AMPUTEE-METHODOLOGY TO TEACH PLAYERS THE TECHNIQUE OF KICKING WITH THE INSIDE OF THE PALM OF THE FOOT

HAC
Google Scholar
To share
Yorqulov, G. . (2024). AMPUTEE-METHODOLOGY TO TEACH PLAYERS THE TECHNIQUE OF KICKING WITH THE INSIDE OF THE PALM OF THE FOOT. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28553
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article is presented a discussion of the pedagogical experience of planning special tools and increasing the level of technical training by using the methodology of training amputee football players to kick with the inner side of the foot during training.


background image


455

AMPUTANT-FUTBOLCHILARIGA OYOQ KAFTINING ICHKI TOMONI

BILAN TEPISH TEXNIKASIGA O‘RGATISH USLUBIYATI

G‘.I. Yorqulov

O‘zDJTSU yakkakurash sport turlari fakulteti tyutori

gayratyorqulov.2023@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573131

Annotatsiya.

Maqolada mashg‘ulotlar jarayonida amputant futbolchilariga oyoq kaftining

ichki tomoni bilan tepush texnikasiga o‘rgatish uslubiyatini qo‘llash orqali maxsus vositalarni

rejalashtirish hamda texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan

pedagogic tajriba muhokamasi keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Amputant, futbolchilar, tepish texnikasi, oyoq kaftining ichki tomoni, texnik

tayyorgarlik,

nogiron, jismoniy imkoniyati cheklangan,

zarba berish uslubiyat

.

AMPUTEE-METHODOLOGY TO TEACH PLAYERS THE TECHNIQUE OF

KICKING WITH THE INSIDE OF THE PALM OF THE FOOT

Abstract.

The article is presented a discussion of the pedagogical experience of planning

special tools and increasing the level of technical training by using the methodology of training

amputee football players to kick with the inner side of the foot during training.

Key words:

amputee, football players, kicking technique, inner side of the foot, technical

training, disabled, disabled, kicking technique.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ФУТБОЛИСТОВ С АМПУТИРОВАННЫМИ

КОНЕЧНОСТЯМИ ТЕХНИКЕ УДАРОВ НОГАМИ ВНУТРЕННЕЙ СТОРОНОЙ

ЛАДОНИ

Аннотация.

В статье представлено обсуждение педагогического опыта

планирования специальных средств и повышения уровня технической подготовки путем

использования методики обучения футболистов-ампутантов ударам внутренней

стороной стопы во время тренировки.

Ключевые слова:

инвалид, футболисты, техника удара ногами, внутренняя

сторона стопы, техническая подготовка, инвалид, инвалид, техника удара ногами.

Dolzarbligi.

Bugungi kunda jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarimiz Osiyo hamda

olimpiya va paralimpiya o’yinlarida yaxshi natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori

ko’tarishmoqda. Nogironlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni muntazam rivojlantirish hamisha

prezident va davlatimiz diqqat markazida turibdi.


background image


456

Amputant futbol sport turi keng xalq ommasini jismoniy rivojlantirishning, aholi

salomatligini mustahkamlashning eng samarali, binobarin, eng ommaviy vositadir. Amputant

futbol –atletik o’yin hisoblanadi. U tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuchlilik va sakrovchanlik

kabi jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Amputant-futbolchi o’yin jarayonida

tayyorgarlikning barcha turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Bu esa jismoniy imkoniyati

chelangan shaxslarning funksional imkoniyat darajasini oshirishga ma’naviy-irodaviy xislatlarini

tarbiyalashga yordam beradi [1;2-3-b, 2;3-b, 3;2-3-b].

Tadqiqot maqsadi:

Apmutant futbolchilarga oyoq ichki tomoni bilan tepishga o’rgatish

uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari:

Amputant futbolchilar to’p tepish texnikasini tahlil qilish va

o’rganish;

Amputant futbolchilar mashg’ulotlarida texnik tayyorgarlik darajasi va texnik harakatlar

uzviyligini ta’minlashga qaratilgan to’p tepishga o’rgatish uslubiyatini ishlab chiqish.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi.

Boshqa sport turlaridagi mashg’ulotlarda

ko’pincha amputant futboldan qo’shimcha sport turi sifatida foydalaniladi. Amputant-futbolda

futbolchilar yo’nalishini o’zgartirib yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jihatdan turlicha

gavda harakatlari, to’pni tepish, to’xtatib olish va olib yurish, maksimal tezlikda harakat qilish,

irodaviy xislatlarining, taktik tafakkurning kamol topishi kabilarni futbolni har qanday ixtisosdagi

sportchiga kerak bo’lgan ko’pgina muhum xislatlarni o’stiradigan sport o’yini, deb hisoblash

imkonini beradi.

Nogiron bolalarning biror mashg’ulot bilan uzoq vaqt va muntazam shug’illanishi

natijasida mushaklarda yuzaga keladigan o’zgarishlar morfologik va biokimyoviy xususiyatlar

bilan belgilanadi. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga

moslashadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri-kelajakdagi

barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan jismoniy sog’lom va ma’naviy barkamol

shahsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarixni chuqur

o’rganishimiz, sport turlari qoidalarini bilishimiz, o’quv ishlarini rejalashtirishga hamda ularni

samarali olib borishga yangicha va ijodiy qarashimiz, ishga tashabbuskorlik bilan

yondoshmog’imiz kerak.

Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepish

asosan qisqa va o’rta masofaga to’p

uzatishda, shuningdek mo’ljalga yaqin masofadan tepilayotganda qo’llaniladi.

Shunday zarba berish texnikasining ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Yugurish

boshlanadigan joy, to’p va mo’ljal (nishon) taxminan bir chiziqda bo’ladi. Zarba beruvchi oyoqni


background image


457

orqaga tortish so’nggi yugurish qadamidagi ortga depsinish hisobiga bajariladi. Tepish harakati

sonni oldinga bukish bilan bir vaqtda zarba beruvchi oyoqni tashqari tomon burishdan

(supinatsiyadan) boshlanadi. Zarba berish paytida taranglangan oyoqning uchi tashqari tomon

burilgan, uning kafti esa to’p uchadigan yo’nalishga nisbatan aniq to’g’ri burchak hosil qilgan

bo’lishi kerak. Oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi. Zarba berish oyoq kafti ichki sathining o’rtasi

bilan ijro etiladi. Oyoqning zarba berish vaqtidagi holati surib borish vaqtida ham saqlanib qoladi.

Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepish

asosan qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatishda,

Shuningdek, mo‘ljalga yaqin masofadan tepilayotganda qo‘llaniladi.

1-rasm.

Oyoq kaftining ichki tomni bilan zarba berish

Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepilganda to’pga oyoqning kattaroq sathi tekkani

uchun bunday tepish anchagina aniq bo’ladi. Biroq zarba beruvchi oyoqning orqaga tortilishi

maksimal darajaga yetmagani sababli, bu uslda berilgan zarbaning kuchi boshqa usullardagiga

nisbatan kamroq bo’ladi. Bu esa tos son suyagi boshini bo’g’in chuqurchasiga siqib, sonning

zarba berish harakati uchun zarur bo’lgan supinatsiyasini yo’q qilib qo’yishi bilan bog’liq.

Oyoq yuzining ichki qismi bilan tepish

«o’rtacha» va «uzun» uzatishlarda,

darvozaning uzunasiga «o’qdek» berishlar va hamma masofalardan nishonga tepish paytlarida

qo’llaniladi.

Xulosa.

Mazkur tepishni bajarishda to’p va nishonga nisbatan 45

0

hosil qilib yugurib

kelinadi. Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xususiy chetlanishlar 30

0

dan 60

0

gacha bo’lishi mumkin.

Bunda zarba beruvchi oyog’ining orqaga tortilishi maksimal darajaga yaqin bo’ladi.

Tizzasi sal bukilgan tayanch oyoq kaftining tashqi qismi (oyoq tagining tashqi cheti) yerga

qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga sal engashadi. Tepish harakati sonni bukishdan boshlanib,

boldirni keskin yozib yuborish bilan tugaydi. Oyoq uchi pastga cho’zilgan, oyoq tarang bo’ladi.

Zarba paytida to’p bilan tizza bo’g’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q frontal tekislikda

og’ibroq turadi. Ana shu shart, shuningdek zarbani to’pning o’rta qismiga berish natijasida to’p

past trayektoriya bo’ylab uchadi. Bunday harakatlarni mashg‘ulot jarayonida qo’llash orqali


background image


458

amputant futbolchilarni texnik tayyorgarlik darajasi takomillashadi hamda musoqalarga maqsadli

tayyorlash imkoniyati kengayadi.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 18-майдаги “Паралимпия

ҳаракатини ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-5114-

сон қарори.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 5-ноябрдаги “2024-йил Париж

шаҳрида (Франсия) бўлиб ўтадиган XXXIII ёзги Олимпия ва ХVII Паралимпия

ўйинларига спортчиларимизни комплекс тайёрлаш тўғрисида”ги ПҚ- 5281-сонли

қарори.

3.

Laylo Baxromovna Sobirova. Oʻzbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali

koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslar harakat faolligini rivojlantirish uslubiyati //

Scientific progress. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-golbol-

sport-turini

ommalashtirish-orqali-korish-qobiliyatida-nuqsoni-bor-shaxslar-harakat

faolligini-rivojlantirish (дата обращения: 15.11.2022).

4.

Л.Б Собирова, ША Абдиев, Имконияти чекланган талаба қизларни сараланган махсус

жисмоний воситалар ёрдамида жисмоний тайёргарлигини ривожлантириш

самарадорлиги Namangan davlat unversiteti ilmiy axborotnomasi, 2022/2

5.

G‘ofurov Sh.X. Adaptiv sport o‘yinlari (Futbol) O‘rgatish metodikasi O‘quv qo‘llanma

T:/2021 –B-.85-89

6.

Baxtiyorov D.B. Adaptiv sport o‘yinlari (Amputant-futbol) o‘rgatish metodikasi O‘quv

qo‘llanma T:/2023 –B-.65-72.

7.

Khujamkeldiev G.S. Psychological and training preparation of kenyan middle distance

runners // “NamDU ilmiy axborotnomasi” ilmiy jurnali №9. Namangan, 2023. – B. 646-650.

[13.00.00 №30]

8.

Xo‘jamkeldiyev G‘.S. Yugurish turlarida turli jismoniy mashqlarni bajarishda

charchashning fiziologik va biokimyoviy asoslari // Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат

университетининг ахборотномаси илмий журнали №3. Нукус, 2023. – Б. 125-128.

[13.00.00 №13]

References

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 18-майдаги “Паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-5114-сон қарори.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021-йил 5-ноябрдаги “2024-йил Париж шаҳрида (Франсия) бўлиб ўтадиган XXXIII ёзги Олимпия ва ХVII Паралимпия ўйинларига спортчиларимизни комплекс тайёрлаш тўғрисида”ги ПҚ- 5281-сонли қарори.

Laylo Baxromovna Sobirova. Oʻzbekistonda golbol sport turini ommalashtirish orqali koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslar harakat faolligini rivojlantirish uslubiyati // Scientific progress. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-golbol-sport-turini ommalashtirish-orqali-korish-qobiliyatida-nuqsoni-bor-shaxslar-harakat faolligini-rivojlantirish (дата обращения: 15.11.2022).

Л.Б Собирова, ША Абдиев, Имконияти чекланган талаба қизларни сараланган махсус жисмоний воситалар ёрдамида жисмоний тайёргарлигини ривожлантириш самарадорлиги Namangan davlat unversiteti ilmiy axborotnomasi, 2022/2

G‘ofurov Sh.X. Adaptiv sport o‘yinlari (Futbol) O‘rgatish metodikasi O‘quv qo‘llanma T:/2021 –B-.85-89

Baxtiyorov D.B. Adaptiv sport o‘yinlari (Amputant-futbol) o‘rgatish metodikasi O‘quv qo‘llanma T:/2023 –B-.65-72.

Khujamkeldiev G.S. Psychological and training preparation of kenyan middle distance runners // “NamDU ilmiy axborotnomasi” ilmiy jurnali №9. Namangan, 2023. – B. 646-650. [13.00.00 №30]

Xo‘jamkeldiyev G‘.S. Yugurish turlarida turli jismoniy mashqlarni bajarishda charchashning fiziologik va biokimyoviy asoslari // Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университетининг ахборотномаси илмий журнали №3. Нукус, 2023. – Б. 125-128. [13.00.00 №13]

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов