CONCEPT OF ASSETS AND ITS SIGNIFICANCE IN ACCOUNTING

HAC
Google Scholar
To share
Safarov , A. (2024). CONCEPT OF ASSETS AND ITS SIGNIFICANCE IN ACCOUNTING. Modern Science and Research, 3(2), 229–231. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29353
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Accounting plays an important role in economic entities and the budget system. Accounting is based on assets and liabilities. In this thesis, information about the concept of assets and its place in the accounting system is highlighted.


background image


229

BUXGALTERIYA HISOBIDA AKTIVLAR TUSHUNCHASI VA UNING

AHAMIYATI

Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti

Moliya va Bank ishi kafedrasi stajyor o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10654198

Annotatsiya. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda byudjet tizimida buxgalteriya hisobi

muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobini negizi esa aktivlar va majburiyatlarga borib

taqaladi. Bu tezisda aktivlar tushunchasi va uning buxgalteriya hisobi tizimida tutgan o‘rni haqida

malumotlar yoritiladi.

Kalit so‘zlar. Buxgalteriya hisobi, Aktivlar, Majburiyatlar, Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt

CONCEPT OF ASSETS AND ITS SIGNIFICANCE IN ACCOUNTING

Abstract. Accounting plays an important role in economic entities and the budget system.

Accounting is based on assets and liabilities. In this thesis, information about the concept of assets

and its place in the accounting system is highlighted.

Keywords. Accounting, Assets, Liabilities, Business entity.

ПОНЯТИЕ АКТИВА И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В УЧЕТЕ

Аннотация. Бухгалтерский учет играет важную роль в хозяйственных субъектах

и бюджетной системе. Бухгалтерский учет основан на активах и обязательствах. В

данной дипломной работе выделена информация о понятии актива и его месте в системе

бухгалтерского учета.

Ключевые слова. Бухгалтерский учет, активы, обязательства, субъект

предпринимательской деятельности.

Mamlakatimizda Buxgalteriya hisobini yuritishning maqsadi bu hisob ishlarining to‘g’ri

va qonuniy olib borilishi uchun zarur hisoblanadi. Budjet tizimi va Xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy

hisobini yuritishda biz Buxgalteriya hisob tizimidan foydalanar ekanmiz avvalo Buxgalteriya

hisobi asosini Aktivlar va ularning kelib chiqish manbasi bo‘lgan majburiytalar tashkil etishini

bilishimiz lozimdir. O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini oqilona yuritish yo‘lidagi muhim

qadamlardan

biri

korxonalarning

aktivlarini

to‘g’ri

rasmiylashtirishdir.

O‘zbekiston

Respublikasining Qonuni, 13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son qarori yangi tahririga asosan


background image


230

“O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g’risidagi”

1

gi qonunning 7-moddasida

Buxgalteriya hisobi ob’ektlari keltirilgan Aktivlar shu moddada tasdiqlangan.

Hisob tizimini ikki asosiy element Aktivlar va Passivlar tashkil qiladi, endi Aktivlar haqida

ma’lumot keltiradigan bo‘lsak, Aktivlar- bu sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad

olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslar va xo‘jalik sub’ektlarning

qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag’lari va debitorlik qarzlari va

nomoddiy mulki ham hisoblanadi. Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xo’jalik

yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan

ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga keladi.

Korxona va tashkilotlarning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir.

Korxonalar va tashkilotlar odatda aktivlarini xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega

bo‘ladilar, biroq boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan,

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va

boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi.

Korxona va tashkilotlar aktivlaridan mulkni boshqarish, Tovar-moddiy zaxiralar ishlab

chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatilishi uchun foydalanadi. Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi naf

xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan har xil yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan

aktivdan;

1. Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishda alohida yoki boshqa

aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi;

2. Boshqa aktivlarga almashtirilishi;

3. Majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi;

4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning egalari o’rtasida taqsimlanishi mumkin.

Aktivlar binolar, inshooatlar va uskunalar singari fizik shaklga ega. Biroq, fizik shakl

aktivning mavjud bo’lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar, va mualliflik huquqlari aktiv

hisoblanadi, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf

olishni kutayotgan bo’lsa.

Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlarni va mulk yuridik huquqlar, shu jumladan egalik

huquqi bilan bog’liq. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi.

1

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son qarori yangi tahririga asosan

“O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g’risidagi”

1

gi qonunning 7-moddasi


background image


231

Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt ana

shu mulkdan olinishi kerak bo’lgan foydani nazorat qilsa.

Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o’rtasida uzviy aloqa mavjud,

ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo’yicha to’g’ri kelmaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt

tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar kelgusi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin

aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi ob’ektni

aktiv deb hisoblash uchun asos bo’lmaydi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tekinga berilgan

ob’ektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi asosli malumotlarga tayangan holda biz xo’jalik

yurituvchi sub’ektlar va budjet tizimi avvalo aktivlardan tashkil topishini ayta olamiz. Aktivlardan

oqilona va qonun doirasida foydalanish lozimligini barcha buxgalterlarga maslahat beramiz.

Ushbu tezisni yozilishidan maqsad esa Buxgalteriya hisobida aktivlarning qanchalik o`rni

ahamiyati mavjud ekanligini ko‘rsatib berish.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami

2.

26.07.1998y 17-07/86-son Toshkent-2022-y

3.

“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonun (30.08.1996 yildagi 279-son bilan 13.04.2016

yildagi OʻRQ-404-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri).

4.

Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020.

400 b.

5.

http://www.lex.uz-O`zbekiston

Respublikasi qonunlari bazasi sayti

References

O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami 26.07.1998y 17-07/86-son Toshkent-2022-y

“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonun (30.08.1996 yildagi 279-son bilan 13.04.2016 yildagi OʻRQ-404-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri).

Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. 400 b.

http://www.lex.uz-O`zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов