Authors

  • Davronbek Abduazimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73537

Keywords:

ma’rifatli jamiyat yaxshi xulqlar yomon illatlar davlat davlat boshqaruvi hukmdor fazilatlari.

Abstract

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning ma’rifatli jamiyat va davlat boshqaruvi haqidagi falsafiy qarashlari yoritilgan.

background image

1213

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ABU RAYHON BERUNIYNING DAVLAT BOSHQARUVI VA MA’RIFATLI JAMIYAT

HAQIDAGI FALSAFIY-TA’LIMIY QARASHLARI

Abduazimov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li

Guliston davlat universiteti 2-bosqich doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15081554

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniyning ma’rifatli jamiyat va davlat

boshqaruvi haqidagi falsafiy qarashlari yoritilgan.

Kalit sо‘zlar:

ma’rifatli jamiyat, yaxshi xulqlar, yomon illatlar, davlat, davlat

boshqaruvi, hukmdor fazilatlari.

ФИЛОСОФСКИЕ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ АБУ РАЙХАНА БЕРУНИ

НА ПРАВИТЕЛЬСТВО И ПРОСВЕЩЕННОЕ ОБЩЕСТВО

Аннотация.

В данной статье описываются философские взгляды Абу Райхана

Беруни на просвещенное общество и государственное управление.

Ключевые слова:

просвещенное общество, хорошие манеры, плохие пороки,

государство, государственное управление, качества правителя.

ABU RAYKHAN BERUNI'S PHILOSOPHICAL AND EDUCATIONAL VIEWS ON

GOVERNMENT AND ENLIGHTENED SOCIETY

Abstract.

This article describes Abu Rayhan Beruni's philosophical views on

enlightened society and state administration.

Keywords: statehood

, public administration, Turkish Kaganate, Ashin, Tuu,

Movarounnahr, Khorasa enlightened society, good manners, bad vices, state, state

administration, qualities of a leader.

Tarix sahifalaridan ma’lumki, o‘rta asr sharq allomalari davlat, jamiyat, uning vujudga

kelishi, shakllanishi va vazifalari to‘g‘risida salmoqli asarlar yozib qoldirgan.

Xususan, Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) ilmiy asarlarida ham davlat va

jamiyatning vujudga kelishi va tadrijiy rivojlanish bosqichlari tahlil etilganining guvohi

bo‘lamiz.

Davlat deb, avvalam bor, jamiyatning yaxlitligi va yagonaligini ta’minlaydigan siyosiy

tashkilotga, maxsus boshqaruv apparatiga, mexanizmiga ega bo‘lgan, siyosiy hokimiyat sifatida

umum majburiy qonunlar qabul qiluvchi hamda ularga rioya etilishini nazorat qiluvchi, o‘z

fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlovchi institutga aytiladi

1

.

1

Sh.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. T. TDYU.2018


background image

1214

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Hech qaysi bir davlat birdan tuzilib, o‘z faoliyatini yuritib ketolmagan. Davlatchilik

an’analari asrlar osha bir davlatdan boshqasiga o‘tib, sayqallanib yana ham takomillashtirilib

kelingan.

Qadimgi sharq va g‘arb olimlarini ham davlat va davlatchilik muammolari doim

qiziqtirib kelgan. Shu munosabat bilan ular o‘z asarlarida, falsafiy qarashlarida ushbu

masalalarga jiddiy e’tibor qaratgan. Ayniqsa, sharq mutafakkirlaridan Abu Ali Ibn Sino, Abu

Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz bu

mavzuda nihoyatda qimmatli ma’lumotlar qoldirishgan.

Bugun mamlakatimiz hayotida oila, jamiyat va davlat degan tushunchalarning mazmun-

mohiyati o‘zgacha ahamiyat kasb etgan. Oila tinch bo‘lsa, jamiyat tinch, jamiyat tinch bo‘lsa,

davlat farovon bo‘ladi. Inson, avvalambor, oilada o‘z shaxsiyatini kamol toptiradi. Lekin u

jamiyat bilan aloqalarga kirishi bilan jamiyat tartib-qoidalari, undagi munosabatlarga doir xulq-

atvor, xarakterlarini shakllantiradi.

Marhum adib, yozuchi Tohir Malik aytganlaridek: “Hech kim hayotda jinoyatchi bo‘lib

tug‘ilmaydi, jamiyat uni u yoki bu yo‘ldan ketishga sababchi bo‘ladi”. Xuddi shunday fikrlarni

buyuk qozoq shoiri Abay ham o‘zining “Naqliya so‘zlar” (“Nasihatlar”) asarida ta’kidlab: “Bola

yomon bo‘lsa, ayb jamiyatda” degan fikrlarni ilgari suradi. Shulardan ko‘rinib turibdiki, jamiyat

inson hayotining ajralmas bo‘lagi, unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi birlik hisoblanadi.

Chunonchi, Abu Rayhon Beruniy ma‘rifatli jamiyat haqida qator fikrlarni keltirib o‘tadi.

U kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Alloma fikricha, bu illatni yo‘qotishning

muhim vositasi uning tag tomirini kesib tashlashdir. Yomonlikning turlari bisyor, ammo ularning

mohiyati uch sigmentdan iboratdir: ta’ma, g‘azab hamda ilmsizlik

2

.

Abu Rayhon Beruniy o‘zining falsafiy asarlarida , xususan, “Qadimgi avlodlar obidalari”

insonga xos xususiyatlar va ularning jamiyat hayotiga ta’sirini bayon qiladi. Bular inson

shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqidagi fikrlardir.

Beruniyning asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq-atvorida

mavjud bo‘lgan ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik kabi

illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to‘xtalib o‘tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi

oqil odamlar haqida o‘z fikrini bayon qiladi. Oqil odamlarning taraqqiyoti va ular ruhiyatining

rivojlanishi hech bir to‘siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo‘ladi deb tushuniladi

3

.

Yana bir o‘rinda, mehnat haqida so‘z yuritib, mehnat insonning xulq-atvorini

tarbiyalovchi vosita sifatida qaraydi.

2

Z.Turaqulov, S.Rahimov. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiya haqida. T. “O‘qituvchi”.1992

3

X.Qodirov. Al-Beruniy va uning asarlari. T. “Ilm-Ziyo”. 2010


background image

1215

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

U insonning sabrini, matonatini, bardoshini kamol toptiradi, chiniqtiradi. Mehnat bilan

band bo‘lmagan inson bekorchilikdan keladigan turli illatlar bilan chalg‘ib qoladi, hayotidagi

muhim vazifalaridan, yo‘lidan chalg‘itadi

4

.

Beruniyning mazkur fikrlari o‘tmishdagi va hozirgi jamiyatdagi jinoyatchilikka qarshi

kurashish, uning oldini olish va kelib chiqish omillarini bartaraf qilish g‘oyalarining qanchalik

dolzarbligini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda ham yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, uyushmagan yoshlar,

xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga doir sa’y-harakatlar davlat siyosati darajasiga

ko‘tarilgan. Mutafakkir tarbiya va tartib-intizom bilan jamiyatni ma’rifatli qilish mumkinligini

bot-bot takrorlaydi.

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy davlat o‘z tuzilishi, boshqaruv shakli g‘oyatda puxta

va mustahkam asoslarga qurilishi kerakligini, aks holda, unda istiqomat qiluvchi fuqarolarning

farovonligiga putur yetishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Davlatni idora qiluvchi rahbarga quyidagicha ta’rif beradi: “Podshoh misoli

karvonboshidur. Karvonboshi kunduzi karvondagilar bilan yo‘l yuradi, kechalari karvon uxlasa,

u ertangi manzillarga karvondagilarni omon-eson yetib borishni, karvonga talafot yetmasligini

o‘ylaydi, reja qiladi, shu uchun mijja qoqmaydi”

5

.

Yana bir o‘rinda u rahbardan yaratuvchan bo‘lishini, doimo yangiliklarga intiluvchi, qo‘l

ostidagilarni har lahza tinglay olish qobiliyatini o‘zida mujassam qilishi kerakligini uqtirib

keladi.

Hozirgi kundagi boshqaruv asoslarini o‘rgatish xizmatini yo‘lga qo‘ygan trenerlar ham

o‘z ma’ruzalarida xodimlar bilan ishlashda ularga erkinlik berish, ularning tashabbuslarini

qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or g‘oyalarini rag‘batlantirish samarali boshqaruv uslubi ekanligini

ta’kidlab kelishadi.

Xulosa o‘rnida, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy, ta’limiy qarashlari dolzarbligini XXI

asrda ham yo‘qolmaganini ko‘ramiz. Qo‘lyozmalariga qayta-qayta murojaat qilishimizning

nechog‘lik muhimligini anglaymiz. Asarlarining mag‘zini, mohiyatini kelajak avlodga yetkazish

ahamiyatli ekanligini maqsad va vazifamizga aylantiramiz.

REFERENCES

1.

Sh.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. T. TDYU.2018

4

T.R.Bekmirov. Abu Rayhon Beruniy falsafiy psixologik qarashlari. TMA Conference.2022

5

Sh.Axmedov. Beruniy. Hayoti va faoliyati. T. “Fan”. 1998


background image

1216

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

2.

Z.Turaqulov, S.Rahimov. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiya haqida. T.

“O‘qituvchi”.1992

3.

T.R.Bekmirov. Abu Rayhon Beruniy falsafiy psixologik qarashlari. TMA Conference.2022

4.

Sh.Axmedov. Beruniy. Hayoti va faoliyati. T. “Fan”. 1998

5.

X.Qodirov. Al-Beruniy va uning asarlari. T. “Ilm-Ziyo”. 2010.

References

Sh.A.Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. T. TDYU.2018

Z.Turaqulov, S.Rahimov. Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiya haqida. T. “O‘qituvchi”.1992

T.R.Bekmirov. Abu Rayhon Beruniy falsafiy psixologik qarashlari. TMA Conference.2022

Sh.Axmedov. Beruniy. Hayoti va faoliyati. T. “Fan”. 1998

X.Qodirov. Al-Beruniy va uning asarlari. T. “Ilm-Ziyo”. 2010.