IMPORTANCE OF EDUCATION IN PERSONAL DEVELOPMENT OF THE CHILD IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Berdiyeva, M., & Murodova , S. (2024). IMPORTANCE OF EDUCATION IN PERSONAL DEVELOPMENT OF THE CHILD IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28980
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The purpose and content of this article is to educate and develop the spiritual world of the child, his mind, moral feelings, and personal qualities. It was discussed about the education of moral feelings, imagination and behavior in children, the importance of preschool educational organizations in the development of the child, the role of education in the development of the child's personality.

Similar Articles


background image


67

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSINING

RIVOJLANISHIDA TARBIYANING AHAMIYATI

Berdiyeva Muborak

Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Murodova Shahnoza

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10639205

Annotatsiya.

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan

tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini,

shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his-tuyg’ular,

tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bola

rivojlanishidagi ahamiyati, bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli haqida soʻz yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

shaxs tushunchasi, odob, axloq, maktabgacha ta’lim, mehnat, o‘yin,

mashg`ulot, qonun, "Ilk qadam", qadriyat, pedagog, jamiyat, ta’lim, tarbiya, qamrab olish,

maktabgacha yoshdagi bolalar.

IMPORTANCE OF EDUCATION IN PERSONAL DEVELOPMENT OF THE CHILD IN

PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract.

The purpose and content of this article is to educate and develop the spiritual

world of the child, his mind, moral feelings, and personal qualities. It was discussed about the

education of moral feelings, imagination and behavior in children, the importance of preschool

educational organizations in the development of the child, the role of education in the development

of the child's personality.

Key words:

personality concept, manners, morality, preschool education, work, game,

activity, law, "First step", value, pedagogue, society, education, education, inclusion, preschool

children.

ЗНАЧЕНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ В ЛИЧНОСТНОМ РАЗВИТИИ РЕБЕНКА В

ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация.

Целью и содержанием данной статьи является воспитание и

развитие нравственного мира ребенка, его ума, нравственных чувств и личностных

качеств. Речь шла о воспитании нравственных чувств, воображения и поведения у детей,

значении дошкольных образовательных организаций в развитии ребенка, роли образования

в развитии личности ребенка.


background image


68

Ключевые слова:

концепция личности, нравы, нравственность, дошкольное

образование, труд, игра, деятельность, закон, «Первый шаг», ценности, педагог,

общество, воспитание, воспитание, инклюзия, дошкольники.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, maktabgacha

taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha

ta'lim tizimi tarmoqlarini kengaytirish ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va

texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy

rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish koʻzda tutilgan. Ushbu qarorga muvofiq tatbiq qilingan

"Ilk qadam" davlat oʻquv dasturining tamoyili ta'lim jarayoniga qoʻshilayotgan bolalarning ilk

qadamlaridir.

Maktabgacha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri

hisoblanadi. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy

sifatlari shakllana boshlaydi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan

axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk

yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni

axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini,

axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy

his-tuyg’ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir qancha

tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng

tasavvur, tushunchalar beradi.

Tadqiqot va kuzatishlar natijasida kishi oʻziga oladigan kerakli barcha ma'lumotlarning

70%i 5 yoshgacha qabul qilinishi aniqlangan. Bu esa bolaga yoshlik davridan boshlab ta'lim-

tarbiya berish muhimligining isbotidir. Yapon yozuvchisi Masaru Ibukaning "3 dan keyin kech"

asarida ham bolaning yoshlik davrida "olgan" ya'ni oʻzlashtirgan bilimlarining muhimligi, ayniqsa

3 yoshgacha boʻlgan davr muhimligi haqida soʻz yuritilgan. Masaru Ibuka yosh bolalarni bamisoli

shimib oluvchi gupkaga oʻxshatadi. Darhaqiqat, bola gupka oʻziga suyuqlikni shimib olgani kabi

bilimlarni o'zlashtirishga qodir. Yuqoridagi fikrlar bolaga yoshlikdan ta'lim-tarbiya berishning

muhimligini anglatadi.

Tarbiya - inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya- aniq

maqsadlarni ko`zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo`lida

tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, avvalo, dunyoni


background image


69

anglaydi. Ona tilini oʻzlashtiradi. Vataniga mehri uygʻonadi. Kelgusida oladigan bilimlariga zamin

hozirlaydi. Bunda oila asosiy rol oʻynasa, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻrni ham

ahamiyatlidir. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolani taʼlim olishga tayyorlab, oʻqishga boʻlgan

qiziqishini uygʻotishda katta hissa qoʻshadi.

Agrippina Shin shunday deydi: "Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab

yoshigacha bo'lgan bolalarni besh yoʻnalishda rivojlantirish kerakligi koʻrsatilgan. Bu besh

yoʻnalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega boʻladi, ya'ni u 1-sinfga chiqishga motivatsiya

oladi. "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib

shakllanishini ta'minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotadi, tizimli oʻqitishga tayyorlab

boradi. Bolani tushunishda, uning individual muammolarini hal qilishda va uning rivojlanishini

optimallashtirishda bir-birlariga yordam berish bebahodir. Maktabgacha yoshdagi bolada o'z-

o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirish pedagog, psixolog,

maktabgacha ta'lim tashkilotining, tibbiyot xodimi va bolaning ota-onasi o'rtasidagi yaqin

hamkorlik sharti bilan mumkin. Shu bilan birga, pedagogning ota-onalar bilan o'zaro

munosabatlarining roli juda katta. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oila bilan o'zaro

munosabatlarining barcha shakllari va turlarining asosiy maqsadi bolalar, ota - onalar va

pedagoglar o'rtasida ishonchli munosabatlarni o'rnatish, ularni bitta jamoaga birlashtirish, o'z

muammolarini bir-biri bilan bo'lishish va birgalikda hal qilish zarurligini tarbiyalashdir. Jamoa

bilan ishlash vaqtida muomala bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi. Maktabgacha yoshdagi

bolalarda oʻyin faoliyati, buyumlar bilan ishlashga oʻrgatish ahamiyatlidir. Chunki, bu

jarayonlarda bolaning barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi. Bu

faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan

harakatlar tog'risida dastlabki bilimlarni oʻzlashtiradilar, bola ikki yarim yoshga to'lganda

buyumlar bilan bogliq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi oʻyin va

tasviriy faoliyatga oʻtish uchun asos yaratiladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin

faoliyatining mazmuni xilma-xil boʻladi va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlari kengayadi.

O'yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati toʻgʻrisida bilimlarni

chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga koʻmaklashadi.

Oʻzlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va

mehnatda qo'llaydilar.

Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta'sir etadi, unda faoliyatning yangi

mazmuniga qiziqishini shakllantiradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish,

maktabgacha tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish ularga maktabgacha


background image


70

yoshdagi bolalarni keng jalb etish kelajak avlodning barkamol va yetuk shaxs boʻlib shakllanishida

muhim oʻrin tutadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash

vazifasi va amalga oshirish vositalari shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong,

hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehnatga

munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa

tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Maktabgacha

yoshdagi bolalarni ma’naviy ruhda tarbiyalash kerak. Yoshlarimizni ma’rifatli shaxs sifatida

tarbiyalashimiz uchun ko‘proq ilmga chorlashimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:"2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida "gi qarori 2016-yil

2.

O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi,

29.04.2019 yildagi PF-5712-son farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Lex.uz, 2020-yil 7avgust.

4.

Ilk qadam o‘quv dasturi T-2022-y.

5.

Qodirova F.,Toshpo‘latova. Sh.,Kayumova N., A’zamova N. “Maktabgacha ta’lim

pedagogikasi”Toshkent-2019

6.

M.B.Berdiyeva “O`qituvchi kreativ kompetensiyasining o‘quvchilar kreativ fikrlashiga

ta’siri” 2023-yil

7.

M.B.Berdiyeva “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi”-2022-yil

8.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons

For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

9.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &

Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of

Critical Reviews, 7(4), 2020.

10.

Мисирова, Н. Т., & Ўришова, Х. (2022). БЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ

ЎҚИТУВЧИЛАРНИ

ИЖОДИЙ

КАСБИЙ

ФАОЛИЯТИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ

ПЕДАГОГИК

АСОСЛАРИ. Science

and

innovation, 1(B3), 35-39.


background image


71

11.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy

generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),

892-895.

12.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL

EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ

(pp. 104-106).

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:"2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida "gi qarori 2016-yil

O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son farmoni

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Lex.uz, 2020-yil 7avgust.

Ilk qadam o‘quv dasturi T-2022-y.

Qodirova F.,Toshpo‘latova. Sh.,Kayumova N., A’zamova N. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”Toshkent-2019

M.B.Berdiyeva “O`qituvchi kreativ kompetensiyasining o‘quvchilar kreativ fikrlashiga ta’siri” 2023-yil

M.B.Berdiyeva “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi”-2022-yil

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Мисирова, Н. Т., & Ўришова, Х. (2022). БЎЛАЖАК БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚИТУВЧИЛАРНИ ИЖОДИЙ КАСБИЙ ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. Science and innovation, 1(B3), 35-39.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов