Authors

  • Davronbek Abduazimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30109

Keywords:

statehood public administration Turkish Kaganate Ashin Tuu Movarounnahr Khorasan.

Abstract

This article focuses on the role of the states that ruled in Central Asia in the Middle Ages in Uzbek statehood and governance.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

385

O‘RTA ASRLAR DAVRI DAVLATCHILIGI VA BOSHQARUVINING TAHLILLARI

Abduazimov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li

Guliston davlat universiteti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10825553

Annotatsiya.

Mazkur maqolada о‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda hukm surgan

davlatlarning о‘zbek davlatchiligi va boshqaruvida tutgan о‘rni va roli masalariga e’tibor
qaratilgan.

Kalit sо‘zlar:

davlatchilik, davlat boshqaruvi, Turk hoqonligi, Ashin, Tuu, Movarounnahr,

Xuroson.

ANALYZES OF STATEHOOD AND ADMINISTRATION OF THE MIDDLE AGES

Abstract.

This article focuses on the role of the states that ruled in Central Asia in the

Middle Ages in Uzbek statehood and governance.

Keywords:

statehood, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu,

Movarounnahr, Khorasan.

АНАЛИЗ ГОСУДАРСТВЕННОСТИ И УПРАВЛЕНИЯ СРЕДНЕВЕКОВЬЯ.

Аннотация.

В

данной

статье

рассматривается

роль

государств,

господствовавших в Средней Азии в средние века, в узбекской государственности и
управлении.

Ключевые слова:

государственность, государственное управление, Турецкий

каганат, Ашин, Туу, Мовароуннахр, Хорасан.

Markaziy Osiyo hududlarida bir qator davlatlar, xalqlar yashagan va tarixda o‘ziga xos iz

qoldirib ketgan. Ushbu davlatlar mintaqa hududida shakllanib, rivojlanib, keyinchalik tarix
sahnalaridan ketishi bilan birga o‘lkaning davlatchiligi hamda davlat boshqaruvida o‘zining ayrim
elementlarini qoldirib ketganligiga guvoh bo‘lamiz. О‘zbekiston davlatchiligi tarixida Turk
xoqonligi davlati muhim о‘rin egallaydi. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy
qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u, О‘g‘iz, Tо‘qqiz о‘g‘iz, О‘ttuz tatar, Qarluq, Qiton, Tolis,
Turk, Uyg‘ur, Quruqan, Duba va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy о‘lkasida siyosiy
jarayonlar faollashadi.

О‘sha paytda hozirgi Mо‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan

Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin
urug‘ining mavqei kо‘tariladi. Ashin urug‘iga mansub Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa
urug‘larni о‘zlariga bо‘ysundiradilar va Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.

Tuuning о‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bо‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga

tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qо‘shinlarini yengib, ularni
о‘zlariga bо‘ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat - Turk
xoqonligiga asos solinadi [1, B.46-48].

Ma’lumotlarga kо‘ra, Turk xoqonlari О‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan bо‘lsalar-da biroq,

о‘zlari bu hududga kо‘chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh
qarorgohlarida qolib bо‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan
olinadigan soliq-о‘lponlar va tо‘lovlar bilan kifoyalanganlar[2].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

Bundan kо‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat

tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom
etgan. Xoqonlik istisno hollardagina о‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa
kо‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Turk xoqonligida davlatning
oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bо‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga kо‘ra, turkiylar
xonni taxtga о‘tqazishda maxsus marosim о‘tqazishgan. Ya’ni, amaldorlar bо‘lajak xonni kigizga
о‘tqazib, quyosh yurishi bо‘ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va
ulug‘lab turganlar. Sо‘ngra xonni otga о‘tqazib, bо‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz
necha yil xon bо‘lmoqchisiz?” deb sо‘raganlar. U necha yil xon bо‘lishini aytgan va shu muddat
tugagach taxtdan ketgan [3].

Qadimgi turkiy afsonalarda aytilishicha, turklarning tasavvuriga kо‘ra, davlatchilikning

markazi, uni о‘z qо‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning
humkron sulolasi asosiy bо‘lib, u uchta kuch – osmon (Tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda
turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi. Xoqondan keyingi shaxs, birinchi
amaldor “yabg‘u” (bahodir) bо‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga
merosxо‘rlik qila olmas edi. Xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos
bо‘lgan uluslarga bо‘linish tizimiga asoslanib belgilangan. Ushbu tizimga kо‘ra, taxt aksariyat
hollarda otadan о‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi.

Taxt merosxо‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga о‘tirgunlariga qadar

о‘zlariga berilgan usullarni boshqarib turganlar [4].

VIII asr о‘rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy

tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qо‘li ostidagi
ma’muriy-idora usuli о‘z shaklini saqlab qolgan bо‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga
itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining kо‘pchiligi о‘z huquqlari va imtiyozlarini
saqlab qolish uchun islom dinini qabul qilgan edilar. Ushbu dinni qabul qilmagan zodagonlar о‘z
mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon tо‘lar edilar[5]. Arablarning О‘rta
Osiyoda bosib olgan hududlarining boshqarish markazi Marv shahri edi, shu yerdan turib
xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. VIII asrning о‘rtalari va oxirlarida
Movaraunnahr va Xuroson hududlaridagi siyosiy boshqaruv xalifalik siyosiy tizimiga moslashtirib
bо‘lingan edi.

Bu davrda Movaraunnahrda Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston

mahalliy hokimlari zimmasiga aholidan soliqlarni yig‘ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish
uchun islom dini g‘oyalarini aholi о‘rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi.

Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan

qattiq nazorat ostiga olingan, shuningdek, ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart
bо‘lgan [6].

Tadqiqotlarga kо‘ra, arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik

tizimi ham joriy etiladi. Islom huquqshunosligining asosini tashkil etuvchi shariat, muqaddas kitob
- Qur’oni karim va Hadisi sharifga tayanar edi. Islom dinining har taraflama afzalligi, axloq va
intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi, bosib olingan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez
orada qabul etilishiga sabab bо‘ldi. Islom moxiyatiga yetilgachgina, unga rag‘bat va e’tiqod
kuchayib ketdi. Olik-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va Shariat


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik
esa dinning ahamiyatini kuchaytirdi, haqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi [7].

О‘zbek davlatchiligi tarixida 50 yildan ziyodroq hukmronlik qilgan sulolalardan biri

Tohiriylar sulolasi (Toxir ibn Husayn (821-822y.y.); Talxa ibn Toxir (822-828 y.y.); Abdulloh ibn
Tohir (828-844 y.y.); Tohir II ibn Abdulloh (844-862 y.y.), Muhammad ibn Tohir (862-873y.y.))
edi. Tohiriylar mustahkam hokimiyat yaratish va qishloq xо‘jaligini tartibga solish maqsadida
jiddiy islohotlarnii amalga oshirdilar. Ular yangi kanallar bunyod etib, suvdan foydalanishni
yaxshilash choralarini kо‘rdilar. Abdulloh ibn Toxirning buyrug‘i bilan о‘lkadagi yirik
qonunshunoslar sug‘orish uchun foydalaniladigan suv taqsimoti qonunlari tо‘plami – Kitob al-
kuniyni tuzdilar. Yuzlab yillar mobaynida ushbu qonunlar Movarounnahrda suvdan
foydalanishdagi bahs-munozaralarni hal etishda asos bо‘lib xizmat qilgan [8]. Xalq harakati
natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Safforiylar hukmronligiga kelib xalqning ahvoli sezilarni
darajada yaxshilanmadi. Ular asosan mayda va о‘rta hol yer egalariga suyangan holda davlatni
idora qildilar. Safforiylar xalqdan olinadigan soliq miqdorini о‘zgartirmadilar, natijada keng xalq
ommasi ularni qо‘llab- quvvatlamadi.

IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Somoniylar sulolasi tarix sahnasida paydo bо‘ldi.
900 yilda Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qо‘shinlari Somoniylardan mag‘lubiyatga

uchradi va Safforiylar hukmronligi tugatildi [9,B.66-70]. Somoniylar Movarounnahr va
Xurosonda kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu g‘oyani
amalga oshirilishi Ismoil Somoniy (874-907 y.y.) hukmronligi davri bilan bog‘liq. Yirik yer egasi
bо‘lgan Ismoil mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini kо‘zlab ish tutdi.

Davlatning iqtisodiy kuch qudratini oshirish, qishloq xо‘jaligini, hunarmandchilikni va

savdoni rivojlantirilishiga ahamiyat qaratdi. Mamlakatning qudratini mustahkamlash uchun Ismoil
Somoniy bir qancha islohotlar о‘tkazdi.

Shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bо‘ldi. Bu

ma’muriyat

dargoh – amir saroyi

va

devon – davlat idorasi, vazirliklardan

iborat bо‘lgan [10].

Davlatni boshqaruvchi oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Markazlashgan davlat

boshqaruvi tizimini mustahkamlashda Nuh II Somoniyning ma’rifatli vazirlari Abuabdullo
Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bо‘lgan.

Somoniylar davrida bosh vazir lavozimiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan.
Davlat majmui

dargoh (amir saroyi)

va

devonga (vazirliklar, davlat idorasi)

bо‘lingan

[11]. Saroyda siyosiy hokimiyat

sohibi xoras

qо‘lida bо‘lib, u oliy hukmdor farmonlari ijrosini

nazorat qilgan. Dargoh hamda boshqa muhim Davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish
xizmatini

bosh hojib

va uning xodimlari olib borgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar,

tashtadorlar, ot boqarlar, xо‘jalik bekalari kabi turli xizmatchilar bо‘lgan. Undagi barcha xо‘jalik
ishlarini

vakil

boshqargan. Vakil saroydagi eng e’tiborli kishilardan biri edi. Narshaxiyning

ma’lumot berishicha, Nasr II Somoniy davrida Buxoro registonida davlatdagi 10 ta devonga atab
maxsus 10 ta bino qurilgan. Davlatda quyidagi devonlar faoliyat kо‘rsatgan:

Devoni vazir (bosh vazir devoni).

Bu devonga qolgan barcha devonlar bо‘ysungan.

Bosh vazir devoni barcha ma’muriy, siyosiy, xо‘jalik va harbiy mahkamalarni nazorat

qilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

Devoni mustaufi (moliyaviy ishlar devoni).

Bu devon davlatning barcha moliyaviy

ishlarini bajargan va nazorat qilgan. U xazinador tomonidan boshqarilib, devon ixtiyorida
hisobchilar, munshiy va kotiblar, daftardorlar bо‘lgan.

Devoni amid al-mulk, yoki al-rasail (rasmiy hujjatlar devoni).

Bu devon davlat

ahamiyatiga molik bо‘lgan barcha hujjatlarni tuzish va ishlab chiqish bilan shug‘ullangan.
Shuningdek, chet davlatlar bilan bо‘ladigan diplomatik munosabatlar ham nazorat qilingan.

Devoni sohib-ash-shurot (harbiy ishlar devoni).

Bu devon davlatning butun harbiy

ishlarini nazorat qilgan, harbiy intizomni ta’minlagan hamda amirning shaxsiy qо‘shinini
(gvardiyasini) boshqargan. Ushbu devonboshining maxsus yordamchisi – ariz bо‘lgan. U
mahkama va uning boshlig‘i, amir qо‘shini xazinasi bilan shug‘ullangan. Qо‘shinga bir yilda tо‘rt
marta maosh tо‘langan.

Devoni sohib al-borid (xat-xabarlar nazoratchisi devoni).

Ushbu devon markazda qabul

qilingan muhim qarorlar, hujjatlar, xabarnomalarni viloyat va shaharlarga yetkazish bilan
shug‘ullangan.

Devoni muxtasib (bozorlar va kо‘chalar, shariat qonun qoidalariga rioya qilishni

nazorat qiluvchi devon).

Devon xizmatchilarining qiladigan asosiy ishi shahar va qishloqlarda,

kо‘cha va bozorlarda tartib-intizomni, tosh-tarozini va aholi tomonidan shariat qonun-qoidalariga
rioya qilinishini nazorat qilish bо‘lgan. Devonboshi о‘z mirg‘azab (xodim) lari bilan barcha
shaharlarda faoliyat kо‘rsatgan.

Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni).

Bu devon saroy ta’minoti bilan

bog‘liq sarf-xarajatlarni nazorat qilgan. Muhim davlat ishlari, xazina kirim-chiqimini nazorat
qilish ham ular zimmasida bо‘lgan.

Devoni vaqf (vaqf yerlari devoni).

Machitlar, madrasalar, umuman diniy muassasalar

ixtiyorida bо‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan.

Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni).

Bu devonni davlatning bosh qozisi

boshqargan. Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan.

Mazkur devonlarning barchasi (sohib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va

oliy markaziy hokimiyatga bо‘ysungan [4]. Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga
qabul qilishda davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqh
meyorlaridan tо‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida
bilimdonlik kabi ma’lum bir talablar qо‘yilgan bо‘lib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi
samaradorligini xizmat qilardi.

Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan bо‘lib, dindorlar

boshlig‘i

ustod (keyinchalik shayx-ul-islom)

Somoniylar davlatida katta mavqega ega bо‘lgan

[7]. Qoraxoniylar sulolasi о‘z hukmronligi davrida egallangan sarhadlarini bir necha marta
о‘zgartirganlar. Movarounnahr zabt etilgunga qadar ularning mulklari Tyanshan va uning atroflari
bо‘lsa, XI asr boshlariga kelib hoqonlik chegaralari Amudaryogacha yetgan. Kо‘p о‘tmay har bir
viloyat ma’lum siyosiy mavqega ega bо‘lgan holda xondan kichikroq unvonga ega elekxonlar
tomonidan boshqariladigan bо‘ldi [13]. G‘aznaviylar Movarounnahrda bor-yо‘g‘i 40 yilga yaqin
hukmronlik qilgan bо‘lsalar-da, bu davr о‘zbek davlatchiligi tarixidagi muhim bosqichlardan
biridir. Chunki, G‘aznaviylar paydo bо‘lishi davri – X asr oxiri – XI asr boshlarida vujudga kelgan
boshqa bir davlatlar - Saljuqiylar va Qoraxoniylar kabi о‘ta muhim tarixiy ahamiyat kasb etgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

voqea – nafaqat Movarounnahr, balki butun О‘rta Osiyoda turkiy davlatchilikning о‘zil-kesil qaror
topganligini kо‘rsatadi [14]. О‘z davlatini barpo etgan kо‘chmanchi xalqlar davlatchiligi tarixida
Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir.

Manbalarning ma’lumot berishicha, bu sulolaning paydo bо‘lishi qiniq qabilasi vakili

bо‘lgan Saljuq nomi bilan bog‘liq bо‘lib, u X asrning о‘rtalarida о‘g‘о‘zlar Yabg‘usining
xizmatida bо‘lib, yirik harbiy unvon – “Sо‘boshi” unvoniga sazovor bо‘ladi. Bu haqda Mahmud
Qoshg‘ariy “Saljuq Sо‘-boshi” deya ma’lumot beradi [15].

XI asrning 40-yillaridan boshlab Saljuqiylar Xuroson, Gurgon, Dehiston va Xorazmni

butunlay qо‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar
uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy)
hukmronligi davrida Saljuqiylar davlatining hududlari yanada kengayib, mamlakatning yuksalgan
davri bо‘ldi. Sulton Malikshoh davrida Samarqand, Buxoro va markazi О‘zgand bо‘lgan Farg‘ona
ham Saljuqiylar davlatiga buysunadi. 1092 yilda Sulton Malikshoh vafot etgach uning vorislari
о‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan sо‘ng 1118 yilda
Malikshohning о‘g‘li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq bо‘ldi. Buyuk
Saljuqiylar sulolasining sо‘nggi yirik vakili bо‘lgan Sulton Sanjar davrida davlatning poytaxti
Marv shahriga kо‘chirildi. Sulton Sanjar Movarounnahrdagi Qoraxitoylarning ichki ishlariga,
siyosatiga katta ta’sir о‘tkaza olishga erishgan Saljuqiylardan edi. U hokimiyatni qо‘lga olishi
bilanoq harbiy yurishlarni kuchaytiradi. Natijada bir qancha viloyatlar, xususan, Mozandaron,
Xorazm, Seyiston, G‘azna va Movarounnahr Saljuqiylar davlatiga buysundiriladi. Manbalarning
ma’lumot berishicha, Sulton Sanjar “Ulug‘ sulton”, “Sultonlarning sultoni”, “Shahanshoh” kabi
unvonlar bilan ulug‘langan [4].

Xulosa qilib aytganda, ildizlari qadimgi dehqonchilik madaniyatiga borib taqaluvchi

О‘zbekiston davlatchiligi tarixi о‘zining butun tadrijiy takomili davomida buyuk yuksalish,
gullab-yashnash davrlarini ham boshidan kechirdi.

REFERENCES

1.

BOBOYOROV G‘.B. О‘ZBEK DAVLATCHILIGIDA TURK XOQONLIGINING
TUTGAN О‘RNI // MARKAZIY OSIYODA KО‘CHMANCHI VA О‘TROQ
MADANIYATLAR SINTEZI. XALQARO KONF.MAT. TOSHKENT., 2020.

2.

GUMILYOV L.N. QADIMGI TURKLAR. - TOSHKENT: FAN, 2007.

3.

NASIMXON RAXMON. TURK XOQONLIGI. - TOSHKENT, 1990.

4.

ABULG‘OZI. SHAJARAI TURK. - TOSHKENT: CHО‘LPON, 1990.

5.

ABU RAYHON BERUNIY. TANLANGAN ASARLAR. T.1. QADIMGI XALQLARDAN
QOLGAN YODGORLIKLAR. A. RASULOV TARJIMASI. – TOSHKENT: FAN, 1966.

6.

О‘ZBEKISTON

DAVLATCHILIGI

TARIXI

OCHERKLARI.

MAS’UL

MUXARRIRLAR D.A.ALIMOVA, E.V.RTVELADZE. - TOSHKENT: SHARQ , 2001.

7.

SAGDULLAYEV A. VA BOSHQALAR. О‘ZBEKISTON TARIXI: DAVLAT VA
JAMIYAT TARAQKIYOTI. - TOSHKENT: AKADEMIYA, 2000.

8.

AZAMAT ZIYO. О‘ZBEK XALQI DAVLATCHILIGI TARIXI. – TOSHKENT: SHARQ,
2001.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

9.

MAVLONOV О‘.M. О‘RTA ASRLAR MAHALLIY SULOLALAR DAVRIDA
KARVON YО‘LLARI // JAMIYAT VA BOSHQARUV. TOSHKENT. 2017. №3.

10.

NEGMATOV N. N. GOSUDARSTVO SAMANIDOV. – DUSHANBE: DONISH, 1977.

11.

ESHOV B.J. О‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA MAHALLIY BOSHQARUV TARIXI. T.:
2019.

12.

SAGDULLAYEV A.S. VA BOSHQ. О‘ZBEKISTON TARIXI: DAVLAT VA JAMIYAT
TARAQQIYOTI. – TOSHKENT: AKADEMIYA, 2000.

13.

ABUSEITOVA M.X. I DR. ISTORIYA KAZAXSTANA I SENTRALNOY AZII.
ALMATI. BILIM. 2001.

14.

SHONIYOZOV K. SH. QARLUQ DAVLATI VA QARLUQLAR. TOSHKENT: SHARQ,
1999

15.

SHONIYOZOV K. SH. О‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH JARAYONI.
TOSHKENT: SHARQ, 2001

References

BOBOYOROV G‘.B. О‘ZBEK DAVLATCHILIGIDA TURK XOQONLIGINING TUTGAN О‘RNI // MARKAZIY OSIYODA KО‘CHMANCHI VA О‘TROQ MADANIYATLAR SINTEZI. XALQARO KONF.MAT. TOSHKENT., 2020.

GUMILYOV L.N. QADIMGI TURKLAR. - TOSHKENT: FAN, 2007.

NASIMXON RAXMON. TURK XOQONLIGI. - TOSHKENT, 1990.

ABULG‘OZI. SHAJARAI TURK. - TOSHKENT: CHО‘LPON, 1990.

ABU RAYHON BERUNIY. TANLANGAN ASARLAR. T.1. QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR. A. RASULOV TARJIMASI. – TOSHKENT: FAN, 1966.

О‘ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI OCHERKLARI. MAS’UL MUXARRIRLAR D.A.ALIMOVA, E.V.RTVELADZE. - TOSHKENT: SHARQ , 2001.

SAGDULLAYEV A. VA BOSHQALAR. О‘ZBEKISTON TARIXI: DAVLAT VA JAMIYAT TARAQKIYOTI. - TOSHKENT: AKADEMIYA, 2000.

AZAMAT ZIYO. О‘ZBEK XALQI DAVLATCHILIGI TARIXI. – TOSHKENT: SHARQ, 2001.

MAVLONOV О‘.M. О‘RTA ASRLAR MAHALLIY SULOLALAR DAVRIDA KARVON YО‘LLARI // JAMIYAT VA BOSHQARUV. TOSHKENT. 2017. №3.

NEGMATOV N. N. GOSUDARSTVO SAMANIDOV. – DUSHANBE: DONISH, 1977.

ESHOV B.J. О‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA MAHALLIY BOSHQARUV TARIXI. T.: 2019.

SAGDULLAYEV A.S. VA BOSHQ. О‘ZBEKISTON TARIXI: DAVLAT VA JAMIYAT TARAQQIYOTI. – TOSHKENT: AKADEMIYA, 2000.

ABUSEITOVA M.X. I DR. ISTORIYA KAZAXSTANA I SENTRALNOY AZII. ALMATI. BILIM. 2001.

SHONIYOZOV K. SH. QARLUQ DAVLATI VA QARLUQLAR. TOSHKENT: SHARQ, 1999

SHONIYOZOV K. SH. О‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH JARAYONI. TOSHKENT: SHARQ, 2001