THE METHOD OF BREEDING MEDICINE LECHES IN LABORATORY CONDITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Zamonova, . Z. ., & Xurramov, A. (2024). THE METHOD OF BREEDING MEDICINE LECHES IN LABORATORY CONDITIONS. Modern Science and Research, 3(2), 457–461. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31359
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the types of leeches are used in medicine and the breeding of medical leeches in a jar in laboratory conditions and their use in medicine. information about.


background image


457

TIBBIYOT ZULUKLARNI LABORATORIYA SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH USULI

Zamonova Zamira Ural qizi

Termiz davlat universiteti, magistrant.

Xurramov Alisher Shukurovich

Termiz davlat universiteti professori, b.f.d.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11065647

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Zuluklarni turlari tibbiyotda ishlatilishi va laboratoriya

sharoitida tibbiyot zuluklarni bankada ko‘paytirish va tibbiyotda ishlatilishi. haqidagi

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlari:

girudoterapiya, zuluk, germafrodit, girudin, ferimentlar, granuloronidaza,

distabalaza, apiraza, kollageneza, triglitsiridaza, xolestraza, antiseptic.

THE METHOD OF BREEDING MEDICINE LECHES IN LABORATORY

CONDITIONS

Abstract.

In this article, the types of leeches are used in medicine and the breeding of

medical leeches in a jar in laboratory conditions and their use in medicine. information about.

Keywords:

hirudotherapy, leech, hermaphrodite, hirudin, ferments, granuloronidase,

distabalase, apyrase, collagenase, triglyceride, cholestrase, antiseptic.

СПОСОБ РАЗВЕДЕНИЯ МЕДИЦИНСКИХ ПИЯВКОВ В ЛАБОРАТОРНЫХ

УСЛОВИЯХ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены виды пиявок, используемые в медицине,

а также разведение медицинских пиявок в банке в лабораторных условиях и их применение

в медицине. информация о.

Ключевые слова:

гирудотерапия, пиявка, гермафродит, гирудин, ферменты,

гранулоронидаза, дистабалаза, апираза, коллагеназа, триглицерид, холестераза,

антисептик.

Kirish

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalari tubdan

isloh etilib, bu sohalarda rivojlanish jarayoni jadal olib borilmoqda. Xususan, tibbiyotda

kasalliklarni davolashda dorivor o‘simliklardan ajratib olingan turli dori preparatlardan keng

qullamda foydalanilmoqda. Biroq tabiiy vositalar bilan davolash xalq tabobati hamda zamonaviy

tibbiyotda ham o‘z ahamiyatiga ega. Qon oldirish qadimdan bemorlarni davolashning,

salomatlikni asrashning eng asosiy shartlaridan hisoblangan.


background image


458

Xalq tabobatida ayniqsa zuluk yordamida qon oldirishga katta e’tibor berilgan. Zamonaviy

tibbiyot olib borgan uzoq yillik amaliy tajribalar zuluk faqat qon oldirish vositasi bo‘libgina

qolmay, balki juda ko‘p bedavo dardlardan xalos qila olishini ham isbotlab berdi. Tabiatdagi har

bir jonzot yoki o‘simlik bejizga yaratilmagan. Ularga Alloh taolo tomonidan ma’lum bir vazifa

yuklangan. U tabobat va sog‘lig‘ini mustahkamlash bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun

baravar qiziqarli bo‘ladi, degan umiddamiz.

Ikkinchi asrning ulug‘ hakimlaridan Jolinus (Gelen) va o‘ninchi-o‘n birinchi asrlarning

atoqli tabibi Abu Ali ibn Sino ham zuluk bilan davolashga katta e’tibor berishgan. Abu Ali ibn

Sino o‘zining «Tib qonunlari» kitobida zuluk soldirishning afzalliklari, tartib-qoidalari haqida

batafsil ma’lumot bergan. Bir qator davlatlar, jumladan Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya

olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-amaliy tajribalar zulukdan tibbiyotda yanada kengroq

ko‘lamda foydalanish imkoniyatlarini yaratdi Qon hujayralarimizning yashashi va salomatligi

uchun zarur barcha moddalarni etkazib beradi. SHuning uchun ham qonning sifati butun organizm

sog‘ligiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biridir. [1].

Nazariy qism

Girudoterapiya asrlar osha bizgacha etib kelgan zuluklar bilan davolash

uslubidir. Tibbiy zuluklar farmakopeyaga kiritilgan va dorivor moddaga tenglashtirilgan fauna

(hayvonot olami)ning yagona vakilidir. Tibbiyotda girudoterapiya lotincha suz bulib, girudo-

zuluk, terapiya- davolash, ya’ni zuluk bilan davolash ma’nosini anglatadi. Atoqli tabib Mir

Muhammad Husayn al-Oqiliyning «Maxzan ul-adaviyya» (Davolar xazinasi) kitobida zuluk va

uning turlari hamda ishlatilishi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: Zulukning arabcha nomi

«alaq», forschasi «zalu», «devcha», turkcha nomi «suluk», hindcha nomi «junk»dir. Zuluk shirin

suvli anhor, hovuz, ko‘l, turg‘un suvlar, hidlangan va aynigan suvli chuqurlar, to‘hlab (suv ostida

o‘sadigan o‘simlik, ruschasi ryaska) ko‘p bo‘lgan joylarda yashovchi qurt bo‘lib, uning turlari

ko‘pdir. Halqali chuvalchanglar tipining sinfi. Tanasining uzunligi bir necha sm dan 15 sm gacha,

ba’zan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, ba’zan silindrsimon, 33

ta tashqi halqadan iborat. Zuluk tanasining tashqi halqalari soni ichki halqalari soniga teng

bo‘lmaydi, odatda, har bir ichki halqaga 3-5 ta tashqi (ikkilamchi) halqa to‘g‘ri keladi. 400 ga

yaqin turi chuchuk suv havzalari va dengizlarda tarqalgan.

Ko‘pchilik zulukning ikki so‘rg‘ichi bo‘lib, ulardan biri tanasining oldingi, ikkinchisi

keyingi qismida joylashgan. Og‘iz teshigi so‘rg‘ich yoki xartum bilan o‘ralgan. Zuluk yirtqich

(xartumli zuluk) yoki parazit (jag‘li zuluk) hayot kechiradi. Yirtqich zuluk mayda umurtqasiz

hayvonlar bilan oziqlanadi, parazit zuluk umurtqali hayvonlar va odam qonini so‘radi. Jag‘li zuluk

ichagining yon tomonidagi juda keng xaltalariga ko‘p qon so‘rib oladi.. Zuluk terisi orqali nafas


background image


459

oladi. Ayirish sistemasi – metanefriydir. Jag‘li zulukning qon aylanish sistemasi qon tomirlari

devori epiteliysi bo‘lmasligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi, qon tomiri tana

bo‘shlig‘i qoldig‘idan hosil bo‘ladi.

Zuluk germafrodit, urug‘langan tuxumlarini pilla ichiga qo‘yadi. Lichinkasi pilla ichida

o‘zgarishsiz rivojlanadi. 2 kenja sinf: qadimiy va haqiqiy zulukka bo‘linadi. Haqiqiy zuluk

xartumli va jag‘li zuluk turkumlariga bo‘linadi.. Ayrim zuluk baliqlarga jiddiy zarar etkazadi.

O‘rta Osiyo suv havzalarida chig‘anoqli zuluk, soxta ot zuluk, turkiston zulugi uchraydi.

Seylon va Zond arxipedagi tropik o‘rmonlarida quruqlikda yashovchi zuluk odam va sut

emizuvchilar qonini so‘radi. Biroq zuluklarning katta miqdorda ovlanishi oqibatida tabiatda

ularning soni keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada 1984 yilda yo‘qolish xavfi ostidagi

tur sifatida “Qizil kitob”ga kiritildi. Tibbiyot zuluklariga kosmetologlarning, farmakologlarning

va tijoratchilarning qiziqishi ortishi ularning sun’iy holatda ko‘paytirishga olib keldi. Hozirgi

vaqtda tibbiyot zulugi tabiiy sharoitda O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Kavkaz va boshqa

hududlarda uchraydi.

Tibbiyot zuluklarini sun’iy ko‘paytirishning zamonaviy metodlari ishlab chiqarilganga

qadar ular oddiy ko‘llarda ko‘paytirilib, bu jarayon anchagina noqulay edi. Keyingi yillarda

tibbiyot zuluklaridan yil davomida kasalliklarni davolashda keng foydalanish ularni katta

miqdorda etishtirishni talab etdi. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot zuluklarini laboratoriya sharoitida

sun’iy ko‘paytirish metodlarini ishlab chiqishga turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda tibbiyot zuluklarini

laboratoriya sharoitida sun’iy ko‘paytirishning bir qancha metodlar mavjud bo‘lib, ular ichida

qulay va eng keng tarqalgani bu M.Sineva tomonidan 1955-yilda ishlab chiqilgan va

G.G.Shegolov tomonidan takomillashtirilgan “Bankada kupaytirish usulidan” keng foydalanib

kelinmoqda. [1-3].

Tibbiyot zuluklarini sun’iy ko‘paytirishning zamonaviy metodlari ishlab chiqarilganga

qadar ular oddiy ko‘llarda va bo‘loq suvlari chiqadigan joylarda yovoiy holda ko‘payib yotardi,

chunki bo‘loq suvlari qish faslida iliq yoz faslida esa muzdek bo‘ladi. Tadqiqot uchun aptekadan

100 dona tibbiyot zulugi olinib tajriba uchun ishlatildi. [1-3]. Tajriba qism Laboratoriya sharoitida

tibbiyot zuluklarini ko‘paytirishda uch letirli shisha bankalardan 50 ta olinib har bir bankaga toza

ichimlik suvi bilan to‘ldirilib, har bir bankalarga bir juftdan tibbiyot zulugi solindi. Bunda eng

ahamiyatli jihati shundaki suv bankalarga bo‘g‘zigacha tuldirilmasligi kerak. Chunki, zuluklar

vaqti-vaqti bilan suvdan tashqariga chiqib turadi. SHuningdek, bankaning og‘zi surp matosi bilan

zich qilib bog‘lab qo‘yiladi.


background image


460

Chunki, tibbiyot zuluklari bankadan tashqari muhitga chiqib ketmasligi uchun. Zuluklarni

ko‘paytiradigan xona harorati 25-27 0C, xona namligi esa 80 % bo‘lishi kerak. Tibbiyot zuluklari

saqlanayotgan bankadagi suvlar doimo toza bo‘lishi kerak. Bunda suv maxsus filtrlar asosida

tozalandi yoki almashtirib turiladi. Chunki, zuluklar bir sutkada bir necha marta chiqindi chiqarib

turadi. Vaqti-vaqti bilan yangi suyilgan hayvon qoni bilan oziqlantirilib turiladi. Oziqlantirilgan

zuluklar o‘z hajmiga nisbatan 4-5 barobar yirik bo‘lishi kuzatiladi va bunday zuluklar 3-4 oydan

xatto bir yilgacha ovqat emasligi mumkin.

SHuningdek, har bir ovqatlanishdan so‘ng zuluklar va bankalar tozalab yuvib turilishi

kerak. Tibbiyot zuluklari faqat urug‘lanish vaqtidagina muloqotda bo‘ladilar. Zuluklar

kopulyasiyasi tuxumlarga to‘lgan g‘umbaklarni muhitning 25-27 0C haroratida amalga oshirildi.

Shisha bankalar tuproq yoki torf bilan bo‘g‘zidan pasiroq joygacha to‘ldirilib zuluklarni

urug‘lantirishga bir oyga qoldirildi va keyinchalik ularni alohida-alohida torf to‘ldirilgan

bankalarga solindi. Albatta bunda torfning etarli darajada nam bo‘lishi kerak. Chunki, zuluklar torf

ustida engil harakat qilishi va tuproq qatlamlarida yo‘l ochib ko‘milishi kerak.

Tibbiyot zuluklari tuproqda uncha chuqur bo‘lmagan yo‘laklar hosil qilib, ularga o‘zining

kelajakda klechatka, ya’ni yosh zulukchalar taraqqiy etib, rivojlanadigan tuxumlarga to‘lgan

g‘umbaklarni qo‘yadi. Ularning og‘irligi 0,03 gr ni, uzunligi esa 7-8 mm ni tashkil etadi. Har bir

tibbiyot zulugi o‘rtacha 3 tadan 5 tagacha g‘umbaklar qo‘yib, har bir g‘umbakda 10-15 tagacha

yosh zulukchalar taraqqiy etganligi kuzatiladi. 2-3 soat o‘tgandan so‘ng g‘umbaklar yumshoq va

shaffof tuxumsimon shaklga kirdi.

Bunday g‘umbaklarda rivojlanayotgan yosh zuluklarni kuzatish mumkin bo‘ladi. O‘rtacha

25-30 kunda yosh tibbiyot zulukchalari g‘umbakni teshikchalaridan tark etishi kuzatildi va bunday

yosh zuluklar alohida toza suv bilan to‘ldirilgan bankalarga o‘tkazilib voyaga etgan zuluklar

singari qon bilan oziqlantirib boriladi, tezroq voyaga etadi, chunki tabiiy muhitda tibbiyot

zuluklari 3 yilda voyaga etadi. Bu esa ularning 1,5 yil oldin voyaga etishini ta’minlaydi.

Tadqiqotlar davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki bankada ko‘paytirilgan tibbiyot zuluklari

tabiiy muhitdagi ko‘llardan ovlangan tibbiyot zuluklaridan hech bir sifati bo‘yicha qolishmadi.

Tibbiyot zuluklarining bu metodlar asosida ko‘paytirilishi klinik tibbiyotda (davolash

uchun) kosmetologiya, dori-darmonlar uchun mahsulot bazasi sifatida foydalanishga yo‘l ochadi.

Eng muhim jihati shundaki, tibbiyot zuluklarini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish

mazkur jonivorlarni tabiatda tur sifatida saqlash imkonini beradi.


background image


461

XULOSA

Tadqiqotlar davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki laboratoriya sharoitida bankada

ko‘paytirilgan tibbiyot zuluklari tabiiy muhitdagi ko‘llardan ovlangan tibbiyot zuluklaridan hech

bir sifati bo‘yicha farq qilmasligi aniqlandi.

REFERENCES

1.

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”. 1-jild. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti.1983 – 195 b.

2.

Nikonov G.I. Meditsinskaya piyavka osnovы girudoterapii. SPb.:«SDS»-1998. – 320 s.

3.

Islomov A.X. Xushvaktov.A.A. Xushvakova.M.A. // Tibbiyot zuluklarni kupaytirish

usullari.// O‘zMU O‘zbekistonda tabiiy birikmalar kimyosining rivoji va kelajagi.

Toshkent27.05. 2021 y B.266-267

References

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”. 1-jild. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1983 – 195 b.

Nikonov G.I. Meditsinskaya piyavka osnovы girudoterapii. SPb.:«SDS»-1998. – 320 s.

Islomov A.X. Xushvaktov.A.A. Xushvakova.M.A. // Tibbiyot zuluklarni kupaytirish usullari.// O‘zMU O‘zbekistonda tabiiy birikmalar kimyosining rivoji va kelajagi. Toshkent27.05. 2021 y B.266-267

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов