ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1206
MTT TARBIYACHILARINING OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIGI.
Berdiyeva Muborak
GDPI maktabgacha ta’lim kafedrasi o`qituvchisi
Abdumo‘minova Sevinch
GDPI talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8077867
Annotatsiya.
Ushbu maqola maktabgacha ta’limning jamiyat rivojidagi ahamiyati va
ro‘lini yoritib berish, ota-onalar va MTT o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib chiqish, mulohaza
yurutish va tanqidiy tahlil nigohi bilan qarab, muammo va kamchiliklariga ijobiy yechim
topishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
MTT, tarbiyachi, ota-ona bilan tarbiyachi o‘rtasidagi munosabat, bola
psixologiyasi, maktabgacga tayyorgarlik, modernizatsiya qilingan MTT.
COOPERATION OF MTT EDUCATORS WITH PARENTS.
Abstract.
This article consists of highlighting the importance and role of preschool
education in the development of society, studying the relationship between parents and MTT,
meditating and looking through the gaze of critical analysis, finding a positive solution to their
problems and shortcomings.
Key words:
MTT, educator, parent-care relationship, Child Psychology, preparation for
schooling, modernized MTT.
СОТРУДНИЧЕСТВО ВОСПИТАТЕЛЕЙ МТТ С РОДИТЕЛЯМИ.
Аннотация.
Эта статья призвана осветить значение и роль дошкольного
образования в развитии общества, изучить взаимоотношения между родителями и МТТ,
рассмотреть их с точки зрения рассуждений и критического анализа, найти позитивные
решения их проблем и недостатков.
Ключевые слова:
МТТ, воспитатель, отношения между родителем и опекуном,
детская психология, подготовка к школе, модернизированный мтт.
Bolalarda maktabgacha ta’lim Yoshi 3 yoshdan keyin hisoblanadi. Yurtimizdagi barcha
tashkilotlarda bolalarni 3 yoshdan so‘ng qabul qilishadi va bu yoshgacha bolalar ota-onasining
tarbiyasida va nazoratida bo‘ladi. Bu haqida yaponiyalik mashhur yozuvchi Maniro Ibukaning
“Uchgacha ayni vaqti” kitobida batafsil yoritib berilgan.
Bolalar 3 yoshiga qadar ota-onasining qaramog‘ida bo‘ladi ekan, demak, 3yoshgacha
bo‘lgan tarbiya va odob-axloqni ota-onasi berishi zarur. Nafaqat odob-axloq balki, bolaning
fikrlashi va dunyoqarashini ijobiy tomonga o‘zagartiradigan bolaning zehnini oshiradigan ertaklar
o‘qib berishi, turli xil ko‘ngil ochar, quvnoq, oilaviy o‘yinlar o‘takazib turishi kerak va bu bolaning
psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko ‘rsatadi. Ana endi tarbiyachilarning ota-onalar bilan hamkorligi
qanday bo‘ladii? Bola MTM qadam tashlagan ilk kundanoq ota-ona bilan tarbiyachi unga mas’ul
shaxs hisoblanadi. Bolaning tarbiyasi bilan faqat tarbiyachi emas, balk ota-onasi shug‘ullanishi
zarur. Tarbiyachi bu boradagi oddiy maslahatlarni ota-onalarga aytib o‘tishadi.
Ya’ni darsda o‘rgatiladigan oddiy mashg‘ulotlar, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kichik
o‘yinlar, darsga oid bo‘lgan kichik hisob-kitob amallari, yozish mashqlari faqat maktabgacha
ta’lim muassasida emas, uyda ham, ota-ona qaramog‘ida ham o‘rgatilishi zarur ekanligi aytiladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1207
Bolalar uchun kichik vazifalarni topshirishgan tarbiyachilar bu topshiriqlarni qanday bajarish
kerak ekanligini ota-onalariga muntazam tushuntirib berishadi.
Tarbiyachilarning ota-onalar bilan hamkorligi farzandlarining maktabgacha bo‘lgan davr
mobaynida yaxshi o‘sib rivojlanishiga, maktabda o‘quv mahg‘ulotlarini yaxshi bajarishiga ham
aqliy, ham ruhiy va jismoniy maktabga tayyor bo‘lishiga, do‘stlar davrasida erkin va to‘g‘ri
muloqot qilishiga yordam beradi.Shuningdek, bolalarning tarbiyali va namunali bo‘lishiga
faqatgina tarbiyachining emas, ota-onaning ham xizmati katta hisoblanadi. Bolaning xulqi
qanchalik tarbiyali va namunali bo‘lsa u darsda shunchalik tinch bo‘ladi va o‘rgatilyotgan darslarni
yon-atrofdagilarga nisbatan ko‘proq qabul qiladi. Bolalarning maktabda ham bilimlarini yaxshi
o‘zlashtirishida MTT ning xizmati katta hisoblanadi.
Bolalarning maktabga borishidan avvalroq ota-ona va tarbiyachining muloqoti orqali
boshlang‘ich darslar o‘rgatilib boriladi. Misol uchun AQSHda kichik bolalar bog‘chalari xatto
xususiy uyning hududida joylashgan. Ularning faoliyati esa majburiy litsenziyalanadi. Ulardagi
bolalar bog‘chalarining afzalliklari: nechta bolalar, bu ko‘proq individual yondashuvni, oilaviy
muhitni, nisbatan arzonlikni anglatadi, ularning aksariyati u yoki bu diasporaga mo‘ljallangan
(masaln rus, xitoy, yoki fransuz bolalar bog‘chalari mavjud. Shunga qaraganda AQSH ta’lim
tizimi biznikiga qaraganda ancha farq qiladi. Amerika bog‘chalariga bolalar juda erta yuboriladi.
O‘zbekistondagi MT tizimi 2017-yil 30-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha
ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi.O‘zbekistonda avvalo
maktabgacha ta’limsohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga vazirlik
mas’ul hisoblanadi. O‘zbekiston MTM lari 2 turga bo‘linadi: davlat va nodavlat. O‘zbekistonda
bolalarni 3 yoshda MTM lariga qabul qilishadi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat
va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassalarida va oilada amalga oshiriladi. MT ning
maqsadi-bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlashdan iborat.
1891-yilda “Bog ‘dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha
va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi” ko‘rinishida birinchi bolalar bog‘chasi
ochilgan. Undan keying yillar mobaynida mablag‘ yetishmasligi sababli bir necha bor yopilgan.
Bolalar bog‘chasi uchun istirohat bog‘i hududidan sersoya joy ajratib berilgan bo‘lib, u yerda
arg‘imchoqlar, qayiqlar o‘rnatilgan ekan.
Hozirgi kunda MT sohasida variantiv dasturlar joriy etilmagan. Bolalarni maktabgacha
tayyorlash bo‘yicha muqobil moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan va shuning
uchun birgalikda rivojlangan mamlakatlar singari nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy
rivojlantirishga maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. O‘zbekistondagi MTM da
faoliyot yuritayotgan tarbiyachi pedagok kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Bu
esa hozirgi bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi va bu MTM
dagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim tarbiya tizimi haqida gapirganda
A.Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.
Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida barcha axborot
va ma’lumotning 70% 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Yaponiyada MTT tizimi ular ta’limda
ma’lum bir nazariyaga amal qilmaydi. Ular eng yaxshi yutuqlarni va muvaffaqiyatga olib boradi,
samarali usul va vositalarni oladi. Barcha bolalarga teng sharoitlar bo‘lishi kerak deb qaraladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1208
Ularda muhimi iste’dod emas sabr, matonat va harakter yaxshi xulq –atvor- bolaning dam olish va
bayram kunlarida ham erta turishi, qattiq mehnat qilishi va o‘ynashi, jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, kattalarni hurmat qilishi, boshqalarning tuyg‘ulariga e’tibor
berishi, boshqalarga qaram bo‘lish va ularni tushunish qobiliyati ijobiy deb qaraladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkunki, rivojlanayotgan O‘zbekistonning
poydevori MTT dir. MTTni rivojlantirishda, bolalarga to‘g‘ri tarbiya va ta’lim berishda bolalarni
kasbga, ilmga, hunarga qiziqishlarini oshirishda yangi o‘quv va uslub, qo‘llanma va metodikalarini
qo‘llashimiz va Jaxondagi rivojlanayotgan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib qo‘llashimiz
darkor. Misol uchun rivojlangan davlat hisoblanadigan Yaponiyadagi MTM da bolalarga teng
e’tibor qaratiladi. Ular MTT ga qadam tashlagan kundanoq, turli xil kasb-hunar vaijodiy faoliyat
o‘yinchoqlari bilan jixozlangan xonaga kirishadi. Bolaning qaysi o‘yinchoqlarni o‘ynashi, qaysi
jixozlarga qiziqishiga qarab uning kelajakdagi kasbi va hunari belgilanadi.
Mana shu tajribalardan kelib chiqib, O‘zbekistonda ham ushbu tajribani qo‘llasak
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hattoki, hozirgi kunda Vatanimizdagi OTM da tahsil olayotgan ayrim
talabalar ham “Siz kelajakda qaysi kasbni egallaysiz?” degan savolga ko‘pchiligi yetarlicha va
to’liq javob bera olishmayabdi. Ular Oliy ma’lumotli bo‘lishini bila turib chet ellarga ishchi
sifatida, ya’ni xalq tili bilan aytganda, “qora ishchi” sifatida ketishini, borib pul topishini aytishadi.
Bu esa hozirgi davrda juda achinarli holatdir. Agarda O‘zbekistonda maktab va Oliy ta’limdan
avval MT tizimiga ko ‘proq yangi o‘zgartirishlar kiritilsa va amalda tatbiq etilsa, o‘ylaymanki,
yurtimizda kelajagi porloq yaxshi kasb egalari yetishib chiqadi!
REFERENCES
1.
Mirziyoyev SH.M. “MTT yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora tadbirlari
to‘g‘risida” 05.04.2018-yil.PQ 3651.
2.
Mirziyoyev SH.M. “MTM qurish, rekonstruksiya qilish capital ta’mirlash manzili dasturi
to‘g‘risida”. 02.07.2018-yil. PQ-3822.2018-yil.
3.
Z.Ibodullayev.T.2008.darslik;
4.
Sodiqova Sh.A.Maktabgacha pedagogika. Т.: Тafakkur bo`stoni 2013
5.
Xasanboyeva va boshqa.oila pedagogikasi.Т.: ”Аloqachi”, 2007 y. ”Bolangiz maktabga
tayyormi?” metodik qo’llanma. Т:, 2001.
6.
WWW. ziyonetkutubxona.uz.;
7.
Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.
