aniqligini

–har

zonaga

3-marta

1,3±0,01

2,2±0,03

1,7±0,02

1,7/

5,2

Izoh:

72 s. ichida 9 marta to‘p kiritish aniqligi (orqa

zonalarga 3 martadan) har bir orqa zona bo‘yicha turlicha
ko‘rsatkichlar bilan farqlandi. Masalan 1 zonaga 3 marta to‘p
kiritish aniqligi o‘rtacha 1,3±0,01 marta, 6-zonaga 2,2±0,03
marta, 5 zonalarga kamroq to‘p kiritishgan<6-zonaga esa-
ko‘proq. Aynan to‘p kiritilgan zonalar bo‘ylab ijro etilgan TFR
sining vaqti ham nisbatan davomliroq bo‘lgan.
Malakali voleybolchilar bilan olib boriladigon an’anaviy
mashg‘ulotlar davomida TFR va to‘p kiritish aniqligini
shakllantirish tajribasini o‘rganish maqsadida 25 nafar malakali
voleybolchilardan

iborat

respondentlarda

so‘rovnoma

o‘tkazildi (3.2-jadval). Jadvalda keltirilgan natijalardan shu
narsa aniqlandiki, so‘rovnoma dasturidan joy olgan birinchi
savolga (TFR haqida tasavvurga egamisz?) 25 nafar
respondentdan 6 nafari “ha” (24 %), 19 tasi “yo‘q” (76 %)-deb
ovoz berishdi.
Ma’lum-ki, voleybolda to‘p kiritish aniqligi va uning
natijadorligi ustuvor jihatdan qarshi maydonda o‘yinchilarning
joylashish tartibi, ularning texnik imkoniyatlari va umuman
vaziyatni tahlil qilish asosida foydali, to‘g‘ri qarorni tanlash
reaksiyasini qisqaroq vaqt ichida amalga oshirishga bog‘liqdir.
Aslida bunday reaksiyalarni samarali namoyish etish deyarli
barcha jismoniy sifatlarning proporsional tartibda va to‘g‘ri
yo‘llay olmaganligi, treneriningiz TFR haqida tushuncha va
bilim beradimi? - deb nomlangan savolga bergan javoblardan
ma’lum bo‘ldi. Jumladan, respondentlarning faqat 4 nafari (16
%) trenerlar to‘p kiritish bilan bog‘liq


background image

TFR bo‘yicha saboq berishlarni bildirishdi. Bunday
holatning salbiy natijasi boshqa qolgan savollarga
bergan javoblarda ham qayd etildi. Chunonchi, TFR
taktik tayyorgarlikka bog‘liqmi?, - deb nomlangan
savolga 3 nafar respondent “ha” (12 %), ularning 22
tasi (88 %) “yo‘q” - deb fikr bildirishdi.
3.2-jadval

Malakali voleybolchi - talabalardan iborat

respondentlar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma

natijalari-n=25

Izoh:

jadvaldagi

savollar

quyidagicha

belgilangan: 1- TFR haqida tasavvurga egamisiz?; 2-
TFR qanday ruhiy va jismoniy sifatlarga bog‘liqligini
bilasizmi?; 3 - Treneringiz TFR haqida tushuncha va
bilim beradimi?; 4 - TFR taktik tayyorgarlikka
bog‘liqmi?; 5 - TFR qaysi analizator yetakchiligida
amalga oshiriladimi?; 6 - TFR to‘p kiritish
natijadorligiga ta’sir etadimi?; 7 - Toliqish yoki
chayqalishni natijasi muvozanatni yo‘qotish TFR ga
ta’sir ko‘rsatadimi?; 8 - TFR o‘yin tajribasiga
bog‘liqmi?; 9 - TFR to‘p kiritish taktikasiga ta’sir
ko‘rsatadimi? 10- Raqib maydonidagi vaziyatni tahlil
qilish, TFR to‘p kiritish vaqtida (8s.) ta’sir etadimi?;
11- Musobaqa o‘yinida tomoshabinlarning olqishi,
baqir-chaqiri TFR va to‘p kiritish aniqligiga ta’sir
yetadimi?’

-

TFR- tanlov-farqlash reaksiyasi – c-soni

darajada aks etganligi va albatda o‘ng diqqat, idrok,
tafakkur hamda xotira bilan belgilanadi.
Neyrofiziologik qonuniyatlardan ma’lumki, bir
maqsadli

harakatni

ijro

etish

samaradorligini

ta’minlovchi intellektual qobilyatlar – obyekt va
vaziyatni tahlil qilish, tanlash farqlash va qaror qabul
qilish reaksiyalari bosh miya yetakchi analizatorlari
(ko‘rish, harakat va prokrioseptiv analizatorlar)
markazlari tomonidan integrallashtirilgan tamoyilda
ko‘rinadi, boshqariladi va ulardan yuboriladigan nerv
impluslari asosida nerv-mushak harakatlari asosida
bajariladi. Ana shu qobilyatlardan biri TFR qaysi
analizatorlar yetakchiligida amalga oshiriladi? - deb
nomlangan 5 savolga respondentlarning faqat 1 nafari
“ha” (4 %) javobini taqdim etdi. Demak, ularning
qolganlari (96 %) mazkur savolga o‘zlarining to‘g‘ri
farqlarini bildira olishmadi.

TFR to‘p kiritish natijadorligiga ta’sir

ko‘rsatadimi? – deb taqdim etilgan savolga 7 nafar
respondent (28 %) ijobiy ovoz berishdi. 72 %
respondentlar esa, mazkur savolning mohiyati, aniqligi
TFR yetarli darajada shakllanmagan bo‘lsa, yoki uni

Savol

t/r.

Жавоблар

Ҳа

Йўқ

c

%

c

%

1.

6

24

19

76

2.

2

8

23

82

3.

4

16

21

84

4.

3

12

22

88

5.

1

4

24

96

6.

7

28

18

72

7.

2

8

23

82

8.

11

44

14

56

9.

8

32

17

68

10.

9

36

16

64

11.

14

56

11

44

amalga oshirish uzoq vaqtni talab qilsa to‘p kiritish aniqligi va
uning natijadorligi pasayib ketish mumkinligini tasavvur
qilishmaydi. Ma’lumki, voleybol mashg‘ulotlarida, ayniqsa
musobaqa o‘yinlarida jadallashib boruvchi jismoniy va ruhiy
yuklamalar ertami yoki kechroqmi voleybolchida toliqish va
chayqalish alomatlarini kuchayishiga olib keladi. Bunday holat
unda muvozanatni izdan chiqishi harakat koordinatsiyasi va
aniqligini buzulishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda tahlil
qilish hamda TFR ga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu
yo‘nalishda taqdim etilgan 7-savolga (Toliqish va chayqalishni
natijasi muvozanatni yo‘qotish TFR ga ta’sir ko‘rsatadimi?)
respondentlarning faqat ikki nafari (8 %) to‘g‘ri javob berishdi.
Qolganlari (82 %) “yo‘q” - deb fikr bildirishgan.
Mashg‘ulotlar davomida, ayniqsa musobaqa o‘yinlarida
to‘p kiritish taktikasi bilan bog‘liq raqib maydondagi vaziyat
o‘yinchilarni o‘yin funksiyasiga qarab joylashish tartibini tahlil
qilish qulay variantni tanlash-farqlash reaksiyalari aks etib
boradi. Tajriba ortgan sari ushbu qobilyatlar asosida to‘p
kiritish aniqligi va uning natijadorligi kuchayib boradi. Lekin
afsuski,

shu

ma’noda

taqdim

etilgan

8-savolga

respondentlarning faqat 11 nafari (44%) “ha” – deb fikr
bildirishdi. Ularning 56% mazkur savolga aniq javob bera
olishmadi.
TFR to‘p kiritish taktikasiga ta’sir ko‘rsatadimi? - deb
nomlangan savolga 8 nafar respondent “ha” (32 %), 17 ta
“yo‘q” (68 %) javob berishgan.

Raqib maydonidagi vaziyatni tahlil qilish va TFR to‘p

kiritish vaqtiga (8 sek) ta’sir etadimi? - degan savolga (10 savol)
9 ta “ha” (36 %), 16 ta “yo‘q” javobi olindi. Bu borada shuni
ta’kidlash joizki musobaqa o‘yinlari davomida aniq yoki ochko
olishga mo‘ljal qilingan to‘p kiritish mayondagi vaziyatni qisqa
muddat ichida tahlil qilish va foydali TFR asosida to‘pni
maydonning “qaltis joyiga” kiritishni talab qiladi. Bunga
taxminan 5-6 sekund vaqt sarflash odat tusiga kirgan, aks holda
to‘p kiritish vaqti o‘tib ketishi mumkin. Musobaqa o‘yinlari
davomida odat tusiga kirgan tomoshabinlarning “baqir-
chaqirig‘i” qiyqiriqlar, barabanlar tovushi aksariyat holatlarda
to‘p kiritish aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, hatto to‘p
kiritishda xatoga yo‘l qo‘yishga ham olib kelishi kuzatilib
turadi. Bunday ma’noda berilgan II savolga aksariyat
respondentlar “ha” (56 %) javobini yo‘llashdi, qolganlari (44
%) “yo‘q” – deb fikr bildirishdi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, shunday

to‘xtamiga kelish mumkinki, malakali voleybolchi-talabalar
bilan olib borilayotgan an’anaviy mashg‘ulotlarda to‘p kiritish
aniqligi va uning natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi –
raqib maydonida o‘yinchilarni joylashish tartibi va boshqa
vaziyatlarni tahlil qilish asosida TFR sini qo‘llash qobilyatlarini
alohida

shakllantirishga

jiddiy

e’tibor

qaratilmagan.

O‘ylaymizki, mazkur so‘rovnoma natijadorlarini mashg‘ulotlar
o‘tkazishda e’tiborga olish, vaziyatni tahlil qilish va TFR sini
qo‘llash asosida to‘p kiritish usullarini avtonom tartibda va
modellashtirilgan vaziyatda muntazam shakllantirib borish
foydadan holi bo‘lmaydi. Buning uchun trenerlar mazkur
muommoga taalluqli bo‘lgan bir qator ixtisoslashtirilgan
mashqlar majmualarini ishlab chiqishi va ularni amaliyotga
joriy etishlari maqsadga muvofiqdir.


background image

Xulosa

Malakali voleybolchlar bilan olib borilayotgan

an’anaviy mashg‘ulotlarda, umuman voleybolchi
tayyorlash amaliyotida, tadqiqotimizda ko‘tarilgan
masalalar - to‘p kiritishda raqib maydonidagi vaziyatni
tahlil qilish (o‘yinchilarni joylashish tartibi, taktikasi,
o‘yinchilarning o‘yin funksiyalari va h.) zarur va
foydali tanlov-farqlash reaksiyasi TFR asosida to‘p
kiritish taktikasi bilan bog‘liq intellektual va harakat
qobilyatlari

avtonom

tartibda

hamda

integral

yondashuv bilan shakllantirilmasligi vizual kuzatuvlar
va so‘rovnoma natijalarida aniqlandi.

Tadqiqotlar natijalaridan aniqlandiki, malakali

voleybolchi-talabalarda

nisbatan

tinch

holatda

(yuklamasiz)

to‘p

kiritish

samaradorligini

ta’minlovchi vaziyatni tahlil qilish va TFR sini amalga
oshirish vaqti davomli bo‘lsada (3,4-5,3), to‘p kiritish
aniqligi zonalar bo‘yicha (3 tadan) 9 imkoniyatdan
2,2-2,3 martani tashkil etgan. To‘p kiritish zonasida
gavdani 90° egilgan holatda tanani aylantirish va
“Archasimon” yugurish - 92 m. yuklamalari ta’sirida
vaziyatni tahlil qilish va TFRsini amalga oshirish
vaqtiga muvofiq ravishda 5,6-6,8 va 5,2-6,3
sekundgacha uzayganligi kuzatildi. Shunday bo‘lsada,
bunday holatda to‘p kiritish aniqligi 9 imkoniyatdan
0,5-0,9 va 1,08-1,37 martagacha tushib ketganligi
qayd etildi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, tartibga solingan,

ixtisoslashtirilgan

harakatlar

bilan

katta

kuch

sarflamasdan oddiy harakatlar bilan ham katta
natijalarga erishsish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Ашуркова С.Ф. Теория и методика волейбола
// Учебник для высших учебных заведений /.
Т., 2020.-540 с.

2.

Беляев А.В. Обучение технике игры в волейбол
и ее совершенствование. // Методическое
пособие. М.: Человек, Олимпия, 2007. – 56 с.

3.

Гарипов А.Т., Клешев Ю.Ю., Фомин Е.В.
Скоростно-силовая

подготовка

юных

волейболисток / Методические рекомендации.
М.: 2009. – 45 с.

4.

Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati.
Darslik. – T.: Ilmiy texnika axboroti-press
nashriyoti. 2020. – 440 b.

5.

Железняк Ю.Д. Основы научно-методической
деятельности в физической культуре и спорте:
[учебник] для студентов учреждений высш.
проф.

образования,

обучающихся

по

направлению «Пед. образования» профил.
«Физ. Культура» / Ю.Д. Железняк, П.К.
Петров – 6-е изд., перераб.- М.: Академия,
2013.- 288 с.

6.

Литвиненко А.Ю. Волейбол высшего уровня.-
М.: “Человек-олимпия”, 2007.-32 с.

7.

Фурманов А.Г. Подготовка волейболистов
Издательство: “МЕТ” (2007). Формат:
70x100/16, 336 стр. ISBN: 985-436-531-Х

8.

Чесноков Ю.Б. Техника игры / Методический
сборник №2. М.: 2008.- 48 с.

9.

Шнайдер В. Ю. Методика обучения игре в
волейбол./

Пособие

для

студентов


background image

факультетов физ-ры. “Человек - олимпия”, М.
2008. – 56 с.


References

Ашуркова С.Ф. Теория и методика волейбола // Учебник для высших учебных заведений /. Т., 2020.-540 с.

Беляев А.В. Обучение технике игры в волейбол и ее совершенствование. // Методическое пособие. М.: Человек, Олимпия, 2007. – 56 с.

Гарипов А.Т., Клешев Ю.Ю., Фомин Е.В. Скоростно-силовая подготовка юных волейболисток / Методические рекомендации. М.: 2009. – 45 с.

Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. – T.: Ilmiy texnika axboroti-press nashriyoti. 2020. – 440 b.

Железняк Ю.Д. Основы научно-методической деятельности в физической культуре и спорте: [учебник] для студентов учреждений высш. проф. образования, обучающихся по направлению «Пед. образования» профил. «Физ. Культура» / Ю.Д. Железняк, П.К. Петров – 6-е изд., перераб.- М.: Академия, 2013.- 288 с.

Литвиненко А.Ю. Волейбол высшего уровня.- М.: “Человек-олимпия”, 2007.-32 с.

Фурманов А.Г. Подготовка волейболистов Издательство: “МЕТ” (2007). Формат: 70x100/16, 336 стр. ISBN: 985-436-531-Х

Чесноков Ю.Б. Техника игры / Методический сборник №2. М.: 2008.- 48 с.

Шнайдер В. Ю. Методика обучения игре в волейбол./ Пособие для студентов факультетов физ-ры. “Человек - олимпия”, М. 2008. – 56 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов