ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
901
XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING KREDITGA LOYOQATLILIK
TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘li
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi.
ORCID: 0009-0003-5890-3982
https://doi.org/10.5281/zenodo.15212072
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini
baholash usullari tahlil qilinadi. Moliyaviy koeffitsiyentlar asosida kreditga layoqatlilikni
aniqlash me’yorlari va ularni hisoblash tartibi ko‘rib chiqiladi, hamda kreditga layoqatliligini
tahlil etishning tashkiliy, uslubiy va amaliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim taklif,
tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
kreditga layoqatliligini baholash, moliyaviy koeffitsiyentlar, likvidlilik,
balansi likvidligi, mablag‘lar aylanuvchanligi, moliyaviy barqarorlik.
ANALYSIS AND IMPROVEMENT OF CREDITWORTHINESS OF BUSINESS
ENTITIES
Abstract.
This article analyzes the methods for assessing the creditworthiness of
economic entities. It examines the standards for determining creditworthiness based on financial
coefficients and the procedure for their calculation, as well as aims to develop important
proposals and recommendations for improving the organizational, methodological, and
practical aspects of creditworthiness analysis.
Keywords:
creditworthiness assessment, financial coefficients, liquidity, balance
liquidity, asset turnover, financial stability.
АНАЛИЗ И ПОВЫШЕНИЕ КРЕДИТОСПОСОБНОСТИ СУБЪЕКТОВ
ХОЗЯЙСТВОВАНИЯ
Аннотация.
В
данной
статье
анализируются
методы
оценки
кредитоспособности хозяйствующих субъектов. Рассматриваются нормы определения
кредитоспособности на основе финансовых коэффициентов и порядок их расчета, а
также формулируются важные предложения и рекомендации по совершенствованию
организационных, методических и практических аспектов анализа кредитоспособности.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
902
Ключевые слова:
оценка кредитоспособности, финансовые коэффициенты,
ликвидность,
ликвидность
баланса,
оборачиваемость
средств,
финансовая
устойчивость.
Kirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, diversifikatsiyalash, integratsion jarayonlarning kuchayishi
moliyaviy munosabatlarning shunday bir murakkab tuzilmasiga zaruriyatni kuchaytirmoqdaki,
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari doimo kredit va qarz mablag‘lariga zaruriyat sezmoqdalar.
Jahon tajribasidan bugungi kunda jalb qilingan qarz kapitali hajmi dunyo yalpi ichki
mahsulotiga nisbatan bir necha bor o‘sganligini ko‘rish mumkin. Bu borada, kredit resurslarini
jalb etishda, uning eng muhim ijrochilari bo‘lgan banklarning roli tobora oshib bormoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlariga qarz kapitalini jalb etish va ulardan samarali
foydalanishni yo‘lga qo‘yish bugun juda aktual va dolzarb masala sifatida o‘rtaga chiqmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kreditga layoqatliligini tahlil qilish moliyaviy
munosabatlar tizimini to‘g‘ri boshqarish imkoniyati yaratadi.
Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil etishda eng muhim jihatlar Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning joriy va istiqboldagi moliyaviy, iqtisodiy imkoniyatlariga qaratiladi. Lekin
bugungi kunda ularning mavjud potensiali yetarli darajada deb bo‘lmaydi.
Shu sababli O‘zbekiston iqtisodiyotiga xos bo‘lgan muhim jihat Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab quvvatlashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda qarz kapitaliga oid moliyaviy munosabatlarni tubdan yangi tizimini shakllantirish talab
etiladi.
Bu esa o‘z navbatida tanlangan mavzuning g‘oyatda dolzarb ekanligini xarakterlaydi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
Iqtisodchi olimlar kreditga layoqatlilik tushunchasiga turlicha talqin berishgan.
Zamonaviy iqtisodchi olimlar kreditga layoqatlilik tushunchasiga turlicha ta’riflar
berishda ko‘proq uning moliyaviy jihatiga katta ahamiyat qaratishadi.
Rossiyalik olim Tavasiyev А.М.: “kreditga layoqatlilik deganda – qarzdorning o‘z
vaqtida va to‘liq kredit summasini (asosiy qarz va foizi) to‘lashga qodirligi va tayyorligi”
tushuniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
903
Yanishevskaya V.M. tomonidan “kredit to‘loviga layoqatlilik – bu bank tomonidan
mijozga kredit ajratish mumkinligi va uning maqsadga muofiqligi nuqtai nazaridan mijozning
kredit va uning foizlarini kelajakda o‘z vaqtida qaytara olish imkoniyati” deb ta’rif beriladi.
Rus olimi professor Lavrushin O.I. tomonidan kreditga layoqatlilik deganda, qarzdorni
o‘z qarz majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida (asosiy qarz va foiz) to‘lay olish qobiliyati deb
tarif beriladi.
Banklar tomonidan kreditga layoqatlilik deganda – mijozning kredit summasini o‘z
vaqtida va to‘liq qaytara olish qobiliyati tushuniladi.
Kreditga layoqatlilikka Respublikamiz iqtisodchi olimlari Abdullaev Y. va boshqalar
tomonidan mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy
qarzini va uni foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytarish qobiliyati tushuniladi
1
deb e’tirof etiladi
.
Professor Pardayev M.Q.tomonidan ham keltiriladi. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining
kreditga layoqatliligi deganda uning kredit olish va o‘z vaqtida olingan kreditni to‘liq qaytarish
qobiliyati tushuniladi”
2
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditga layoqatlilik tushunchasiga Kreditga layoqatlilik
– bu kredit oluvchining majburiyat sifatida qayd etilgan asosiy qarz va foizlarni o‘z vaqtida va
to‘liq qaytara olish qobilyati tushuniladi deb umumiy ta’rif berish mumkin.
Kreditga layoqatlilik to‘lovga qobillikdan farq qiladi. To‘lovga qobillik umumiy ma’noda
kreditga layoqatlik aniq, ya’ni faqat kredit olish yuzasidan qobidirlikka nisbatan ishlatiladigan
tushunchadir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlari asosida
uning kreditga layoqatliligiga baho berish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kreditga layoqatliligini baholashda dastlab Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarining moliyaviy (likvidlilik, balansi likvidligi, mablag‘lar aylanuvchanligi,
moliyaviy barqarorlik, samaradorlik ko‘rsatkichlari) va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarini (biznes
obro‘si, kredit tarixi, boshqaruv samaradorligi va boshqalar) tahlil qilinishi zarur.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy ahvolini to‘liq ochib
bera oladi.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
1
Y.Аbdullаvеv, Е.Коrаliеv, Sh.Tоshmurоdоv, S.Аbdullаevа “Bаnк ishi” T.: Iqtisоd –mоliya, 2009, 354 bеt
2
Pаrdаyеv M.Q., Isrоilоv B. Mоliyaviy tаhlil T.: Iqtisоdiyot vа huquq dunyosi. 1999 y.219-bеt
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
904
Tadbirkorlik subyektlarini kreditga layoqatliligining unsurlari
1-jadval
Likvidlilik ko‘rsatkichlari orqali tadbirkorlik subyektlarining yaqin kelajakda yuzaga
keladigan moliyaviy majburiyatlarni qoplay olish darajasi baholanadi. Balans likvidligi
tadbirkorlik subyektlari majburiyatlarini uning aktivlari bilan qoplash darajasi sifatida
ta’riflanadi, ularning pul shakliga o‘tish muddatlari majburiyatlarni qaytarish muddatlariga mos
keladi
3
.
Likvidlilik koeffisienti pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar, debitorlik qarzlari
va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar ayirmasining joriy mabjuriyatlarga nisbati sifatida
hisoblanadi.
Balans liklidligi tahlilida buxgalteriya balansi aktiv moddalarini likvidliligiga ko‘ra,
passiv moddalarini qaytarish muddatlariga ko‘ra guruhlarga ajratish orqali o‘zaro farqlashni
ifoda etadi.
Aylanma
mablag‘lar
aylanuvchanligi
tadbirkorlik
subyektlari
faoliyatining
samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u asosida biznesni boshqarishda resurslar
cheklanganligi va ulardan unumli foydalanish darajasi tahlil qilinadi va uning muhim
yo‘nalishlari belgilanadi.
3
Sagdillayeva Z, Choriyev I, Mahmudov A, Yuldasheva U. Iqtisodiy tahlil. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.:
Iqtisod-Moliya, 2018.-168-169 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
905
Moliyaviy barqarorlik tadbirkorlik subyektlarining aktivlari holati va tarkibi, ularning
manbalar bilan ta’minlanganligi bilan tavsiflanadi. U tijorat hamkori sifatida tadbirkorlik
subyektlari ishonchligining asosiy mezoni hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib tadbirkorlik subyektlarining
moliyaviy va ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Moliyaviy barqarorlik tadbirkorlik
subyektlari faoliyatining butun jarayonini belgilab beruvchi eng muhim dastak va shart
hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot ishimizni yoritishda analiz, sintez, deduksiya va induksiya usullaridan
foydalanildi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari tahlil
qilinib, moliyaviy koeffitsiyentlar asosida kreditga layoqatlilikni aniqlash me’yorlari va ularni
hisoblash tartibi o‘rganildi. Ma’lumotlarni tahlil qilish orqali kengroq qilib yoritib berishga
harakat qilindi. Natijada muammolar aniqlanib, muammolarga tegishli ilmiy asoslangan takliflar
berildi.
Tahlil va natijalar
Tadbirkorlik subyektlari kreditga layoqatliligini tahlil qilishning normativ talablari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tijorat banklari
tomonidan tuzib chiqiladi. Qarz munosabatlarini rasmiy jihatlarida, barcha holatlarda kreditga
layoqatlik tahlili yuzasidan bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar talab etiladi. Xalqaro
amaliyotda kreditlar va qarzlarni uzoq, urta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Milliy
amaliyotda esa ularni shartli ravishda uzoq va qisqa muddatli guruxga tarkiblash tartibi
belgilangan.
Tahlil mazmunini tadbirkorlik subyektlarining kredit, qarz mablag‘larini jalb etishi
yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil etish orqali pul mablag‘larini
ko‘paytirish imkniyatlarini retrospektiv tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Tadbirkorlik subyektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov qobiliyatini
o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar tadbirkorlik subyektlarining kreditga
layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish
orqali o‘z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga harakat qiladilar.
Mijozlar esa o‘zlarining moliyalashtirish masalalarini ijobiy ha qiladilar.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish lozim:
1.Qarz beruvchi tomonidan kreditga layoqatlilik baholash;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
906
2. Qarz oluvchi tomonidan kreditga layoqatlilikni baholash.
Kreditga
layoqatlilik
tahlilining
tartib-qoidalaridan
kelib
chiqib,
tadbirkorlik
subyektlarining kreditga layoqatliligi tahlili quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar: yuridik hujjatlar;
moliyaviy hisobot; biznes reja ma’lumotlari (olingan kredit yuzasidan); qisqa va uzoq muddatli
rivojlanish strategiyasi (tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan) asosida kreditga
layoqatlilikni tahlil etish va baholash.
Bank tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar qatoriga mijozlarning kredit tarixi,
tadbirkorlik subyektlarining bozordagi obro‘si, kredit maqsadi, shuningdek boshqa qo‘shimcha
ma’lumotlar asosida kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilish.
Tadbirkorlik subyektlari kreditga layoqatliligini baholashda o‘rganiladigan muhim
ko‘rsatkichlar va ularning kompleks tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
tadbirkorlik subyektlari likvidlilik ko‘rsatkichlari va balans likvidliligini tahlili;
-
tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari aylanishining tahlili;
-
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlili;
-
moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining tahlili;
-
kreditga layoqatlilikni ballik baholash.
Balans likvidliligi tahlili tadbirkorlik subyektlarining kreditga layoqatliligini tahlilida
muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Balans likvidliligi tadbirkorlik subyektlarining muddatli
majburiyatlarini tegishli aktivlar bilan qoplay olish qobiliyatini bildiradi.
Buxgalteriya balansi likvidliligi aktivlarning pulga aylanish tezligini anglatib, ularning
majburiyatlarga yo‘naltirish orqali moliyaviy holatni baholashni anglatadi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil etishda buxgalteriya balansi aktivi va passivi
moddalarini likvidligi bo‘yicha tahlili
4
2-jadval
Aktiv moddalar tarkiblanishi
Passiv moddalar tarkiblanishi
№
Tarkib
Db
Do
№
Tarkib
Db
Do
A1
Doimiy
harakatdagi
aktivlar
144706
314574.5
P1
To‘lov muddati
kelgan
majburiyatlar
381037 946884
A2
Tez pulga
aylanadigan
251694
783021
P2
Qisqa muddatli
majburiyatlar
7396.5
4439
4
Raximоv M., Kalandarova N. Mоliyaviy tahlil. Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2019.-724b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
907
aktivlar
A3
Sekin pulga
aylanadigan
aktivlar
109281
0.5
4744249.5
P3
Uzoq muddatli
majburiyatlar
233774
5
612500
5
A4
Qiyin pulga
aylanadigan
aktivlar
510986
5.5
6296599.5
P4
Doimiy
passivlar
387289
7
506211
6
Jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, tadbirkorlik subyektining aktivlari
kapital va majburiyatlar bilan bog‘langanda quyidagi natijalar qayd etilgan. A1 ning summasi P1
ning summasidandan bir necha baravar kichik hisoblanadi.
A2 ning summasi P2 ning summasidan bir necha baravar yuqori hisoblanadi. A3 ning
summasi P3 nisbatan bir necha baravavar kichikligi kuzatiladi. A4 ning summasida ham P4 ga
nisbatan kichiklik darajasini ko‘rish mumkin.
Uning qiymat ifodasini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rib o‘tish mumkin
Bunda A1-Pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar(kassa, hisob-kitob schetidagi
pul mablag‘lari, valyuta mablag‘lari, likvid aktivlarning qisqa muddat qo‘yilma shaklidagi
turlari);
A2-Debitorlik majburiyatlari (12 oy davomida pulga aylanuvchi qarz majburiyatlari);
A3-Ishlab chiqarish zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlar (12 oydan
oshuvchi debitorlik majburiyatlari);
A4-Uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar,
uzoq muddatli investitsiyalar va h.k.)
Balans likvidligi yuzasidan quyidagi shartlarga amal qilish normasi belgilangan, ya’ni:
A1 > P1; A2 > P2; A3 > P3; A4 < P4 (5)
5
Balans likvidligi bo‘yicha bank amaliyotida joriy, tez va mutlaq likvidlilik
ko‘rsatkichlari aniqlanadi va davriy baholanadi.
Doimiy harakatdagi aktivlar va ularning o‘zgarishlari
3-jadval
№
Tarkib
Db
Do
Farqi +,-
O‘sishi,%
A1 Doimiy harakatdagi aktivlar
144706
314574.5
169869.5
109
5
Raximоv M., Kalandarova N. Mоliyaviy tahlil. Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2019.-724b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
908
P1 To‘lov muddati kelgan majburiyatlar
381037.5
946884
565846.5
124.2
Mablag‘larning
ortiqchaligi,
yetishmovchiligi(A1-P1)
-236331.5
-
632309.5
-395977
133.85
Xulosa: doimiy harakatdagi aktivlarning to‘lov muddati kelgan majburiyatlarni qoplashga
yetishmovchiligi kuzatilgan. Davr boshidagi yyetishmovchilik 632309.5 ming so‘mni, davr
oxiriga kelib 395977 ming so‘mni tashkil etgan.
4-jadval
Tez pulga aylanadigan aktivlar va ularning o‘zgarishlari
6
№
Tarkib
Db
Do
Farqi
O‘sishi
A2
Tez pulga aylanadigan
aktivlar
251694
783021
531327
155.65
P2
Qisqa muddatli
majburiyatlar
7396.5
4439
2957.5
30
Mablag‘lar ortiqchaligi,
yetishmovchiligi(A2-P2)
244297.5
778582
534284.5
159.35
Xulosa: tez pulga aylanadigan aktivlar (debitorlik majburiyatlari)ning qiqsa muddatli
majburiyatlar (qisa muddatli kreditlar va qarzlar)ni qoplashga yetarligi ta’minlangan. Davr
boshidagi ortiqchalik 778582 ming so‘mni, davr oxiridagi holat 534284.5 ming so‘mni tashkil
etgan.
5-jadval
Sekin pulga aylanadigan aktivlar va ularning o‘zgarishlari
№
Tarkib
Db
Do
Farqi
O‘sishi
A3
Sekin
pulga
aylanadigan
aktivlar
1092810.5
4744250
3651439
167.05
P3 Uzoq muddatli majburiyatlar
2337745
6125005
3787260
81
Mablag‘lar
ortiqchaligi,
yetishmovchiligi (A3-P3)
-
1244934.5
-
1380755.5
135821
55.45
Xulosa: sekin pulga aylanadigan aktivlar (tovar moddiy zaxiralar)ning uzoq muddatli
majburiyatlar (uzoq muddatli kreditlar va qarzlar)ni qoplashga davr boshida (-1244934.5 ming
so‘m) va davr oxirida (-1380755.5 ming so‘m) etishmovchiligi kuzatilgan.
6
Raximоv M., Kalandarova N. Mоliyaviy tahlil. Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2019.-724b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
909
6-jadval
Qiyin pulga aylanadigan aktivlar va ularning o‘zgarishlari
№
Tarkib
Db
Do
Farqi
O‘sishi
A4
Qiyin pulga aylanadigan aktivlar
5109865.5
6296600
1186734
61.6
P4
Doimiy passivlar
3872897
5062117
1189220
65.35
Mablag‘lar manbasining
ortiqchaligi, yetishmovchiligi (P4-
A4)
1236968.5
-1234483
2485.5
49.9
Xulosa: qiyin pulga aylanadigan aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) summasidan doimiy
passivlar (o‘z mablag‘lari manbaasi) o‘rtasidagi farqlanish, davr boshida 1236968.5 ming
so‘mni, davr oxirida – 1234483 ming so‘mni tashkil qilgan.
Kreditga layoqatlilikni tahlil etishning keyingi muhim qatori bu aktivlarning aylanish
darajasiga baho berishga ya’ni, tadbirkorlik subyektlarining ish aktivligini o‘rganishga qaratiladi.
Aylanish ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘laridan foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Tadbirkorlik subyektlari aktivlarining har bir turlari bo‘yicha
aylanish turlari yuqori bo‘lsa, shunga mos ravishda kreditga layoqatliligi va ulardan foydalanish
samaradorligi ham yuqori bo‘ladi.
Taklif va xulosalar
Ilmiy izlanishlar natijasida kreditga layoqatlilik tushunchasiga doir iqtisodiy
adabiyotlardagi turli qarashlar chuqur o‘rganilib, quyidagicha ta’rif berildi: bu tadbirkorlik
subyektlarining asosiy qarz va foizlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytara olish hamda iqtisodiy
samara olish qobilyatiga egaligidir. Tadbirkorlik subyektlarining kreditga layoqatliligi tahlili va
uning amaldagi uslubiyotini xorij tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirish tavsiya etiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining kreditga layoqatliligi tahlilida moliyaviy ahvolini
o‘rganishning ko‘rsatkichlar tizimi qayta tarkiblandi: moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan
ko‘rsatkichlarni tarkiblash, joriy (moliyaviy ahvol va undagi o‘zgarishlar, moliyaviy natiajalar,
pul oqimlari va xususiy kapital) va istiqbol (kutilayotgan moliyaviy ahvol, kutilayotgan
moliyaviy natija, kutilayotgan pul tushumlari va kapital hajmi) ko‘rsatkichlarini tarkiblash.
Tadbirkorlik subyektlari kreditga layoqatliligini tahlil etishning maxsus dasturlarini tuzib
chiqish va ularning mobilligini ta’minlash. Pul oqimi baholash bilan mijozning kredit to‘loviga
layoqatliligini aniqlash asosiy me’zon hisoblanadi. Kredit pul bilan to‘lanadi. Shuning uchun
korxonada pul mablag`i o‘z vaqtida to‘lov uchun yetarli hamda tayyor bo‘lishi shart. Pul oqimi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
910
kirim va chiqimdan iborat harakat bo‘lgani uchun u doimo o‘zgarib turadi. Biroq, o‘zgarish
qanday bo‘lishidan qatiy nazar korxonada kredit va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun
yetarli bo‘lgan pul mablag`i bo‘lishi shart.
Qisqa muddatda to‘lov imkoniyatining mavjudligini baholash. (Buxgalteriya balansi
asosida) Qisqa muddat odatda bir oy, yani o‘ttiz kunni o‘z ichiga oladi. Bunda buxgalteriya
balansida mavjud bo‘lgan pul mablag`larini (bunda buxgalteriya balansida mavjud bo‘lgan pul
mablag`larini bo‘lishi mumkin ,pulga tenglashtirilgan aktivlar ham birgalikda) joriy
majburiyatlar joriy qiymatiga taqqoslagan holda o‘rganiladi.
REFERENCES
1.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida 2019-yil 5-noyabr.
2.
Y.Аbdullаvеv, Е.Коrаliеv, Sh.Tоshmurоdоv, S.Аbdullаevа “Bаnк ishi” T.: Iqtisоd –
mоliya, 2009, 354 bеt
3.
Pаrdаyеv M.Q., Isrоilоv B. Mоliyaviy tаhlil T.: Iqtisоdiyot vа huquq dunyosi. 1999
y.219-bеt
4.
Sagdillayeva Z, Choriyev I, Mahmudov A, Yuldasheva U. Iqtisodiy tahlil. Kasb-hunar
kollejlari uchun darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2018.-168-169 b.
5.
Raximоv M., Kalandarova N. Mоliyaviy tahlil. Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2019.-724b.
6.
Abdullaeva Sh. Kreditlashda skoringni qo‘llash amaliyoti. “Xalqaro moliya va hisob”
ilmiy elektron jurnal.-Toshkent, 2017 yil 1-soni, 11 bet.
7.
Sattorov M. Qarz oluvchilarning moliyaviy holatini skoring usulida baholash. “Bozor, pul
va kredit” ilmiy-amaliy jurnal.-Toshkent, 2015 yil 4-soni, 34 bet.
8.
Зайко А.Г. Коэффициентный анализ денежных потоков предприятия нергетического
машиностроения
//
Интернет-журнал
“Науковедение”Том9,№2
(2017)
http://naukovedenie.ru/PDF/04EVN217.pdf
9.
www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.
10.
www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
11.
www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti.
12.
www.sbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
