LEARNING SHORT DISTANCE RUNNERS RUNNING TECHNIQUE

HAC
Google Scholar
To share
Axmatov , J., Ergashev , J., & Kabilova , D. (2024). LEARNING SHORT DISTANCE RUNNERS RUNNING TECHNIQUE . Modern Science and Research, 3(2), 26–30. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29771
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The following article describes the technical training of short-distance runners and the content of short-distance running techniques.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

QISQA MASOFAGA YUGURUVCHILARNING YUGURISH TEXNIKASINI

O’RGANISH

J.O.Axmatov

YA 51-20 guruh

J.X.Ergashev

SP-01-21 guruh

D.M.Kabilova

YA 51-21 guruh

Mualliflar O‘zDJTSU talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.7699340

Annotatsiya.

Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik tayyorgarligini

o’rganish va qisqa masofaga yugurish texnikasining mazmun mohiyati bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Yengil atletika, texnik tayyorgarlik, sprinter, qisqa masofa, tezkorlik, tezkor

chidamlilik, kuch chaqqonlik.

ИЗУЧЕНИЕ ТЕХНИКИ БЕГА БЕГУНОВ НА КОРОТКИЕ ДИСТАНЦИИ

Аннотация.

В следующей статье описывается техническая подготовка бегунов на

короткие расстояния и содержание методов бега на короткие расстояния.

Ключевые слова:

Легкая атлетика, техническая подготовка, спринтер, короткие

дистанции, скорость, скоростная выносливость, силовая ловкость.

LEARNING SHORT DISTANCE RUNNERS RUNNING TECHNIQUE

Abstract.

The following article describes the technical training of short-distance runners

and the content of short-distance running techniques.

Key words:

Athletics, technical training, sprinter, short distance, speed, speed endurance,

power agility.


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi:

Jismoniy tarbiya va sport bugungi kunga kelib

yurtimizda shiddat bilan rivojlanayotgan sohaga aylanib kelmoqda. Mamlakatimizda Jismoniy
tarbiya orqali talabalarni sog’ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish
vatan himoyasiga va mehnatga bo’lgan layoqatini kamol toptirishda yengil atletika sport turining
o’rni kattadir. Yengil atletika sport turi insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy
sport turlaridan biri hisoblanadi.

Talabalarni yetuk, sog‘lom bo‘lib tarbiya topishida yengil atletikaning yurish, yugurish,

sakrash, uloqtirish va ko’pkurash turlari orqali jismoniy sifatlarini rivojlanishida muhim
ahamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya - bu sportchi trеnirovka jarayonining eng muhim qismi
bo‘lib, yuksak sport natijalariga erishish uchun mustahkam zamin yaratilishini ta'minlaydi. U eng
avvalo sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Shu
munosabat bilan, jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikka hamda maxsus
jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchi butun gavdasini, umuman, uyg‘un tarzda

rivojlantirishga, barcha harakat, mushaklarini rivojlantirishga, organizm a'zolari va tizimlarini
mustahkamlashga hamda ularning funksional imkoniyatlarining oshirishga, harakatlarni
muvofiqlashtira olish qobiliyatini, kuch-quvvatni, tеzkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlik va
epchillikni oshirishga, gavda tuzilishidagi va gavda dеfеktlarini tuzatishga qaratilgan bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

Mazkur masalalarlarning hal etilishi kishining har tomonlama jismoniy takomillashuviga
ko‘proq ta'sir etib, sportchining uyg‘un rivojlanishini ta'minlaydi. Jismoniy tarbiya orqali
talabalarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga
va mehnatga bo’lgan layoqatini kamol toptirishda yengil atletika sport turining o‘rni kattadir.
Yengil atletika sport turi insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy sport turlaridan
biri hisoblanadi. Talabalarni yetuk, sog’lom bo’lib tarbiya topishida yengil atletikaning yurish,
yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash turlari orqali jismoniy sifatlarini rivojlanishida
muhim ahamiyatga egadir.

Yugurish joydan joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning keng

tarqalgan turi bo’lib ko’pgina sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga
kiradi. Yugurishning juda ko’pgina xillari yengil atletika turlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yugurganda tanadagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi, yurak-qon tomir,
nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, modda almashinuvi ancha oshadi. Yugurish
bilan shug’ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi. Yugurish har tomonlama jismoniy
rivojlanishning asosiy vositalaridan biridir.

Tadqiqotning maqsadi.

Qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning texnnikasi va texnik

tayyorgarlik holatini o‘rganishda iborat

Tadqiqot vazifalar:

1. Mavzuga doir adabiyotlarni o‘ganish
2. Qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning texnik tayyorgarliklarini aniqlash;
3. Yugurish texnikasini tahlil qilish
Yugurishda yuqori natijalarga erishish uchun tezlik(tezkorlik), chidamlilik, tezlik

chidamliligi, chaqqonlik kabi jismoniy sifatlar rivojlangan bo‘lmog‘i lozim.

Hozirgi vaqtda ko’pgina murabbiylar sprinterlik yugurish texnikasi o’ta individual

bo’lishini va ma’lum bir biomexanikaviy tavsiflarga qaramasdan, sportchining muayyan
individual xususiyatlariga, shuningdek, u erishadigan shiddat va tezkorlik darajasiga bog’liq
ekanligini e’tirof etadilar.

Bu albatta, hamma uchun umumiy bo‘lgan oqilona texnika elementlarini rad etmaydi,

ularni takomillashtirish ustida hozirda ham shug’ullanib kelinadi. Tajribali va iqtidorli yosh
tadqiqotchilar tomonidan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishning xalqaro andozalari, yetakchi
murabbiylarning ish tajribalari ham davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan
o„rganilmoqda. Biz bilamizki, yengil atletikaning qisqa masofalarga yugurish turi butun dunyoda
ommalashgan sport turlaridan hisoblanadi. Sport natijalari kundan kunga o’sib borishi qisqa
masofalarga yuguruvchi sportchilarni tayyogarlik mashg’ulotlarini samarali taqsimlash
uslubiyatini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlash bo’yicha dunyodagi yetakchi olimlar bilan bir

qatorda yurtimizdagi mutaxassislar ham mashg„ulot uslubiyatini takomillashtirish bo’yicha
izlanishlar olib borganlar. Ulardan E.R.Andris, R.Q.Qudratov, N.T.To„xtaboyev,
K.T.Shakirjonovalar mashg’ulotlarda texnikani to’g’ri o’rgatish, vosita va usullarni qo’llanishi
uslubiyatiga ko‘proq e’tibor qaratib kelgan.

Sprinterlik yugurish texnikasini tahlil qilish uchun shartli ravishda undan quyidagilar

ajratiladi:

- start;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

28

- start tezlanishi;
- masofa bo’ylab yugurish;
- marraga yetib kelish.

Start.

Qisqa masofalarga yugurishda musobaqa qoidalariga binoan past start qo’llaniladi,

bunda start oyoq tirgaklaridan (stanogidan) foydalaniladi. Start oyoq tirgaklarining
joylashtirilishi o’ta individual bo’lib, sportchining malakasiga va uning jismoniy imkoniyatlariga
bog’liq bo’ladi. Amaliyotda to’rt xil turdagi past start qo’llaniladi (oyoq tirgaklarining
joylashishiga qarab): odatdagi; uzoqlashtirilgan; yaqinlashtirilgan; tor.

Start tezlanishi.

Startdan yugurib chiqish yuguruvchining individual imkoniyatlariga

qarab 15m dan 30m gacha davom etadi. Uning asosiy vazifasi - mumkin qadar tezroq maksimal
yugurish tezligini olish. Startdan birinchi qadamlarning to’g’ri bajarilishi yuguruvchining
itarilishiga (yo’lkaga nisbatan o’tkir burchak ostida maksimal kuch bilan) va harakat tezligiga
bog’liq. Yuguruvchi birinchi qadamlarni egilgan holatda yuguradi, keyin (6,7-qadamlar) gavdani
ko’tarishni boshlaydi. Start tezlanishida gavdani asta-sekin ko’tarish juda muhim, shundagina
startdan va start tezlanishidan optimal samaraga erishish mumkin.

Yuguruvchi birinchi qadamlarni egilgan holatda yuguradi, keyin (6, 7-qadamlar) gavdani

ko’tarishni boshlaydi. Start tezlanishida gavdani asta-sekin ko’tarish juda muhim, shundagina
startdan va start tezlanishidan optimal samaraga erishish mumkin. Gavda to’g’ri egilganda
qadam tashlaydigan oyoq soni tekislangan itariladigan oyoqqa nisbatan 90℃ ga yaqin ko’tariladi
va inersiya kuchi yuqoriga qaraganda ko’proq oldinga yo’naltirilgan kuchni hosil qiladi.
Yuguruvchi qadam tashlaydigan oyoqni pastga-orqaga qo’yaturib, gavdasini oldinga itargan
holda birinchi qadamlarni bajaradi. Bu harakat sonlarni tez birlashtirish bilan birga qancha tez
bajarilsa, keying itarilish shuncha chaqqonroq sodir bo’ladi.

Masofa bo‘ylab yugurish.

Masofa bo’ylab yugurishda gavdani egiltirish vertikalga

nisbatan taxminan 10-15℃ ni tashkil etadi. Yugurishda egilish o’zgaradi: itarilishda yelkalar bir
oz orqaga olinadi, shu orqali egilish kamayadi, uchish fazasida egilish ortadi. Oyoq kaftlari
deyarli bir chiziq bo„ylab qo’yiladi.

Marraga yetib kelish

. Masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab bo’lmaydi.

Marragacha taxminan 20-15 m qolganda tezlik odatda 3-8% ga kamayadi. Marraga yetib
kelishning asl mohiyati shundan iboratki, masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab qolishga
va uni salbiy omillarning ta’sirini kamaytirishga harakat qilish zarur. Toliqish boshlanishi bilan
itarilishda ishtirok etuvchi mushaklar kuchi kamayadi, yugurish qadami uzunligi kichrayadi,
demak, tezlik tushib ketadi.

Tezlikni saqlab qolish uchun yugurish qadamlari tezligini oshirish zarur, buni esa, yuqorida

aytib o’tganimizdek, qo’l harakatlari hisobiga amalga oshirish mumkin. Masofada yugurish
yuguruvchi marra to’siniga, ya’ni marra chizig‘i orqali o’tuvchi xayoliy vertikal tekislikka
tegishi bilan tugallanadi.Unga tezroq tegish uchun yuguruvchilar oxirgi qadamda qo’llarni
orqaga chiqargan holda gavdani tez oldinga egiltiradilar. Bunday usul - ko’krak bilan “otilish”
deb ataladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda qisqa masofaga yuguruvchi sportchilar mashg’ulot jarayonida

mashg„ulotlarning har xil usullaridan foydalanadi. Ulardan qisqa masofalarga yuguruvchilarni
tezkorligini tarbiyalashda takroriy usul, o‘zgaruvchan, dam olish oralig’i, masofani bo’laklarga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

29

bo’lib otish usuli va bir maromli yugurish usullari qasqa masofaga yuguruvchilarning tezkor
kuch va tezkor chidamliligini tarbiyalashda samarali usullaridan hisoblanadi. Tezkorlikni
oshirish va tezkor kuch sifatini rivojlantirishda har xil sakrash mashqlarini bajarish
sportchilarning sport natijasini o’sishiga qulay zamin yaratadi.

Start olish va masofa bo’ylab yugurish texnikasi sprinterning tezlik-kuch imkoniyatlarini

amalga oshirishda hal qiluvchi omildir. Sportchi startdan tezlik olishda mushaklar kuchidan
hamda masofada o‘zining energiya zahirasidan qanchalik oqilona, tejamkorona va samarali
foydalana ololsa, natija shunga bog’liq bo’ladi. Qisqa masofaga yugurivchilar texnikasi odatda,
sport mashqlarining bajarilish texnikasi inson tanasi ayrim a’zolari harakatlarining tashqi
ko„rsatkichlari bo’yicha ta‟riflanadi.

Qisqa masofaga yugurish tashqaridan qaraganda sportchining erkin, yengil, og’ir,

bo‘shashgan, kuchli, shiddatli, past, yuqori va ko’pgina boshqacha ta’rifga ega yugurishi bilan
ifodalanadi. Qisqa masofalarga yugurish kinogrammalari tahlili harakatlarning umumiy
manzarasini batafsil tahlil qilish imkonini beradi, qayd qilingan holatlarning izchil tahlili esa
harakatlarning (burchaklar, tezlik, tana a’zolarining siljishlari) aniq miqdoriy ko’rsatkichlarni
aniqlab beradi. Biroq bunday tavsiflar yetarli emas, bu ma’lumotlarning aniq hisoblab chiqilishi
ham ularni amalda qo’llashga hali imkon bermaydi.

Yugurishda sportchi harakatlarining tashqi ko’rinishini baholash yoki mexanika tilida

aytadigan bo’lsak, harakatlar kinematikasini o„rganish har doim ham batafsil axborot bera
olmaydi. Harakat insonning asosiy harakat dvigateli - skelet mushaklarining qisqarish faoliyati
natijasidir. Sprinterning yugurish texnikasini ko’rib chiqayotib, birinchi navbatda, harakatning
ichki tuzilmasini tushunish lozim.

Tezlik sifatini takomillashtirish metodlaridan yana biri, bu maxsus tortish tizimidir. Unda

tyagadan foydalangan holda vaqti-vaqti bilan yo’nalishni, o’zgartirib ham oldinga, ham orqaga
yugurishlarni bajarish lozim. Bu mashqdan qisqa masofalarda yugurishda uzoq vaqt tayyorgarlik
ko’rgan malakali yuguruvchilar uchun tavsiya qilinadi.


REFERENCES

1.

https://www.worldathletics.org

2.

https://www.uzathletics.uz

3.

Soliyev I. R. Qisqa masofalarga yugurishda sportchilarni texnik tayyorgarlik
davrida start reaksiyalarini takomillashtirishni tahlil qilish. //FAN-SPORTGA ilmiy
nazariy jurnal. Toshkent. 2018 yil 2 son. 56-60 betlar.

4.

Soliyev I. R. Yuqori malakali uzoq masofaga yuguruvchi sportchi qizlarni
tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqa jarayonining qiyosiy tahlili. //O‘zMU
XABARLARI. Toshkent. 2018 yil No1/1 2018y. 171-174 betlar.

5.

Azimov I., Sobitov F. Sport fiziologiyasi. –T. 1993 yil. 89-93 betlar.

13. Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish.

T.:O‘zDJTI, n2005yil. 279 - bet.

14. Olimov M.S., Soliyev I.R., Haydarov B.Sh. Sport pedagogik mahoratini

oshirish. – 2017 yil 245 betlar.

15. Ozolin N.G. “Legkaya atletika” 1971 yil 576-600 betlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

30

16.

Foster C, Hector

LL, Welsh

R, et

al. Effects

of specific versus

cross-training

on

running

performance.

Eur

J

Appl

Physiol

1995;

367-372.

17.

Poole

DC,

Ward

SA,

Whipp

BJ.

The

effects

of

training

on

the

metabolic

and

respiratory

profile

of

high-intensity

cycle

ergometer

exercise. Eur J Appl Physiol 1990; 59: 421-429.

18. Billat V, Sirvent P, Lepretre PM, Koralsztein JP. Training effect on

performance,

substrate

balance

and

blood

lactate

concentration

at

maximal

lactate

steady

state

in

master

endurance-runners.

Pfluegers

Arch 2004; 447: 875-883.

19.

Esteve-Lanao

J,

Foster

C,

Seiler

S,

Lucia

A.

Impact

of

training

intensity

distribution

on

performance

in

endurance

athletes.

J

Strength Cond Res 2007; 21: 943-949


References

https://www.worldathletics.org

https://www.uzathletics.uz

Soliyev I. R. Qisqa masofalarga yugurishda sportchilarni texnik tayyorgarlik davrida start reaksiyalarini takomillashtirishni tahlil qilish. //FAN-SPORTGA ilmiy nazariy jurnal. Toshkent. 2018 yil 2 son. 56-60 betlar.

Soliyev I. R. Yuqori malakali uzoq masofaga yuguruvchi sportchi qizlarni tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqa jarayonining qiyosiy tahlili. //O‘zMU XABARLARI. Toshkent. 2018 yil No1/1 2018y. 171-174 betlar.

Azimov I., Sobitov F. Sport fiziologiyasi. –T. 1993 yil. 89-93 betlar.

Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish.

T.:O‘zDJTI, n2005yil. 279 - bet.

Olimov M.S., Soliyev I.R., Haydarov B.Sh. Sport pedagogik mahoratini oshirish. – 2017 yil 245 betlar.

Ozolin N.G. “Legkaya atletika” 1971 yil 576-600 betlar.

Foster C, Hector LL, Welsh R, et al. Effects of specific versus cross-training on running performance. Eur J Appl Physiol 1995;

-372.

Poole DC, Ward SA, Whipp BJ. The effects of training on the metabolic and respiratory profile of high-intensity cycle ergometer exercise. Eur J Appl Physiol 1990; 59: 421-429.

Billat V, Sirvent P, Lepretre PM, Koralsztein JP. Training effect on performance, substrate balance and blood lactate concentration at maximal lactate steady state in master endurance-runners. Pfluegers Arch 2004; 447: 875-883.

Esteve-Lanao J, Foster C, Seiler S, Lucia A. Impact of training intensity distribution on performance in endurance athletes. J

Strength Cond Res 2007; 21: 943-949

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов