Authors

  • Ozoda Xudoynazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31172

Keywords:

Law and duty legal awareness legal culture legal education education and upbringing discipline legal promotion norms of ethics civil servant lawyers governing bodies state symbols state bodies.

Abstract

This article analyzes the importance of legal upbringing and education in the development of legal consciousness and legal culture in society. Also, some solutions to this issue are given.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

836

“JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI

RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TARBIYA VA TA’LIMNING AHAMIYATI:

MUAMMO VA YECHIMLAR”

Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi.

Telefon: +998(93) 506 22 06.

22hamza06@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002618

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

rivojlantirishda huquqiy tarbiya va ta’limning ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur
masala yuzasidan ba’zi bir yechimlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Huquq va burch, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, ta’lim

va tarbiya, intizom, huquqiy targ‘ibot, odob-axloq normalari, davlat xizmatchisi, huquqshunoslar,
boshqaruv organlari, davlat ramzlari, davlat organlari .

THE IMPORTANCE OF LEGAL EDUCATION AND EDUCATION IN THE

DEVELOPMENT OF LEGAL AWARENESS AND LEGAL CULTURE IN SOCIETY:

PROBLEMS AND SOLUTIONS

Abstract.

This article analyzes the importance of legal upbringing and education in the

development of legal consciousness and legal culture in society. Also, some solutions to this issue
are given.

Keywords:

Law and duty, legal awareness, legal culture, legal education, education and

upbringing, discipline, legal promotion, norms of ethics, civil servant, lawyers, governing bodies,
state symbols, state bodies.

ЗНАЧЕНИЕ ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ

ПРАВОВОГО СОЗНАНИЯ И ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ В ОБЩЕСТВЕ:

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье анализируется значение правового воспитания и

образования в развитии правового сознания и правовой культуры в обществе. Также
приведены некоторые решения данного вопроса.

Ключевые слова:

Закон и долг, правосознание, правовая культура, правовое

воспитание, образование и обучение, дисциплина, правовая пропаганда, нормы этикета,
государственные служащие, юристы, органы управления, государственные символы,
государственные органы.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik,

qanday islohotlar oʻtkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli
boʻlmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul“, ”Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong
va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmogʻi
kerak”, deb aytgan fikrlari, mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy
islohotlarning jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar muhim ekanligini hayotning oʻzi ko‘rsatib
kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

837

Shuningdek, mamlakatimiz Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” tasdiqlangan. Unda quyidagi

masalalar ilgari surilgan:

1) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli

hamda uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, aholining barcha qatlamlariga
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni singdirish, shaxsiy va jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi
muvozanatni saqlash gʻoyalarini targʻib qilish;

2) yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik, odob-axloq tushunchalarini chuqur

singdirib borish, asosiy Qomusimizning muhim jihatlarini bolaligidan boshlab oʻrgatish;

3) aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni

xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarimizni oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil etish, shuningdek,
har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻulari bilan shakllantirish orqali mamlakatga
daxldorlik, vatanparvarlik hissini koʻchaytirish;

4) taʼlim va tarbiya tizimi, maʼnaviyat va maʼrifat bilan bogʻliq barcha muassasalar oʻz

faoliyatlarini sof axloqiy, yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish va omma ongiga singdirish,
eng muhimi fuqarolarning jamiyat hayotining barcha sohalari, xususan, huquqiy masalalar doirasida
ham faolligini yana-da oshirish.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish nafaqat taʼlim muassasalari, balki oiladan

boshlanadi. Ijtimoiy fanlar tizimida huquq fani alohida oʻrin tutadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har
xil aniq vaziyatlarda toʻgʻri yoʻnalish olish, ruxsat etilgan va taqiqlangan narsalar oʻrtasidagi
chegarani topa bilish, oʻz huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yoʻllari va vositalarini
tanlashga oʻrgatadi.

Huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, eʼtiqodlar shakllanishiga, hayotdagi huquqiy

xodisalarni toʻgʻri tushunish, huquqiy talablarga ongli ravishda rioya etish, barcha fuqarolarning
huquq normalariga amal qilish uchun faol kurashishga yordamlashadi.

Huquqiy tarbiya shakllari quyidagilarcha bo’lishi mumkin:
a) huquqiy bilim;
b) huquqiy tashviqot;
v) jamoatchilik tomonidan olib boriladigan ishlar;
g) huquqni himoya qiladigan davlat organlarining ishlari bilan tanishish (tergov, sud

jarayonlarida qatnashish);

d) xalq deputatlarini nomzodlikka tavsiya qilish majlislarida, mahalliy hokimiyatlar

qoshidagi voyaga yetmaganlar komissiyalari ishlarida ishtirok etish.

Huquqiy tarbiyani jamoa o’rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin.
Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi

davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki
huquqshunos uyushmalari tuzilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim
berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish
uyg’otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o’rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan
tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir.

Huquqshunoslar huquqiy tarbiya metodlarini odatda ikki turga bo’ladilar ishontirish va

majburlash. Huquqiy tarbiya metodi-bu bir necha muayyan yo’l va usullar yig’indisi bo’lib, ular


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

838

asosida kishilar ongiga, dunyoqarashiga ta’sir qilinadi. Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda
qonunga hurmat hissi uyg’otiladi va qonunning buzilmasligi ta’minlanadi. Eng asosiy metod bu –
ishontirish metodi. Ishontirish orqali ijobiy natijaga erishilmasa, majburlash metodi qo’llanadi.

Huquqiy tarbiyada bu ikki metodni birga qo’llash ham mumkin.
Huquqiy tarbiyaning ilmiy prinsiplaridan yana biri o’rganilayotgan qonun yoki qarorning

kelib chiqish sabablarini, unga obyektiv zarurat borligini tushuntirib berishdir. Agar
tarbiyalanuvchi qonun, qaror va qoidalarning vujudga kelishi, qabul qilinishi umumiy asoslarini
tushunib olsa, ayniqsa, hozir o’rganilayotgan huquqiy normaning qabul qilinishi sababini bilsa,
uni bajarishga ongli ravishda yondoshadi, o’zida ham huquqiy normaga nisbatan ehtiyoj sezadi.

Tarbiyaga har tomonlama yondoshish. Tarbiyaga har tomonlama yondoshish deb tarbiya

maqsadining shaxs ongida shakllanishiga ko’maklashuvchi omillarni aniqlash, tarbiya shakl va
metodlariga ularga tayanish aytiladi.

Bu vazifalarning zarar darajada amalga oshirilishi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning

o’zaro hamkorligiga bog’liqdir. Ikkala tomonning fikr almashishi, huquqiy tushunchalarga

oydinlik kiritilishi

, yakdillik asosida hayotiy holatining belgilab olinishi tinglovchilar huquqiy

ongiga tegishli o’zgarish kiritadi va uni boyitadi. Masalan, tarbiyachi mehnat qonuniga kiritilgan
o’zgarishlar bilan tinglovchilarni tanishtirmoqchi. Maqsad ularning ongiga yagona qonun
mazmunini aks ettirgan holda mehnat munosabatlarida qonundagi o’zgarishga muvofiq ish ko’ra
olishni tarbiyalashdir. Buning uchun tarbiyachi masalaga keng yondoshib, qonun o’zgarishi
sabablarini dalillar yordamida ko’rsatishi, yangi qonun mohiyatini isbotlashi, uni ijro etish tartibini
o’rgatish, ko’zda tutilgan maqsadni misollar yordamida tushuntirish kerak. Har tamonlama yetuk
shaxsni tarbiyalab yetishtirish maqsadi umumtarbiyaning maqsadi barcha yo’nalishlarini bir-
biriga uyg’unlashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi. Bu bir kishining emas, balki butun
jamoaning burchidir. Huquqiy tarbiya ham bir kishining emas, chunki shaxsni har tomonlama
shakllantirish uchun bir tarbiyachi barcha omillarni bilishga qodir emas. Bir pedagog huquqiy
tarbiyaning bir yoki bir necha yo’nalishigina shaxs ongida shakllantira olishi mumkin. Pedagog
muayyan masala bo’yicha huquqiy tarbiyaga keng yondashishi uchun shu masalaga aloqador
omillarni tanlab olishi, ularni yagona bir mavzuga yig’ishi, misollar yordamida uyg’unlashtirishi
kerak. Masalan, o’quvchida O’zbekiston fuqarolariga sodiqlik burchini tarbiyalashda o’qituvchi-
o’quvchi qanday qonunlarni o’rganishi kerakligini tanlab olishi, fuqarolarga taalluqli misollar
topishi, fuqarolik burchi buzilganda davlat va jamiyat tomonidan quriladigan choralarni belgilashi,
yuridik dalillar to’plashi, so’ngra keng tarbiya mavzularini ishlab chiqishi va shu mavzu bo’yicha
ish olib borilishi kerak. Lekin shuni unutmaslik lozim, huquqiy ongning hatto biror yo’nalishini
shakllantirish uchun ham yuridik omillarning o’zigina kifoya emas.

Yuqoridagi tahliliy fikrlarga tayangan holda, ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan

huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi tavsiyaviy xarakterga ega bo’lgan
takliflarni ilgari surish mumkin:

1. Ta’lim muassasalarining mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqiy

ta’lim samaradorligini oshirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

2. Huquqiy tarbiyani tashkil etish sohasidagi ilg‘or tajribalarni barcha talim tizimida

ommalashtirish, bu sohada respublika, viloyat, shahar, tuman hamda mintaqalar miqyosida
ko‘chma seminar va treninglarni o‘tkazish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

839

3. Respublikadagi ilmiy jurnallarda huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga

yo‘naltirilgan ilmiy-metodik yondashuvlar, tavsiyalar, didaktik materiallarni muntazam chop
ettirishga erishish;

4. Huquqiy tarbiyani shakllantirishda,

uni takomillashtirishda oila

, mahalla va ommaviy-

axborot vositalari o‘zlarining tarbiyaviy sohasidagi vazifalariga mas’uliyat bilan qarashlari kerak.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy

targ‘ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu
jihatdan uzilib qolishi o‘zining salbiy jihatlariga ham ega. Uyushgan tarzda, rejali asosda
o‘tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga o‘tilayotgani bejiz emas
mavzular turkumlari bir martalik ma’ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan
tizimdagi bilimlar majmuyini beradi, huquq me’yorlarini amalda qo‘llanish malakalarini
singdiradi, o‘quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg‘un tarzda o‘tkazilishi mumkin. Shu bilan
birga ayrim suhbatlar, ma’ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi
qonunlarni targ‘ib qilish, paydo bo‘ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo‘lib
hisoblanadi.

Sud, prokrutura, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g‘oyat

muhimdir. Ular har doim o‘smirlarda qiziqish uyg‘otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab
bo‘ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari,
yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni
buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to‘g‘risida axborot
berishadi. Bunday uchrashuvlar “davra suhbati” tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish
vaziyatida ham o‘tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab
qiladi. Maktablar va o‘quv bilim yurtlari uchun tashkil etiladigan tematik kechalar, savollar va
javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishning ta’sirchan shaklidir ularni o‘tkazish
uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog‘laridan
foydalaniladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o‘smirlarning
o‘zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o‘tadi.

REFERENCES

1.

www.lex.uz

.

2.

www.legalcity.uz

3.

www.constitution.uz

.

4.

www.pravacheloveka.uz

.

References

www.lex.uz.

www.legalcity.uz

www.constitution.uz.

www.pravacheloveka.uz.