FILOLOGIK FANLARNI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM VA O‘QUV TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK, METODIK VAZIFALARI

HAC
Google Scholar
To share
Axmedova, M. . (2024). FILOLOGIK FANLARNI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM VA O‘QUV TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK, METODIK VAZIFALARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28083
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil oquv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta’lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.


background image

1

FILOLOGIK FANLARNI

O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM VA O‘QUV

TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK, METODIK VAZIFALARI

Axmedova Maloxat Ergashevna “Pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko`chasi 1 uy, Toshkent 100149, O`zbekiston

malohatahmedova091@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462548

Kalit so‘zlar: Ona tili, ta’lim, mustaqil ta’lim, o‘quv topshiriqlari, takomillashtirish zarurati, lingvodidaktik talablar, mustaqil

va o‘quv topshirig‘i, zamon talabi, samara, nutqiy ko‘nikma, rivojlantirish, talaba, topshiriq, metodik yondashish.

Annotasiya:

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil oquv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o'tishning

amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida tizimining tamoyillari,
ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta’lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi
va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o'qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda
aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

KIRISH

Xalqaro tajribalar asosida til o‘rganishga

qo‘yilgan aniq talablar orqali (tinglab tushunish),
(gapirish),

(o‘qish)

va

(yozish)

malakalari

shakllantiriladi.

Ona

til

o‘qitishda

mazkur

yondashuvdan biroz ijodiyroq foydalanish maqsadga
muvofiq, bizningcha. Chunki talabalar tilning
tashuvchilari sifatida muayyan nutqiy ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lgan holda maktabga keladilar.
Talabalarda ona tilidan (ular tining tashuvchilari
bo‘lgani uchun) ba’zi ko‘nikmalar rivojlantiriladi,
asosan,

ulardagi

mavjud

ko‘nikmalar

takomillashtiriladi. Ayniqsa, ona tilidan talabalar
matn yoki suhbatni tinglab tushunadi, o‘qiy oladi,
gapira oladi va yoza oladi. Bunday vaziyatda ona tili
o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarda
eshitganlarini

to‘g‘ri tushuna olish

,

adabiy tilda

ravon va mantiqan izchil gapira olish,

matnni o‘qib

tushuna olish

hamda

to‘g‘ri va mazmunli yoza olish

ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Oliy ta’limning
filologik yo‘nalishlarida, ona tili fanini o‘qitishda
modul-kredit tizimining joriy etilishi, mustaqil ta’lim
topshiriqlariga e’tibor kuchayishini ko‘rsatadi. Davlat
ta’lim standartlari va milliy baholash mezonlariga
muvofiq tarzda ona tili fanlarini o‘qitishda mustaqil
ta’lim topshiriqlari, savol, mashq va topshiriqlar
mazmunini tanqidiy o‘rganish, ularni nutqiy
ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish va baholash
nuqtai nazaridan tavsiflash va tasniflash zarurati
mavjud. Oliy ta’lim tizimida an’anaviy dars
mashg‘ulotlarida

talabalar,

xususan,

bo‘lajak

mutaxassislarga bilim berish, o‘quv va mustaqil
topshiriqlar orqali ma’lumotlarni yodlash, turli
manbalardan olingan jumlalarni lingivistik tahlil
qilishga mo‘ljallangan. Bu esa bugungi zamon
talablariga mos kelmay qolmoqda. Hayot insoniyat

oldiga turli muammolarni qo‘yadi, har bir kishi uni
mustaqil hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Shu ma’noda pedagogikada muammoli ta’lim
texnologiyasi joriy qilindi. Muammoga asoslangan
ta’limda faqat, mustaqil ta’lim topshiriqlaridan
asosan, savol va topshiriqlarning muhim o‘rni bor.
Muammoli o‘qitishning mohiyati shundan iboratki,
o‘qituvchi bilimlarni tayyor shaklda yetkazmaydi,
balki o‘qituvchi tomonidan savol yoki topshiriq
shaklida muammoli vazifalar qo‘yiladi, mashg‘ulotni
tashkil etuvchi ularni hal qilish yo‘llari va vositalarini
izlashga undaydi. Bu ham, albatta, savol va
topshiriqlar orqali amalga oshiriladi. Mashqlar esa
uni o‘zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida
aqliy yoki amaliy harakatni takror-takror bajarish
demakdir. Bu jarayonda o‘z o‘rni bilan mashqlar ham
ishtirok etadi.

Takomillashtirilgan mustaqil ta’lim va o‘quv

topshiriqlari muammoli o‘qitishning quyidagi asosiy
psixologik-pedagogik maqsadlariga muvofiq kelishi
kerak: talabalarning fikrlash va qobiliyatlarini
rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga;
talabalarning faol izlanish va mustaqil masalalar
yechish jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini
o‘zlashtirishlari, natijada bu bilim va ko‘nikmalar
an’anaviy mashg‘ulotlarga qaraganda mustahkam
bo‘lishiga; nostandart muammolarni ko‘ra oladigan,
o‘rnata oladigan va hal qila oladigan talabaning faol
ijodiy shaxsini tarbiyalashga mos bo‘lishi lozim. Ona
tili ta’limda faol qo‘llanila boshlagan matn bilan
ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muammoli
ta’lim texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. Har
qanday matn tahlilini mustaqil ta’lim va o‘quv
topshiriqlari orqali muammoli jarayonga aylantirish
mumkin. Bunda savol yoki topshiriqni to‘g‘ri qo‘yish
kifoya qiladi. O‘qituvchining boshqaruv faoliyati


background image

2

bilimlarni

idrok

qilishni

tashkil

etish

bilan

chegaralanadi. O‘qituvchilarning o‘z talabalarini
bilim olishga, fikrlashga undash quroli, ularning
faoliyatini, o‘zlashtirilishini monitoring qilishda
o‘lchov bu – mustaqil va o‘quv topshiriqlaridir.
An’anaviy ona tili ta’lmida ham o‘qitishning
reproduktiv metodidan foydalaniladi. U quyidagi
xususiyatlarga ega: bilim talabalarga “tayyor”
shaklda taklif etiladi; o‘qituvchi bilimlarni muloqot
qilibgina qolmay, balki uni bayon etadi; talabalar
bilimlarni ongli o‘zlashtiradilar, uni tushunadilar va
eslab qoladilar.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida ona tilini

o‘qitish, uni avaylab-asrash, milliy qadriyat sifatida
ulug‘lashga doir ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda
olib boriladi. Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va
oliy

ta’lim

muassasalari,

jumladan,

Mugla

Üniversitesi (Turkiya), Indiana University (AQSh),
Centre of increasing to pedagogical qualification on
base Manchesters, Oxfords university (Buyuk
Britaniya), Belfield pedagogical university Germany
(Germaniya). Kasbiy tayyorgarlikkacha bo‘lgan
nutqiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari,
ona tili matni ustida ishlash orqali o‘rganishning
o‘ziga xos xususiyatlari tizimli ishlab chiqilgan.
(Ulyanovskiy gosudarstvennыy universitet); nutqiy
ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar
yuzasidan kuzatishlar olib borilgan (Bright Hub
Education);

til

o‘qitishda

kompitensiyaviy

yondashuvlar olib borilayotgan (Payomi Donishgohi
Milliy

Tochikiston),

(Janubiy

Qozog‘iston

pedagogika universiteti oliy ta’lim muassasalarida
nutqiy kompetensiyalari rivojlanatish ustuvor vazifa
sifatida qo‘yilgan. Jahon ta’lim tizimida interaktiv
o‘qitish tizimidan foydalanish (interactive E-learn)
bo‘yicha tadqiqotlar yetakchi oliy ta’lim muassasalari
va

ilmiy

markazlarda

amalga

oshirilmoqda.

Jumladan, Purdue University (AQSh), interaktiv
ta’limni amalga oshirish BMTning International
Institute for Sustainabie Development (IISD), ona
tilini o‘qitish muammolari (Baku: Azerbaycan Dövlet
Pedagoji Universiteti) mavzularida ilmiy izlanishlar
olib borilgan. [3.17].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator

ona tili o‘qitish metodikasiga doir ilmiy-metodik
tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, N.Dadajonova
[15.38]. kabi tilshunos o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tili
ta’limi jarayonida talabalarning nutqi ustida ishlash
metodikasi asosida o‘qitishni targ‘ib qilgan.
A.G‘ulomov,

M.Qodirov,

M.Ernazarova,

A.Bobomurodova, N.Alavuddinova, V.Karimjonova

kabi tilshunos olimlar esa ona tili o‘qitish asosida
mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlash, ijodiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi ustida

izlanishlar olib borgan. T.Yusupova gapning bosh
bo‘laklarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy
izlanishlar olib borgan. Ona tili ta’lim mazmunida
metodik va nazariy ta’limi bo‘yicha tadqiqotchi
olimlar

H.Ne’matov, A.G‘ulomov, M.Qodirov

[17.78]., A.Nurmonov, A.Sobirov, B.Mengliev,
L.R.Raupova, B.To‘xliev, Yusupova Sh, Ziyodova
T, Oxunjonova O, D.Jumashev kabi tilshunos
olimlarning ishlari shular jumlasidandir. Shu bilan
birga, mazkur tadqiqotlarning yozma va og‘zaki
nutqini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. O.Roziqov,
N.Mahmudov, R.Safarov, U.Tursunov, A.Muxtorov,
Sh.Rahmatullaev, H.Alavuddinova, R.R.Sayfullaeva,
B.R.Mengliyev, L.L.Raupova kabi tilshunos olimlar
ham

shular

jumlasidandir.

[6.44].Tadqiqotchi

A.Bobomurodov ona tili ta’lim mazmunida o‘yin-
mustaqil ta’lim topshiriqlardan foydalanish, metodist
T.Ziyadov ona tili ta’limi jarayonida talabalarning
so‘z boyligini oshirish imkoniyatlarini tadqiq etgan
va ona tili ta’lim mazmunida matn tahliliga murojat
qilgan. Jumladan, K.Turdieva, G.Axmedovalarning
o‘zbek tili darsligi (tibbiyot institutlarining rus
guruhlari uchun)da, o‘zbek tili ta’limi jarayonida
tafakkurni

rivojlantiruvchi

mustaqil

ta’lim

topshiriqlari va ulardan foydalanishga oid ishlangan
metodik

yondashuvlari

OTM

uchun

muhim

ahamiyatga ega. Metodikaga doir T.T.G‘aniev ona
tilidan mashq bajarish jarayonida talabaning bilish
faolligini

oshirish

masalalarini

tadqiq

qilgan.

A.Hamraev ona tili ta’lim mazmunida ta’lim
oluvchining

ijodiy

faoliyatini

loyihalashtirish

muammosini tadqiq qilish asosida, ijodiy faoliyatni
loyihalashtirishda ona tili ta’limida uzviylik,
uzluksizlik,

onglilik,

o‘zaro

bog‘liqlik

va

aloqadorlikni

ta’minlash

tamoyillari

asosida

o‘quvchilarning intellektual salohiyatini tizimli tarzda
rivojlantirish ilmiy-metodik jihatdan asoslangan. Oliy
ta’lim

dars

mashg‘ulotlarida

mustaqil

topshiriqlarining qo‘llanilishini muntazam deb
bo‘lmaydi, keyingi yillarda yaratilagan darslik va
qo‘llanmalar mustaqil topshiriqlari asosida yaratila
boshladi. Masalan, H.Jamolxonov tomonnidan nashr
qilingan.

“Hozirgi o‘zbek adabiy

tili”

darsligida

mavzular so‘ngida savol va topshiriqlar keltirilgan.
[18.78]. 2000 yilga qadar yaratilgan oliy filologik
ta’lim uchun yaratilagan o‘quv adabiyotlarda
mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlari deyarli
uchramaydi. Masalan, U.Tursunov, A.Muxtorov,
Sh.Rahmatullayevlarning 1992 yil chop etilgan
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida umuman
mustaqil va o‘quv topshiriqlari berilmagan [19.88].
Bunda mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini
bajarishda talabalarning mustaqillik darajasiga e’tibor
beriladi: bilimni, ma’lumotni ko‘paytirish uchun


background image

3

maxsus topshiriqlar ham beriladi; bilimlarni turli nutq
vaziyatlarida qo‘llashga o‘rgatuvchi mashq va
topshiriqlar ham baravar qo‘llaniladi. Ona tili
ta’limida mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini
takomillashtirish zarurati mavjud bo‘lib, unda
quyidagi lingvodidaktik talablar bajarilsa, mustaqil va
o‘quv topshirig‘i zamon talabiga mos va samarali
bo‘ladi: bir mustaqil va o‘quv topshirig‘ini bajarish
asnosida bir nechta nutqiy ko‘nikmani rivojlantira
olish imkoniyatiga ega bo‘lishi; talabalarning
mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarni amalga
oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik
ketma-ketlikka rioya qilishi; mustaqil ta’lim va o‘quv
topshiriqlarini zamonaviy axborot manbalaridan
topish uchun sun’iy intellekt bilan to‘g‘ri muloqot
qila olishi; o‘quv lug‘atlaridan mavzu doirasida
unumli foydalana olishi.

Takomillashtirilgan mustaqil ta’lim o‘quv

topshiriqlari muammoli o‘qitishning quyidagi asosiy
psixologik-pedagogik maqsadlariga muvofiq kelishi
kerak:

- talabalarning fikrlash va qobiliyatlarini

rivojlantirish,

ijodiy

qobiliyatlarini

takomillashtirishga;

- talabalarning faol izlanish va mustaqil matnn

tahlil etish jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini
o‘zlashtirishlari, natijada bu bilim va ko‘nikmalar
an’anaviy mashg‘ulotlarga qaraganda mustahkam
bo‘lishiga;

- nostandart muammolarni ko‘ra oladigan,

o‘rnata oladigan va hal qila oladigan talabaning faol
ijodiy shaxsini tarbiyalashga mos bo‘lishi lozim.

Ne’matov H. ning quyidagi fikrlari hozir ham

ona tili ta’limi va unda topshiriqlar berish uchun
birdek ahamiyatli: “Ona tilidan bilimlarni tanlashning
bosh mezoni uning foydalilik va amalda qo‘llanila
olish darajasidir. Biz ona tili ta’limidan foydali
bilimlar deb savodli yozish, ijodiy fikrlash, fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va
yozma

shakllarda

to‘g‘ri,

ravon

ifodalash

ko‘nikmalarini

rivojlantirishni

ta’minlaydigan

bilimlarni tushunamiz”

B.To‘xliev, M. Shamsieva, T.Ziyodova

tomonidan “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”
darsligida “Mustaqil ta’lim o‘quv topshiriqlari
o‘zlashtirishning zarur kuchi bilimlarni takrorlash
asosida ta’minlanishini” ta’kidlaydi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

tomonidan (Boshlang‘ich ta’lim sport tarbiyaviy ish
(5141600),

filologiya

(5220100),

pedagogika

institutlarining ona tili va adabiyoti (5141300)
bakalaviriat ta’lim O.Roziqov, M.Mahmudov,
B.Adizov, A.Hamraevlar tomonidan nashr etilgan
“Ona tili didaktikasi” darsligi bunga yaqqol misol
bo‘la oladi. Darslikdagi mashqlarga e’tibor qilamiz.

“Mashq qilish usullari tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti
natijasida o‘zbekona fikrlash, o‘zbekona ta ’lim,
odat, an ’analar tarkibida shakllangan. Shu tufayli
ulami nutq madaniyatini o‘zlashtirish bilan aloqador
hodisa deb qaraymiz. Lingvistik mashq qilish
usullarini

qo‘llab,

aqliy-amaliy

yumushlarni

bajarishda

tahlil,

birlashtirish,

taqqoslash,

abstraksiyalash, konkretlashtirish kabi aqliy faoliyat
usullari ham ishtirok etadi”.

Masalan, keyingi darslikka murojat etsak.

Berilgan so‘zlarni ma’nolari yoki tuzilishi

jihatdan guruhlarga ajratish jarayonini tahlil etaylik.
Bu usulni qo‘llash paytida, guruhlarga ajratish
jarayonida

tahlil

va

sintez,

taqqoslash

va

konkretlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari ham
ishtirok etadi. Binobarin, lingvistik mashq qilish
usullari nutq madaniyatini o ‘rganish yo‘llari va
aqliy faoliyat ko‘rsatish amallari hosilasi sifatida
shakllangan.

Shu ma’noda savol va topshiriqlarni ham

yodlash, takroran aytib berishga ixtisoslashib
qolishidir. Ko‘rinib turibdiki ona tili ta’lim
jarayonida mustaqil ta’lim topshiriqlari orqali
muammoli ta’limga yo‘l ochib berildi. Muammoli
ta’lim texnologiyasi esa ijrochilikdan ijodiy
faoliyatga o‘tishni ta’minlaydi. Bugun Yangi
O‘zbekistonga ijrochi emas, ijodiy tafakkur sohiblari
kerak. Muammoli ta’limning ma’lum bir bosqichida
talabalar hali muammolarni o‘zlari hal qila
olmaydilar va shuning uchun o‘qituvchi muammoni
tadqiq qilish, uning yechimini boshidan oxirigacha
belgilash yo‘lini ko‘rsatadi. Bu usuldagi talabalar esa
ishtirokchilar emas, balki kuzatuvchi bo‘lsa-da, bilib
olish qiyinchiliklarini hal qilishni o‘rganadilar.
[7.24].

Ona tili ta’limida qisman izlanuvchanlik

ta’lim metodidan ham foydalaniladi, uning mohiyati
quyidagi xususiyatlarda ifodalanadi:

– bilim talabalarga “tayyor” shaklda taklif

etilmaydi, ularni mustaqil ravishda chiqarish kerak;

– o‘qituvchi bilimlarni xabar yoki taqdim

etishni tashkil etmaydi, balki turli vositalar asosida
yangi bilimlarni izlanadi;

– o‘qituvchi rahbarligida talabalar mustaqil

mulohaza

yuritadilar,

paydo

bo‘lgan

bilish

muammolarini hal qiladilar, muammoli vaziyatlarni
yaratadilar hal qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa
chiqaradilar va natijada ongli mustahkam bilim hosil
qiladilar.

NATIJALAR

Mustaqil ta’lim topshiriqlari oliy ta’lim darslik

va qo‘llanmalarining ham asosiy qismini tashkil
etishi kerak. Oliy ta’limda mustaqil ta’lim
topshiriqlarini tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha
alohida fanlar tashkil etilishi lozim. Mavjud o‘quv


background image

4

predmetlarning mavzu va yo‘nalishidan kelib chiqib,
oliy ta’limdagi mustaqil ta’lim topshiriqlarini
mazmun jihatidan 3 ga ajaratish mumkin:
1. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo‘yicha
tuziladigan mustaqil ta’lim o‘quv topshiriqlari.
2. “O‘zbek tili” fani bo‘yicha mustaqil ta’lim
topshiriqlari.
3. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha
tuziladigan mustaqil ta’lim topshiriqlar.

Bu o‘rinda filologiya va o‘zbek tillarni

o‘qitish yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Hozirgi
o‘zbek adabiy tili” va boshqa mutaxassislik fanlari
mazmuni tilshunoslik ilmi asoslarini o‘rgatish
nazarda tutiladi. Shu ma’noda bu borada tuziladigan
mustaqil ta’lim topshiriqlari talabalarni fikrlashga
undaydigan, bir fikrni ikkinchi bir fikr bilan
taqqoslash va yakuniy xulosani ayta oladigan nutqiy
ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
Mavjud

darsliklardagi

mustaqil

ta’lim o‘quv

topshiriqlari ma’lumotlarni yodlab, keyin yana qayta
aytib berishga mo‘ljallangan:

Natijada, A.Jamolxonovning “Hozirgi o‘zbek

adabiy tili” darsligida quyidagi mustaqil ta’lim
topshiriqlari berilmagan, savollardan foydalanilgan:
1.Leksikologiya nimani o‘rganadi?
2.Leksika nima?
3.Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida
ma’lumot bering.
4.Leksikologiyaning qanday turlari bor?

Leksikologiya

tilshunoslikning

qaysi

bo‘limlari bilan aloqada bo‘ladi? Sabablari? [18.57].

Yuqoridagi

mustaqil ta’lim topshiriqlari

asosida talabani ijodiy ishlashga o‘rgatadigan
zamonaviy

darslik.

Professor

R.R.Sayfullaeva,

B.R.Mengliev.,

L.L.Raupova

hammuallifligida

yaratilgan

“Hozirgi

o‘zbek

tili”

darsligida

o‘qitishning izlanuvchanlik va asosan, tadqiqot
metodlariga tayanilgan, uning mohiyati quyidagicha

Savol va topshiriqlar
1. Morfemika bo‘limi haqida ma’lumot

bering.

2. Morfemani tavsiflang.
3. Morfemik strukturadagi o‘zgarishlarning

qanday turlarini bilasiz?.

4. Morfemani struktur tasnifi deganda nima

nazarda tutiladi?.

5. Yasalayotgan so‘zlar haqida mulohaza

bildiring[20.134].

Bu holatda talaba ijodiy fikrlashga undalgan,

mustaqil ta’lim topshiriqlarining izohiga e’tibor
qaratganimizda asosan ona tili ta’lim mazmuniga,
maqsadiga hamda lingvodidaktik uslubiga qaratilgan.

Natijada Oliy ta’limdan tashqari umumiy o‘rta

ta’lim tizimi uchun yaratilgan darsliklar, tilshunos
professor olimlar Qodirov M., Ne’matov H.,

Mengliyev B. va boshqa Ona tili 8-sinflar uchun
darsligida o‘qitishning qisman izlanuvchanlik va
asosan,

tadqiqot

(izlanuvchanlik)

metodlariga

tayanilgan, uning mohiyati quyidagicha masalan,
“Uyga vazifa” ruknida mashqning sharti talabani
mustaqil shug‘ullanishga undaganligini ko‘rish
mumkin.

Izlanuvchanlik quyidagi xususiyatlarga ega

bo‘ladi:

– o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda

muammoni shakllantiradi, uning yechimi guruhda
dars mobaynida aniqlanadi;

– bilim o‘quvchilar bilan bo‘lishilmaydi.

O‘quvchilar muammoni o‘rganish jarayonida uni
mustaqil

oladilar,

olingan

javoblarning

turli

shakllarini taqqoslaydilar. Natijalarga erishish uchun
vositalar ham talabalar tomonidan belgilanadi;

– o‘qituvchining faoliyati muammoni hal

qilish jarayonini tezkor boshqarish;

– ta’lim jarayoni yuqori intensivligi bilan

ajralib turadi, o‘qitishga qiziqish ortadi va olingan
bilimlar chuqur farqlanadi.

Mustaqil ta’lim o‘quv topshiriqlari umumiy

ta’limdan tortib, oliy ta’lim darsliklarigacha bo‘lgan
asosiy qismini tashkil qilar ekan, berilayotgan
mustaqil topshiriq ijodiy izlanuvchanlikka va
mantiqiy fikrlashga undaydi.

Darslik masalasiga ham qisman to‘xtalish

lozim. Ta’lim mazmuni o‘quv adabiyotlarida
(darsliklar, ma’lumotnomalar, qo‘shimcha o‘qish
uchun kitoblar, atlaslar, xaritalar, topshiriq va
mashqlar to‘plamlari, bosma asosida daftarlar va
boshqalar) batafsil bayon etilgan.

O‘quv adabiyotlarining asosiy turi darslik –

bo‘lajak mutaxassislar uchun muhim bilim manbai,
o‘rganishning asosiy vositalaridan biridir.

Darslik bilan ishlash-materialni og‘zaki bayon

qilish metodining asosiy turi.

Demak

darslikda

didaktik

va

metodik

yondashuvlar, talabaning intelektual rivojlanishini
ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, salohiyati insonning
psixologik (individual tipologik xususiyatlar) va
psixolingvodidaktik (o‘yin, o‘qish, mehnat) faoliyati
tajribasi doirasida aks etadi.

Zamonaviy oliy ta’lim darsliklari barqaror va

mobil bo‘lishi kerak. Barqarorlik talablariga muvofiq
ravishda darslik mustahkam asosga ega bo‘lishi
kerak. Mobillik asosiy dizaynni buzmasdan yangi
bilim, ko‘nikmalarni tezda joriy etish imkoniyatini
beradi. Darslikning tarkibiga matn (turli nutq
uslubiga doir matnlar-tavsiflar, matnlar-qissa va
matnlar-dallilar) asosiy tarkibiy qism va matndan
tashqari yordamchi komponentlar (tashkil etish va
o‘zlashtirish

tuzilmasi)

kiradi.

Bu

o‘rinda

o‘zlashtirish tuzilmasi sifatida o‘quv topshiriqlari


background image

5

katta vazifa bajaradi.

Darslik o‘quv jarayonida talabalarning ongli

va faol ishtirokini, o‘quv materialining to‘liq asosini
ta’minlashi lozim. Zamonaviy darslik quyidagi
didaktik vazifalarni bajaradi:

- talabalarni mavzularni o‘rganishga da’vat

etadi, ishtiyoq uyg‘otadi;

- talabaga axborot, ma’lumotlarni taqdim

etishning, qidirib topishning mavjud usullari asosida
bilimlarni kengaytirish imkonini beradi;

- dars mashg‘ulotining borishi va natijalarini

tekshirish, o‘z-o‘zini baholash va korreksiyalash,
shuningdek, zarur ko‘nikmalarni hosil qilish uchun
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish imkoniyatini
o‘z ichiga oladi.

Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, malaka hosil

qiluvchi, takrorga asoslangan mashqlar, sinash uchun
qo‘llanuvchi topshiriqlar, fikrlashga o‘rgatuvchi
savollar o‘zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki
yillarda (1930–1940) chop etilgan darsliklarda ham
bugun amalda bo‘lgan darsliklarda ham uchramaydi.
Umumiy mashq atamasi ostida oddiy topshiriq
tavsifidagi tavsiyalar o‘rin olgan. Oliy ta’lim tizimida
ham

mustaqil

mashq

va

topshiriq

o‘zaro

farqlanmaydi. Talabalar o‘z nutqiy muammolari
ustida mashq qilmaydi. Mustaqil ta’lim topshiriqlari
an’anaviy

shaklda

yodlab

aytib

berishga

ixtisoslashgan. Savollar fikrlashga undamaydi.

O.Roziqov,

M.Maxmudov,

B.Adizov,

A.Hamrayev muallifligidagi “Ona tili didaktikasi”
darsligi orfografik mashqlar tilning fonetik, leksik,
morfologik, sintaktik hodisalariga bog‘liq holda
tashkil etishini qayd etadi. Bunday mashqlar
vositasida ham fonetika yoki morfologiyadan
o‘zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanib, orfografik
malaka hosil qilinadi.

6-topshiriq. So‘zlami bo‘g‘inlarga ajratib,

chiziqcha bilan yozing. Murabbo, murabbiya,
minnatdor,

tashabbuskor,

ziddiyat,

farzand,

zabardast, bahram and, tonggi, tingla, alanga,
ingichka, ingramoq, mingoyoq, daryo.

Bu topshiriq asosida mashq qilinganda

fonetikadan o‘rganilgan bilimlar mustahkamlanib,
orfografik malakalar yanada rivojlantiriladi. Shu
tufayli, uni fonetik-orfografik mashq shaklida
qaraymiz.

Shu o‘rinda G‘.Hamroevning “mashq”,

“topshiriq” va “savol” atamalarini mohiyatan
farqlash, ularning lingvodidaktikadagi o‘rni hamda
ahamiyati haqidagi mulohazalariga e’tibor berish
lozim. Metodist-olim dastlab, M.Saidovning o‘quv
materiallari sirasida o‘quv topshiriqlarini uch turga
bo‘lib, ularni o‘zaro farqlaydi va, ko‘pincha,
o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlari davomida mustaqil
“mashq”, “topshiriq” va “masala” tushunchalarini

qorishtirib yuborishlarini, pedagogika fanlari doktori
Asqar

G‘ulomovning

“mashq

ham

o‘quv

topshirig‘ining bir shakli, ham o‘qitishning muayyan
bir usuli,” degan fikriga qo‘shilishi va topshiriq
mashqning bir bo‘lagi, u asosan, mashqning shartida
o‘z ifodasini topishini, topshiriq mashqqa qaraganda
torroq tushunchani ifodalashini e’tirof etgan holda bu
borada o‘z yondashuvini bayon qiladi, ya’ni o‘ziga
qadar mustaqil ta’lim o‘quv topshiriqlari bo‘yicha
olib borilgan ilmiy tahlillarda kelingan ilmiy
xulosalardan farqli o‘laroq, mustaqil ta’lim
topshirig‘i mashq tarkibiga emas, aksincha, mashqlar
topshiriq tarkibiga kiritilishi, vazifa jihatidan savol va
mashqqa qaraganda kattaroq, kengroq tushuncha
ekanligi asoslaydi.

Fonetik mashqlar. Nutq tovushlari, unli va

undosh, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in,
bo‘g‘in turlari (ochiq va yopiq bo‘g‘inlar), urg‘u
mavzulariga oid mashqlar sirasiga kiradi. Misol
keltiramiz.

1-topshiriq.

Nuqtalar o ‘rniga mos

tovushlarni qo‘yib, sozlarni o‘qing. Darax.., sus...,
g‘ish..., qan..., kish..., pish..., balan..., do‘s..., pas..,
monan..., pisand..., mush...., Leksik mashqlar. So‘z
ma’nolari, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ko‘p
ma’noli so‘zlar, so‘z va termin hamda ularning
o‘xshash va farqli tomonlari, antonim va sinonimlar,
omonimlar, lug‘at boyligi, o‘zbek tili leksikasining
boyish manbalari kabi nazariy bilimlarni o‘rgatish,
mustahkamlash maqsadida

leksik mashqlardan

foydalaniladi. Misol uchun antonimlar bo‘yicha
mashq qilishga mo‘ljallab tuzilgan topshiriqni
keltiraiz.

MUHOKAMA

OTM talabalari uchun 2012-yilda nashr

etilgan A.G‘ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova,
A.Bobomurodova,

N.Allavutdinova,

V.Karimjonovalar tomonidan yozilgan “Ona tili
o‘qitish

metodikasi”

darsligini

tahlilga

tortganimizda, darsliklar tarkibidagi mustaqil ta’lim
topshiriqlari, asosan, grammatik tahlil, grammatik
qonuniyatlarni

o‘rgatishga,

mustahkamlashga,

morfologik

tahlil

yuzasidan

sof

nazariy

ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Nutqiy
malakalarni rivojlantirishda quyida shunday topshiriq
va mashqlardan namunalar keltirilgan. Lekin savollar
tuzish metodikasi mustaqil berilmagan. [21.287].

“Bu so‘z bizniki” o‘yinini o‘tkazishda

o‘qituvchi ko‘chma doska yoki kodoskop orqali ot
so‘z turkumiga oid bir qancha so‘zlarni o‘quvchilarga
tavsiya etadi. Shu so‘zlardan mavhum otlarni alohida
yozish va ma’nosini sharhlashga ma’lum vaqt
ajratiladi. Berilgan so‘zlar: kitob, baxt, taxt, ozodlik,
tinchlik, tuyg‘u, sumalak, shodlik, chashma, bug‘doy,
tegirmon, muhabbat,

rasm, hurriyat, mardlik,


background image

6

qadriyat, sadoqat. Qaysi guruh otlami tez va to‘g‘ri
topsa, o‘yinning g‘olibi hisoblanadi [21.23]. deb,
talabalarni rag‘batlantirishga harakat qilingan.

M.Mirqosimova,

Sh.Alimova,

O.Zoitova,

N.Umarova tomonidan 2004 yilda rus guruhlari
uchun “O‘zbek tili” o‘quv qo‘llanmasini tahlilga
tortganimizda topshiriq bilan savollar bir xil vazifani
bajarishi ma’lum bo‘ldi. Oliy ta’limda, odatda,
muayyan o‘quv predmetiga tegishli darsliklar, dars
mashg‘uloti

jarayonida

ham,

hatto

dars

mashg‘ulotidan so‘ng ham talaba va o‘qituvchining
shu o‘quv predmeti bo‘yicha bilim berish hamda
ma’lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Oliy
ta’lim tizimida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” “O‘zbek
tili”

fanlarini

o‘qitishda

“Orfografiya”

va

“Orfoepiya” bo‘limlari nutqiy malaka bilan bevosita
aloqador bo‘lganligi bois ularni o‘qitish vositalari
ham bir-biriga chambarchas bog‘liq. G‘.Hamroev
to‘g‘ri

ta’kidlaganidek,

mashq

va

topshiriq

atamalariga o‘zgacha yondashish zarur. Darslik va
qo‘llanmalarda

ko‘p

uchraydigan

“mashq”,

“topshiriq” atamalari o‘zaro uyadoshlik hosil qilsa-
da, ular orasida sinonimik munosabat yo‘q. Biroq
kuzatishlarimiz asosida ayta olamizki, uzoq yillardan
beri amalda bo‘lgan qator darslik va qo‘llanmalarda
mazkur ikki tushunchaning berilishida chalkashlik,
birining o‘rnida boshqasining qo‘llanilishi kabi
holatlarni ko‘rish mumkin:

“333-mashq. Berilgan

she’riy misradagi so‘zlarni unli va undoshga
ajrating.

Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir”.
“2-topshiriq.

Gapni

aniqlovchili,

to‘ldiruvchili, holli birikmalarga ajrating”

.

Keltirilgan misollardan ham ko‘rinib turibdiki,

darsliklarda

mashq

va

mustaqil

ta’lim

topshiriqlarining berilishi, mazmuni bir-biridan
farqlanmaydi. Ikkalasida ham “

ajrating

” topshirig‘i

berilmoqda.

Navbatdagi

topshiriq

pedagogik-metodik

yo‘naltiruvchi tavsifda bo‘lib, talabada mustaqil
ishlash asosida so‘z boyligiga ega bo‘lishga va yozish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili
ta’limiga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri
bo‘lajak mutaxassislar faoliyati asosida talabalarni
o‘z fikrlarini mustaqil bayon qilish faoliyatiga
tayyorlash ekanligi unutmaslik lozim[17.68]. .

2009-yilda nashr etilgan mazkur darslikda

talabalarni baholash bo‘yicha ham talabalar –
bo‘lajak mutaxassislarga yaxshi tavsiyalar, baholash
mezoni sifatida xizmat qiluvchi o‘quv material
berilgan. Mustaqil ta’lim topshiriqlari tuzishda asosan
quyidagi mezonlarga tayanish kerak:

Tayyorlov sinflarning ta’lim mazmuni va

tashkil etish muddati bir xil bo‘lmasa-da, lekin bu

davrda bolalaming nutqiy tayyorgarfigini o‘rganish
uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:

1. O‘qish ko‘nikmasini aniqlash. a) so‘zni

sidirg‘a o‘qiydi; b) bo‘g‘inlab o‘qiydi; d) harflab
o‘qiydi (noto‘g‘ri o‘qish); e) anchagina harflarni
biladi, lekin o‘qishni bilmaydi; f) ayrim harflarni
taniydi.

2. Yozuv ko‘nikmasi. a) hamma harfni

yozishni biladi, so‘z yozadi (bosma yoki yozma): b)
ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki
yozma); d) yozishni umuman bilmaydi.

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi. a)

so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi; b) so‘z yoki bo‘g‘indagi
tovushni ajratadi; d) hamma tovushni to‘g‘ri talaffuz
qiladi; e) ayrim tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi
(qaysi tovushlar ekani hisobga olinadi); f) nutqining
baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratiladi.

4. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. She’rni yoddan

o‘qish. a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni
zavqlanib aytadi; b) 1—2 ta she’rni biladi, aytishga
uyaladi; d) birorta she’rni yoddan o‘qishni bilmaydi.

5. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. Ertak aytish. a)

bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin
ayta olmaydi; d) ertak avtishni bilmaydi, o‘rganishga
ham harakat qilmaydi.

6. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi. Fikr bayon

qilish (“Rasmda nimalar ko‘rayotganingni aytib
ber”).

a) 20 so‘zdan ortiq bog‘lanishli hikoya, bir

necha gap tuza oladi;

b) 10 tadan 20 tagacha so‘z, bir necha gap tuza

oladi;

d) 10 tagacha so‘z bilan bog‘lanishli nutq

tarzida javob qaytara oladi;

e) 3-4 so‘z bilan qisqa javob bera oladi.

O‘zlashtirishning mezoni–bilimlarni to‘g‘ri

ko‘paytirish; o‘zlashtirishning zarur kuchi bilimlarni
takror takrorlash orqali ta’minlanadi. Masalan: 1.6-
mashq. Sinfda lug‘at daftariga yozgan so‘zlaringizni
ma’nolari bilan yod oling. [16.223]. Shu ma’noda
savol va topshiriqlar ham yodlash, takroran aytib
berishga ixtisoslashib qoladi. Muammoli ta’lim
texnologiyasi esa ijrochilikdan ijodiy faoliyatga
o‘tishni ta’minlaydi. Bugun Yangi O‘zbekistonga
ijrochi emas, ijodiy tafakkur sohiblari kerak.
Muammoli ta’limning ma’lum bir bosqichida
talabalar hali muammolarni o‘zlari hal qila
olmaydilar va shuning uchun o‘qituvchi muammoni
tadqiq qilish, uning yechimini boshidan oxirigacha
belgilash yo‘lini ko‘rsatadi. Bu usuldagi talabalar esa
ishtirokchilar emas, balki kuzatuvchi bo‘lsa-da, bilib
olish qiyinchiliklarini hal qilishni o‘rganadilar. Ona
tili ta’lim mazmunida qisman izlanuvchanlik ta’lim
metodidan ham foydalaniladi, uning mohiyati


background image

7

quyidagi

xususiyatlarda

ifodalanadi:

– bilim

talabalarga “tayyor” shaklda taklif etilmaydi, ularni
mustaqil ravishda chiqarish kerak; – o‘qituvchi
bilimlarni xabar yoki taqdim etishni tashkil etmaydi,
balki turli vositalar orqali yangi bilimlarni izlanadi; –
o‘qituvchi rahbarligida talabalar mustaqil mulohaza
yuritadilar, paydo bo‘lgan bilish muammolarini hal
qiladilar, muammoli vaziyatlarni yaratadilar va hal
qiladilar, tahlil qiladilar, xulosa chiqaradilar va
natijada ongli mustahkam bilim hosil qiladilar. O‘quv
topshiriqlari oliy ta’lim darslik va qo‘llanmalarining
ham asosiy qismini tashkil etishi kerak. Oliy ta’limda
mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini tuzish va
ulardan foydalanish bo‘yicha alohida fanlar tashkil
etilishi lozim. Mavjud mustaqil ta’lim va o‘quv
predmetlarning mavzu va yo‘nalishidan kelib chiqib,
oliy

ta’limdagi

mustaqil

ta’lim

va

o‘quv

topshiriqlarni mazmun jihatidan 3 ga ajaratish
mumkin:

1.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo‘yicha
tuziladigan mustaqil ta’lim va o‘quv
topshiriqlari.

2.

O‘zbek tili fani bo‘yicha mustaqil ta’lim
va o‘quv topshiriqlari.

3.

O‘zbek tili o‘qitish metodikasi fani
bo‘yicha tuziladigan mustaqil ta’lim

1. Mustaqil ta’lim va q‘quv topshiriqlari orqali

ona tilni o‘qitishga innovatsion yondashuvlarni joriy
etishga doir ishlarni faollashtirish; ona til o‘qitish
uchun ilmiy, metodik, psixologik va pedagogik
yordam

tizimini

rivojlantirish

ishlarni

takomillashtirish;

ona

tili

ta’lmida

o‘zbek

etnolingivistikaning

so‘nggi

yutuqlaridan

foydalanish.

XULOSA

Xulosa o‘rnida, oliy ta’limda joriy etilayotgan

yangi modul tizimining asosiy qismi ham baholash va
mustaqil ishlashga yo‘naltiruvchi mustaqil ta’lim va
o‘quv topshiriqlaridir. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, ona tili ta’lim mazmuni hayotiy
muammolarni qanday hal qilishni o‘rgatishi kerak.
Ona tili ta’limida har bir yaratilgan drslik orqali
beriladigan savol, topshiriq va mashqlar ham
mustaqil ta’lim ham talabaga yaqindan yordam
berishi lozim. Oliy ta’lim tizimida o‘zbek tili, ona tili
o‘qitishda, xususan, mustaqil ta’lim va o‘quv
topshiriqlarni tuzishda pragmatik yondashuvlardan
foydalanish samaralidir. Mustaqil ishni tashkil
etishda juda jiddiy muammo talabalarning mustaqil
o‘qish

qobiliyatini

shakllantirish

ijodiy

mustaqillikni

rivojlantirishgacha

bilimlarni

o‘zlashtirishning yeng oqilona usullarini ishlab
chiqishdir. Talabalarni o‘quv va ilmiy ishlarini
tashkil etish samaradorligi, aqliy faoliyatning turli
jihatlari, ilmiy ijod, ovqatlanish va dam olish

to‘g‘risida bilimlar bilan jihozlash, ularni mustaqil
o‘qish

uchun

ajratilgan

vaqtdan

oqilona

foydalanishga o‘rgatish kerak.

QO

LLANILGAN MANBALAR RO

YXATI

[1].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va
tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni,
2011.
[2].Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika
nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar (
O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.
[3].Axmedova

M.E.

Modul-kredit

tizimida

mustaqil

topshiriqlar

tuzishning

ilmiy-nazariy

asoslari

(tilshunoslik fanlari misolida).

Monografiya.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent
- 2022. 173 bet.
[4].Axmedova

M.E.

Pedagogika.

Darslik

.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent
- 2022. 223 bet.
[5]. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov
T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent
- 2022. 250 bet.
[6] Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan
ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit
tizimida tilshunoslik fanlari misolida). //

Metodik

qo‘llanma,

Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ.

Toshkent - 2022. 121 bet.
[7].Axmedova M.E. Rasulova G.K. Kredit-modul
tizimida o‘zbek tili ta’limda mustaqil o‘quv
topshiriqlari

tuzish

va

ulardan

foydalanish

metodikasi.

Uslubiy ko‘rsatma,

“Tibbiyot nashriyoti

matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent – 2022. 83 bet.
[8].Axmedova M.E. ARM faoliyatida tilshunoslik
fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-
kredit

tizimining

joriy

etilishi

//

O‘zMU

XABARLARI. - Toshkent, 2022. - №1/2/1. – B. 95-
97.

ISSN

2181-7324.

https://science.nuu.uz/

(13.00.00; №15).

[9].Axmedova M.E. Oliy filologik ta’limda
o‘quv

topshiriqlaridan

foydalanishning

lingvometodik va didaktik xususiyatlari // Xorazm
Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. -
Urganch, 2022. - №2 (86). – B. 470-472.

2016.29.12/4

[10]. Axmedova M.E. OTM filologik ta’limda
o‘quv

topshiriqlarini

takomillashtirishning

pedagogik-didaktik va pragmatik xususiyatlari //
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy
jurnal. - Urganch, 2022. - № 4-1 (88). – B. 291-295.
2016.29.12/4
[11]. .Azizxo`jaeva N.N.Pedagogik texnologiya
va pedagogik mahorat.- T.:2006.
[12].Farberman B. Ilor pedagogik texnologiyalar
- T., 20015. Ishmuxammedov R.,Abduqodirov A.,


background image

8

[13].

Pardaev

A.”

Ta'limda

innovatsion

texnologiya

(ta'lim

muasassalari

pedagog-

o'qituvchilari

uchun)

amaliy

tavsiyalar”.Tashkent.”Iste'dod” nashriyoti, 2008 y.
[14]. .Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion
ta’lim texnologiyalari. O‘quv-metodik qo‘llanma. –
T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.
[15]. Dadajonova N o‘zbek tili ta’limi jarayonida
oliy o‘quv yurtlarining nofilologik ixtisosliklarida
o‘qiydigan talabalarning nutqi ustida ishlash
metodikasi: ped.fan. nomzodi ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan diss.–T., 1996. –123 b.
[16].Ne’matov H. O‘zbek tili tarixiy fonetikasi.
–T.: O‘qituvchi, 1992 – 92 b.
[17].Ne’matov H., G‘ulomov A.,Ziyodova T.
Talabalar so‘z boyligini oshirish. O‘qituvchilar uchun

[18].Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
darslik. –T., 2014. 96-b.
[19]. .Tursunov U., Muxtorov A.,
Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Oliy
o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari uchun
darslik qayta ishlangan, to‘ldirilgan uchinchi nashr. –
T., 1992. 400 b.
[20]. .Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R.,
Raupova L.R. Hozirgi ozbek tili.Darslik – T.:
Innovatsion -Ziyo. 2020. 188-b.
[21]. .G‘ulomov A.,Qodirov M., Ernazarova
M.,

Bobomurodova

A.,

Allavutdinova

N.,.Karimjonova V. Ona tili o‘qitish metodikasi
(Universitet va pedagogika institutlarining filologiya
fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.:T.Fan va
texnologiya 2012. – 380 b.

References

.Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

.Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.

.Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

.Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.

. Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.

Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit tizimida tilshunoslik fanlari misolida). // Metodik qo‘llanma, Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 121 bet.

.Axmedova M.E. Rasulova G.K. Kredit-modul tizimida o‘zbek tili ta’limda mustaqil o‘quv topshiriqlari tuzish va ulardan foydalanish metodikasi. Uslubiy ko‘rsatma, “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent – 2022. 83 bet.

.Axmedova M.E. ARM faoliyatida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-kredit tizimining joriy etilishi // O‘zMU XABARLARI. - Toshkent, 2022. - №1/2/1. – B. 95-97. ISSN 2181-7324. https://science.nuu.uz/ (13.00.00; №15).

.Axmedova M.E. Oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning lingvometodik va didaktik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - №2 (86). – B. 470-472. 2016.29.12/4

. Axmedova M.E. OTM filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik-didaktik va pragmatik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - № 4-1 (88). – B. 291-295. 2016.29.12/4

. .Azizxo`jaeva N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.:2006.

.Farberman B. Ilor pedagogik texnologiyalar - T., 20015. Ishmuxammedov R.,Abduqodirov A.,

. Pardaev A.” Ta'limda innovatsion texnologiya (ta'lim muasassalari pedagog-o'qituvchilari uchun) amaliy tavsiyalar”.Tashkent.”Iste'dod” nashriyoti, 2008 y.

. .Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b.

. Dadajonova N o‘zbek tili ta’limi jarayonida oliy o‘quv yurtlarining nofilologik ixtisosliklarida o‘qiydigan talabalarning nutqi ustida ishlash metodikasi: ped.fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.–T., 1996. –123 b.

.Ne’matov H. O‘zbek tili tarixiy fonetikasi. –T.: O‘qituvchi, 1992 – 92 b.

.Ne’matov H., G‘ulomov A.,Ziyodova T. Talabalar so‘z boyligini oshirish. O‘qituvchilar uchun [18].Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslik. –T., 2014. 96-b.

. .Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili Oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik qayta ishlangan, to‘ldirilgan uchinchi nashr. –T., 1992. 400 b.

. .Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Raupova L.R. Hozirgi ozbek tili.Darslik – T.: Innovatsion -Ziyo. 2020. 188-b.

. .G‘ulomov A.,Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Allavutdinova N.,.Karimjonova V. Ona tili o‘qitish metodikasi (Universitet va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.:T.Fan va texnologiya 2012. – 380 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов