FORMATION OF COMPETENCIES REGARDING MANAGEMENT ACTIVITY

HAC
Google Scholar
To share
Muxammadiyev, X. . (2024). FORMATION OF COMPETENCIES REGARDING MANAGEMENT ACTIVITY. Modern Science and Research, 3(1), 189–192. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27864
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, I tried to explain what competence is, competence and competent management, as well as competences related to management activities and the essence of the content.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

189

BOSHQARUV FAOLIYATIGA OID KOMPETENSIYALARNI

SHAKLLANTIRISH

Muxammadiyev Xojiakbar Aslitdinovich

Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti

Jizzax viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri

ORCID:0000-0003-2571-7297

https://doi.org/10.5281/zenodo.10469649

Annotatsiya. Ushbu maqolamda kompitensiya nima ekanligi to`g`risida, kompitentlik va

kompitet boshqaruv shuningdek boshqaruv faoliyatiga oid kompitensiyalar nima ekanligini va
mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qilganman.

Kalit so`zlar: qobiliyat, boshqaruv kadrlari, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi baholash,

davlat xizmati, istiqbolli kadrlar, inson resurslarini rivojlantirish, o‘zini o‘zi rivojlantirish
kompetensiyasi.

FORMATION OF COMPETENCIES REGARDING MANAGEMENT ACTIVITY

Abstract. In this article, I tried to explain what competence is, competence and competent

management, as well as competences related to management activities and the essence of the
content.

Key words: ability, management personnel, self-development, self-assessment, public

service, prospective personnel, human resources development, self-development competence.

ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ В ОБЛАСТИ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация. В данной статье я постарался объяснить, что такое

компетентность, компетентность и грамотное управление, а также компетенции,
связанные с управленческой деятельностью и сущностью их содержания.

Ключевые слова: способности, управленческий персонал, саморазвитие,

самооценка, государственная служба, перспективные кадры, развитие человеческих
ресурсов, компетентность саморазвития.

KIRISH.
Kompetentsiya

- ma'lum bir faoliyatda inson xatti-harakatlarining sifatini tavsiflovchi

integral xususiyat, mezondir. Qoida tariqasida, har qanday sohada natijaga erishish, ushbu faoliyat
turida samarali bo'lish imkonini beradigan xatti-harakatlarning qandaydir ideal modelidir.

Ko'rinib turibdiki, har bir vaziyatda insonning xatti-harakati ko'plab omillar bilan

belgilanadi: ichki munosabatlar va motivatsiya, ko'nikmalar, texnologiyani tushunish, bilim va
hatto genetik moyilliklar ham.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda boshqaruv kadrlari soni yuz mingdan ortiq, ularning

hammasini bir yilda yoki bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallarida o‘qitish imkoniyati vaqt nuqtai nazaridan
cheklangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining boshqaruv kadrlariga qo‘yayotgan talablari,
davlatning bugungi siyosati, shuningdek, global sharoitidagi islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlar
har bir davlat xizmatchisining o‘z ustida mustaqil ishlashini talab etadi. Boshqaruv kadrlarining
o‘z-o‘zini kompetensiyaviy rivojlantirish uchun O‘zbekistonda maxsus tizim yoki elektron


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

190

platforma mavjud emas. Jahon tajribasiga ko‘ra boshqaruv kadrlarini mustaqil tarzda o‘zini o‘zi
rivojlantirish elektron platformalari mavjud.

Xo`sh boshqaruvchi shaxsi uchun kompitensiyaning ahamiyati na qadar, kerakmi aslida u.
Albatta kerak kompitensiya barcha kasblarda, barcha sohada va barcha tarmoqda ayniqsa

boshqaruvda eng kerak bo`lgan o`ziga xoslikdir. Hozirgi kunda mamlakatda kadrlar malakasini
oshirish va ularni qayta tayyorlash borasida faoliyat olib borayotgan akademiya, institut, fakultet,
markaz va malaka oshirish kurslari boshqaruv kadrlarini to‘liq qamrab olgani yo‘q.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruv kadrlarini tayyorlash va

ularning malakasini oshirishda har bir sohaning xususiyatlari va bu soha xizmatchilariga
qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda malaka oshirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Ichki
ishlar akademiyasi, Xalqaro Islom akademiyasi, Bojxona Instituti, Toshkent shahri va mamlakat
viloyatlaridagi pedagogik kadrlarning malakasini oshirish markazlari, viloyatlar hokimiyatlari
qoshida tuzilgan o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarlar malakasini oshirish o‘quv markazlari
shular jumlasidandir.

Boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimi bo‘yicha bugungi kunda Yevropa

va boshqa rivojlangan mamlakatlarda chuqur ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ayniqsa,
rossiyalik olimlar tomonidan yuzlab darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, lug‘at, modullar va
turli ilmiy ishlanmalar chop ettirib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, shunday nazariy qarashlar
asosida dunyoning ko‘zga ko‘ringan o‘zini o‘zini rivojlantirish portallari amaliyotga allaqachon
tatbiq etilgan.

Ammo bizda bunday o`quv kurslari va maxsus platformalar mavjud emas, boshqaruv

kdarlari uchun ko`plab maqsadli elektron platformalarning joriy etilishi boshqaruv
samaradorligining oshishiga va boshqaruvchi shaxsining vazifalarini bajarishida bir qancha
yegilliklarga sababchi bo`lar edi deb hisoblayman. Xo`sh bular qanday yo`nalishdagi platformalar
bo`lishi kerak:

boshqaruv mahorati;

davlat xizmatchisining yetikasi;

jamoada ishlash;

innovatsion yo‘nalganlik;

ish muloqoti;

ishonchni shakllantirish;

kommunikativlik\kirishimlilik;

qadriyatlar;

liderlik;

loyihalarni boshqarish;

natijaga yo‘nalganlik;

normativ hujjatlar va huquqiy me’yorlarni yaxshi bilish;

pozitiv fikrlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

191

tizimli fikrlash;

o‘zgarishlarga moslanuvchanlik, stressga bardoshlilik;

boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Maxsus elektron o‘quv kurslari yaratilishi boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish

tizimini optimallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi, har bir davlat fuqarolik xizmatchisi
mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi, o‘zini o‘zi baholashi, o‘ziga qulay vaqtda maxsus o‘quv
kurslarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish
qamrovi kengayadi. Ularning natijalari va munosabatiga qarab, ularning kompetensiyalarini
baholash imkoniyati kengayadi.

Boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish (self development-portal/self

improvement portal) portalidagi metodik yondashuvlar va maxsus o‘quv kurslari boshqaruv
kadrlarining quyidagi shaxsiy muhim fazilatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi:

Motivatsion va semantik (o‘z-o‘zini rivojlantirish va professionallik darajasini oshirish,

maqsadni belgilash zarurati).

Tarkib jarayoni (yuqori darajadagi professional standartlar, ijodkorlik, avtonomlik).
Reflektiv-baholovchi (o‘zini anglash va aks ettirishning yuqori darajasi, o‘zini hurmat

qilish va o‘zini qabul qilish, talablarning yetarli darajasi va o‘zini o‘zi qadrlash).

Faoliyatni tartibga soluvchi (faol predmet pozitsiyasi, stressga chidamlilik, o‘zini o‘zi

boshqarishning samarali tizimi).

Kommunikativ-ekspressiv (hamdardlik, ko‘p mavzuli o‘zaro aloqalarni amalga oshirish va

ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish qobiliyati).

Boshqaruv kadrlarini uzluksiz rivojlantirish borasida dunyodagi bo‘layotgan

o‘zgarishlarga O‘zbekistonning integratsiyalashishi, innovatsion tafakkur, bozor konyukturasi va
raqobatiga javob beradigan, mustaqil va tezkor qarorlar qabul qiladigan kadrlarni tayyorlash
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimining
asosiy vazifasi shaxsning boshqaruv faoliyatiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va ularni baholash,
boshqaruvga oid qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha onlayn tarzdagi kurslar, maslahatlar va
konsultativ yordamni tashkil etish, portal doirasida to‘plangan ma’lumotlar asosida boshqaruv
salohiyatiga ega, qobiliyatli va malakali yosh rahbar kadrlar zaxirasi haqida ma’lumot bazasini
yaratishdan iborat.

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi «O‘zbekiston

Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5843-son Farmonida davlat fuqarolik xizmati masalalari
bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi, davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar
siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga,
malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan boshqaruv
kadrlarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l qo‘yilmayotganligi ta’kidlangan.
Tadqiqot natijalaridan davlat fuqarolik xizmatining barcha tarmoq va sohalarida foydalaniladi.
Yiliga 100 mingdan ortiq boshqaruv kadrlarining mustaqil tarzda o‘zini o‘zini rivojlantirish
maxsus kurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

192

Boshqaruv kadrlarining o‘zini o‘zi rivojlantirish (self development/self improvement)

tizimining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati shundaki, har chorakda har bir davlat fuqarolik xizmatchisi
qisqa muddatli kurslarni onlayn tarzda o‘zlashtirishi orqali ularning boshqaruv sohasidagi bilim,
malaka va ko‘nikmalari oshadi. Moliyaviy nuqtai nazardan vaqt va safar xarajatlari qisqaradi.
Shuningdek, muntazam o‘z ustida ishlash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, Janubiy Koreya
Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) onlayn platformasi orqali bir
yilda 220 mingga yaqin boshqaruv kadrlari malaka oshiradi.


REFERENCES

1.

https://lightpdf.com/self-development-websites.html

2.

Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. 33-bet.

3.

A.X.Xolov. O‘zbekistonda zamonaviy rahbar kadrlarni shakllantirish tizimini
takomillashtirish masalalari. Monografiya. – Toshkent: «Yangi kitob», 2020. – 208 b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947-sonli farmoniga 1-ilova.

5.

A.X.Xolov Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz rivojlantirishning nazariy-
metodologik jihatlari. // “Jamiyat va boshqaruv” jurnali, 2020-yil 1-son. 140-150-
betlar.

6.

K.B.Axmedjanov, A.X.Xolov. Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini
shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar”
ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020-yil http://iqtisodiyot.tsue.uz/yangisoni.

References

https://lightpdf.com/self-development-websites.html

Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. 33-bet.

A.X.Xolov. O‘zbekistonda zamonaviy rahbar kadrlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalari. Monografiya. – Toshkent: «Yangi kitob», 2020. – 208 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoniga 1-ilova.

A.X.Xolov Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz rivojlantirishning nazariy-metodologik jihatlari. // “Jamiyat va boshqaruv” jurnali, 2020-yil 1-son. 140-150-betlar.

K.B.Axmedjanov, A.X.Xolov. Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020-yil http://iqtisodiyot.tsue.uz/yangisoni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов