DEVIANT BEHAVIOR IN ADOLESCENTS

HAC
Google Scholar
To share
Berdiyeva, M., & Abdumo‘minova , S. (2024). DEVIANT BEHAVIOR IN ADOLESCENTS. Modern Science and Research, 3(2), 165–169. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30388
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Adolescent problems and parents' views on them. Thoughts were given on how to return teenagers with deviant behavior to educational life, educate them in the spirit of spirituality, and how to work with them in such cases.


background image


165

O‘SMIRLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR

Berdiyeva Muborak Baxtiyorovna

GDPI “Pedagogika” kafedrasi o`qituvchisi

Abdumo‘minova Sevinch Farhod qizi

GDPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10876388

Annotatsiya.

O‘smirlik davrida uchraydigan muommolar va ota-onalarning bunga

nisbatan qarashlari. Deviant xulq-atvorga uchragan o‘smirlarning tarbiyaviy hayotga qaytarish

ularni ma‘naviyat ruhida tarbiyalash va bunday holatlarda ular bilan qay tarzda ishlash kerak

ekanligi haqida fikrlar keltirilib o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

deviant, ruhiy, zaif, ijtimoiy tengsizlik, axloqiy omil, ko‘k kit, stress,

agressiya, og‘ir, o‘z joniga qasd qilish.

DEVIANT BEHAVIOR IN ADOLESCENTS

Abstract.

Adolescent problems and parents' views on them. Thoughts were given on how

to return teenagers with deviant behavior to educational life, educate them in the spirit of

spirituality, and how to work with them in such cases.

Key words:

deviant, mental, weak, social inequality, moral factor, blue whale, stress,

aggression, severe, suicide.

ДЕВИАНТНОЕ ПОВЕДЕНИЕ У ПОДРОСТКОВ

Аннотация.

Проблемы, возникающие в подростковом возрасте, и взгляды

родителей на них. Были высказаны мысли о том, как вернуть подростков с девиантным

поведением в образовательную жизнь, воспитать их в духе духовности и как работать с

ними в таких случаях.

Ключевые слова:

девиантный, психический, слабый, социальное неравенство,

моральный фактор, синий кит, стресс, агрессия, тяжесть, суицид.

Ma‘lumki yurtimizda ko‘plab salbiy muommolar; ichkilikbozlik, qimorbozlik, odam

o‘ldirish shu kabi ijtimoiy muommo va salbiy holatlar uchrab turadi. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda avj

olib bormoqda. Avvalari bu holat Yevropa davlatlarida o‘rta yoshlilar va o‘smirlarda orasida keng

tarqalagan. Buning ma‘lum bo‘lgan sababi komputerda ma‘lum bo‘lgan sababi komputerda

ta‘qiqlangan o‘yinlar bo‘lgan. Hozirda esa ushbu holatlar asosan o‘smir yoshidagi va undan ham

yosh bolalarda uchrab jamiyatimizga ko‘plab salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Aniqlanishlaricha


background image


166

o‘smir komputer o‘yiniga mukkasidan ketadi. O‘yinda yiqqan ballaridan ayrilganidan so‘ng kuchli

stressga berilgan va chiday olmaganidan o‘z joniga qasd qilgan.

Deviant so‘zining ma‘nosi (lot.-xulqdan og‘uvchi fe‘l- atvor, chetga og‘uvchi fe‘l-atvor)

degan ma‘noni anglatadi. Ko‘pgina hollarda sotsial sanktsiyalarga deviant xulq-atvor jamiyatda

o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy

faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Ma‘lumotlarga qaraganda shunga o‘xshash

eng xavfli o‘yinlardan biri "Ko‘k kit" hisonlanadi. O‘rta Osiyoda bu o‘yinni o‘ynagan

o‘smirlarning 185 nafari o‘z joniga qasd qilgan. Xo‘sh O‘zbekistonda bizning o‘smirlar mana shu

xavfli o‘yinlardan qanday himoya qilinyabti.

Toshkent shahar Xalq Ta‘limi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ravshan Ergashev

joriy yilda ana shunday xavfning oldini olish maqsadida o‘smir yoshlar o‘rtasida qaysi internet

tarmog‘idan foydalanishi, qanday internet o‘yinlarini bilishi kabi savollardan iborat so‘rovnomalar

o‘tkazdi. Ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazib ularga bu xavf haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Albatta, o‘smirlarning rivojlanishi, xarakter va xulq-atvorning shakllanib borishi

avvalambor oilasiga yon-atrofdagi do‘stlar davrasi va jamoasiga va shu bilan birgalikda yaxshi

ko‘rgan va hurmat qilgan insonlar fikriga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Ba‘zi bir ota-onalarning e‘tiborsizligi ya‘ni "Farzandimning qorni to‘q, hammadan yaxshi

kiyinsa, hech kimdan kami yo‘q" degan o‘y hayollari va xotirjamligi natijasida bolaning

tarbiyasida o‘zgarishlar, yomon axloqli, xulqi buzuq bo‘lgan do‘stlar davrasiga kirib qolishiga

sabab bo‘lmoqda.

Ota-onalar tomonidan nazorat yo‘qligi tufayli ular jazosizliginj tushunib har xil qing‘ir

yo‘llardan yurishadi. Ana endi ota-onalarning bee’tiborligi teskari tomoni yani farzandini haddan

tashqari kuchli nazoratga olishi.Unga chuqur tazyiq o‘tkazish, fikrlarini mensimaslik va

eshitmaslik, do‘stlari va oilasi davrasida kamsitish, unda paydo bo‘lgan maqsad va orzulariga past

nazar bilan qarash mana shunday holatlarga olib keladi.

Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlardagi muommolar deviant xatti-

harakatlarning sababiga aylanadi. Ba‘zida bitta ota-onaning mana shunday tazyiqlari bolaning

stress va agressiyaga tushishiga sabab bo‘ladi. Ushbu sabablardan so‘ng noto‘g‘ri xulq yuzaga

keladi.

Ularning uch turi mavjud.

1.

Zaif

2.

O‘rtacha

3.

Og‘ir


background image


167

Agar o‘smirning oilasidagi muommolar tufayli shaxsiy baxtsizliklar yoki boshdan

kechirgan stresslarni qo‘shsak, biz har kimdan va hamma uchun qasos olishga tayyor bo‘lgan

haqiqiy deviantni ko‘ramiz.

Ayniqsa o‘smir yoshidagi bolalar hayotidan noroziligini juday salbiy fikrlar bilan

ifodalaydi. Bunday xulq-atvor reaksiyalari depressiya hisoblanadi. Bu o‘smirlar o‘zlariga xos

bo‘lgan hayotiy jismoniy nosozliklar tufayli rivojlanishi mumkin. Shuningdek o‘spirin muhim

yoki fojiali voqealar uchun javobgarliklarni asossiz ravishda o‘z zimmasiga olganida shunday

atash mumkin.

Sotsiologlar bularni uchta asosiy manbaaga ajratib ko‘rishgan.

1.Ijtimoiy tengsizlik.

Bola bu hodisaga avvalo boshlang‘ich maktabda ham duch keladi: sinfdoshlari undan

yaxshiroq kiyinishadi, ularning yonida har doim keragidan ortiq pul bor va hakozo. Bunda voyaga

yetmagan bola o‘zini kambag‘al va noqulay his qiladi. U moddiy boylik yo‘qligi sababli o‘z

qobilyatlarini namoyish etaolmaydi. Shunda o‘smir butun dunyodan ham, birinchi navbatda ota-

onasidan ham g‘azablanadi.

2.Axloqiy va axloqiy omil.

Bu jamiyatimizning ma‘naviy rivojlanishining pastligi, fan va san‘atga befarqlik bilan

namoyon bo‘ladi.

3.Atrof-muhit va jamiyat.

Har ikkalasinjng ham vakillari nafaqat buzg‘unchiliklarni e‘tiborga olishadi, balki

ko‘pincha ularni yoqtirishadi.

Noqulay muhitda o‘sib ulg‘aygan, ammo ichki va qat‘iy ruhni tarbiyalashga muvaffaq

bo‘lgan ko‘plab odamlar bor, shuning uchun ular hayotda ma‘lum bir balandlikka erishdilar.

Deviant xatti-harakatlarning o‘ziga xos xususiyati o‘smirlarda kuchli fazilatlarning

"to‘liq yo‘qligi yoki ularning uxlab yotgan" holatda bo‘lishlari bilan belgilanadi, o‘zini o‘zi

tarbiyalashning o‘rniga ular alkagol yoki giyohvand moddalar bilan zaharlanish yoki zo‘ravonlik

shaklida nomoyon bo‘ladigan hayoliy o‘zini-o‘zi tasdiqlash orqali aldanib qolishlarni

osonlashtirishgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tmoqchimanki, eng buyuk Imom al-Buxoriyning hadislarini

o‘qish undagi saboqlarni qunt bilan o‘rganish ota-onaning farzandi oldidagi, farzandning ota-ona

oldidagi burchlari nimalardan iborat ekanligini anglab yetish, barcha ota-ona va farzandlar uchun

juda muhum.


background image


168

Biz hammamiz har xil va jamiyatda turlicha harakat qilamiz. Bunday xulq-atvorning oldini

olishda va davolashda avvalambor ilmli va barkamol bo‘lishimiz zarur.

Shu zayilda ko‘z o‘ngimizda, ijtimoiy tarmoqlarda deviant xatti-harakatlar muommosi

keskin. Deviantlilik xatti-harakati yoshlarni tarbiyalashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy,

biologic va psixologik omillarga bog‘liq. Deviant xatti-harakatlarning oldini olishda va uning

sabablarni bartaraf etishda o‘smirlarimizni insonlar bilan ko‘proq ijobiy, jamiyat bilan hamnafas

muloqotda bo‘ladigan, uni tushunaoladigan guruh yoki ijtimoiy tuzum topishiga yordam

berishimiz zarur. Deviant xulq-atvorning oldini olish ijtimoiy mavqeidan, dinidan, ma‘lumot

darajasi va boshqa omillardan qat‘iy nazar aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.

Vaholanki bu yerda asosiy vazifa esa o‘smir va ota-ona o‘rtasida ishonchli munosabatlarni

o‘rnatish deb o‘ylayman. Shundagina o‘smir muommoga duch kelsa shubhali do‘stlar guruhiga

emas, balki ota-onasiga murojaat qiladi. Bundan keyin esa kelajagimizda yetuk va barkamol

shaxslar yetishib chiqadi. Zeroki, jamiyatimiz ichkilikbozlik, giyohvandlik va jinayatchilik

ishlaridan ham yengillanadi. O‘smirlarga erta yoshdan, bolaligidan tog‘ri tarbiya berib ularga

o‘rnak bo‘lishi zarur. Farzandning bo‘sh vaqti faqat to‘garaklar, o‘qib ilm olishlar emas, oilasi

davrasida ham ko‘proq bo‘lishi ular bilan hamsuhbat bo‘lib mehr-muruvvatga to‘lishi ko‘proq

o‘rinlidir. Oiladagi do‘stona munosabatlar orqali kelajakdagi farzandingizda hech qanday buzuq

xulq-atvorga duch kelmaysiz.

REFERENCES

1.

Ishmuxammedov R, Abduqodirov A,Pardayev.Fan va texnologiya, 2010.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021- 458.619.

3.

Mirziyoyev Sh.M. Toshkent:. O‘zbekiston, 2017-yil.104- bet.

4.

Niyozov G‘., Axmedov M.E. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari-T:. Nashr-2011

5.

Umarova M.K. Cho‘lpon 2018

6.

Xodjayev B.X. Umumiy psixologiyasi nazariyasi va amaliyoti.Darslik T:.sano-Standart

2017-yil.

7.

qizi Suvonqulova, A. A. (2022). BOSHLANG’İCH SİNF O’QUVCHİLARİDA

TAYANCH KOMPETENSİYALARNİ SHAKLLANTİRİSHNİNG İLMİY-NAZARİY

ASOSLARİ. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования, 1(10), 7-9.


background image


169

8.

Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in

primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 11(10), 1494-1497.

9.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG

‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL

TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI.

Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

10.

Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL

SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL

TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

References

Ishmuxammedov R, Abduqodirov A,Pardayev.Fan va texnologiya, 2010.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021- 458.619.

Mirziyoyev Sh.M. Toshkent:. O‘zbekiston, 2017-yil.104- bet.

Niyozov G‘., Axmedov M.E. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari-T:. Nashr-2011

Umarova M.K. Cho‘lpon 2018

Xodjayev B.X. Umumiy psixologiyasi nazariyasi va amaliyoti.Darslik T:.sano-Standart 2017-yil.

qizi Suvonqulova, A. A. (2022). BOSHLANG’İCH SİNF O’QUVCHİLARİDA TAYANCH KOMPETENSİYALARNİ SHAKLLANTİRİSHNİNG İLMİY-NAZARİY ASOSLARİ. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 1(10), 7-9.

Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1494-1497.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов