Authors

  • Xojiakbar Muxammadiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28023

Keywords:

socio-psychological methods of management

Abstract

This thesis describes the socio-psychological methods of management that can influence the producer and some individuals on their social needs and psychological characteristics.

background image


220

BOSHQARUV FAOLIYATIGA OID KOMPETENSIYALARNING IJTIMOIY

PSIXOLOGIK USULLARI

Muxammadiyev Xojiakbar Aslitdinovich

Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti

Jizzax viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri

ORCID:0000-0003-2571-72

https://doi.org/10.5281/zenodo.10511175

Annotatsiya. Ushbu tezis boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari — bu ishlab

chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir

etishi mumkinligi haqida yoritilgan.

Kalit

so`zlar:

boshqaruvning

ijtimoiy-psixologik

usullari,rag`batlantirishning

samarasi,ish jarayonidagi komfortning foydalari.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL METHODS OF MANAGEMENT ACTIVITY

COMPETENCES

Abstract. This thesis describes the socio-psychological methods of management that can

influence the producer and some individuals on their social needs and psychological

characteristics.

Key words: socio-psychological methods of management, effectiveness of incentives,

benefits of comfort in the work process.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ УПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНО-

УПРАВЛЯЮЩИМИ КОМПЕТЕНЦИЯМИ

Аннотация. В данной диссертации описаны социально-психологические методы

управления, способные влиять на производителя и отдельных индивидов на их социальные

потребности и психологические особенности.

Ключевые слова: социально-психологические методы управления, эффективность

стимулирования, преимущества комфортности трудового процесса.

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga

ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir.

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy

hodisalarni chuqur o’rganish xodimlarning kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni

bilishni talab etadi.


background image


221

Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi

bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi

rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori

qonuniyatlarini tadqiq qiladi.

Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash

va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida

qo’llaniladi.

Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar,

ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga

solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham

qo’llaniladi.

Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo’li

bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga

kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va

ularni o’qitish va x.k.lar kiradi.

Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo’lmaydi, chunki kishi

qobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi

Inson avvalo o’zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi.Shunday vaziyatda esa boshqaruvchidagi

kompetensiya muhim rol o`ynaydi.Ish samaradorligining oshishida ham ishchilar o`rtasidagi

muomala madaniyatining chiroyli bo`lishoda ham ,mahsulot sifatining yaxshilanishida ham

boshqaruvchi shaxsidagi kopmpitentlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson faoliyati ma’lum rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, ma’lum maqsadga

erishishga qaratilgandir. Rag’batlantiruvchi omil - maqsad munosabati inson faoliyatining

o’zagidir. Umumiy ma’noda rag’batlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritishi uchun undovchi

omil bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsasidir.

Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir.Bu nafaqat moddiy rag`batlantirish balki

maqtash yoki unga butun kollektiv yonida raxmat aytish ham bo`lishi mumkin,bunday

rag`batlantirishlar albatta o`z samarasini bermay qo`ymaydi va bunday tashabbuslar faqatgina eng

munosib boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Kishi ruhiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan

qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishiga, xato qilish ehtimolining ortishiga va natijada

mehnat unumdorligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini


background image


222

to’liq namoyon qila oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez

egallaydi va mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi.

Demak har qanday sohada ham qobiliyat,qiziqish,o`z kasbini sevish va qulay ish muhitini

yaratish bu ish unumdorligining ortishiga sabab bo`ladi.Bular esa faqatgina rahbar qo`lida emas

albatta.Xodimning o`zi ham o`z kasbiga e`tiborli bo`lishi ,o`z kasbini sevishi va jamoada o`z

o`rniga ega bo`lish uchun psixologik kompetentlik xususiyatlariga ega bo`lishi lozim.

Inson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri bo`ladi. Inson uchun juda

ko’p narsa katta o`rin tutuadi. Bular ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqali

namoyon etish, o’z malakasi bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va x.k.lar

ham o`ta muhimdir. Ko’pchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan

shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish

lozimligini ta’kidlaydilar.

Fikrimizni xulosalaydigan bo`lsak boshqaruvning har qanday sohasida ham ijtimoiy psixologik

usullardan foydalanish ularni yaxshi bilish bu boshqaruvning osonlashishiga,boshqaruv

jarayonining yaxshi bo`lishiga,xodimlarning ish samaradorligining oshishiga,ish jarayonining

yaxshi va qiziqarli bo`lishiga juda katta yordam beradi.

REFERENCES

1.

https://fayllar.org/menejment-boshqaruv-usullari.html?page=4

2.

“Boshqaruv nazariyasi” X.A.Muxiddinov,A.A.Sobirov.

References

“Boshqaruv nazariyasi” X.A.Muxiddinov,A.A.Sobirov.