Shaxsning individual psixologik - xususiyatlari

HAC
Google Scholar
To share
Po‘latova , S. ., & Хudaybergenovа E. (2024). Shaxsning individual psixologik - xususiyatlari. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28117
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolamizda shaxsning individual xususiyatlari, his – tuyg‘ulari, harakteri, qobiliyatlari, insonning vaziyatlarini kelib chiqishi, temperamentlari, kishilarni fel-atvorini usullari, temperament tiplarini psixologik tavsifi, inson xususiyatini guruhlari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

Similar Articles


background image

Shaxsning individual psixologik - xususiyatlari

Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi

O‘zbekiston

davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi.

E-mail: polatovashahnoza744@gmail.com

Хudaybergenovа Elmira Umaraliyevna

Toshkent Amaliy fanlar universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi katta o‘qituvchisi

Электронная почта: ilxomxudaybergenov899@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10463006

Annotatsiya:

Mazkur maqolamizda shaxsning individual xususiyatlari, his – tuyg‘ulari, harakteri, qobiliyatlari,

insonning vaziyatlarini kelib chiqishi, temperamentlari, kishilarni fel-atvorini usullari, temperament
tiplarini psixologik tavsifi, inson xususiyatini guruhlari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

temperament, individual, shaxs, senzitivlik, reaktivlik, faollik, refaollik, reaksiya tempi, ekstravertlik va

intravertlik, sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik.

KIRISH

Shaxsning

individual

xususiyatlari

haqida

gapirilganda uning tug‘ma biologik xususiyatlariga
alohida e’tibor berisimiz lozim. Atrofdagi kishilarni
kuzatganda ular his-tuyg‘ularni namoyon qilishida,
harakat tezligida farq borligi seziladi. Birovlar tajang,
harakatchan va quvnoq bo‘lsalar ham ularning
tuyg‘ulari beqaror bo‘ladi. Boshqalari yuvosh,
zararsiz bo‘ladilar. Uchinchilari esa biror narsadan
tez ta’sirlanadilar, lekin o‘z tuyg‘ularini yashiradilar,
passiv bo‘ladilar. Oliy o‘quv yurtiga qabul
qilinganini eshitgan bolaning o‘zini tutishi yoki
hayotning og‘ir sinovlari paytida odam beixtiyor
namoyon qiladigan reaksiyalari uning tempera-
mentini hosil qiladi. Bu ikkala vaziyatni biri og‘ir-
bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini yo‘qotgudek
darajada hayajon bilan boshdan kechiradi.

2 Material va metodlar


His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida,
hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon
bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatlar majmui

temperament (lot. temperamentum – aralashma,
qismlar nisbati)

degan ma’noni bildiradi. Qadim

zamonlarda kishidagi tuyg‘ular va harakatlarning
xususiyatlari

uning

tanasidagi

suyuqliklarning

miqdoriga,

ularning

nisbatiga

bog‘liq

deb

hisoblanadi. Qadimgi grek shifokori va tabiatshunosi
Gippokrat taxmin qilganki, bir xil odamlarning
organizmida

safro (shole)

ko‘proq bo‘ladi, bunday

kishilarni

xoleriklar;

boshqalarda

qon (sanguinis)

ko‘p bo‘ladi, ularni

sang-viniklar;

uchinchi bir

kishilarda

shilliq narsa (phlegma)

ayniqsa ko‘p,

ularni

flegmatiklar;

to‘rtinchi bir kishilarda

qora

safro

ko‘p miqdorda bo‘lib, ularni

melanxoliklar

deb nomlaganlar.
Ko‘pgina kishilarning shaxsi faqat birgina tipga
xos belgiga ega bo‘lib qolmas-dan, balki, ikki va
undan ham ko‘proq tipning belgilariga ega bo‘ladi.
Kishida xolerik tipdagi xususiyatlar bilan bir qatorda,
masalan, sangvinik tipdagi kishining belgilari ham
bo‘lishi mumkin; melanxolik tipdagi kishida esa
flegmatik tip
xususiyatlari uchraydi va hokazolar. Bu tiplar sof
holda hayotda ancha kam
uchraydi. Yana ko‘pgina o‘tkinchi oraliq yoki aralash
tiplar bor. Temperament tiplarining psixologik tavsifi
quyidagi muhim xususiyatlar yordamida aniqlab
olishimiz mumkin:

1. Senzitivlik

(lotincha sensus – sezish, his qilish).

Insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun

zarur o‘ta kuchsiz sezgilarning paydo bo‘lishi uchun
kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi, ehtiyojlar
qondirilmasligining sezilar - sezilmas darajasi
mujassamlashadi.

2. Reaktivlik –

aynan bir xil kuch bilan ta’sir

etuvchi tashqi va ichki taassurot-larga shaxs qanday
kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab
munosabat

bildiriladi.

Reaktivlikning

yorqin

ro‘yobga

chiqishi

emotsionallik,

ta’sirlanuvchanlikning ifodalanishidir.

3. Faollik

- inson qanday faollik darajasi bilan

tashqi olamga ta’sir ko‘rsatishi va maqsadlarini
amalga oshirishda obyektiv hamda subyektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan yengishiga qarab fikr
yuritiladi.

4. Refaollik

bilan faollikning o‘zaro munosabati.

Bunda odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga
bog‘liqligiga qarab, misol uchun, tashqi va ichki
sharoitlarga (kayfiyatga, favqulodda holatda) yoki
maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga
ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

5. Reaksiya tempi -

psixik reaksiyalar va

jarayonlarning kechish tezligiga, binobarin, harakat
tezligiga, nutq suratiga, farosatlilikka, aql tezligiga
asoslanib xulosa chiqariladi.

6. Harakatlarning silliqligi

va unda qarama-

qarshi sifat rigidlik (qotib qolgan-lik), shaxsning
o‘zgaruvchan

tashqi

taassurotlariga

qanchalik

yengillik va chaqqon muvofiqlashuviga, shuningdek,
uning xatti-harakatlari qanchalik sust va qotib
qolganligiga baho berishdan iboratdir.

7. Ekstravertlik va intravertlik -

shaxsning

faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan nimalarga
bog‘liqligiga,

chunonchi

favquloddagi,

tashqi

taassurotlarga

(ekstravertlik)

yoki

aksincha,

timsollarga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak
bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga (intravertlik)
taalluqlidir.

Sangvinik –

juda faol, har bir narsaga ham qattiq

kulaveradi, yolg‘on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi
narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-
ishoralar-ni

ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab

kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir
bo‘lishiga qaramay kuchsiz ta’sirni (qo‘zg‘atuvchilar)
seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik
bilan refaollik munosabati muvozanatda, intizomli,
o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati
jo‘shqin, nutq surati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-
idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari
o‘zgaruv-chan. Ko‘nikma va malakalarni tez
egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez


background image

kirishadi. Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan,
tashqi ta’sirlarga hozirja-vob.

Xolerik –

sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda

faol va refaol. Ko‘pincha refaolligi faollikdan ustun
keladi. Betoqat, serg‘ayrat, tinimsiz. Sangvinikka
qaraganda silliqroq, lekin ko‘proq qotib qolgan.
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarida
qat’iylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to‘plashda
qiynaladi. Nutq surati tez va hokazo.

Flegmatik –

senzitivligi sust, his-tuyg‘usi kam

o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni
kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin.
Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga
xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam
harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol
tashlanmaydi, lekin serg‘ayrat, ishchan, faol,
chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust.
Faoli-yati kamroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta.
Diqqatni

ko‘chirishi

qiyin.

Intravert-lashgan,

kamgap, ichimdan top, yangilikni qabul qilishi qiyin.
Tashqi taassurotlar-ga sustlik bilan javob beradi.

Melanxolik –

sentizivligi yuksak, tortinchoq,

g‘ayratsiz, arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam
kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi,
diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Rigid,
interavertlashgandur.

Temperament

xususiyatlarini

yoshlikdan

tarbiyalab borish juda ham muhim fazilatdir. Buning
uchun bolaning qaysi temperament tipiga taalluqli
ekanini
aniqlash zarur. Misol uchun, chaqaloq yig‘loq,
besaramjon bo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam
yig‘laydigan bo‘lsa flegmatik bo‘lishi mumkin.
Bolalar tempera-mentini maxsus o‘yinlar orqali
o‘rganish mumkin. Masalan, xonaning 2 tomoniga
stol qo‘yiladi, 20 ta kubik va kurakcha qo‘yib,
kubiklarni kurakchaga taxlab 2-stolga
ko‘chirish taklif qilinadi. Xolerik tipdagi bola ishni
birinchi bo‘lib bajara-man deb shoshilib kubiklarni
to‘kib yuboradi. Melanxonik men buni qila
olmayman deydi, flegmatik shoshmasdan sekin
bajaradi.
Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham
tarbiyaning ta’siri va hayot sharoiti davomida
o‘zgartirish

mumkin.

Bunda

o‘z-o‘zini

tarbiyalashning ahamiya-ti kattadir. Kuchsiz tipdagi
bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga
ega

bola

esa

ishga

kirishish

uchun

biroz

taraddudlanadi, ammo topshiriqni uzoqroq bajaradi.
Sport musobaqalarida ham kuchlilar yaxshiroq natija
ko‘rsatadi, kuchsiz-lari o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar.
Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malaka-sini
tarbiyalash ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata
olishga o‘rgatish juda zarur. Kuchsiz tipdagi
bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik ko‘rsatish
imkonini berish lozim.

Mashg‘ulotlarda bunday

bolalardan tez-tez so‘rab turish kerak, ularga faollik
va chaqqonlikni talab qiladigan vazifalarni topshirish
kerak. Kuchsiz tipda-gi bolalar ishchanlik holatlarini
kuchli tipdagilarga nisbatan tez yo‘qotadilar, shu-
ning uchun ularni charchashlikkacha olib bormaslik
kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi
mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar
kuchsiz nerv
sistemasini mustahkamlaydi, ularning ishchanlik
qobiliyatini oshirib boradi. Nerv sistemasi kuchsiz
bolalar

yangi

sharoitga

qiyin

ko‘nikadilar,

yangiliklardan qochib yuradilar.


XULOSALAR

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,

flegmatik bolalar -

harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani
kuzatib, uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir
narsaga qaratib, tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz
bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoliyatida
qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin.
O‘ziga berilgan
topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi.
Bunday

bola

ovqat

tanlamaydi,

bori

bilan

qanoatlanadi.

U

biror

vazifani

bajarishda

tengqurlaridan

orqada

qolib

ketishi

mumkin.

Bolaning xatti-harakatiga ko‘proq e’tibor bersangiz,
uning sustligi, savolingizga turib-turib javob berishi,
hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola o‘ylab
ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u
zehnli, xotirasi yaxshi.

Xolerik bolalar

- bunday bola o‘z istagi va

maqsadini amalga oshirishi uchun hech narsadan tap
tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi, qaysarlik
qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa
uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz
ifodasi jonli. U goho qaysar, intiluvchan va
tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz, beixtiyor
«bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk
xayolpa-rast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-
tomizmay san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera
oladi.

Xolerik

mijozli

bolani

olov

bilan

qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm solganda qizil,
to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea hodisa-
larni ifodali qilib aks ettiradi.

Sangvinik bolalar

- bola harakatchan, epchil.

Diqqati o‘zgaruvchan, bir narsaga bir daqidadan ko‘p
e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni kichkina chum-
chuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga bo‘lishga
ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Kattalarga
uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni birdek
jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi
deydilaru, baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar
sog‘inadilar. Chuchuktomoq, tez-tez va oz-ozdan
tamaddi qiladi. Mevalarga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon
deb yeydi. Tez uxlab, erta uyg‘onadi. Uning ichki
dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bu munosabatlarda
yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bolaga ta’sir
ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosa-
batini qozonish lozim.

Melanxolik bolalar -

bu tipdagi bolaning ichki

dunyosini sirli olam deyish mumkin. Ko‘proq
yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi, tinch
o‘yin-larni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda
qiyin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib
yuradi, uni kuldirish amri mahol. O‘z yoshiga
nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning man-tiqan fikr
yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Lekin unda
«kichkintoy» odat-
larini ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini og‘ziga
solishi,

tirnoqlarini

tishlashi

va

boshqalar

g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm
solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar,
qo‘rqinchli voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi.

Ma’qul

ko‘rgan

odamlari

bilan

emin-erkin

gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda
qiyin, u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan.

ADABIYOTLAR


background image

[1]. Jalilova S.X - Maktabgacha yoshdagi bolalar
psixologiyasi. «Faylasuflar» nashriyoti Toshkent –
2017
[2].

Икромжонович,

Сойибназаров

Аббосжон. «Развитие учебных навыков в развитии
школьных учителей на основе публичных онлайн-
открытых

курсов».

Международный

журнал

по

оранжевым технологиям

2.11 (2020): 10-13.

[3].

Сойибназаров А. (2021, июнь). ЗНАЧЕНИЕ И

РОЛЬ

ОНЛАЙН-КУРСОВ

В

СИСТЕМЕ

ОБУЧЕНИЯ. В

международных

научно-

исследовательских конференциях

(стр. 129-132

[4].

Ikromjon, Y., & Shaxnoza, P. L. (2022,

November).

UMUMIY

O

‘RTA

TA’LIM

MAKTABLARIDA

JISMONIY

TARBIYA

O

‘QITUVCHISI

KASBINING

O

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI VA TALABLARI. In

E Conference

Zone

(pp. 67-78).

[5].

Yo‘ldashev,

I.

(2023).

UMUMTA’LIM

MAKTABLARIDA O ‘QUVCHILARNI JISMONIY
TARBIYA O ‘QITUVCHISI KASBIGA QIZIQISHINI
SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
SHARTLARI

VA

METODLARI.

THEORY

AND

ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH

,

2

(15),

39-45.

[6].

Qizi Po‘latova, S. I. (2023). VOLEYBOL-CHILAR

TAYYORLASH

JARAYONINI

BOSHQARISH.

Educational

Research

in

Universal

Sciences

,

2

(12), 46-50.

[7].

Qizi Po‘latova, S. I. (2023). VOLEYBOL O ‘YININI

O

‘RGATISHNING

PEDAGOGIK

ASOSLARI.

Educational

Research

in

Universal

Sciences

,

2

(10), 174-178.

[8]. Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna. Jismoniy
Mashqlar Ta’sirida Kardiorespirator Ko`Rsatkichlarning
O`Zgarishi.
2022/11. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI
ILMIY JURNALI. Maxsus son: “EKOLOGIYA VA
EKOLOGIK TA'LIM/ C 266-268

[9]. Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna .Saidova
Aziza

Yakubovna/

Sport

Bilan

Shug’ullanuvchi

o’smirlarning Asosiy Ozuqalarga Bo’lgan Extiyoji

/

2022/11/

[10]. Melikuzievna, T. S. Use of Professional Terminology
in the Educational Process. International Journal on
Integrated Education, 3(12), 311-315.

[11]. Melikuzievna, T. S., & Alidzhanovna, N. A.
Innovative Methods of Interaction of Participants of the
Educational Process. JournalNX, 546-551.

References

. Jalilova S.X - Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. «Faylasuflar» nashriyoti Toshkent – 2017

. Икромжонович, Сойибназаров Аббосжон. «Развитие учебных навыков в развитии школьных учителей на основе публичных онлайн-открытых курсов». Международный журнал по оранжевым технологиям 2.11 (2020): 10-13.

. Сойибназаров А. (2021, июнь). ЗНАЧЕНИЕ И РОЛЬ ОНЛАЙН-КУРСОВ В СИСТЕМЕ ОБУЧЕНИЯ. В международных научно-исследовательских конференциях (стр. 129-132

. Ikromjon, Y., & Shaxnoza, P. L. (2022, November). UMUMIY O ‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA O ‘QITUVCHISI KASBINING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TALABLARI. In E Conference Zone (pp. 67-78).

. Yo‘ldashev, I. (2023). UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O ‘QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYA O ‘QITUVCHISI KASBIGA QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH SHARTLARI VA METODLARI. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 2(15), 39-45.

. Qizi Po‘latova, S. I. (2023). VOLEYBOL-CHILAR TAYYORLASH JARAYONINI BOSHQARISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(12), 46-50.

. Qizi Po‘latova, S. I. (2023). VOLEYBOL O ‘YININI O ‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 174-178.

. Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna. Jismoniy Mashqlar Ta’sirida Kardiorespirator Ko`Rsatkichlarning O`Zgarishi. 2022/11. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI. Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM/ C 266-268

. Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna .Saidova Aziza Yakubovna/ Sport Bilan Shug’ullanuvchi o’smirlarning Asosiy Ozuqalarga Bo’lgan Extiyoji/ 2022/11/

. Melikuzievna, T. S. Use of Professional Terminology in the Educational Process. International Journal on Integrated Education, 3(12), 311-315.

. Melikuzievna, T. S., & Alidzhanovna, N. A. Innovative Methods of Interaction of Participants of the Educational Process. JournalNX, 546-551.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов