Authors

  • Nurilla Pirmatov
  • Shukhrat Dungboev
  • Javokhir Abduganiev
  • Jafar Bakhriddinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28160

Keywords:

shamol elektr stansiyalari

Abstract

Ushbu ishda shamol elektr stansiyalarida ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni qo‘llash masalasi ko‘rilgan va bunday generatorlarning afzalliklari keltirilgan

background image

SHAMOL ELEKTR STANSIYALARIDA IKKI O‘QI BO‘YICHA

QO‘ZGʻATILADIGAN SINXRON GENERATORLARNI

ISHLATISH

Nurilla Pirmatov

1

, Elyor Saitov

1

, Shukhrat Dungboev

1

, Javokhir Abduganiev

1

Jafar Bakhriddinov

1

1

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(elyor.saitov@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10470881

Keywords:

shamol elektr stansiyalari, ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator, mexanik, elektr va
elektromexanik qismlar, iste’molchi..

Abstract:

Ushbu ishda shamol elektr stansiyalarida ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni qo‘llash
masalasi ko‘rilgan va bunday generatorlarning afzalliklari keltirilgan

1 INTRODUCTION

Ayni paytda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan

barcha energiya manbalaridan daryolar energeti¬ka
salohiyati muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Bundan
tashqari so‘nggi yillarda shamol va quyosh energiyasi
garchi namunaviy xususiyatga ega bo‘lsada, ulardan

foyd

alanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, respublikada hozir qayta

tik¬lanadigan

energetikaning

quyidagi

texnologiyalaridan yanada kengrok foydalanish
uchun imkoniyat hamda undaydigan sabablar bor:

-

suv isitishga mo‘ljallangan quyosh panellari;

- elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun

quyosh fotoelektr tizimlari;

- elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun

mikrogidroelektr stansiyalar;

- elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun

shamol generatorlari;

- elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish

uchun biogaz qurilmalari.

Kelajakda

boshqa

texnologiyalardan

foydala¬nish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilishi

lozim.

Shamol energiyasidan quyidagi maqsadlarda

elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun dam
foydalanish mumkin:

-

elektr stansiyalar tarmog‘idan yetkazib

beriladigan

elektr

energiyasini

almashtirish

maqsadida. Buning sabablari: bug‘xona gazlari
chiqindilarini kamaytirish, elektr ta’minoti quvvati
bo‘yicha mahalliy cheklovlar;

-

elektr ta’minotidan olisda joylashgan

tumanlarda dizel generatorlari va quyosh fotoelektr
tizimlari bilan birgalikda foydalanish mumkin. Elektr
energiyasini

ishlab

chiqarish

uchun

dizel

generatorlari bunga muqobil bo‘lishi mumkin.
Buning sa¬bablari: ener

giya bilan qulay va ishonchli

ta’minlash darajasini oshirish.

O‘zbekiston hududida shamol esish tartibi

sha¬mol tezligining unchalik kuchli emasligi va
o‘zgaruvchanligi bilan ifodalanadi [1]. Garchi ayrim
hududlarda shamolning o‘rtacha tezligi minorasining

balandligi 50 va undan ortiq zamonaviy shamol
generatorlari

ning ishlashi uchun qo‘l keladi.

Bu yerdagi shamol energiyasi imkoniyati

O‘zbekiston meteostansiyalari tomonidan unchalik
baland bo‘lmagan joylarda (10 metr) shamol tezligini
kuzatish ma’lumotlari asosida baholanadi [1].

Yuz vattdan bir necha o‘n kilovatt quvvatga ega

shamol qurilmalari tuzilishi jihatidan katta quvvatli
qurilmalardan farq qilmaydi. Ulardan alohida

iste’molchilar tomonidan turli maqsadlarda (suv
chiqarish, mustaqil energiya ta’minot manbai sifatida

foydala

nish), jumladan turli ob’yektlarni, masalan,

meteorologik uskuna, aloqa uskunasi va doimiy


background image

shamol esadigan muayyan joylarni elektr energiyasi

bilan ta’minlashda foydalanish mumkin. Ayni paytda
O‘zbekistan

bunday

shamol

qurilmalaridan

foydalanish

tajribasiga

ega:

masalan,

Qoraqalpog‘istondagi

parranda

fabrikasida

o‘rnatilgan shamol qurilmasi, Tos

hkent viloyatidagi

Chorvoq suv ombori yaqinidagi tele¬radio stansiyasi

uchun gibrid tajriba quyosh-shamol qurilmasi buning
dalilidir.

Elektr energiyasi bilan muayyan bir joyni

ta’minlash uchun bunday texnologiyani qo‘llash,

ayniksa, elektr uzatish liniyalarini barpo etish

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan olis
va borish qiyin bo‘lgan tumanlar uchun juda

muhimdir.

Bugungi kunda mahalliy korxonalar shamol

qurilmalari uchun uskunalar yoki butlovchi qismlarni

ishlab chiqarmaydi. Shunday bo‘lsada, kelajakda

shamol qurilmalarining ayrim butlovchi qismlarini
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va ularni

o‘rnatish bo‘yic

ha qurilish-montaj ishlarini amalga

oshirish mumkin.

Shamol energiyasini asosiy qismlari bilan

energiyaning boshqa turlariga

aylantirish sikli 1-

rasmda ko‘rsatilgan [2

-6].


1-rasm. Shamol elektr qurilmasi sxemasining

strukturaviy tuzilishi

2 Materials and Methods

Mexanik qism. Bu qismda shamol oqimining

o‘zgarmas energiyasi shamol generatori yordamida,
ya’ni pichoqlarda mexanik energiyaga aylanadi.
Bundan tashqari, asosiy mexanizmlar, uzatish
mexanizmlari, harakatlantiruvchi va xaraktlanuvchi
o‘qlar bilan mexanik reduktor (multiplikator)
burchak tezligini oshirib, generatorning o‘qi ga
oshirilgan burchak tezligini uzatadi.

Elektromexanik qism. Bu qismning asosiy

elementi generatordir. Asinxron mashina yoki
sinxron mashinaga asoslangan generatorni uzatmalar
qutisi momentini elektr quvvatiga aylantiradi.
Generator chiqishida uzatmalar qutisi momentining
o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda tok va
kuchlanish qiymatlari doimiy emas va shuning uchun

kuchlanish va tok parametrlarini tartibga solish va
tahlil

qilish

uchun

generatorni

boshqarish

qurilmasiga elektr uskunalari va datchiklar to‘plamini
o‘rnatish kerak.

Elektr qismi. Elektromexanik qismlar signalining

bu qismida (aylanuvchi moment, burchak tezlik,
moment, tokning doimiylik vaqti va mashina
yakorining kuchlanishi va boshqalar) chiqish
kuchlanishi va tok yarim o‘tkazgichli kurilmalardan
iborat tartibga solish va barqarorlashtirish uchun
signal hosil qilib, tranzistorli o‘zgartirgichlar va
boshqarish

tizimlaridan

(SU)

iborat

yarimo‘tkazgichli asboblar (SPP) tizimiga kiradi.

Keyingi vaqtlarda shamol generatori sifatida

asinxron generatorlar va doimiy magnitli generatorlar
qo‘llanilmoqda.

Bizlar ushbu ishda shamol generatori sifatida ikki

o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni
taklif etmoqdamiz.

Respublikamizda

iqtisodiyotning

muhim

tarmoqlaridan biri hisoblangan energetika soxasidagi
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron
generatorlarni boshqarish muammolari muhim
ahamiyatga ega. Ushbu muammoni hal qilishning
samarali usuli, ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan
sinxron generatorlardan foydalanishdir. Shu sababli,
so‘nggi yillarda muhandislar va tadqiqotchilarning
ushbu generatorlarga bo‘lgan qiziqishlari ortib
bormoqda.

Ma’lumki, bitta qo‘zg‘atish chulg‘amiga ega

oddiy sinxron generator qo‘zg‘atish chulg‘ami
magnit maydoni, rotor bilan chambarchas bog‘liq. Bu
magnit maydonning statorga nisbatan siljishi faqat
rotorning aylanishi hisobiga amalga oshadi. Bu holat
qo‘zg‘atishni boshqarishning, har-xil qonunlarda
generatorning

turg‘un

ishlashida

ma’lum

cheklovlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun
bo‘ylama o‘qqa nisbatan 900 ga siljigan, qo‘shimcha
qo‘zg‘atish chulg‘ami qo‘llanilgan aylanuvchi
magnitlash o‘qiga ega, ikki o‘qi bo‘yicha
qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni nazariy va
amaliy jihatdan o‘rganish katta qiziqish uyg‘otadi. Bu
turdagi generatorlarning rotor chulg‘ami rostlanuvchi
o‘zgarmas tok manbaidan ta’minlanadi, bu holat
magnit

yurituvchi

kuch

(MYUK)

ni

faqat

qiymatinigina emas balki fazasini o‘zgartirish
imkonini beradi, ya’ni MYUK magnitlash o‘qini
bo‘ylama o‘qqa nisbatan kerakli yo‘nalishdagi
ma’lum burchakka burish imkonini beradi.

REFERENCES


background image

[1]

Kontrakt №TRR/SS-4. Uzbekistan. Talimardjanskiy
proyekt po peredache elektroenergii. Osenka razvitiya
vetroenergeticheskogo

potensiala

a

Respublike

Uzbekistan. Zaklyuchitelnqy otchet, 2016.

[2]

Sankevich S. A. Analiz funksionalnыx sxem
elektricheskoy chasti vetroelektricheskix ustanovok /
S. A. San- kevich, Yu. N. Petrenko // Energetika - Izv.

vыssh. ucheb. zavedeniy i energ. ob’yedineniy SNG. -
2014. - № 2. - S. 10-20.

[3]

Wang D., Chang L. «An intelligent maximum
power extraction algorithm for inverter-based variable

speed wind turbine systems», IEEE Transactions in
Power Electronics, vol. 19, no. 5, pp. 1242-1249,
September 2004.

[4]

Krivsov V. S., Oleynikov A. M., Yakovlev A. I.
Neischerpayemaya

energiya.

Kn.

1.

Vetroelektrogeneratorы - Xarkov: XAI, 2003. - 400 s.

[5]

Sankevich S. A., Petrenko Yu. N. Optimizatsiya

rejimov rabotы vetroenergeticheskoy ustanovki.

Sistemnыy analiz i prikladnaya informatika, № 1-2,
2013, s. 26-31.

References

Kontrakt №TRR/SS-4. Uzbekistan. Talimardjanskiy proyekt po peredache elektroenergii. Osenka razvitiya vetroenergeticheskogo potensiala a Respublike Uzbekistan. Zaklyuchitelnqy otchet, 2016.

Sankevich S. A. Analiz funksionalnыx sxem elektricheskoy chasti vetroelektricheskix ustanovok / S. A. San- kevich, Yu. N. Petrenko // Energetika - Izv. vыssh. ucheb. zavedeniy i energ. ob’yedineniy SNG. - 2014. - № 2. - S. 10-20.

Wang D., Chang L. «An intelligent maximum power extraction algorithm for inverter-based variable speed wind turbine systems», IEEE Transactions in Power Electronics, vol. 19, no. 5, pp. 1242-1249, September 2004.

Krivsov V. S., Oleynikov A. M., Yakovlev A. I. Neischerpayemaya energiya. Kn. 1. Vetroelektrogeneratorы - Xarkov: XAI, 2003. - 400 s.

Sankevich S. A., Petrenko Yu. N. Optimizatsiya rejimov rabotы vetroenergeticheskoy ustanovki. Sistemnыy analiz i prikladnaya informatika, № 1-2, 2013, s. 26-31.

Most read articles by the same author(s)