EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP BUSINESS ACTIVITIES IN THE DIGITAL ECONOMY

HAC
Google Scholar
To share
Nao’betova, Z. (2024). EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP BUSINESS ACTIVITIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 3(2), 1361–1364. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30018
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the prospects for the development of entrepreneurship in the digital economy. The relevance of the digital economy today and its importance in the development of entrepreneurship are shown. Information about digital entrepreneurship was also provided.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1361

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO'LLARI

Nao'betova Ziyada Niyet qizi

Toshkent Temir yo'l texnikumi maxsus fan o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10803000

Annotatsiya.

Maqolada raqamli iqtisodiyotda tadbirkorlikni rivojlantirishning istiqbollari

yoritib berilgan. Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi dolzarbligi va uning tadbirkorlikni
rivojlantirishdagi muhimligi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek raqamli tadbirkorlik haqida ham
ma’lumotlar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, innovatsiya, raqamli texnologiyalar,

tadbirkorlik, raqamli tadbirkorlik, investitsion muhit.

EFFECTIVE WAYS TO DEVELOP BUSINESS ACTIVITIES IN THE DIGITAL

ECONOMY

Abstract.

The article describes the prospects for the development of entrepreneurship in

the digital economy. The relevance of the digital economy today and its importance in the
development of entrepreneurship are shown. Information about digital entrepreneurship was also
provided.

Key words:

digital economy, electronic government, innovation, digital technologies,

entrepreneurship, digital entrepreneurship, investment environment.

ЭФФЕКТИВНЫЕ ПУТИ РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Аннотация.

в статье описаны перспективы развития предпринимательства в

условиях цифровой экономики. Показана актуальность цифровой экономики сегодня и ее
значение в развитии предпринимательства. Также была предоставлена информация о
цифровом предпринимательстве.

Ключевые слова:

цифровая экономика, электронное правительство, инновации,

цифровые

технологии,

предпринимательство,

цифровое

предпринимательство,

инвестиционная среда.


Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib

bormoqda. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifaga
aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni
keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar
oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo’yilgan [1].

Raqamli iqtisodiyot – bu o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish,

iste’mol qilish va boshqaruv jarayonlarining raqamli texnologiyalar hamda internet yordamida
ma’lumot almashinishni optimallashtirish orqali kata foyda ko’rishga qaratilgan faoliyatdir.
Raqamli jamiyatda muayyan o’zgarishlarni yuzaga keltiradi, xususan, uning mehnat sharoitlariga
ta’siri sezilarli bo’ladi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining
kuchayishi, sun’iy intellekt , ulkan ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan
foydalanish ko’lamining ortishi mehnat resurslari uchun o’rinbosar bo’lib xizmat qiladi. Mening


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1362

fikrimcha raqamli iqtisodiyot bu – kelajak. Milliy iqtisodiyotimizning rivojlanishi uchun raqamli
iqtisodiyotning o’rni beqiyos.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi birinchi boʻlib, 1994-yilda Tapskottning "Raqamli

iqtisodiyot: tarmoqli razvedka asrida va’da va xavf-xatar" nomli asarida keltirilgan. Uning
fikricha, raqamli iqtisodiyotni kompaniya nazariyasiga asoslangan holda, biznesning yangi
ommaviy axborot vositalariga oʻtishiga oid bir qator farazlarni shakllantirgan. Raqamli iqtisodiyot
bilimlarni boshqarish, raqamli aloqa, vertualizatsiya, internet orqali integratsiya, vositachilardan
qochish, sohalarni yaqinlashtirish, innovatsiya, iste’molchiga indivudal xizmat, tezkor javob,
globalizatsiya, raqamli boʻlinish kabi xususiyatlarga ega [2].

N.Leyn ta’kidlashicha, “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga quydagicha ta’rif beradi.

Internetda hisoblash va kommunikatsiya texnologiyalarining yaqinlashuvi va natijada elektron
tijorat va keng tashkiliy oʻzgarishlarni ragʻbatlantiradigan axborot va texnologiyalar oqimi [3].

Ta’kidlash zarurki, jahonda ko‘zga ko‘ringan xorijlik iqtisodchi olimlardan – A. Bxayd,

Dj.K. Gel- breyt, U. Zalman, I.M. Kirsner, L. fon Mizes, F. Nayt, Dj. Stensill, F. Xayek, Y.
Shumpeter ,K.V. Ayxel, M.P. Voynarenko, G.K. Ginsa, P.Yu. Yerofeyeva, M.Z. Ilchikova , G.B.
Kleyner, Ye.Ye. Kuzmina, L.P. Kuzmina, G.S. Merzlikina, A.F. Moskovseva, Ye.F. Cheberko
L.S. Shaxovskaya va boshqalar, O‘zbekistonda A.Abduganiev, Q.Abduraxmonov,
X.Abulqosimov, Z.Xudoyberdiev, Z.Tolametova kabi olimlar tadbirkorlikni rivojlantirish
masalalarini katta e’tibor bilan o‘rganganlar. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli tadbirkorlik
masalalari V.Y.Pestov, B.G. Preobrajenskiy, N.A. Serebryakova, T.O. Tolstix kabi olimlarning
ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topgan.

Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlari iqtisodiyotiga jadal

kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, iqtisodiyotning
globallashuv jarayonlarini tezlashtirishini yuzaga keltirdi. Iqtisodiyotning barcha jabhalarida
ulardan samarali tarzda foydalanish bugungi kun talabiga aylanmoqda. Raqamli transformatsiya
tez sur’atda o’zgaryotgan bugungi kun dunyosi uchun asosiy vositadir.

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- raqamli iqtisodiyot sharoitida mahsulotlarni izlash xarajatlari keskin kamayadi;
- raqamli iqtisodiyotdagi tovarlarning bir iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa

mahsulotlarga bo’lgan talab va ularning sifatini pasaytirmaydi;

- raqamli iqtisodiyotda mahsulotlarni tashish va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni tarqatish

xarajatlari nolga teng;

- raqamli texnologiyalar yordamida iste’molchining xarakterini osonlik bilan o’rganish

mumkin. Bu esa o’z o’rnida birga-bir bozorlarni yaratadi;

- raqamli texnologiyalar mahsulot brendi va nufuzini yaratishni ham osonlashtiradi;
- raqamli iqtisodiyotda savdo-sotiqlar elektron shaklda chegaralarni oson kesib o’tadi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi mamlakatlararo biznes faoliyatlariga ham o’z ta‘sirini

ko’rsatishi mumkin. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida katta rivojlanishlar
bo’lmoqda va bular kompaniyalar faoliyatining turli sohalarida o’z ifodasini topishi mumkin.
Internet orqali butun dunyo bo’ylab o’z mahsulotlarini sotuvga qo’yib online savdoni yo’lga
qo’yishlariga imkoniyat tug’iladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1363

Raqamli

iqtisodiyot

sharoitida tadbirkor ishlab chiqarishni

yangidan

yangi

kombinatsiyalarini yaratadi, o’z faoliyatiga turli xildagi texnologiyalarni tadbiq etadi. Hozirgi
vaqtda dunyo miqyosida tadbirkorlikni yangi ko’rinishlari, ya’ni raqamli tadbirkorlik, innovatsion
tadbirkorlik kabilar rivojlanmoqda.

Raqamli

iqtisodiyotni

shakllantirish

sharoitida

ishlab

chiqarish

jarayoniga

innovatsiyalarni, zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyotning yangi bilimga
yo’naltirilgan tarmoqlarini paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotning innovatsion sektorini,
shuningdek “raqamli tadbirkorlikni” shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqaruvchilarni
raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratadi [4].

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarmoqlarini, jumladan tadbirkorlik faoliyatini

innovatsion usulda rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan
qo‘yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish mamlakatimiz
fuqarolarining turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy taraqqiyotga
erishishning muhim shartidir. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida barcha
tarmoqlarning rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Ayniqsa raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi
qulay investitsion muhitning shakllanishiga o’zining ijobiy ta‘sirni ko’rsatadi. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi bu qo’shimcha imkoniyatlarning yaratilayotganligidan darak beradi.
Uning rivojlanishi bilan yangi, zamonaviy ish o’rinlari paydo bo’ladi. Insonlarning ortiqcha sarf-
xarajat qilishlari hamda ortiqcha vaqtlarini o’g’irlanishining oldini oladi. Yalpi ichki mahsulotda
raqamli iqtisodiyotning ulushining ko’payishi, yalpi ichki mahsulotning ham shunga mutanosib
tarzda o’sishiga olib keladi. Pirovard natijada esa mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mamlakatimizda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim dolzarb masala bo’lib hisoblanadi hamda bugungi kunda
bu sohada ko’p islohatlar amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan
chora-tadbirlarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot jadal
rivojlanib kelmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida mamlakatda yuqori iqtisodiy
o’sish sur‘atlariga erishilib kelinmoqda. Bundan tashqari bunga proporsional tarzda mamlakat
iqtisodiyotida investitsiyalarning hajmi ham oshib bormoqda. Bu esa mamlakatda makroiqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlashga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish sharoitida Respublikamiz oldida turgan muhim vazifalardan biri jahon bozorida
raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni keng yo‘lga
qo‘yishdir. Bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri tadbirkorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni
ta’minlash orqali, narxlarni pasaytirish va jahon bozorida raqobatbardosh, eksportbop sifatli
mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda monopoliya
sohalariga xususiy sektor uchun yanada keng yo‘l ochish, “raqamli tadbirkorlikni” rivojlantirish
va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2020 yil 28 aprel.

2.

D. Tapscott, “The digital Economy: promise and peril in the age of networked intelligence.”-
New York: McGraw-Hill.-1997.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1364

3.

N.Lane Advancing the Digital Economy into the 21

st

Century (Assistant to the US President

for Science and Technology), 1999.

4.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN
TEACHING

SOIL

SCIENCE

AS

A

FACTOR

OF

ACHIEVEMENT

OF

EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

5.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023).
Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390).
EDP Sciences.

6.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... & Saidova,
M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent
region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

7.

Khakimova, M. X., & Bo’riyeva, S. Z. (2022). The Amount of Different Forms of Iron
Contained in Soils Formed in Tertiary Reddish Deposits. Texas Journal of Multidisciplinary
Studies, 6, 157-162.

8.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ...
& Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral
mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.






References

Sh.M.Mirziyoyev “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2020 yil 28 aprel.

D. Tapscott, “The digital Economy: promise and peril in the age of networked intelligence.”-New York: McGraw-Hill.-1997.

N.Lane Advancing the Digital Economy into the 21st Century (Assistant to the US President for Science and Technology), 1999.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education (6-3 (109)), 56-61.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023). Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... & Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

Khakimova, M. X., & Bo’riyeva, S. Z. (2022). The Amount of Different Forms of Iron Contained in Soils Formed in Tertiary Reddish Deposits. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 157-162.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов