CONCEPTS ABOUT THE SIGNIFICANCE AND TYPES OF NATIONAL FOLK GAMES.

HAC
Google Scholar
To share
Roʻziqulov , R., Isroilova, M., & Abdurasulov, S. (2024). CONCEPTS ABOUT THE SIGNIFICANCE AND TYPES OF NATIONAL FOLK GAMES. Modern Science and Research, 3(1), 777–781. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28421
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article describes the significance of our national folk games in everyday life, educational processes, and the life of our republic, as well as their history and types.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

777

MILLIY XALQ O`YINLARINING AHAMIYATI HAMDA TURLARI HAQIDA

TUSHUNCHALAR.

Roʻziqulov R.R

Samarqand davlat chet tillar instituti assistent oʻqituvchisi.

Isroilova M.B

Samarqand davlat chet tillar instituti assistent oʻqituvchisi.

Abdurasulov. Sh.O

Samarqand davlat chet tillar instituti stajyor oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10557328

Annotatsiya.

Ushbu maqolada millatimizga xos milliy xalq oʻyinlarimizning kundalik

turmushdagi, ta’lim jarayonlaridagi, hamda respublikamiz hayotidagi ahamiyati va ularning
tarixi, turlari haqida keng tushunchalar bayon etilgan.

Kalit soʻzlar.

Xalq o’yinlar, yakka kurash, qadriyat, madaniyat, ommaviy sport, marosim

oʻyinlari, dorboz, ko’pkari, poyga, qiz quvmoq, moddiy vositalar.

CONCEPTS ABOUT THE SIGNIFICANCE AND TYPES OF NATIONAL FOLK

GAMES.

Abstract.

This article describes the significance of our national folk games in everyday life,

educational processes, and the life of our republic, as well as their history and types.

Keywords:

Folk games, individual wrestling, value, culture, mass sports, ritual games, goalie,

kopkari, race, girl chasing, material means.

ПОНЯТИЯ О ЗНАЧЕНИИ И ВИДАХ НАЦИОНАЛЬНЫХ НАРОДНЫХ ИГР.

Аннотация.

В данной статье описывается значение наших национальных народных

игр в быту, образовательном процессе и жизни нашей республики, а также их история и
виды.

Ключевые слова:

Народные игры, индивидуальная борьба, ценность, культура, массовый

спорт, ритуальные игры, вратарь, копкари, гонка, погоня за девушкой, материальные
средства.

Salomatlikni ta'minlash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda milliy xalq oʻyinlarining

xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy mohiyatlari oʻziga yarasha oʻrinlarga egadir. Yovuzlikka
qarshi kurashish va oʻz-oʻzini himoya qila bilish maqsadida barcha fuharolar, ayniqsa oʻquvchi va
ishchi yoshlar jismonan baquvvat, himoya qilish mashqlarini toʻla oʻzlashtirishi, zarur boʻlganda
raqiblarga xech qanday yoʻl bermaslik imkoniyaglariga ega boʻlish lozim. Bunday faoliyatlarni
oʻzlashtirishda sharqona yakka kurashlar, milliy sport turlarimiz (kurash, turon, qoʻl jangi va h.k.)
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shular qatorida milliy xalq oʻyinlarini yaxshi bilish, ularni amaliy
jihatdan mukammal egallash lozim boʻladi.

Bunda ayniqsa otda yurish, ot ustida turli xil murakkab jangovar harakatlarni bajara olish,

uzoq masofalarga, togʻlarga yurishda turli toʻsiqlardan oʻtish, tez oqar daryolardan kechib oʻtish
kabi hayotiy zarur boʻlgan amaliy faoliyatlarni yoshlarga doimiy ravishda oʻrgatib borish davr
talabi desa boʻladi. Milliy qadriyatlar va xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy madaniyatini qayta
tiklash va ularni zamonaviy talablar bilan boyitish jarayonlarida milliy xalq oʻyinlariga ham
alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Ayniqsa “Navroʻz”, “Qurbon hayit”, “Ramazon hayit”, toʻy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

778

marosimlarini oʻtkazishga keng oʻrin berilishi va ularga kurash, dorboz, koʻpkari, poyga, qiz
quvmoq, harakatli oʻyinlarni ularda qoʻllash yurtimiz istiqloli va aholining turmush farovonligidan
dalolatdir. Shu bilan birga milliy oʻyinlarini mazmuni va ijtimoiy-pedagogik mohiyatlarini ilmiy
asosda ommalashtirish maqsadlariga qiziqishlar tobora kuchaymoqda.

Mustaqallik yillari davrida Respublikaning deyarli barcha gazetalari, jurnallari,

teleradiolarda milliy xalq oʻyinlari bilan bogʻliq maqolalar, tadqiqot natijalari, turli xil fikr-
mulohazalar keng yoritilib kelinmoqda. Bularda falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev,
sanʼatshunoslik fanlari nomzodi I.Abdurahmonov, jurnalistlar Gʻ.Rahmon, H.Sattarov, jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi yetakchi olimlar T.S.Usmonxoʻjayev, A.Q.Atoyev va juda koʻp
mutaxassis hamda yosh ijodkorlar sermahsul ishlari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Pedagogika fanlari doktori professor T.S.Usmonxoʻjayev raxbarligida nashrdan chiqarilgan “Ming bir oʻyin”
(1001 oʻyin), “Harakatli oʻyinlar” va “Kurash” dasrligi (A.Q.Atoyev) va qator ilmiy-nazariy ommabop
risolalar milliy xalq oʻyinlarining mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini oʻz ichiga oladi. U.Qoraboyevning
“Oʻzbek Xalq oʻyinlari” kitobi qadimgi ajdodlardan meros boʻlib kelgan turli tuman oʻyinlarni, ularni
oʻrganish va qoʻllash yoʻllariga bagʻishlanganligi bilan olqishga sazovordir. Aynan shu kitobda milliy
oʻyinlarining sohaviy turlari va ularning kelib chiqish jarayonlari haqida juda boyitilgan materiallar bayon
etilgan. Undan baʼzi bir muhim tomonlarni quyidagicha keltirish mumkin boʻladi, yaʼni:

1. Ildizi uzoq tarix bilan bogʻliq ovchilikka doir oʻyinlar. Buning negizida chorvachilik yuzaga

kelganligini takidlash lozim boʻladi.

2. Chorvachilik oʻyinlari ot, hoʻkiz, eshak, tuya, bugʻu va boshqa hayvonlarning mehnatlaridan

foydalanish jarayonida ularning harakatini taqlid qiladigan oʻyinlarning yuzaga kelishi.

3. Dehqonchilik oʻyinlari, odamlarning bahorda mehnat mavsumiga kirishi va kuzda hosil yigʻish

kuniga bagʻishlangan marosim oʻyinlari ijtamoiy mehnat sharoitidan kelib chiqqan.

4. Shuningdek xalq oʻyinlari orasida boshqotirma (krassvord), soʻz qoʻshish, raqs oʻyinlari ham

mazmun va mohiyat jihatidan faol harakat oʻyinlari tarkibidan joy olganligini eʼtirof etish keraqdir.
I.Abduraxmonovning “Oʻzbek Xalq oʻyinlari” (U.Qoraboyev) kitobiga taqriz sifatida yondashib (“Sport”
gazetasi, oktabr 2001 y.) tabiatdagi iqlimiy oʻzgarishlar, yil fasllariga mos tabiiy-mavsumiy oʻyinlarning
vujudga kelinshga zamin yaratganligini ta’kidlaydi va ularni quydagi yoʻnalishlarda ifodalab bergan, yaʼni:

1. Hududiy va turli joylarga mos oʻyinlar ham alohida turkumini tashkil etadi. Muayyan joyga mos

oʻyinlar boshqa joyda nomaʼlum boʻlgan.

2. Turli yoshlarga mos oʻyinlar. Har bir yoshga xos oʻyinlar bor. Yoshlarga oid feʼl-atvor fazilatlar

oʻyin shakli va mazmunini belgilab bergan. Bola ulgʻaygan sari uning oʻyini ham jiddiylashib boraveradi.

3. Turli jinsdagilar oʻyinlari. Hammabop oʻyinlar bilan bir qatorda oʻgʻil bolalar va qizlar oʻyinlari,

keyinchalik esa erkak va ayollar oʻyinlari ajralib chiqqan. Masalan, yosh qizlarga qoʻngʻiroq oʻyinga moyillik
sezilsa, oʻgʻil bolalar esa urush qurollariga oʻxshash oʻyinchoqlar talab qilishgan.

4. Maʼlum mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan oʻyinlar “Ov oʻyini”, “Kiyik ovi”, “Podachi”,

“Xirmon-xirmon”, “Kovushim”, “Sartarosh”, “Temirchi”, hatto harbiylarning ham oʻz maʼlumotlarga mos
keladigan “Urush-urush”, “Asr olish” kabi oʻyinlari ijod etilgan.

5. Voqeaband (teatrlashtirilgan, syujetli) oʻyinlar tarixiy voqealarni hayotning taʼsiri, qiziqarli

daqiqalarini badiiy ijodiy ifodalaydi. Masalan, “Podsho-vazir”, “Eski chopon” va h.k. Harakatli oʻyinlar
epchillik, chaqqonlik koʻpchilik musobakachi sifatida bir necha tomonlar oʻrtasida oʻynalgan.

6. Turli vositali oʻyinlar. Bu oʻyinlarni ikkiga boʻlish mumkin: moddiy vositalar (ovunchoq,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

qoʻgʻirchoq, oʻyinchoq hamda tayoq, tosh, toʻp, yongʻoq va h.k.) yordamida amalga oshiriladigan oʻyinlar;
ikkinchisi esa maʼnaviy oʻyinlar, yaʼni badiiy ifodali vositalar (fikr, soʻz, qoʻshiq, raqs, teatr kabilar)
yordamida bajariladigan oʻyinlar.

7. Hayvonlar ishtirokidagi oʻtadigan oʻyinlar. Bu haqidagi oʻyinlar keng qadimiy hisoblanadi.

Qadimgi ajdodlarimiz avvaliga tabiatning oʻzida hayvonlar jangini tomosha qilishgan. Keyinchalik
hayvonlarni ushlab, ularni oʻrganib maxsus oʻyinlar uyushtirilgan. Natijada “Bedana urishtirish”, “Xoʻroz
urushtirish”, “Qoʻchqor urishtirish”, “Kuchuk urishtirish”, “Kaklik urishtarish”, “Itlar poygasi” kabilar paydo
boʻlgan.

Taʼkidlash lozimki, milliy xalq oʻyinlari asosida yurtimizda juda koʻp ommaviy va nufuzli tadbirlar

amalga oshirilmoqda. Bu oʻrinda milliy xalq oʻyinlari Respublika musobaqalari (1991-1994, Forish),
Olimpiadalari (1994-1996, Forish), “Alpomish oʻyinlari” Respublika festivallari (1998-Termiz, 2000-
Farona), Ayollar yiliga bagʻishlab oʻgkazilgan xalq milliy oʻyinlari “Toʻmaris Respublika festivallari” (1999-
Jizzax, 2001-Shahrisabz 2003-Namangan) va shu mavzular asosida oʻtkazijan Respublika ilmiy-nazariy va
amaliy anjumanlari mohiyat jihatdan eʼtiborga sazovordir. Milliy xalq oʻyinlarini oʻrganish va ularni yirik
tadbir hamda anjuman sifatida oʻtkazishda Respublika hukumatining qator qarorlari (1993,1996,1999,2000),
ayniqsa “Alpomish dostonining yaratilishiga 1000 yil toʻlishini nishonlash toʻgʻrisqdaʼʼgi qarori (1998,
fevral) muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda Alpomish va Barchinoy ramziy timsolida maʼnaviy va jismoniy
kamolot tarbiyasini izchil oʻrganish, ularni hayotda qoʻllash hamda ommalashtirish masalalari dolzarb
vazifalardan biri qilib qo`yildi.

Eʼtirof etish kerakki, milliy xalq oʻyinlarining asoslari, ularning mohiyatlari faqat “Alpomish”

dostonidagina emas, balki “Toʻmaris afsonasi”, “Qirqqiz”, “Rustamxon”, “Kuntugʻmish”, “Tohir va Zuhra”,
“Goʻroʻgʻli” turkumidagi oʻnlab xalq ogʻzaki ijodi durdonalarida ham mazmun topgan. 2001-yilda “Avesto”
kitobining vujudga kelishi tarixini keng nishonlash va uning 2700 yillik yubileyini oʻtkazish (Xorazm, 3-
noyabr 2001 y.) tantanalari atrofida qadimgi ajdodlarimiz qomusi sifatida bu kitobning mohiyatlari ochib
berilmoqda. Odob-ahloq madaniyati va yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash masalalariga kitobda keng oʻrin
berilganligini alohida takidlanmoqda. Shu jihatdan ham bu sohaga bagʻishlab qator kitoblar chop etildi.
Ayniqsa “Avesto” kitobini borligicha nashr etilishi, undan taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan tutash boʻlgan
jismoniy tarbiya masalalari ham hali keng oʻranib chiqilishi mumkin boʻladi. Faqat shuni aytish lozimki,
ajdodlarimizning ijtimoiy turmush madaniyatida xalq oʻyinlari keng qoʻllanilganligi haqida juda koʻp
maʼlumotlar bor. Ularni ilmiy-nazariy va pedagogik jihatdan tahlil qilish, zarur tomonlarini ommalashtirish
va “Alpomish va Barchinoy” hamda “Toʻmaris” oʻyinlari festivallari tarkibiga kiritishni tezlashtirish ayni
mudduo boʻlar edi.

Milliy xalq oʻyinlari asosan kurash, koʻpkari, poyga, otdan agʻdarish, otda nayza

uloqtirish, qilichlashish, qiz quvmoq, chovgon, dorboz, tosh koʻtarish, bilak kuchini sinash, arqon
tortishish va turli-tuman harakatli oʻyinlardan iboratdir. Kurash milliy sport maqomiga ega boʻlib
u jahon xalqlari sporti tarkibiga kiritildi. Dorboz mazmun va shakl jihatdan oʻziga xos murakkab
va qiziqarli, jozibali oʻyinlardir. Ularni oʻrganish va tavsiflash alohida mavzu boʻlib, katta
faoliyatlarni talab etadi.

Boshda taʼkidlanganidek, xalq milliy harakatli oʻyinlarini toʻplash, ularni

ommalashtirishda

taniqli

olimlar

T.S.Usmonxoʻjayev,

F.Xoʻjayev,

A.Sh.Qosimov,

F.N.Nasriddinov, O.O.Poʻlatov kabilarning hissalari juda kattadir. Shular asosida qator “Harakatli
oʻyinlar” kitoblari oʻquvchi yoshlar va omma orasida keng qoʻllanilib kelinayotganligi harakatli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

780

oʻyinlarning mohiyatlari qanchalik zarur va aziz ekanligining dalilidir. Bunday oʻyinlardan
saralanib olingan ‘‘Boʻron” , “Kuydi”, “Mindi”, “Soldi”, “Toʻqqiz tosh” (qizlar oʻyini) kabilar
hozirgi kunda umum taʼlim maktab oʻquvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari
talabalarining jismoniy tarbiya darslari, aholi istiqomat joylarida tashkil etilayotgan ommaviy
sogʻlomlashtirish tadbirlari va hatto “Alpomish oʻyinlari Respublika Festivallari”, “Toʻmaris
oʻyinlari Respublika festivallari” shuningdek “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” sport oʻyinlari,
talabalarning “Universiada” musobaqalari dasturlariga kiritilganligi bir olam quvonch, desa
boʻladi. Eng muhimi shundaki, qishloq aholisining barcha tabaqalari toʻylar, anʼanaviy bayramlar va turli
marosimlarda kurash, koʻpkari, poyga kabi sportga xos turlar va “Kuloq choʻzma”, “Piyoda poyga”, “Piyoda
koʻpkari”, “Chillik”, “Oqsuyak”, “Podachi” kabi harakatli oʻyinlarni qoʻllashadi va miriqib tomosha qilishadi.

Oʻzbek xalq harakatli oʻyinlarining mazmunlari va tarbiyaviy jihatlarini hisobga olgan holda ularni

quyidagi guruhlarga ajratiladi, yaʼni:

1. Jamoaviy (komandalar) oʻyinlar.
2. Umumiy ishtirokchilar oʻyini.
3. Yolgʻiz (yakka) tartibdagi oʻyinlar.
4. Juft boʻlib oʻynash va h.k.

Bunday harakatni tashkil qilish va oʻtkazishda qatnashchilarning yoshi, jinsi va jismoniy jihatdan

tayyorgariligida alohida eʼtibor beriladi. Ayniqsa chaqqonlik, tezlik, kuchlilik, epchillik, chidamlilik kabi
jismoniy sifatlarni talab etuvchi jihatlarda oʻyinchilarni tanlash, guruhlarga ajralish muhim ahamiyatga egadir.

Shu bilan birgalikda oʻyinlarning oʻzaro hamkorlik, oʻrtoqlik, doʻstlik, jamoa (komanda) uchun

jonbozlik koʻrsatish kabi his-tuygʻular va insoniy fazilatlarni tarbiyalashdagi mohiyatlariga ham alohida
eʼtiborni qaratiladi. Bu oʻrinda xalq milliy harakatli oʻyinlarining mazmunlari haqida toʻxtatilishni maqsad
qilib qoʻyilmadi. Chunki ular guruhlarga ajratilgan holda va jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining turlariga
qarab tashkil qilinishi, turli xil anʼanaviy bayramlarda oʻtkaziladigan oʻyinlar alohida ajratilib koʻrsatilgan.

Faqat mavjud boʻlgan qoʻllanmalar, ilmiy toʻplamlar va baʼzi jurnallarga murojaat qilish zarurdir.
Oʻzbek kurashi (Buxoro usuli), Belbogʻli kurash (Fargʻona usuli), Turon, Qoʻl jangi kabi milliy

kurashlar, shuningdek dorboz, qoʻl kuchini sinash, arqon tortishish kabi turlar sport darajasida qoʻllanilib
kelinmoqda va ular ham maxsus qoʻllanmalarda oʻz ifodalarini topgan. Ot oʻyinlari haqida gazetalar, jurnallar
va ilmiy toʻplamlarda baʼzi bir maqolalar eʼlon qilnsada aytarlik darajada (“Koʻpkari” ilmiy ommabop
risolani hisobga olmagan holda) ularning tarbiyaviylik jihatlari hamda ularni sport darajasiga chiqarish
masalalariga eʼtibor maqsaddagidek emasligini taʼkidlash lozim.


REFERENCES

1.

T.S.Usmonxodjayev, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov

Milliy va harakatli o`yinlar” Toshkent “Iqtisod-

Moliya”-2015;

2.

Q.P.Arslonov “Milliy kurash turlari va uni o`qitish texnologiyalari” Toshkent “Turon Zamin Ziyo”-
2014;

3.

T.S.Usmonxodjayev, F.Xo`jayev “1001 o`yin” Toshkent “Ibn Sino” nomidagi nashriyot 1990-yil.

4.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

5.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In
Archive of Conferences (pp. 62-66).

6.

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give Environmental


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

781

Education To Primary School Students. The American Journal of Applied sciences, 3(06), 65-69.

7.

Usmanovna, A. N. (2022). Parental Relationship in Child Raising Psychological Properties. Eurasian
Scientific Herald, 14, 13-16.

8.

ALIMOVA, N. (2023). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL COMPONENTS OF RESPONSIBILITY
FOR CHILD EDUCATION. World Bulletin of Social Sciences, 29, 41-44.

9.

Alimova, N. U. (2023). PARENTAL RELATIONSHIP IN CHILD RAISING
PSYCHOLOGICAL PROPERTIES. Educational Research in Universal Sciences, 2(17), 513-517.

10.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.


References

T.S.Usmonxodjayev, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov “Milliy va harakatli o`yinlar” Toshkent “Iqtisod-Moliya”-2015;

Q.P.Arslonov “Milliy kurash turlari va uni o`qitish texnologiyalari” Toshkent “Turon Zamin Ziyo”-2014;

T.S.Usmonxodjayev, F.Xo`jayev “1001 o`yin” Toshkent “Ibn Sino” nomidagi nashriyot 1990-yil.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied sciences, 3(06), 65-69.

Usmanovna, A. N. (2022). Parental Relationship in Child Raising Psychological Properties. Eurasian Scientific Herald, 14, 13-16.

ALIMOVA, N. (2023). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL COMPONENTS OF RESPONSIBILITY FOR CHILD EDUCATION. World Bulletin of Social Sciences, 29, 41-44.

Alimova, N. U. (2023). PARENTAL RELATIONSHIP IN CHILD RAISING PSYCHOLOGICAL PROPERTIES. Educational Research in Universal Sciences, 2(17), 513-517.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов