EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF OYBEK'S BOOK "CHILDHOOD MEMORIES"

HAC
Google Scholar
To share
Tillayev, T., & Nurullayeva, S. . (2024). EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF OYBEK’S BOOK "CHILDHOOD MEMORIES". Modern Science and Research, 3(2), 622–624. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29425
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the world, there are many very mature and rare works in terms of spiritual, educational, and educational aspects. Including the works of our great writer Musa Tashmuhammad son Oybek in this regard, besides being highly spiritual, their educational value is also unlimited. We want to show the important role of the book "My childhood memories" in the education of our youth.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

OYBEKNING “BOLALIK XOTIRALARIM” KITOBINING TARBIYAVIY

AHAMIYATI

Tolmasbek Tillayev

Ilmiy rahbar.

Sabina Nurullayeva

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10667129

Annotatsiya

. Dunyoda ma’naviy va marifiy hamda tarbiyaviy jihatdan o`ta yetuk va nodir

asarlar talaygina. Shu jumladan buyuk adibimiz Muso Toshmuhammad o`g`li Oybekning ham bu
borada asarlari yuksak ma’naviyat bo`lishi bilan bir qatorda tarbiyaviy ahamiyati ham cheksizdir.
Biz tadqiq qilgan “Bolalik xotiralarim” kitobining ham yoshlarimiz tarbiyasida tutgan muhim
rolini ko`rsatib o`tmoqchimiz.!

Kalit so`zlar:

“Bolalik xotiralarim”, Turgʻun, Aʼzam, Qodir, Hoji,

Musavoy.

EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF OYBEK'S BOOK "CHILDHOOD

MEMORIES"

Abstract.

In the world, there are many very mature and rare works in terms of spiritual,

educational, and educational aspects. Including the works of our great writer Musa
Tashmuhammad son Oybek in this regard, besides being highly spiritual, their educational value
is also unlimited. We want to show the important role of the book "My childhood memories" in the
education of our youth.

Keywords:

"My childhood memories", Turgun, Azam, Kadir, Haji, Musavoi.

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ КНИГИ ОЙБЕКА «ВОСПОМИНАНИЯ

ДЕТСТВА»

Аннотация

. В мире существует множество очень зрелых и редких произведений с

точки зрения духовного, просветительского и просветительского аспектов. В том числе
и произведения нашего великого писателя Мусы Ташмухаммада сына Ойбека в этом плане,
помимо того, что они высокодуховны, их просветительская ценность также безгранична.
Мы хотим показать важную роль книги «Воспоминания моего детства» в воспитании
нашей молодежи.

Ключевые слова

: «Воспоминания моего детства», Тургун, Азам, Кадир, Хаджи,

Мусавой


XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir,

olim, jamoat arbobi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘lili Oybekning
o‘zbek xalqining milliyligi, o‘ziga xos mentaliteti hamda yoshlarning ma’naviy barkamol bo‘lishi
va komil inson darajada tarbiya topishida yuksak darajada xizmat qiladigan nodir asarlari mavjud
bo‘lib, ulardan biri uning “Bolalik xotiralarim” asaridir.[1]

Oybekning “Bolalik xotiralarim” qissasi avtobiografik xarakterda boʻlib, uning bosh

qahramoni – Musavoy, yaʼni boʻlajak adibning oʻzidir. Qissa bola tilidan hikoya qilinadi. Undagi
voqealar Oybekning bolalik xotiralaridir, lekin muallif faqat xotiralar bilan cheklanib qolmasdan,
oʻsha davrning yirik voqealarini ham tasvirlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

Qissa voqealari XX asrning 10-yillarida kechadi. Bu davr adibning ayni bolalik davridir.

Adabiyotshunos Abdug'afur Rasulovning taʼkidlashicha, Oybek davrlarni yaxshi eslaydi.
Aniqrogʻi, XX asrning 10-yillari voqeligi odamlari Oybek ijodining oʻq ildizidan birini belgilaydi.
U “Bobom”, “Bolalik xotiralarim”, “Baxtigul va Sogʻindiq”, “Ulugʻ yoʻl” asarlarida shu davrni
tasvirlaydi. Demoqchimizki, Oybek ijodini oʻrganganda biografik metodni zinhor unutmaslik
kerak. [2]

Oybekning “Bolalik xotiralarim” qissasi estetik janrda yozilgan. Asarda bosh

qahramonning biografiyasi xalq hayoti davr hodisalari ijtimoiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq
holda tasvirlangan. Qissada bosh qahramon Musavoyning biografiyasini hikoya qilish orqali o‘sha
yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy manzarasi chizilgan. Qissa o‘z uslubining mayinligi
lirizmga boyligi, voqealar mantig‘ining kuchliligi va izchilligi, obrazlarning aniqligi, qissa tilining
ravon va jozibadorligi bilan kitobxonlarga manzur bo‘ladi.

Oybek bu qissani yozish bilan birga o‘zining bolalar dunyosini, kichkintoylar

psixologiyasini qanchalik chuqur bilishini namoyish etadi. Chunki bu asarda bolalar xarakteri va
psixologiyasining turli xil, hatto ba’zan ko‘z ilg‘mas darajada nozik bo‘lgan murakkab tomonlari
ham mohirlik bilan ochib berilgan.

Oybekning “Qutlug‘ qon” romani voqealari bilan “Bolalik xotiralarim” qissasi voqealari

bir-biriga o‘xshaydi. Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo‘shjonov ta’kidlaganidek: “Tarixdan
ma’no izlashni Oybek umrining oxirigacha davom qildirdi. U o‘zining “Bolalik xotiralarim”
qissasida temirchi Jo‘ra, Tursunlar va Yo‘lchilar davriga murojaat qiladi. Bolalikda temirchi
jo‘rani eslatadigan kosib va hunarmandlar obrazini yaratdi.”

“Bolalik xotiralarim” qissasida Turgʻun, Aʼzam, Ahmad, Qodir, Hoji, Sobir kabi

Musavoyning tengqurlari va oʻrtoqlarining obrazlari ham berilgan. Ularning har biri oʻz shaxsiy
qiyofalariga ega. Qodir koʻrinishdan moʻmin-qobilga oʻxshab tuyulsa-da, ammo jahldor. Ahmad
oshiqboz, tentakroq, Hoji mardikorning oʻgʻli quvgina, Sobir kichkina boʻlsa ham pishiqqina.

Ularning turmush tarzi turlicha. Kattaroq bolalar oshiq, chillak oʻynaydilar, kichik bolalar

esa tol novdalaridan ot qilib minadilar. Bu borada Turgʻun obrazi feʼl-atvoridagi sergaplik,
toqatsizlik, shartakilik bilan birmuncha ajralib turadi.

Oybek oʻsha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirida ham maʼlum darajada aks

etganligini mahorat bilan tasvirlaydi. Ushbu go`zal asari bila keng kitobxonlar qalbini zabt etgan
adib nafaqat katta yoshli kitobxonlar balki beg‘ubor bolalar qalbini ham ushbu betakror durdonasi
bilan zabt etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu asarda butun dunyo bolalarining beg‘uborligi, o‘zbek xalqining bolalari turmush

tarzi, ularning kechinmalari hamda bolalarimiz milliy o`yinlar haqida ham batafsil so`z
yuritiladi.[3]

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki “Bolalik xotiralarim” qissasi XX asrdagi eng

chiroyli asarlardan biridir. U o‘sha davrning kamtarin va achinarli qishloq hayoti-yu bolalarning
quvnoqligi, ularning turmush tarzi-yu, kundalik hayoti, o‘zbek bolalarining milliy o‘yinlari haqida
ham batafsil so`z yuritilgan. Shu bilan birga ota-onalarning bolalar hayotidagi o‘rni ham chiroyli
tarzda yoritib berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

REFERENCES

1. https://kitoblardunyosi.uz/oybek-bolalik-xotiralarim
2. Muso Toshmuhammad o‘g‘li. "Bolalik" (qissa). Toshkent. 1969.
3.https://malumot.ru/muso-toshmuhammad-o%CA%BBg%CA%BBli-oybek/

References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов