SHAMOL ELEKTR STANSIYALARINING CHIQISH KUCHLANISH PARAMETRLARINI ROSTLASH USULLARINI TADQIQ ETISH

HAC
Google Scholar
To share
Pirmatov, N. ., Saitov, E. ., Dungboev, S. ., Abduganiev, J. ., & Bakhriddinov, J. . (2024). SHAMOL ELEKTR STANSIYALARINING CHIQISH KUCHLANISH PARAMETRLARINI ROSTLASH USULLARINI TADQIQ ETISH. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28202
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

ushbu ishda shamol elektr stansiyalarida ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni qo‘llash masalasi ko‘rilgan va bunday generatorlarning afzalliklari keltirilgan.


background image

SHAMOL ELEKTR STANSIYALARINING CHIQISH

KUCHLANISH PARAMETRLARINI ROSTLASH USULLARINI

TADQIQ ETISH

Nurilla Pirmatov

1

, Elyor Saitov

1

, Shukhrat Dungboev

1

, Javokhir Abduganiev

1

Jafar Bakhriddinov

1

1

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(elyor.saitov@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10470914

Keywords:

shamol elektr stansiyalari, ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator, mexanik, elektr va
elektromexanik qismlar, iste’molchi.

Abstract:

ushbu ishda shamol elektr stansiyalarida ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarni qo‘llash
masalasi ko‘rilgan va bunday generatorlarning afzalliklari keltirilgan.

1 INTRODUCTION

Yuqorida

ta

kidlab

o

tilganidek,

shamol

energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan
SHEQlari k

ӯ

p tarqalgan. Bunday qurilmalar uchun

ular

tomonidan

ishlab

chiqarilgan

elektr

energiyasining sifati katta ahamiyatga ega. Shu bilan
birga,

iste’molchilarning har xil turlari elektr

energiyasining sifatiga nisbatan har xil talablarga ega.
Ushbu talablar yoritish va isitish moslamalarida
energiyadan foydalanganda juda yumshoqroq va

SHEQlarning maishiy iste’molchilar hamda sanoat
tarmog‘iga para

lel ravishda ishlaganda juda qattiq.

Biroq, shamol oqimi va yuklamalarning

beqarorligi ko‘pincha iste’molchilarni kerakli sifatli
elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon bermaydi.
Shunday qilib, shamol tezligi va yo‘nalishining
o‘zgarishi shamol g‘ildiragining aylanish tezligining

va natijada elektr generatori rotorining aylanish

tezligining o‘zgarishiga olib keladi. O‘z navbatida,
generator rotorining aylanish tezligining o‘zgarishi

(SHEQsi generatori-

ning turiga qarab) hosil bo‘lgan

kuchlanishning amplitudasi yoki ham amplitudasi,
ham cha

stotasining o‘zgarishiga olib keladi.

Avtonom

SHEQlarida

SHEQsiga

ulangan

iste’molchilar yuklamasining o‘zgarishi ham shunga
o‘xshash oqibatlarga olib keladi. Shunday qilib,

SHEQsi chiqish kuchlanishining amplitudasi va

chastotasini kerakli sifat ko‘rsatkichlari bilan

rostlashga imkon beradigan SHEQsini boshqarish
tizimini ishlab chiqish zarurati mavjud.

Ushbu muammoni hal qilishning bir necha yo‘li

mavjud.

Ayrim

hollarda

avtonom

SHEQlarining

iste’molchilarini elektr energiyasi sifatiga har xil
talablarga ega bo‘lgan uch turga bo‘lish mumkin

Birinchi turga doimiy kuchlanish va chastotani

talab qilmaydigan iste’molchilar kiradi. Bularning

aksariyati suv va havo isitgichlari (elektr qozonlari,
quritgichlar va boshqalar), oddiy mexanizmlardagi

asinxron motorlar, cho‘g‘lanma lampalar bilan
ko‘cha

va favqulodda yoritish va boshqalar.

Ikkinchi turga har qanday chastotada o‘zgarmas

kuchlanishni talab qiladigan iste’molchilar kiradi.
Ushbu

guruhga

(yuqorida

aytib

o‘tilgan

iste’molchilardan tashqari) dazmollar, zamonaviy
audio va televizion uskunalar, o‘zgarmas tok

dvigatellari

va

akkumulyator

batareyalar

(o‘zgartirilgandan keyin) kiradi.


Uchinchi turga doimiy kuchlanish va chastotani

talab qiladigan iste’molchilar kiradi. Bu ko‘pgina

mexanizmlarning asinxron motorlari (nasoslar,
ventilyatorlar,

charx

toshlar,

elektromexanik

asboblar, maishiy texnika va mexanizmlar - kir
yuvish

mashinalari,

changyutgichlar,

kofe

maydalagichlar, muzlatgichlar va boshqalar), yuqori


background image

sifatli yoritish, eskirgan audio va televizion
uskunalar.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, SHEQsini

boshqarish tizimini shunday qurish mumkinki bunda

ba’zi iste’molchilar beqaror energiya oladigan tarzda
qurilishi mumkin. Elektr sifati bo‘yicha yuqori
talablarga ega iste’molchilar esa SHEQsi hosil qilgan

kuchlanishni talab darajasida barqarorlashtiruvchi
invertor orqali olishi mumkin [69]. Ushbu yondashuv
kuchlanishni barqarorlashtirish tizimining va
umuman butun SHEQsining narxini soddalashtirish
va kamaytirishga imkon beradi. Shu bilan birga,

ma’lum bir iste’molchining talablariga qarab, turli xil

SHEQsi konfiguratsiyasi ishlab chiqilishi mumkin.
Masalan, SHEQsida quyidagi komponentlar (yoki

ularning faqat bir qismi) bo‘lishi mumkin: generator;

kuchlanish stabilizatori; kuchlanish va chastota
stabilizatori; batareyani boshqarish sxemasi (past
shamol davrida zaryadlash va invertorlash); tarmoq

bilan ishlashni ta’minlash uchun boshqariladigan
invertor. Biroq, iste’molchilarni bunday ajratish,
birinchidan, ikki yoki uchta elektr tarmog‘ining

mavjudligini talab qiladi (har xil elektroenergiya
sifati bilan) va ikkinchidan, har doim ham amalga
oshirish mumkin emas. Shuning uchun bundan keyin
biz barcha ishlab chiqarilgan energiyasi yuqori sifatli

bo‘lgan SHEQlarini ko‘rib chiqamiz.

Asosan,

SHEQsi

chiqish

kuchlanishining

parametrlarini quyidagi uchta usul bilan rostlash
mumkin:

1. SHEQsi generatorining rotor tezligini shamol

tezligi va elektr energiyasi iste’molchilarining
yuklamasidan qat’iy nazar barqarorlash

-tirish

(mexanik barqarorlashtirish);

2. Generator rotorining o‘zgaruvchan aylanish

tezligi va o‘zgaruvchan yuklamada (elektr

barqarorlashtirish) SHEQsi chiqish kuchlanish
parametrlarini barqarorlashtirish;

3. Yukoridagi ikkala usulning elementlarini

birlashtirgan usul.

Quyida ushbu usullarni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Mexanik

qurilmalar

yordamida

barqarorlashtirish. SHEQsi generatori rotori aylanish

tezligini shamol g‘ildiragi pichoqlarini mexanik

boshqarish orqali barqarorlashtirish mumkin. Shu

bilan birga, shamol tezligi o‘zgarganda, shamol
g‘ildiragining pichoqlari

(yoki ularning uchlari)

shunday o‘zgaridiki, bunda shamol g‘ildiragining
aylanish tezligi doimiy bo‘lib qoladi.

Generator

rotorining

aylanish

tezligini

barqarorlashtirishning yana bir usuli quyidagicha.

Shamol g‘ildiragi shamol energiyasidan maksimal
foydalanish tezligiga mos keladigan o‘zgaruvchan
chastotada aylanadi. Shamol g‘ildiragi va generator

o‘rtasida avtomatik ravishda shamol g‘ildiragining
o‘zgaruvchan aylanish tezligini rotorning doimiy

aylanish tezligiga aylantirish uchun qurilma

o‘rnatilgan bunday SHEQlarida (rotor doimiy

aylanish tezligiga ega) elektr generatori sifatida
sinxron yoki asinxron generatorlar ishlatiladi Shu
bilan birga, SHEQlari doimiy amplituda va chastota
bilan kuchlanish hosil qiladi. Sinxron generatorlar

yuqori FIK i cosφ ga ega, tarmoqning ish rejimlarini

yomonlashtirmaydi

(tarmoq

bilan

paralel

ishlaganda). Biroq, sinxron generatorlarning muhim
kamchiligi rotorning aylanish tezligini aniq
barqarorlashtirish zarurati hisoblanadi. Ish paytida
aylanish tezligini faqat nominal qiymatning 1-2% ga

teng bo‘lgan kuchsiz amplituda tebranishlariga qisqa

vaqt davomida ruxsat beriladi (bir soniyaning
qismlarida).

Asinxron generatorlarning afzalliklari ularning

arzonligi, sodda va ishonchli konstruksiyasi.
Asinxron generatorlarning sinxron generatorlardan
sezilarli afzalligi ularning rotor aylanish tezligining

ma’lum bir diapazonda ishlay olish qobiliyatidir. Ular

vaqtda cheksiz, ammo rotorning aylanish tezligining

berilganiga nisbatan 2% dan ko‘p bo‘lmagan

tebranishlarga

imkon

beradi.

Asinxron

generatorlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular
reaktiv quvvat manbasini talab qiladi, ular uni
tarmoqdan yoki maxsus ulangan kondensatorlardan

iste’mol qiladilar va shu bilan tarmoqning quvvat

koefissiyentini pasaytiradi. Umuman olganda,
mexanik tezlikni barqarorlashtirish tizimiga ega
SHEQlarida asinxron generator-lardan foydalanish
sinxron generatorlardan afzalroqdir. Biroq, bunday
SHEQlarining har qanday generator bilan ishlashi

kuchlanish va quvvat koefissiyentining o‘zgarishini
yuzaga keltiradi, bu esa iste’molchilarning elektr
ta’minotiga salbiy ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, SHEQsi generatorining rotori

tezligini mexanik barqarorlashtirishning katta
kamchiliklaridan biri shamol oqimi ener-giyasi
isroflarining kattaligi va aylanish tezligini aniq
barqaror-lashtirishni qiyinligidir. Odatda belgilangan
aylanish tezligidan 10-

15% oralig‘ida og‘ishlar

mavjud. Generatorning rotor tezligini aniqroq
barqarorlashtirish bilan mexanik rostlovchilarning
murakkabligi va narxi sezilarli darajada oshadi,
hamda shu bilan birga butun stabilizatsiya tizimining
ishonchliligi keskin pasayadi. Bundan tashqari,

pichoqlarni burish orqali shamol g‘ildiragining
tezligini boshqarish faqat gorizontal aylanish o‘qi
bo‘lgan shamol dvigatellarida amalga oshirilishi
mumkin. Vertikal aylanish o‘qiga ega bo‘lgan

SHEQlarini rostlash usullari hozirda ishlab
chiqilmoqda


background image

Elektron

boshqaruv tizimlari

yordamida

barqarorlashtirish.

Generator

rotorining

o‘zgaruvchan tezligi va o‘zgaruvchan yuklamasida

SHEQsining chiqish kuchlanish parametrlarini
barqarorlashtirish generatorni boshqarish orqali yoki

o‘zgaruvchan amplituda va

chastotali generator

kuchlanishini kerakli parametrlar bilan stabillashgan
kuchlanishga

aylantiradigan

maxsus

invertor

yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan
birga, kuchlanish va chastotani rostlashning eng
istiqbolli usullar quyidagilar Kuchlanishni stabillash

va to‘g‘rilash so‘ngra invertorlash;

1. O‘zgaruvchan boshqaruv burchagiga ega

chastotani o‘zgartiruvchi tiristor o‘zgartirgich asosida

generator

kuchlanishini

kerakli

chastotali

stabillashgan

kuchlanishga

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

o‘zgartirish;

2. Tiristor demodulyatori tomonidan keyingi

demodulyasiyalash orqali modulyasiya qiluvchi
generatordan foydalanish;

3. Ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron va

asinxronlashti-

rilgan sinxron generatorlarni qo‘llash.

Stabilizatsiyaning birinchi usulida o‘zgaruvchan

amplituda va chasto-tali generatorning kuchlanishi
avval barqarorlashtiriladi va boshqarila-digan

o‘zgartirgich yordamida to‘g‘rilanadi, so‘ngra

invertor tomonidan (avtonom yoki tarmoq tomonidan
boshqariladigan)

kerakli

parametrlarga

ega

kuchlanishga aylantiriladi

1-rasm.

Diskret ballastli mikro

SHEQning strukturaviy sxemasi

2 – rasm. Diskret ballastli mikro SHEQning
strukturaviy sxemasi

3-rasm. Ikki genarator asosida qurilgan

avtoballastli

mikro SHEQ ning strukturaviy sxemasi: BN-

ballastli yuklama;

SG-sinxron generator; OV- SGning qo‘zg‘atish

chulg‘ami;

RBN-ballastli yuklama rostlagichi; N-yuklama

Bunday holda elektr energiyasi generatori sifatida

quyidagi turdagi generatorlar ishlatilishi mumkin:
sinxron, doimiy magnitli sinxron, faza rotorli
asinxron, kollektorli o‘zgarmas tok generatorlari.
Sinxron

generatorlar

ishlab

chiqarish

texnologiyasining mavjudligi, vazn va o‘lcham
ko‘rsatkichlari tufayli juda keng tarqalgan. Biroq, bu
holda sinxron generator deyarli doimiy ravishda
o‘tkinchi rejimlarda ishlaydi, bu uning ekspluatasion
xususiyatlarini sezilarli darajada yomonlashtiradi va
oxir-oqibat umumiy FIK pasayishiga olib keladi.
O‘zgarmas tok generatorlaridan foydalanish
iqtisodiy jixatdan samarador emas, chunki ularning
narxi yuqori va cho‘tka-kollektor qismi mavjudligi
sababli ishonchliligi past. Doimiy magnitli sinxron
generatorlardan foydalanish juda istiqbolli, chunki
ular juda ishonchli, kamaytirilgan o‘lcham va vaznga
ega, ishonchli va o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish uchun quvvat
isrofiga ega emas va shuning uchun elektromagnit
qo‘zg‘atishli

(qo‘zg‘atish

chulg‘amiga

ega

generatorlar) sinxron generatorlarga nisbatan yuqori
samaradorlikka ega. Bunday mashinalarning rotori
konstruksiya jihatidan oddiy va kontaktsiz. Biroq,
bunday generatorlar hali keng qo‘llanilmaydi va hali
ham o‘rganish va tadqiq qilish jarayonida. Faza
rotorli asinxron generatorlardan foydalanishda stator
va rotor tomonidan quvvatni iste’moli ta’minlangan.
Bunday holda, asinxron generatorning statori elektr
tarmog‘iga ulanadi va generator rejimida to‘g‘ridan-


background image

to‘g‘ri ishlab chiqarilgan quvvat energo tizimga
uning chastotasi bilan beriladi. Rotor, rotor
zanjirining

umumiy

qarshiligini

oshiradigan

o‘zgartirgich zanjiriga ulangan. Bu aylanish
tezligining ishchi oralig‘ini kengaytiradi, bu holda
pastdagi sinxron tezlik cheklanadi. O‘zgaruvchan
amplituda va chastotaga ega rotor kuchlanishi avval
to‘g‘rilanadi va barqarorlashadi, so‘ngra invertor
orqali elektr tarmog‘iga beriladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, faza rotorli asinxron generatorning ushbu
ishlash rejimi asinxronlashgan sinxron generatorning
alohida

ishlash

holatidir.

Prinsipial

jihatdan

kollektorli generatorlardan foydalanish mumkin. Shu
bilan birga, shamol tezligining ish diapazonida hosil
bo‘lgan kuchlanishining doimiy chastotasi bilan
SHEQsining ishlashi generator o‘qining aylanish
tezligiga qarab kollektor cho‘tkalarining joylashishini
o‘zgartirish orqali ta’minlanadi. Biroq, kollektorli
generatorlari rotor tezligining keng diapazonida
ishlashi mumkinligiga qaramay, faqat tor diapazonida
yuqori FIK va quvvat koefisiyentini olish mumkin.
Kollektor va cho‘tkalarning mavjudligi o‘zgarmas
tok generatorlariga xos bo‘lgan salbiy oqibatlarga
olib keladi. Bundan tashqari, kollektorli generatorlari
bo‘lgan SHEQlari energiya tizimida sezilarli
elektromagnit shovqinlarni keltirib chiqaradi. Bu
filtrlovchi elementlardan qo‘shimcha foydalanishni
talab qiladi.

REFERENCES

[1]

. Kontrakt №TRR/SS-4. Uzbekistan. Talimardjanskiy
proyekt po peredache elektroenergii. Osenka razvitiya
vetroenergeticheskogo

potensiala

a

Respublike

Uzbekistan. Zaklyuchitelnqy otchet, 2016.

[2]

Sankevich S. A. Analiz funksionalnыx sxem
elektricheskoy chasti vetroelektricheskix ustanovok /
S. A. San- kevich, Yu. N. Petrenko // Energetika - Izv.

vыssh. ucheb. zavedeniy i energ. ob’yedineniy SNG. -
2014. - № 2. - S. 10-20.

[3]

Wang D., Chang L. «An intelligent maximum
power extraction algorithm for inverter-based variable

speed wind turbine systems», IEEE Transactions in
Power Electronics, vol. 19, no. 5, pp. 1242-1249,
September 2004.

[4]

Krivsov V. S., Oleynikov A. M., Yakovlev A. I.
Neischerpayemaya

energiya.

Kn.

1.

Vetroelektrogeneratorы - Xarkov: XAI, 2003. - 400 s.

[5]

Matveyenko O. V. Modelirovaniye na EVM

dinamicheskoy sostavlyayuщyey skorosti vetra v

zavisimosti ot vre¬meni / O. V. Matveyenko, I. M.
Kirpichnikova // International Scientific Journal for
Alternative Energy and Ecology. - 2010. - № 1.

[6]

Sankevich S. A., Petrenko Yu. N. Optimizatsiya

rejimov rabotы vetroenergeticheskoy ustanovki.

Sistemnыy analiz i prikladnaya informatika, № 1-2,
2013, s. 26-31.

References

Kontrakt №TRR/SS-4. Uzbekistan. Talimardjanskiy proyekt po peredache elektroenergii. Osenka razvitiya vetroenergeticheskogo potensiala a Respublike Uzbekistan. Zaklyuchitelnqy otchet, 2016.

Sankevich S. A. Analiz funksionalnыx sxem elektricheskoy chasti vetroelektricheskix ustanovok / S. A. San- kevich, Yu. N. Petrenko // Energetika - Izv. vыssh. ucheb. zavedeniy i energ. ob’yedineniy SNG. - 2014. - № 2. - S. 10-20.

Wang D., Chang L. «An intelligent maximum power extraction algorithm for inverter-based variable speed wind turbine systems», IEEE Transactions in Power Electronics, vol. 19, no. 5, pp. 1242-1249, September 2004.

Krivsov V. S., Oleynikov A. M., Yakovlev A. I. Neischerpayemaya energiya. Kn. 1. Vetroelektrogeneratorы - Xarkov: XAI, 2003. - 400 s.

Matveyenko O. V. Modelirovaniye na EVM dinamicheskoy sostavlyayuщyey skorosti vetra v zavisimosti ot vre¬meni / O. V. Matveyenko, I. M. Kirpichnikova // International Scientific Journal for Alternative Energy and Ecology. - 2010. - № 1.

Sankevich S. A., Petrenko Yu. N. Optimizatsiya rejimov rabotы vetroenergeticheskoy ustanovki. Sistemnыy analiz i prikladnaya informatika, № 1-2, 2013, s. 26-31.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов