Authors

  • Nargis Xushvaqtova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.29644

Keywords:

retail banking deposit remote banking services internet banking mobile banking Bank-client online banking.

Abstract

This article examines the importance of retail banking services in banking, the scientific and theoretical foundations of retail banking services, and the practice of their development in advanced foreign practices. Also, based on the importance of information technologies in the development of retail services, the possibilities of their wide use were considered.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1271

TIJORAT BANKLARIDA CHAKANA BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH

ISTIQBOLLARI

Xushvaqtova Nargis Bo’ribayevna

“Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ bosh ofis

Chakana biznes departamenti, bosh mutaxassis.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10726455

Annotatsiya.

Ushbu maqolada chakana bank xizmatlarining bank faoliyatidagi ahamiyati,

chakana bank xizmatlarining ilmiy-nazariy asoslari o’rganib chiqilib, rivojlangan xorij
amaliyotida ularni rivojlantirish amaliyoti o’rganib chiqilgan. Shuningdek, chakana xizmatlarni
rivojlantirishda axborot texnologiyalarining ahamiyatini asoslangan holda, ulardan keng
foydalanish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

riteyl-banking, depozit, masofaviy bank xizmatlari, internetbanking, mobil-

banking, Bank-mijoz, onlayn-banking.

PROSPECTS OF DIGITIZATION OF RETAIL BANKING SERVICES IN

COMMERCIAL BANKS

Abstract.

This article examines the importance of retail banking services in banking, the

scientific and theoretical foundations of retail banking services, and the practice of their
development in advanced foreign practices. Also, based on the importance of information
technologies in the development of retail services, the possibilities of their wide use were
considered.

Keywords:

retail banking, deposit, remote banking services, internet banking, mobile

banking, Bank-client, online banking.

ПЕРСПЕКТИВЫ ЦИФРОВИЗАЦИИ РОЗНИЧНЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ

В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ

Аннотация.

В данной статье исследовано значение розничных банковских услуг в

банковской сфере, научно-теоретические основы розничных банковских услуг, а также
практика их развития в передовой зарубежной практике. Также, исходя из важности
информационных технологий в развитии розничных услуг, были рассмотрены
возможности их широкого использования.

Ключевые слова:

розничный банкинг, депозит, дистанционное банковское

обслуживание, интернет-банкинг, мобильный банкинг, Банк-клиент, интернет-банкинг.


O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirish oldida turgan asosiy vazafalardan biri

bu bank xizmatlari sifatini oshirish, xizmatlar ko’lamini kengaytirish va ularni rivojlangan
davlatlar banklari darajasiga yetkazishdan iborat. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bu borada
zamonaviy bank xizmatlarini rivojlantirishva bank xizmatlarini ommabopligiga alohida e’tibor
qaratish lozim. O’zbekiston Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan qabul qilingan.

“2017–2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha

Harakatlar strategiyasi”da ham “bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining
kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va
ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investision loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik
sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish” vazifasi belgilab berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1272

Darhaqiqat, tijorat banklari xizmatlar bozorining rivoji nafaqat xalq xo’jaligiga kapitalni

taqsimlashga, balki aholiga axborot berish, to’lovlarni tezlashtirish va boshqa bir qancha qulaylik
va imkoniyatlarni yaratib beradi. Shu asosda bizning oldimizda chakana bank xizmatlari sohasida
xorijiy davlatlar tajribasini o’rganish va ushbu tajribaning ijobiy jihatlariniO’zbekiston
banktizimidagi ichki holatdan kelib chiqib joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
hisoblanadi.

Tijorat banklarida chakana xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish, ulargi xorij tajribasini joriy

etish bilan bog’liq muammolar ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan,
Ikramova N.R, Trofimov D.V, Nikonorov V.V, Bekchanov M., Abduraxmanov R, Omonov A.A,
Aliqoriev O. va boshqalar bugungi kunda tijorat banklari tomonidan ko’rsatilayotgan ko’plab
chakana xizmatlarning o’ziga xos jihatlari, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarni tadqiq
etganlar. Xususan, A.S. Goncharuk tomonidan “Chakana bank xizmatlari – bu aholiga tijorat bilan
bog’liq bo’lmagan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlanini qondirish uchun standartlashtirilgan bank
mahsulotlariga asoslangan xizmatdir” degan mualliflik ta’rifi shakllantirildi. Bank xizmatlarini
yo’naltirilish maqsadi va texnologiyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, bizning fikrimizcha,
“Bank chakana xizmatlari bu jismoniy shaxslarning aniq bir bank xizmatlariga bo’lgan shaxsiy
yoki oilaviy ehtiyoj, xohish va talablarini qondirish uchun tijorat banklari tomonidan taklif
etiladigan, tijorat faoliyatiga yo’naltirilmaydigan bank xizmatlari yig’indisidir”.

Chakana xizmatlarga ixtisoslashgan «raqamli» banklar faoliyatini rivojlantirish va o’z

o’rnini ushlab qolish maqsadida banklar Fintech startaplarini moliyalashtirmoqda yoki sotib
olmoqda. Butun dunyoda kuzatilayotgan bu vaziyat yurtimiz banklariga ham o’z ta’sirini
ko’rsatishi shubhasiz. Efma va Infosys Finacle o’tkazgan so’rov va tadqiqotlarda banklar (74%)
2016-2017 yillarda innovatsion loyihalarga investisiyalarni oldingi yillarga nisbatan
ko’paytirganliklarini

ta’kidlaganlar.

69%

banklar

o’zlarining

innovatsion

banklarga

aylanganliklarini ta’kidlashgan va 25% banklar o’z innovatsion faoliyatlarini yuqori darajada, deb
hisoblashgan. Banklarning 40% dan ortig’i startaplar bilan ishlamoqda va 30% banklar
startaplarga sarmoya kiritganini ta’kidlagan.

Innovatsiya va raqamli transformatsiya o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, respondent

banklarning 20%i chakana xizmatlarni ixtisoslashgan «raqamli» banklar faoliyatiga o’tkazgan.

Ushbu banklarning 85%i yangi xizmat va tovarlarni taklif etmoqda va 81%i bank

faoliyatini yangi tizimlar yordamida olib bormoqda. Innovatsiya va raqamli transformatsiyaning
asosi sifatida mijozlarga qaratilgan xizmat va tovarlarni yuqori standartlarda taklif etish 78%
banklarning maqsadi bo’lsa, 74% banklar yangi tizimlarni tatbiq etish, 68% mobil va ijtimoiy
texnologiyalardan unumli foydalanishni maqsad qilishgan.

Chakana xizmatlarda banklarning asosiy raqobatchilari mobil ilova to’lov tizimlari bo’lib,

dunyo banklarining 86%i bu tahdid juda jiddiy ekanligini va bunda banklar oldida faqat ikki yo’l
borligini, birinchisi, Fintech va texnologiya kompaniyalari startaplari bilan hamkorlik qilish,
ikkinchisi, Fintech va texnologiya kompaniyalari tovar va xizmatlarini banklar tomonidan ishlab
chiqish ekanligini ta’kidlashmoqda.

Rivojlangan davlatlar banklari Fintechlarni tinimsiz kuzatib bormoqda. ING Group

(Niderlandiya) rahbari Ralph Hamers ma’lum qilishicha, ING Group bozordagi talab va taklifni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1273

doim o’rganib boradi hamda 45 ta Fintechlar bilan to’lov menejmenti, tizimni rivojlantirish,
mobillashtirish va kreditlashtirishda hamkorlik qiladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy

etilishi mamlakatimiz bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. Respublikamizda
bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangani sari tijorat banklari ham chakana amaliyotlar,
mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlar turini oshirish orqali o’z faoliyatini diversifikatsiyalashga
erishmoqda. Ayni paytda barcha tijorat banklari Internet tarmog’ida o’zlarining websaytlarini
ochib, uni bankning faoliyatiga oid ma’lumotlar, yangi xizmat turlari va shartlari, mijozlar
manfaatiga tegishli axborotlar bilan muntazam boyitib bormoqda.

Mamlakitimizda masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish barcha banklar tomonidan

doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Anu shu choratadbirlar samarasi o’laroq,
2023-yil 1-yanvar holatiga xizmatdan foydalanuvchilar umumiy soni 10 mln dan ortgan. (1-jadval)

1-jadval.

2023-yil 1-yanvar holatiga masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar sonining

banklar o’rtasida taqsimlanishi

Bank

Yuridik

shaxslar va

YaTTlar

Jismoniy

shaxslar

Jami

1

TIF Milliy banki

52 969

1 657 243

1 710 212

2

"O’zbekiston

sanoatqurilish

banki" ATB

31 464

777 366

808 830

3

"Agrobank" ATB

96 250

1 343 740

1 439 990

4

"Ipoteka-bank" ATIB

98 400

870 055

968 455

5

"Mikrokreditbank" ATB

48 152

639 018

687 170

6

AT Xalq banki

91 332

1 022 259

1 113 591

7

ChEKI "Savdogar" ATB

8 380

67 803

76 183

8

ATB "Qishloq qurilish bank"

18 499

243 333

261 832

9

"Turonbank" ATB

15 783

148 771

164 554

10

ChEKI "Hamkorbank" ATB

69 714

716 852

786 566

11

"Asaka" ATB

19 546

561 568

581 114

12

"Ipak Yo’li" AITB

18 783

314 381

333 164

13

"Ziraat Bank Uzbekistan" AJ

1 174

13 218

14 392

14

"Trastbank" XAB

19 871

81 795

101 666

15

AT "Aloqabank"

14 739

244 809

259 548

16

"Universal bank" ATB

3 371

36 369

39 740

17

"Kapitalbank" ATB

21 519

128 297

149 816

18

"Ravnaqbank" XATB

1 675

8 801

10 476

19

Davr-Bank" XATB

17 772

49 817

67 589

20

"Asia Alliance Bank" ATB

9 551

109 447

118 998

Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda bank tizimida chakana mijozlarga

ko’rsatiladigan bank xizmatlari salmog’i yildan-yilga oshib bormoqda. Shunga qaramay, G’arb


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1274

mamlakatlarida keng foydalaniladigan bank kredit kartalari bilan, qimmatli qog’ozlar bilan,
“Internet-banking” orqali jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan bank xizmatlari ko’lami sust
rivojlanmoqda.


REFERENCES

1.

Ikramova N.R. O’zbekistonda chakana bank xizmatlari: xorij tajribasi va rivojlanish
istiqbollari // “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-
fevral, 2014 yil, 1-bet

2.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. 08.00.07 –
«Moliya, pul muomalasi va kredit» iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim
etilgan dissertatsia avtoreferati. Toshkent, 2008, 24-25-bet

3.

Efma-Infosys Finacle Innovation tadqiqoti, 2019 yil.

4.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING
SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of
Science and Education (6-3 (109)), 56-61.

References

Ikramova N.R. O’zbekistonda chakana bank xizmatlari: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari // “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2014 yil, 1-bet

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsia avtoreferati. Toshkent, 2008, 24-25-bet

Efma-Infosys Finacle Innovation tadqiqoti, 2019 yil.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education (6-3 (109)), 56-61.