RETAIL BANKING SERVICES AND THEIR DIGITIZATION IN COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
To share
Xushvaqtova, N. (2024). RETAIL BANKING SERVICES AND THEIR DIGITIZATION IN COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2), 524–527. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29697
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the theoretical and legal foundations of retail services in commercial banks, their digitization, ensuring the competitiveness of banks, analysis of banking services provided to the population in banks, and recommendations were developed.


background image


524

TIJORAT BANKLARIDA CHAKANA BANK XIZMATLARI VA ULARNI

RAQAMLASHTIRISH

Xushvaqtova Nargis Bo’ribayevna

“Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ bosh ofis

Chakana biznes departamenti, bosh mutaxassis

https://doi.org/10.5281/zenodo.10728150

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tijorat banklarida chakana xizmatlarning nazariy va

huquqiy asoslari, ularni raqamlashtirish, banklar raqobatchiligini ta’minlash, banklarda aholiga

ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining tahlili ko’rib chiqilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

bank xizmatlari, bank infratuzilmasi, bank mahsuloti, masofaviy bank

xizmatlari, internet banking, mobil banking.

RETAIL BANKING SERVICES AND THEIR DIGITIZATION IN COMMERCIAL

BANKS

Abstract.

In this article, the theoretical and legal foundations of retail services in

commercial banks, their digitization, ensuring the competitiveness of banks, analysis of banking

services provided to the population in banks, and recommendations were developed.

Keywords:

banking services, banking infrastructure, banking products, remote banking

services, internet banking, mobile banking.

РОЗНИЧНЫЕ БАНКОВСКИЕ УСЛУГИ И ИХ ЦИФРОВИЗАЦИЯ В

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ

Аннотация.

В статье рассмотрены теоретические и правовые основы розничного

обслуживания

в

коммерческих

банках,

их

цифровизация,

обеспечение

конкурентоспособности банков, анализ банковских услуг, предоставляемых населению в

банках, и разработаны рекомендации.

Ключевые слова:

банковские услуги, банковская инфраструктура, банковские

продукты, дистанционное банковское обслуживание, интернет-банкинг, мобильный

банкинг.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan “XXI asr axborot texnologiyalari” asrida bank

faoliyatini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy texnologiyalarni

qo’llash, taklif etilayotgan xizmat turlari bank xarajatlarini kamaytirish bilan birga, mijozlar

vaqtini tejash imkonini ham beradi. Ma’lumki, banklar moliya tizimining ajralmas qismi bo’lib,

bozor va ishlab chiqaruvchilar talablari bilan chambarchas bog’liq holda faoliyat olib boradi. Ular


background image


525

jahon iqtisodiy hayotining markazida joylashgan bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning

ehtiyojlariga xizmat ko’rsatish orqali sanoat va savdoni, qishloq xo’jaligi va aholini o’zaro

bog’laydilar. Tijorat banklarining raqobatbardoshlikni ta’minlashida eng samarali yo’li

mijozlarning unga bo’lgan ishonchini qozonish va ular uchun barcha qulayliklarni yaratish,

shuningdek, xizmatlar turi, sifati va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Banklar raqobatbardoshlikni

ta’minlashi uchun zamonaviy bank xizmatlarini joriy etishga, yangi texnologiyalardan

foydalanishga yanada ko’proq ehtiyoj sezmoqdalar. Aholining turmush darajasi yaxshilanishi,

zamonaviy bilimlarni egallashi natijasida ularning yangi moliyaviy xizmatlarga bo’lgan talablari

ortmoqda. Tijorat banklari xizmatlarning tezkorligi, sifati, to’g’riligi, xavfsizligi va ishonchliligi

bank mijozlarining talabidir. Zamonaviy masofaviy bank xizmatlari ana shu talablarga javob bera

oladi. Keyingi yillarda respublikamiz tijorat banklari chakana operatsiyalarni rivojlantirish orqali

o’z mijozlariga taqdim etiladigan xizmatlar turlarini ko’paytirishga va o’z faoliyatini

diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda. Ushbu maqsadda banklar tomonidan bankomatlar,

mobil telefonlar va internet orqali o’z hisob raqamlarini masofaviy boshqarish kabi elektron

xizmat ko’rsatish texnologiyalari faol tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Masofaviy bank

xizmatlarini hayotga tadbiq qilish orqali kredit tashkiloti o’zining an’anaviy operatsiyalariga

qo’shimcha ravishda, mijozlar ehtiyojini to’laroq va sifatliroq qondiradigan yangi bank

mahsulotlarini ham qo’llamoqda. Lekin buning o’zi yetarli emas, chunki 21-asr axborot

texnologiyalar asrida shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda, real vaqt rejimida bank

operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq hali ham yechimini kutayotgan bir qator muammolar

mavjuddir. Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o’rtasidagi raqobat

muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko’lamining oshishiga xizmat qilmoqda.

Tijorat banklari yangi bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga taqdim etadigan xizmatlar

turlarini ko’paytirish orqali o’z faoliyatini diversifikatsiya qilib borishi banklar tomonidan

zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi bank mahsulotlari paydo bo’lishining asosiy omili,

binobarin, bank xizmatlari bozori rivojlanishiga sharoit yaratish hisoblanadi. Bank xizmatlari

bozorida raqobat muhitining to’liq shakllanmaganligi esa bank xizmatlarini rivojlanishiga ta’sir

etadi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan ko’rsatilayotgan chakana xizmatlarni

takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning yo’llarini

ishlab chiqishning zarurligi mavzusining dolzarbligi belgilaydi.

Iqtisodiy tizimning asosiy tarmog’i sanalgan banklarning xizmatlari soni kundan kun ortib

bormoqda. An’anaviy bank xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkoniyatining

mavjudligi banklar uchun yangi zamonaviy xizmatlar ko’rsatish davrini boshlab berdi. Hozirda


background image


526

bank xizmatlari bozori O’zbekiston moliya bozoridagi eng yaxshi rivojlanayotgan bozor sifatida

faoliyat ko’rsatmoqda. Banklar faoliyatining samaradorligi hamda raqobatbardoshligi ko’p

jihatdan yangi bank mahsulotlarini va xizmatlarini joriy etishiga bog’liq.

Hozirgi vaqtda zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda "chakana bank xizmatlari bozori"

tushunchasiga yetarlicha aniq ta'rif berilmagan. Masalan, S.V. Bichik, A.S. Damoratskaya kabi

mualliflar "Xizmatlar bozori" deganda chakana savdo xarakteridagi xizmatlarni sotish bo'yicha

tovar-pul munosabatlariga asoslangan bozor tushuniladi.

Chakana bank xizmati ostida M.S.Maramygin va A.V.Povarovdan so'ng biz “bozordagi

muayyan mahsulot takliflarida bank xizmatlarining namoyon bo'lish shakli”ni tushunamiz.

Chakana savdoda bank xizmati bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega: u chakana bank bozorining

barcha ishtirokchilari o'zaro ta'sir qiladigan jarayon sifatida ishlaydi; xizmat ishlab chiqarishning

iste'moldan ajralmasligini ko'rsatadi; vaqt uzunligi bilan tavsiflanadi; pul va moliyaviy

vositalardan foydalanadi; mijozlarning ma’lum bir madaniy-ma’rifiy saviyasini, binobarin,

banklarning ularni tayyorlash shaklida qo‘shimcha maqsadli harakatlarini talab qiladi.

Bugungi kun bank sohasining rivojlanish tendensiyasini xususiyati - bu biznesni elektron

tarzda yuritishga o’tishdir. Bu bank bozorlari tuzilmasidagi tub o’zgarishlarga olib keladi, shu

bilan birga banklar duch keladigan risklarning turli ko’rinishlari orasidagi nisbatning va hatto bank

mohiyatining o’zini o’zgartirishga ham qodir. Bank xizmati bank operatsiyalarini optimal darajada

bajarishga ko’maklashadi, ishlab chiqilgan va sotilgan bank xizmatlari esa bank operatsiyalari

bilan birgalikda bank mahsulotini yaratadi.

Masofaviy bank xizmati - bu bankning mijozlari bank ofisiga bormasdan turib amalga

oshirish imkonini beruvchi turli xil aloqa vositalari orqali bog’lanib uyg’unlikda zarur bo’lgan

operatsiyalarni bajarish mumkin bo’lgan xizmatlar majmuidir. Masofaviy bank xizmatlarining

rivojlanishi bank xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi shakldagi turli xizmatlarni yuzaga

kelishiga sabab bo’ldi. Masofadan turib boshqariladigan bank xizmatlari bevosita elektron

vositalar yordamida amalga oshirilishi tabiiy holga aylanib bordi. Natijada barcha masofaviy bank

xizmatlariga yangicha elektron banking degan ta’rif ham ishlatila boshlandi.

Xulosa. Chakana bank xizmatlaridan banklarning bir qator bank mahsulotlari va

xizmatlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Olimlar fikriga ko’ra, ular qatorida shaxsiy hisob raqamlar

bo’yicha operatsiyalar, kreditlash, bank kartalari, turli o’tkazmalar, seyf yacheykalari bilan

ishlash, qimmatbaho metallar bilan ishlash, xorijiy valyuta bilan ishlash va kommunal xizmatlar

bo’yicha imtiyozli xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar ham ajratiladi.


background image


527

REFERENCES

1.

Ikramova N.R. O’zbekistonda chakana bank xizmatlari: xorij tajribasi va rivojlanish

istiqbollari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-

fevral, 2014-yil, 1-bet

2.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. 08.00.07 –

“Moliya, pul muomalasi va kredit” iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim

etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2008, 24-25-bet

3.

Efma-Infosys Finacle Innovation tadqiqoti, 2019-yil.

4.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023). Roller-

combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP

Sciences.

References

Ikramova N.R. O’zbekistonda chakana bank xizmatlari: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2014-yil, 1-bet

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2008, 24-25-bet

Efma-Infosys Finacle Innovation tadqiqoti, 2019-yil.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023). Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов