STATE POLICY ON TRAINING SPECIALISTS IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS IN THE NEW UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Turdimuratov, Y., & Djo’rabayev, A. (2024). STATE POLICY ON TRAINING SPECIALISTS IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS IN THE NEW UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 141–146. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29813
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the reforms carried out in Uzbekistan in 2017-2023 regarding the training of specialists in the field of physical culture and sports, the regulatory documents adopted in this direction, the priorities and tasks set in them.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

YANGI O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA

MUTAXASSISLARNI TAYYORALASHGA OID DAVLAT SIYOSATI

Turdimuratov Y.A.

O‘zDJTSU, falsafa doktori (PhD), dotsent.

Djo’rabayev A.M.

,

O‘zDJTSU, o’qituvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10781830

Annotatsiya

. Mazkur maqolada 2017-2023-yillarda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va

sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, ushbu
yo’nalishda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularda belgilangan ustuvor yo‘nalaishlar
va vazifalar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

: jismoniy tarbiya, sport, mutaxassis, trenerlar, sportchilar, konsepsiya,

seleksiya, ta’lim, ilm, kompetensiya, transfer.

STATE POLICY ON TRAINING SPECIALISTS IN THE FIELD OF PHYSICAL

EDUCATION AND SPORTS IN THE NEW UZBEKISTAN

Abstract.

This article analyzes the reforms carried out in Uzbekistan in 2017-2023

regarding the training of specialists in the field of physical culture and sports, the regulatory
documents adopted in this direction, the priorities and tasks set in them.

Key words:

physical education, sports, specialist, coaches, athletes, concept, selection,

education, science, competence, transfer.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПО ПОДГОТОВКЕ СПЕЦИАЛИСТОВ В

ОБЛАСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье анализируются реформы, праводимые в Узбекистане

в 2017-2023 гг. в части подготовки специалистов в области физической культуры и
спорта, нормативно-правовые документы, принятые в этом направлении, приоритеты и
поставленные в них задачи.

Ключевые слова:

физкультура, спорт, специалист, тренеры, спортсмены,

концепция, селекция, образование, наука, компетентность, трансфер.


Kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar har sohada bo‘lgani kabi

jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shu bois mamlakatimizda ham ushbu soha bo‘yicha mutaxassisalrni tayyoralash, ular ko‘lamini
oshirish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinnoqda. Eng avvalo, sohaning
huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida so‘ngi yillarda mamlakatimizda sohaga oid bir qator
me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi [8].

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “2019-2023-yillar

davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish
konsepsiyasi” va “2019-2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” tasdiqlandi
[1].

Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish, seleksiya yo‘li

bilan iqtidorli sportchilarni tanlash, seleksioner trenerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

142

tadbirlarini kuchaytirish Konsepsiyani va Dasturni amalga oshirish doirasidagi ustuvor
yo‘nalishlar va vazifalardan biri etib belgilandi.

Konsepsiyada yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish

maqsadida quyidagi vazifalar belgilangan:

1. Muayyan ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarning trenerlik kasbida

ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga
talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish.

2. Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport

yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko‘paytirish,
yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg‘ulotlarni
muntazamlilik asosida o‘tkazish amaliyotini joriy etish.

3. Respublikada hamma joyda o‘quv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini

tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko‘maklashish.

4. Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan

mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun
eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari
va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish.

5. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga oliy ta’lim

muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha respublikaning trener
kadrlar yetishmaydigan chekka tog‘li va cho‘l tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni
imtiyozli o‘qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish.

6. Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar

ko‘rish, o‘zini o‘zi to‘laqonli namoyon qilish va professional o‘sish uchun qulay shart-sharoitlar
va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash
bilan shug‘ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish.

2020-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va
ommalashtirish chora-tadbiralri to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasida
jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi [2]. Qarorga
ko‘ra, davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy
ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish jismoniy tarbiya va sport
tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Konsepsiyada sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ma’lum bir sport turi

bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tiborini qaratgan holda kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish;

sport mashg‘ulotlari o‘tishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, sport

psixologiyasini tushunish, sport tayyorgarligi davrida tibbiy nazoratni amalga oshirish nuqtai
nazaridan trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

bo‘lajak trener va mutaxassis kadrlarda o‘z faoliyatiga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlari

mavjudligini aniqlash va baholash imkonini beruvchi uslublarni ishlab chiqish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

143

sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy

ma’lumotga (bakalavr, magistr) ega bo‘lganlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;

yosh trener va mutaxassislarni kasbiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega

malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori
malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash
jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida 2020-yil 3-noyabrda qabul qilngan O‘zbekiston
Respublikasi Rrezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyoralsh tizimini
takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbiralri to‘g‘risida”gi Qarori soha rivojiga
qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi [3]. Ushbu qarorga ko‘ra,
Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha maxsus
ilmiy laboratoriyasi negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etildi [9]. Shuningdek, O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-

maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul
ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli trenerlarning amaldagi 54
foizlik ulushini 2022-yilda 62 foizga, 2026-yilda 85 foizga oshirish va O‘zbekiston davlat jismoniy
tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilarini sport ta’limi muassasalariga jalb
etish belgilab qo‘yilgan [4]. Ushbu chora-tadbirlar orqali sport-ta’lim muassasalarida trener va
mutaxassislarning sifat tarkibini oshirish nazarda tutilgan.

2022-yil 6-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy sport mahorati instituti

faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi [5]. Ushbu qarordan
ko‘zlangan asosiy maqsad ‒ Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori malakali hamda
zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa
mutaxassislarni tayyorlashdir. Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy
terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlar ularning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha
davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- ta’limning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilg‘or xorijiy

tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash,
jumladan Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi hamda O‘zbekiston sport ustasi, shuningdek,
O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;

- jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va

modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘quv mashg‘ulotlarining
innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

- talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish va h.k.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro

standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni
yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim
texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish maqsadida 2022-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

144

yil 3-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida
kadrlarni tayyoralsh hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiralri
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi [6]. Qarorga asosan, talabalarda sport mahoratini doimiy
ravishda yuksaltirish hamda ularning personal trayektoriyalar bo‘yicha variativ (o‘zgaruvchan)
o‘quv rejalari asosida ta’lim olishlari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil
etilib, mazkur tizim 2024/2025 o‘quv yiliga qadar to‘liq joriy qilinadi. Shuningdek, 2024/2025
o‘quv yiliga qadar barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga oid
malaka talablari qayta ko‘rib chiqiladi, shu jumladan bitiruvchi bakalavr va magistrantlarning
bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyalarni sertifikatlash tizimi
ham joriy etiladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport unversitetida o‘quv va mashg‘ulotlar

jarayoniga federatsiyalarning tajribali mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi. Sport
sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo‘lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib
bo‘lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Talabalarni rag‘batlantirish
uchun jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Pahlavon Mahmud
nomidagi davlat stipendiyasi joriy etildi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda
ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.

Ta’lim va ilm bog‘liqligini mustahkamlash uchun yagona kuzatuv kengashi tuzish

rejalashtirilgan. Bu kengash sport muassasalarining boshqaruv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil qilishga bosh-qosh bo‘ladi. Shuningdek, Jismoniy
tarbiya va sport universitetining ilmiy salohiyatini 45 foizgacha chiqarish, professor-
o‘qituvchilarning faoliyati natijadorligini oshirish, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etib,
xalqaro reytinglarga kirish maqsadlari belgilanmoqda [10].

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari institutiga sport biomexanikasi, fiziologiyasi,

farmakologiyasi va genetikasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, ilmiy-innovatsion faoliyat
natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirish, startap loyihalarni amalga oshirish kabi yangi
vazifalar yuklatilmoqda. Ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish, yosh
kadrlarni xorijiy o‘quv yurtlariga falsafa doktori (PhD) darajasini himoya qilish uchun yuborish
ham nazarda tutilgan.

Qaror asosida 2022-2025-yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari va unversitet faoliyatini kompleks
rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. 2024-yil 1-yanvarda universitet tuzilmasida Kompetensiyalarni
baholash markazi tashkil qilindi. Sport-ta’lim va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari,
ilmiy xodimlari, trenerlari, metodistlari, boshqa xodimlari hamda bitiruvchilarining bilim va
amaliy ko‘nikmalari darajasini baholash, ularning pedagogik va ilmiy salohiyatini yanada oshirish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish Kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari etib
belgilandi [11].

Umuman olganda, respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro

standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash,
sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar,
mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

maqsadida bir qator muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida sohada
tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2023-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish
konsepsiyasi tasdiqlash to‘g‘risida ” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son Qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va
sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbiralri to‘g‘rida” 2020-yil 24-
yanvardagi PF-5924-son Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar
tayyoralsh tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbiralri
to‘g‘risida” 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son Qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
Farmoni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyundagi PQ-269-son Qarori.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni
tayyoralsh hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiralri
to‘g‘risida” 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Qarori.

7.

Турдимуратов Я. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy
yo ‘nalishlari //Актуальные проблемы спортивной науки. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С.
125-128.

8.

Allamuratovich T. Y. YANGI OʼZBEKISTONDА JISMONIY TARBIYA VA
SPORTGA OID DAVLAT SIYOSATI //BARQARORLIK VA YETAKCHI
TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 575-581.

9.

Turdimuratov Y. A. AN’ANAVIY XO ‘JALIKDA FENOLOGIK BILIMLARNING
O‘RNI VA AHAMIYATI //International scientific journal of Biruni. – 2023. – Т. 2. – №.
3. – С. 257-264.

10.

Jumayev U. X. et al. ANALYSIS OF THE FINANCIAL POLICY OF THE RUSSIAN
EMPIRE IN OFFICIAL DOCUMENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. –
№. 12. – С. 1202-1209.

11.

Турдимуратов

Я.

А.

КОЧЕВОЕ

ХОЗЯЙСТВО

УЗБЕКОВ

ЮЖНОГО

УЗБЕКИСТАНА В КОНЦЕ XIX–НАЧАЛО XX ВВ //Educational Research in Universal
Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 546-557.

12.

Turdimuratov Y. A. O ‘ZBEKISTONDА BOLАLАR SPORTINI RIVOJLАNTIRISHGA
OID DAVLAT SIYOSATI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2.
– №. 2. – С. 144-152.

13.

Turdimuratov Y. A. NATIONAL VETERINARY MEDICINE IN TRADITIONAL
UZBEK LIVESTOCK BREEDING //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 3. – С.
468-471.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

14.

Турдимуратов Я. А. НАРОДНЫЕ ПОВЕРЬЯ В ТРАДИЦИОННОМ ХОЗЯЙСТВЕ
УЗБЕКОВ, СВЯЗАННЫЕ С «КУЛЬТОМ СВЯТЫХ» //Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 188-198.



References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash to‘g‘risida ” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbiralri to‘g‘rida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyoralsh tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbiralri to‘g‘risida” 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyundagi PQ-269-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyoralsh hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiralri to‘g‘risida” 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Qarori.

Турдимуратов Я. O ‘zbekistonda etnosportni ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy yo ‘nalishlari //Актуальные проблемы спортивной науки. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 125-128.

Allamuratovich T. Y. YANGI OʼZBEKISTONDА JISMONIY TARBIYA VA SPORTGA OID DAVLAT SIYOSATI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 575-581.

Turdimuratov Y. A. AN’ANAVIY XO ‘JALIKDA FENOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI //International scientific journal of Biruni. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 257-264.

Jumayev U. X. et al. ANALYSIS OF THE FINANCIAL POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE IN OFFICIAL DOCUMENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 1202-1209.

Турдимуратов Я. А. КОЧЕВОЕ ХОЗЯЙСТВО УЗБЕКОВ ЮЖНОГО УЗБЕКИСТАНА В КОНЦЕ XIX–НАЧАЛО XX ВВ //Educational Research in Universal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 546-557.

Turdimuratov Y. A. O ‘ZBEKISTONDА BOLАLАR SPORTINI RIVOJLАNTIRISHGA OID DAVLAT SIYOSATI //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 144-152.

Turdimuratov Y. A. NATIONAL VETERINARY MEDICINE IN TRADITIONAL UZBEK LIVESTOCK BREEDING //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 3. – С. 468-471.

Турдимуратов Я. А. НАРОДНЫЕ ПОВЕРЬЯ В ТРАДИЦИОННОМ ХОЗЯЙСТВЕ УЗБЕКОВ, СВЯЗАННЫЕ С «КУЛЬТОМ СВЯТЫХ» //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 188-198.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов