BREEDING OF MEDICINE LEECHES IN LABORATORY CONDITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Zamonova, Z., & Xurramov, A. (2024). BREEDING OF MEDICINE LEECHES IN LABORATORY CONDITIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1042–1044. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31352
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the methods of breeding medical leeches in artificial laboratory conditions and the importance of leeches. One of the common ways of breeding leeches is analyzed in the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1042

TIBBIYOT ZULUKLARINI LABARATORIYA SHAROITIDA

KO’PAYTIRISH

Zamonova Zamira Ural qizi

Termiz davlat universiteti, magistrant.

Xurramov Alisher Shukurovich

Termiz davlat universiteti professori, b.f.d.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11065129

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tibbiyot zuluklarini sun’iy labaratoriya sharoitida

ko’paytirish usullari va zuluklarning ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida zuluklarni

ko’paytirishning keng tarqalgan usullaridan biri tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

tibbiyot zuluklari, labaratoriya, zuluklarning ahamiyati, sun’iy ko’paytirish.

BREEDING OF MEDICINE LEECHES IN LABORATORY CONDITIONS

Abstract.

This article discusses the methods of breeding medical leeches in artificial

laboratory conditions and the importance of leeches. One of the common ways of breeding leeches

is analyzed in the article.

Key words:

medical leeches, laboratory, importance of leeches, artificial breeding.

РАЗВЕДЕНИЕ МЕДИЦИНСКИХ ПИЯВОК В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о методах разведения медицинских

пиявок в искусственных лабораторных условиях и значении пиявок. В статье

анализируется один из распространенных способов разведения пиявок.

Ключевые слова:

медицинские пиявки, лаборатория, значение пиявок,

искусственное разведение.

1997-yilda tabiat qo’ynida yashayotgan tibbiyot zuluklarni tutish taqiqlangan. Biz hozir

bemalol sun’iy ko’paytirish usulida tibbiyot zuluklarini parvarish qilishimiz va ulardan davolash

maqsadida foydalanishimiz mumkin.

Bu jonivorlarni ko’paytirishning keng tarqalgan usullaridan biri, o’zining tibbiy sifati

bo’yicha tabiat qo’ynida yashayotgan zuluklardan kam emas. Ularning bu sharoitda o’sib-

ulg’ayishi esa ikki barovar tezroq.

Tibbiyot zuluklarini ko’paytirishning eng oddiy usulida hech qanday alohida narsa talab

qilinmaydi, hammasi oddiy va hamma uchun qulay. Zuluklarni parvarish qilishda eng muhimi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1043

ularni boqish. Nega deganda bu jonivorlarning to’yib ovqatlanishi uchun sog’lom hayvonning

yangi qoni kerak.

Ularni ko’paytirish uchun oddiy akvarium tubiga namli torf tuprog’i solinishi, usti yo’sin

bilan qoplanishi va namlik mo’tadil bo’lishi zarur. Akvariumda zulukning urg’ochisini

joylashtiramiz. Bu qorni to’q va muayyan bir vazn hamda hajmga ega jonivor yo’sin satxida

eminerkin harakat qiladi va pilla o’rash uchun o’ziga joy tayyorlaydi.

Ma’lum bir vaqt o’tganidan keyin pilla suv solingan idishga ko’chiriladi. Pilladan jajji

zuluklar chiqganidan so’ng ularni kata zuluklarga o’xshab quyuq qon bilan boqish talab etiladi.

Jonivorlarni boqishning bunday usuli judda oddiy, ammo u zuluklarni katta miqdorda

ko’paytirishga mo’ljallanmagan. Ularni katta miqdorda parvarishlash uchun sun’iy va betondan

qilingan hovuzlardan foydalaniladi.

Zuluklar - germafradit (qo’sh jinsli)lar hisoblanadi. Jinsiy qo’shilishda bir yo’la ikkita

jonivor qatnashadi. Uy sharoitida zuluk parvarish qilinmoqchi bo’lsa, asosan quyidagi narsaga

e’tibor qaratilishi lozim. Zuluklarni boqish va ko’paytirish-eng murakkab va uzoq davom etadigan

jarayon hisoblanadi.

Zuluklar judayam harakatchan bo’ladi, shuning uchun ularga yopiq idish kerak. Tabiiy

muhitga o’xshash sharoitni ushlab turish biroz qiyinchilik tug’diradi. Voyaga yetgan jonivorlar

saqlanadigan idishdagi harorat 25-27 darajad bo’lishi kerar. Jinsiy qo’shilishi uchun ularni bir oy

davomida juft-juft holda qoldirish lozim.

Biz zuluklarni ko’paytirishda tajriba o’tkazdik. Tajribalarni olib borishda rus olimi G.I.

Nikonovning Bankali yopiq sikl usulidan foydalandik [3]. Bunda turli o‘lchamlardagi bankalarni

xona haroratida turgan suv bilan 75 % miqdorda to‘ldirdik.

Bonkalarni suv bilan to‘ldirishda ochiq havoli qism qolishiga alohida e‘tibor berildi.

Shundan so‘ng har bir bonka 10 tadan 15 tagacha tibbiyot zuluk (H. medicinalis)lari bilan

to‘ldirildi. Bunga asosiy sabab zuluklar germofrodit hayvonlar bo‘lishiga qaramay ular o‘z-o‘zini

urug‘lantira olmaydi.

Bunda bir organizmning yetilgan urug‘ hujayralari ikkinchi organizmlarning tuxum

hujayralari bilan qo‘shilishi orqali urug‘lanish sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suv va zuluklar

bilan to‘ldirilgan bonkalar 49 kun davomida suvni yangilab turish orqali urug‘lantirish uchun

qoldiriladi. Bunda xona harorati o‘rtacha 22-23 C ° ni tashkil etishi lozim. Shuningdek, suvning

tozaligi qattiq nazoratga olinishi shart hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1044

Suv tarkibida ayniqsa Cl2 ning konsentratsiyasi normadan oshishi zuluklar hayotining xavf

ostida qolishiga va ularning o‘limiga ham olib keladi. Bundan tashqari havoning namlik darajasi

o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi.

Chunki havo namligining pasayishi zuluklar biologik faol hayoti uchun salbiy ta‘sir

ko‘rsatadi. Shundan so‘ng urug‘lantirilgan zuluklar biogumus bilan to‘ldirilgan konteynerlarga

ko‘paytirish uchun ko‘chirildi va 22-23 C° harorat, 50-60 % RH tuproq namligi 53 kun davomida

ta‘minlandi.

Olingan natijalarga ko‘ra zuluklar hona harorati o‘rtacha 22-23 C° da 49 kun davomida

urug‘lantirishga va 53 kun davomida esa ko‘paytirishga qo‘yildi. Bundan tashqari havoning

namlik darajasi o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 10 ta

tibbiyot zulugi (H. medicinalis)dan 14 ta g‘umbak olindi.

Har bir pillalar 10 kun davomida hona harorati 30-35 C ° da nam tuproqqa qo‘yildi. Olingan

natijalarga ko‘ra, har bitta olingan g‘umbakdan minimum 10 ta, maksimum 16 ta yosh zulukchalar

olindi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki tabiatda tibbiyot zuluk (H. medicinalis)lari bir marta nasl

beradigan bo‘lsa, laboratoriya sharoitida esa ikki marta nasl olish imkonini beradi. Natijada esa

biz ularni ham tabiatga qaytarish ham tibbiyot maqsadli foydalanish imkonini beradi.

Ushbularni inobatga olib ularni laboratoriya sharoitida sun‘iy ko‘paytirish orqali tabiatga

qaytarish, tur sifatida saqlab qolish imkoniyatini ta‘minlash barobarida tibbiyot maqsadlari uchun

iqtisodiy arzon va havfsiz tibbiyot zuluk (H. medicinalis)larini yetkazib berish imkoniyati mavjud

bo‘ladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖, ― Chinor ENK‖, -Toshkent, 2 Tom, - 2019, -

392 bet.

2.

Linnaeus K. Systema Naturae. – Laurentii Salvii, Tom-1, - 1758.

3.

Никонов Г. И. Медицинская пиявка и основы гирудотерапии. - СПб: «СДС», 1998. -

320 с

References

O’zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖, ― Chinor ENK‖, -Toshkent, 2 Tom, - 2019, - 392 bet.

Linnaeus K. Systema Naturae. – Laurentii Salvii, Tom-1, - 1758.

Никонов Г. И. Медицинская пиявка и основы гирудотерапии. - СПб: «СДС», 1998. - 320 с

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов