UZBEKISTAN AND FOREIGN EXPERIENCE IN PROVIDING THE RIGHT TO PRIVACY

HAC
Google Scholar

Abstract

This article analyzes the guarantees of a person's right to privacy in the legislation of the Republic of Uzbekistan. Foreign experiences related to this right have also been studied.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1197

SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQINI TA’MINLASH BORASIDA O‘ZBEKISTON VA

XORIJ TAJRIBASI

Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

Telefon: +998(93) 506 22 06.

22hamza06@mail.ru

Ravshanova Oyshabonu Salom qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

Telefon: +998(94) 251 66 55.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10712602

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida insonning shaxsiy

daxlsizlik huquqi kafolatlari tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur huquq bilan bog‘liq xorijiy
tajribalar o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Shaxsiy hayot,

oilaviy sir,

fuqarolik, siyosiy huquqlar, jazoni ijro etish tizimi,

jismoniy tazyiq, majburiy jamoat ishlari, sud-tergov faoliyati, ma’muriy jazo, majburiy jamoat
ishlari, axloq tuzatish ishlari.

UZBEKISTAN AND FOREIGN EXPERIENCE IN PROVIDING THE RIGHT TO

PRIVACY

Abstract.

This article analyzes the guarantees of a person's right to privacy in the

legislation of the Republic of Uzbekistan. Foreign experiences related to this right have also been
studied.

Keywords:

Personal life, family secrets, citizenship, political rights, penal system, physical

harassment, compulsory community service, judicial investigation activities, administrative
punishment, compulsory community service, correctional work.

УЗБЕКИСТАН И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРАВА НА

КОНФИДЕНЦИАЛЬНОСТЬ

Аннотация.

В данной статье анализируются гарантии права человека на

неприкосновенность частной жизни в законодательстве Республики Узбекистан.
Изучался также зарубежный опыт, связанный с этим правом.

Ключевые слова:

Личная жизнь, семейная тайна, гражданство, политические

права, уголовно-исполнительная система, физическое притеснение, обязательные
общественные работы, судебно-следственная деятельность, административное
наказание, обязательные общественные работы, исправительные работы.

Shaxsiy hayot – jismoniy shaxsning o‘zi tomonidan olib boriladigan, tashqi ta’sirdan xoli

bo‘lgan uning jismoniy va ruhiy hayotidir. Shuningdek, shaxsiy hayot bu oilaviy, maishiy muloqot
muhiti, diniy munosabati, ishdan xoli mashg‘uloti, shaxsiy qiziqishlari va shu doiradagi
chegaralangan muhitlar bo‘lib, shaxs bular haqida ma’lumotlar oshkor etilmasligini talab qilishi
mumkin.

Misol uchun, shaxsiy hamda oilaviy sir sifatida farzandlikka olish sirini, er-xotinning

o‘zaro hayoti, shuningdek, boshqa shaxslar bilan yashirin munosabatlari hatto ishqiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1198

munosabatlari ham

shaxsning o‘z roziligisiz

oshkor qilinmasligi

bo‘yicha

qonunchilikda belgilab

qo‘yilgan normalar mavjud.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari

umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasida har kim shaxsiy daxlsizlik huquq ega ekanligi,
shuningdek, 12-moddasida hech kimning shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish
mumkin emasligi, shuningdek, har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun
orqali himoya qilinish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Bundan tashqari, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt”ning 17-

moddasida quyidagicha belgilangan: “Hech kim o‘zining shaxsiy va oilaviy hayotiga
o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashishga, o‘zining uy-joyi yoki yozishmalari siri
daxlsizligiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va
sha’niga noqonuniy tajovuz qilinishiga duchor etilishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday
aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega”.

Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro

majburiyatlarini tashkillashtirishni takomillashtirish boʻyicha izchil va bosqichma-bosqich,
xususan, qiynoqlarning oldini olish uchun zarur tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda BMTning Qiynoqlarga qarshi

konvensiyasiga qoʻshilishi davlatning inson huquqlari va erkinliklarining umumeʼtirof etilgan
qadriyatlariga boʻlgan intilishlarini yana bir bor tasdiqladi. Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning
huquqlariga rioya qilish boʻyicha bir qator xalqaro standartlarni tan olish, davlat jazoni ijro etish
tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalariga eʼtiborini yanada kuchaytirdi.

Eng avvalo, insonning shaxsiy daxlsizlik huquqi bilan bog‘liq kafolatlari O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida belgilangan bo‘lib, har kim erkinlik va shaxsiy
daxlsizlik huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini

kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sud-huquq sohasini isloh qilishda muhim
hodisa boʻldi.

Farmonga koʻra Oʻzbekistonda jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin

qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz,
gʻayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qoʻllash, jinoyat ishi doirasida
noqonuniy yoʻl bilan olingan har qanday audio va video yozuv hamda boshqa materiallardan dalil
sifatida foydalanish qatʼiyan man qilingan.

Bundan tashqari, 2018-yil 4-aprelda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning

huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi
munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga koʻra qiynoqqa solish va
boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini
qoʻllaganlik uchun masʼuliyat kuchaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shaxsiy daxlsizlik huquqiga putur yetkazganlik

uchun quyidagicha jazo choralari belgilab qo‘yilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1199

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46

1

-moddasiga

ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash
miqdorining

10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

1

Agar shaxs bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida yana

shunday qilmish sodir etsa, bu endi jinoyat

hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141

1

-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy

yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz
qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100
baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

2

Hozirgi kunda internet aloqa vositalaridan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda.
Buning natijasida, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, tijorat sirlarini oshkor qilish, shaxsiy hayotga

o‘zgalarning aralashishi kabi holatlar ko‘p uchrab turibdi. Ayniqsa, mashhur shaxslarning shaxsiy
ma’lumotlariga nisbatan internet josusligi natijasida ular haqida matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda
nomaqbul materiallar paydo bo‘lishi holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, shaxsga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlovga qaratilgan maxsus

operatsion tizimlarda ishlovchi turli ilovalar hamda “niqoblangan” elektron dasturlar
tarqatilmoqda.

Fuqarolarimiz esa fotosuratlar, o‘yinlar, qo‘llanmalar, elektron hujjatlar, elektron xatlar

yoki boshqa fayllar yuklab olishi natijasida shaxsga oid deb qaralayotgan abonentlar kontakt
ro‘yxati, kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlar tarixi, akkauntlarga tegishli parollar, bank hisob raqamlari,
bank kredit yoki debit kartalari ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar dastur muallifiga yashirin
tarzda yuboriladi.

Buning natijasida, shaxsiy ma’lumotlar hisoblanuvchi bank karta raqami, pin-kodini

boshqalarga aytishda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali
yuborilishida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasak, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etilishiga
sababchi bo‘lgan hisoblanamiz.

Shu boisdan ham shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etilishining oldini olish maqsadida

quyidagilarga rioya etilishi maqsadga muvofiqdir:

Birinchidan

, ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsga oid ma’lumotlarni jo‘natmaslik lozim.

Ikkinchidan,

“Serdaromad” ish yoki “xorijdagi meros” kabi taklif qiluvchilardan ehtiyot

bo‘lish kerak.

Uchinchidan,

notanish bo‘lgan shaxslar bilan messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, turli

platformalar orqali muloqot qilishda shaxsiy ma’lumotlar taqdim etmaslik lozim.

To‘rtinchidan,

shubhali fayllar va ilovalarni ochib ko‘rmaslik, noma’lum va shubhali

manbalardan ma’lumotlar yuklab olmaslik va shubhali havolalarni ochib ko‘rmaslik kerak.

1

http://www.lex.uz

2

http://www.lex.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1200

REFERENCES

1.

www.legalcity.uz

2.

www.constitution.uz

.

3.

www.pravacheloveka.uz

.


References

www.legalcity.uz

www.constitution.uz.

www.pravacheloveka.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов