ISSUES OF STUDYING THE SITUATION OF CABLE LINES EXISTING IN THE REPUBLIC.

HAC
Google Scholar
To share
Mo’minov , Z. . (2024). ISSUES OF STUDYING THE SITUATION OF CABLE LINES EXISTING IN THE REPUBLIC. Modern Science and Research, 3(1), 989–992. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28567
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

I wrote this article about the ways and methods of further improvement of power grid lines, and at the same time about the current condition of existing cable lines in our country and the measures for their improvement and renewal and their study.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

989

RESPUBLIKADA MAVJUD KABEL LINIYALARIDAGI HOLATNI O’RGANISH

MASALALARI.

Mo’minov Ziyodbek Umidjon o’g’li

Toshkent Davlat Texnika universiteti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10574370

Annotatsiya. Ushbu maqolamni elektr tarmoqlari liniyalarini yanada yaxshilash yo’llari

va usullari haqida,shu bilan birga mamalakatimizda mavjud kabel liniyalarining hozirga ahvoli
va ularni yaxshilash va yangilash chora-tadbirlari va ularni o`rganish haqida yozdim.

Kalit so`zlar: Elektr uzatish linyalari,elektr simlar, havo linyalari, voltli ustunlar.

ISSUES OF STUDYING THE SITUATION OF CABLE LINES EXISTING IN THE

REPUBLIC

.

Abstract. I wrote this article about the ways and methods of further improvement of power

grid lines, and at the same time about the current condition of existing cable lines in our country
and the measures for their improvement and renewal and their study.

Key words: Electric transmission lines, electric wires, overhead lines, voltage poles.

ВОПРОСЫ ИЗУЧЕНИЯ ПОЛОЖЕНИЯ СУЩЕСТВУЮЩИХ В РЕСПУБЛИКЕ

КАБЕЛЬНЫХ ЛИНИЙ.

Аннотация. Эту статью я написал о путях и методах дальнейшего

совершенствования линий электропередачи, а также о современном состоянии
существующих кабельных линий в нашей стране и мерах по их совершенствованию и
обновлению и их изучению.

Ключевые слова: Линии электропередачи, электрические провода, воздушные

линии, опоры напряжения.

KIRISH.

Bugungi kunda respublikamizning eng chekka hududlarini ham elektrlashtirish ishlari

amalga oshirilmoqda. Va respublikamizdagi mavjud elektr tarmoqlari va liniyalari yangilanmoqda
va yangilari o’tkazilmoqda.

Elektr uzatish linyalari haqida malumot beradigan bo’lsak,ular “VL”harflari bilan

belgilanad, bu ochiq havoda joylashgan qurilmalar. Ya’ni simlarning o’zi havo orqali o’tkazilib,
maxsus almatura ustiga o’rnatiladi. Shu bilan birga ularni o’rnatish ustunlari ko’priklar va yo’l
o’tkazgichlar bo’ylab amalga oshirilishi mumkun. Faqatgina yuqori voltli ustunlar bo’ylab
yotqizilgan chiziqlarni “havo linyalari”ni hisoblash kerak emas. Asosan, elektr uzatish linyalari
o’zgaruvchan tok-ni uzatish uchun qo’laniladi. Ikkinchi variant kamdan-kam uchraydi.

Elektr energetika, energiya tejashning katta potensiyaliga ega bo’lgan holda, respublika

iqtisodiyotini rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston elektr energetika va kabel linyalari
sohasining ishlash samaradorligi-ning pasayishining hozirda mavjud bo’lgan tendensiya elektr
energetika jihozlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotining keskin yomonlashuvi tufagli
asbob va uskunalarni buzilishdan saqlash va ta’mirlash choralari sifatining pastligi va uning
eskirishidan bu jihozlarning energetik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini sezilarli darajada
yomonlashuvi tufaylidir. Texnalogik uskunalar ishlashi samaradorligining pasayishi yoqilg’i
narhining o’sishi va yetkazilayotgan energiyaning past ta’riflarini mos emasligi bilan chuqurlashib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

990

boradi bu esa ishlab chiqarish daromadlarining yetarli darajada qayta investitsiyalash, sohani
ilgarilab boruvchi rivojlanishni to’xtatib turadi.

Elektr energiyaga oshib borayotgan talablarni sifatli qoniqtirish asnosida, elektr energetika

ishlab chiqarilishi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, O’zbekiston iq-tisodiyoti
ko’rsatkichlarini kutilayotgan o’sishi sharoitlarida kelajakdagi eng asosiy yo’llardan biri
iqtisodiyotning barcha soxalarida, shu jumladan energiya sohasida energiya tejash bo’yicha
kechiktirib bo’lmaydigan choralarni qabul qilishdir. Oldindan qilingan hisob-kitoblarga ko’ra
sohadagi energiya tejash potensiyali respublika bo’yicha energiya tejash potensiyalining 30% ni
tashkil qilishi mumkin ekan.

Elektr energiya ishlab chiqarishdagi samaradorlikning asosiy ko’ratkichi –yoqilg’ini

solishtirma sarfi oxirgi 10 yillikda ortdi va hozirda 375,92 kVt.soat (2007-yil) ni tashkil etadi.
Elektr energiyani uzatayotgan tarmoqlarni fizik yedirilishi hisobiga ularni o’ta yuklanishi, hisobga
olish asboblarning takomillashmaganligi tufayli energiyani uzatishdagi texnologik sarflar va
umuman tizim bo’yicha jami isroflar ortib ketdi hamda ular 13.8% ni tashkil etdi.

Elektr energiya bahosining ortishi mahsulat tannarxidagi yoqilg’i energetik tashkil

etuvchini ortishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya
samaradorligini pasayishiga va oxir-oqibat yalpi ichki mahsulotni kamayishiga olib keladi.

Shuning uchun energiya tejash zaxiralarini amalda qo’llash energiya ta’minoting to’xtovsiz

va ishonchlilik darajasini ko’tarishning zarur omillaridan biridir, bundan tashqari bu
O’zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyoti sharoitida ichki energetik talablarni iqtisodiy
jihatdan qondirishni ta’minlaydigan omil bo’lib shu bilan birga u respublika energetikasining
eksport potensiyalining ortishiga moyillik qiladi. Hozirda sohada energiya tejashning tashkiliy
texnik potensiali yiliga 2.5-5.0 mln.t.sh.yo etib baholanmoqda va bu potensialni amalga oshirish
elektr energiya rivojlanishining quyidagi ustuvor yo’nalishlari bilan bevosita bog’liqdir:

-energiya ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qurullantirish, qayta qurish ;

-elektr tarmoqlarini bundan keyin ham rivojlanishi va qayta qurilishi;

-ekalogik jihatdan toza,tiklanuvchi energiya manbalari hamda yetarli zaxiraga ega bo’lgan

birlamchi issiqlikdan foydalanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi tuzilmani optimallashtirishga
yo’naltirilgan quvvatlarni beradigan yangi manbalarni qurish;

-energiya tejash masalalari bo’yicha texnik va iqtisoiy jihatdan sohasini yaxshi biladigan

mutaxasislarni tayyorlash.

Bu ustuvor yo’naloshlarning samaradorligi elektr energetika ishlab chiqarishning hozirgi

holati hamda uning rivojlanishining ma’lum davrlarida,ularni amalga oshirishning texnik va
iqtisodiy imkoniyatlariga bog’liq. Energetik potensialini bundan keyin ko’paytirish,
istemolchilarni issiqlik va elektr energiya bilan ishonchli va sifatli taminlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2001-2010-yillarda O’zbekiston
Respublikasi energetikasida generatsiyalanuvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiyalash
dasturi to’g’risida “ qaror qabul qilindi. Bu qarorda sohani texnik qayta qurillash qayta qurish va
modernizatsiyalash bo’yicha choralar, moliyalash manbalari, shu jumladan chet el inovatsiyalari
va kreditlari hisobiga moliyalash aniqlandi, energiya resurslarini iqtisod qilish yo’nalishlari
ko’rsatildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

991

Bu qarorga tayangan holda “O’zbekenergo”da 2010-yilgacha bo’lgan davr uchun energiya

tejash dasturi ishlab chiqildi. U ushbu davr uchun elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’mol
qilish ko’rsatgichlari oldindan aytish bilan me’yorga keltiriladi. Dasturning asosiy maqsadi
sohadagi energiya tejash potensiyalini yoqilg’idan samarali foydalanish choralar tizmini bajarish
hisobida amalga oshirish elektr energiya isrofini uning barcha zanjiri bo’yicha ya’ni uni ishlab
chiqarish, uzatish va taqsimlashning zamonaviy rivojlanish darajasiga javob beruvchi jihozlar,
qurilma va texnalogiyalarni tatbiq etib va foydalanib, elektr stansiya va elektr tarmoqlarni
rekanstruksiyalash, modernizatsiya qilish, sifatli ta’minlash-profilaktika tadbirlarini o’tkazish,
energiya resurslarini bajarish hisobiga hamda energiya iste’molini boshqarish bo’yicha choralarni
ko’zda tutadi.

Ko’zda tutilgan choralar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 1-3 yil

muddat ichida ba’zi bir harakatdagi (ishlayotgan) IES ning asosiy va yordamchi qurilmalarini
ishlash rejimini optimallash, qism va tugun-larni almashtirish va modernizatsiyalash yo’li bilan
ularning iqtisodiy ko’rsatkich-larini yaxshilash bo’yicha choralar amalga oshirilib, bu ularning
energetik tavsiflarini loyhadagi ko’rsatgichlarga yaqinlashtirish imkonini beradi.

Bunday qurilmalarning tarkibi katta qismni(60% dan ortiq) tashkil etishni hisobga olinsa

bu choralar muhim ahamiyatga ega va kelajakda nisbatan kichik sarf-xarajatlar hisobiga yoqilg’i
ishlatish samaradorligini oshirish bilan energiya ishlab chiqarishning iqtisodiyotini yaxshilash
imkonini beradi hamda iste’molchini energiya bilan ta’minkash sifatini va ishonchliligini oshiradi.

Energiya tejashning samarasini va ishonchliligini oshirish maqsadida chet el

inavatsiyalaridan optimal foydalanilmoqda. Masalan, Sirdaryo IESda yevropa rivoj-lanish va
rekanstruksiyalash banki (ERRB) kredit hisobiga 2 ta energiya blokni rekanstruksiyalash tugatildi.

Natijada har bir blokning quvvati loyha qiymatiga yetkazildi, ya’ni har yil 49 ming t.sh.yo

dan ortiq energetika iqtisod qilib 60 MVt ga ortdi. Bundan tashqari stansiyaning yana 2ta energiya
blokini rekanstruksiya qilish mo’jallanmoqda. Yuqorida keltirilgan choralarni qo’llashdan kelib
chiqadigan yoqilg’i iqtisodiyoti soha bo’yicha 600 ming t.sh.yo tashkil etdi.

Elektr tizimlarini energiya tejash masalalarini yechish doirasida rivojlanishi va

rekanstruksiyalash esa energiya tizmida elektr energiyani uzatishni va taqsimlashni optimal
sxemasini bajarish energiya uzatish linyalarining yuklamalarini kamaytirish va energiya stansiya
qurilmalarining ish rejimini yaxshilash imkonini beradi. Rivojlanish hududda elektr energiya
bozorini

shakillantirishga

olib

keladi.

Elektr

energiyani

magistral

tarmoqlarini

modernizatsiyalashning hududiy loyhasini amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bu loyhalashning
barchasi isrofni va ishonchliligini oshirish imkonini beradi. Energiya tejash masalalarini yechishda
energiya resurislarini hisobga olish tizimini takomillashtirishni dolzarbligini hisobga olib energiya
tizm obektlarida ularni modernizatsiya qilish bo’yicha tadbirlar ko’zda tutilgan bo’lib bu tadbirlar
o’z ichiga hisobga olish tizimini yuqori aniqlikdagi o’lchov asboblar bilan ta’minlashni elektr
energiyani avtomatik tarzda hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashgan tizimini ishlab
chiqish va tadbiq etishni nominal asboblar va zamonaviy tekshi-ruvchi stentlar bilan jihozlashni
o’z ichiga oladi.

Dasturda tashkiliy choralar ko’zda tutilgan bo’lib, bular energiya ishlab chiqarish va

energiya iste’mol qilish masalalari bo’yicha meyoriy hujjatlarni ishlab chiqarish, qurilma va
texnologik jarayonlarning me’yoriy tavsiflariga tuzatish kiritish, energiya resurslarini iqtisod


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

992

qilinganligi uchun hizmatchi va ishchi xodimlarni moddiy rag’batlantirishning samarali holatini
tatbiq etish va boshqalar.

XULOSA

Hozirgi vaqtda Respublikamizdagi havo elektr uzatish liniyalari simlarini tahlil qilish

uchun yetarli bo'lmagan tizimlar mavjud, yangi monitoring tizimlarini yaratish vazifasi
dolzarbligicha qolmoqda. Buning sababi shundaki, mavjud tizimlar, masalan, datchik
o'lchagichlardan foydalangan holda, yuqori narx bilan ajralib turadi va o'rnatish vaqtida mavjud
elektr liniyalarini uzishni talab qiladi, meteorologiya stansiyalariga asoslangan tizimlar esa to'g'ri
aniqlash ehtimoli pastligi bilan tavsiflanadi. Elektr uzatish liniyalarini baholashning eskirgan
usullarini almashtirish uchun bir qator muammolarni hal qiladigan havo elektr uzatish liniyalari
monitoringi tizimi keng qo'llanilmoqda. Bu esa mamlakatimizda elektr energiyasida uzilishlarning
kamayishiga eng chekka hududlarni ham elekrlash imkoniyatini yaratadi desak adashmagan
bo’lamiz.


REFERENCES

1.

https://elibrary.namdu.uz/30%20%D0%A2%D0%B5%D1%85%D0%BD%D0%B8%D0
%BA%D0%B0%20%D1%84%D0%B0%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80/30.%20
Energiya%20tejamkorlik%20asoslari.%20Xoshimov%20F.%20A.pdf

2.

Energiya tejamkorlik asoslari .F.A.Hoshimov,A.D.Taslimov “Toshkent
“Voris”nashriyoti”2014

3.

Xoshimov F.A. Optimizasiya ispolzovaniya energoresursov v tekstilьnoy promishlennosti.
//Izd-vo «Fan», - T.: 2005, 250 s.

4.

Zaxidov R.A., Anarbayev A.I., Koroli M.A., Tadjiyev U.A. Sxemi kombinirovannix
sistem solnechnogo teplosnabjeniya i voprosi povishyeniya energosberejeniya pri ix
rabote, “Problemi energo- i resursosberyejeniya”, 2006, №

5.

K.R.Allayev, V.A.Xoxlov, Energosberejeniye –put k povisheniyu energoeffektivnosti
nasosnix stansiy.// Problemi energo- i resursosbyerejeniya , – T.: TashGTU, 2006, №2.

References

https://elibrary.namdu.uz/30%20%D0%A2%D0%B5%D1%85%D0%BD%D0%B8%D0%BA%D0%B0%20%D1%84%D0%B0%D0%BD%D0%BB%D0%B0%D1%80/30.%20Energiya%20tejamkorlik%20asoslari.%20Xoshimov%20F.%20A.pdf

Energiya tejamkorlik asoslari .F.A.Hoshimov,A.D.Taslimov “Toshkent “Voris”nashriyoti”2014

Xoshimov F.A. Optimizasiya ispolzovaniya energoresursov v tekstilьnoy promishlennosti. //Izd-vo «Fan», - T.: 2005, 250 s.

Zaxidov R.A., Anarbayev A.I., Koroli M.A., Tadjiyev U.A. Sxemi kombinirovannix sistem solnechnogo teplosnabjeniya i voprosi povishyeniya energosberejeniya pri ix rabote, “Problemi energo- i resursosberyejeniya”, 2006, №

K.R.Allayev, V.A.Xoxlov, Energosberejeniye –put k povisheniyu energoeffektivnosti nasosnix stansiy.// Problemi energo- i resursosbyerejeniya , – T.: TashGTU, 2006, №2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов