PEDAGOGICAL VIEW OF DILSHODI BARNO

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanova, G. ., & Eshdavlatova, E. . (2024). PEDAGOGICAL VIEW OF DILSHODI BARNO. Modern Science and Research, 3(2), 247–251. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31429
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about the life and works the difficulties she faced during her life, the movement aimed at educating women in the age of feudalism. The poetess who contributed to the development of uzbek and tajik democratic literature of the XIX century and her works are also of great importance for modern pedagogy.


background image


247

DILSHODI BARNONING PEDAGOGIK QARASHLARI

Kurbanova Gullola Baxramovna

GulDPI PhD

Eshdavlatova Elinura Xusniddin qizi

GulDPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002363

Annotatsiya.

Maqolada Dilshodi Barnoning hayoti va ijodi, asarlari, hayoti davomida

koʻrgan qiyinchiliklari, feodalizm zamonda xotin-qizlarni bilimli qilishga qaratilgan harakati

haqida soʻz boradi. XIX oʻzbek va tojik demokratik adabiyotining rivojlanishiga hissa qoʻshgan

shoira va uning asarlari hozirgi zamon pedagogikasi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanligi

aks etgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogika, feodalizm, otin, maktabdor, maktabxona, ma'rifat, progressiv

,shoira, klassik.

PEDAGOGICAL VIEW OF DILSHODI BARNO

Abstract.

The article talks about the life and works the difficulties she faced during her life,

the movement aimed at educating women in the age of feudalism. The poetess who contributed to

the development of uzbek and tajik democratic literature of the XIX century and her works are

also of great importance for modern pedagogy.

Keywords:

Pedagogy, feudalism, Otin, Schoolmaster, Schoolhous, Enlightenment,

Classical, Poetess, Progressive.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ ДИЛШОДИ БАРНО

Аннотация.

В статье рассказывается о жизни и творчестве, трудностях с

которыми она сталкивалось на протяжении своей жизни, движении, направленном на

просвещение женщен в эпоху феодализма. Поетесса, внесшая, вклад в развитие узбекской

и таджикской демократии ХIX века. Литература и ее произведения также имеют

большое значение для современной педагогики.

Ключевые

слова:

педагогика,

феодализм,

отин,

учетель,

школьное

здание,просвещение, классический, прогрессивный, поет.

Dilshodi Barno 1800-yilda Oʻratepada sobiq Mirmishon mahallasida tugʻilgan.Otasi

Raximqul shoirtabiat kishi edi.U kishi Oʻratepada olib borilgan janglardan birida xalok

boʻlgan.Onasi esa Barno 13 yoshida 1813-yilda vabo kasalligi tufayli olamdan oʻtadi. 14 yoshida

ham otasidan ham onasidan ajralib yetim qoladi va 90 yoshli katta bobosi bilan ip igirib kun


background image


248

kechiradi. Oʻsha paytda Oʻratepa qulay geografik sharoiti va tabiiy boyliklari bilan ajralib turgan

shu sababli oʻzbek xonliklari oʻrtasida talash boʻlgan. 1816-1817-yillarda Qoʻqon xoni Amir

Umarxon Oʻratepaga bostirib kiradi va koʻpgina asirlarni Qoʻqonga olib ketadi. Ular orasida

Dilshodi Barno ham bor edi. U asirlar orasida oʻzining qoʻzalligi va nazokati bilan ajralib turgan.

Oʻshapaytda u oʻn yetti yosh boʻlgan kelganidan uch kundan keyin uni yuvintirib, kiyintirib Amir

Umarxonning yoniga kirgizadi. Barchamizga maʼlumki, Umarxon Qoʻqon xoni boʻlish bilan bir

qatorda shoirtabiat, maʼrifatli kishi boʻlgan.Shu sababli ham "Amiriy" taxallusini olgan. Uning

davrida Qoʻqonda ilm, maʼrifat, adabiyot, gullab yashnagan. Amir Umarxon davrida xonlikda

yetmishga yaqin shoirlar ijod qilgan. Qoʻqon shahri adabiyot markaziga aylangan. Amir Umarxon

koʻpgina shoir va yozuvchilarga homiylik qilgan. Uning adabiyotga boʻlgan muxabbati tufayli

ham mumtoz adabiyotning yorqin yulduzlaridan biri boʻlgan Nodirabegimga uylanadi. Shuning

uchun ham Dilshodi Barnoning shoiralik qobilyatini tekshirib koʻrish uchun unga bir anorni

koʻrsatib,

-Bu anorga ne deysan, deydi

- Ichin qonga toʻldiribsan, deb javob beradi.

Barnodan gʻazablangan xon "oʻjar" qizni saroydan quvishni buyuradi chunki, Dilshodi

Barno xalqning ogʻir turmush sharoiti va jamiat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni koʻrib

turgan edi. U Turkistonni Chor Rossiyasining bosib olishiga boʻlgan munosabatda shoira

zamondoshlaridan ilgarilab bu hodisaning barcha oqibatlarini toʻgʻri tushungan. Uning ilk

ijodi "xalq taqdirining badiiy yilnomasi" darajasigacha koʻtarilgan. Lekin, shunday boʻlsa-

da, u har doim baxtiyor zamon va yaxshi kunlarning kelishiga ishonib yashagan. Bu uning

she'riatidagi "Bu jabr-zulm albat muvaqqat" misralarida ham aytib oʻtilgan .Amir Umarxon

Dilshodi Barnoni saroydan quvib yuborgandan keyin,u yarim kechada Shayx kalon mahallasining

imomi Mulla Toshmuhammadning xonadonidan panoh topadi. Mulla Toshmuhammadning 80

yoshli maktabdor onasi Dilshodi Barnoni quchoq ochib kutib oladi va bir necha kundan soʻng

mulla Toshmuhammadga nikohlab beradi.Mulla toshmuhammad imomligini davom

ettiradi.Dilshodi Barno esa oʻz qaynonasi bilan maktabdorlik qila boshlaydi.Dilshodi Barnoning

maktabtabdor ya'ni hozirgi davrimizga qiyoslash aytadigan boʻlsak, pedagog boʻlib yetishishida

qaynonasining roli katta ahamiyatga ega.U umrining yarmidan koʻpini ilm toliblarini oʻqitishga

sarfladi. Ularni savodli qilish hayot va jamiatni goʻzallashtiradi deb oʻyladi va maktabdorligini

davom ettirdi. Oʻqitishjarayonida u oʻquvchilarning soniga alohida eʼtibor bergan.Bir yilda 23

nafar oʻquvchi qizlarni savodli qilgan.Shuningdek, Dilshodi Barno Oʻrta Osiyoning Rossiyaga

qoʻshilishiga ijobiy baho beradi.Oʻrta Osiyodagi xonliklarining tugatilishi,urushlarga barham


background image


249

berilishi, Turkistonga fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi tarafdori boʻlgan. Uning qaynonasi

99 yoshida vafot etadi va shundan soʻng Dilshodi Barno qaynonasining maktabdorlik kasbini

oʻziga kasb qilib oladi. Shoira 57 yoshga kirganda mulla Toshmuhammad ham olamdan oʻtadi.

Ularning sakkiz nafar farzandi boʻlib,ulardan ikki oʻgʻil,ikki qiz tirik qoladi.

Dilshodi Barno XIX asr Qoʻqonda ijod qilgan shoira. U ayni paytda maktabxona

maktabdori boʻlib ham faolyat yuritgan. U oʻzining maktabdorlik faolyati haqida shunday deydi:

"Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqilli qizlar va isteʼdodli shoiralar edi. 51 yil davomida

men maktabdorlik (oʻqituvchilik) qilgan va yiliga 23 nafardan, jaʼmi 891 nafar qizning savodini

chiqardim. Bulardan deyarli toʻrtdan bir qismi she'riatga qobilyatli boʻlib, shoira va oʻz davrining

"aqilli va dono odamlari" edilar" deydi.

Masalan, "Qarolar falsafasi" asarining muallifi Anbar Otin ham uning iqtodorli

talabalaridan biri boʻlgan. Dilshodi Barnoning qalamiga mansub "Muxojirlar tarixi", "Inson

matonati va muhojirlar tarixi" hamda "Barnoning tanlangan she'rlari " asarlari bizgacha yetib

kelgan.

1969-yilda Oʻzbekistonda Dilshodi Barnoning oʻzbek tilidagi bir asari topilgan. Bu asar

"Tarixi muhojiron" deb nomlanadi. Asar orqali shoira Dilshodi Barno haqidagi maʼlumotlarimizni

yanada boyitadi va uning ijodining yangi bir sahifasini ochdi. Asarda shoirning 42 ta gʻazali

mavjud. Bularning 36 tasi oʻzbek tilida 6 tasi esa tojik tilida yozilgan. Unda berilishicha har bir

gʻazal yetti baytdan iboratdir. 17 ta gʻazalga Dilshod, 22 ta gʻazalga Barno taxallusini qoʻygan.

Qoʻlyozmaning ayrim varoqlari tushib qolganligi sababli aynan qaysi yilda yozilgani ma’lum

emas.

Dilshodi Barnoning "Tarixi muhojiron" asari uning dunyoqarashi, oʻz davridagi ilgʻor

progressiv fikrlari chuqurroq aks etgan asardir. Uning asarlarida xonlikdagi oʻzaro urushlar,

urushning xalq ommasi turmushiga koʻrsatgan ayanchli taʼsiri kabi masalalar oʻz ifodasini topgan.

Turkistonliklarni doʻst, inoq boʻlib yashashga ham davad etgan.

Oʻsha paytda johillik, xurofot hukmron boʻlgan feodalizm sharoitida xotin-qizlarni

bilimli, maʼrifatli qilish gʻoyat progressiv hodisa edi. Shunday boʻlsa-da Dilshodi Barno xotin-

qizlarni savodli qilish harakatidan toʻxtamadi. Dilshodi Barno oʻz maktabida yosh qizlarni

tarbiyalar, ularga xat-savod oʻrgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intilar edi. Shu

bilan birga yosh isteʼdodli qizlarga oʻzbek, tojik klassik adabiyoti namoyondalari asarlarini ham

oʻrgatar va ularni estetik ruhda tarbiyalab, oʻz zamonasining ilgʻor kishilari qilib yetishtirishga

harakat qilgan.


background image


250

Dilshodi Barno asarlarini yozishda hind shoirlariga ergashib tasavvufchilar va hukmron

tabaqani maqtashga qarshi turgan. Uning bizgacha 142 ta asari yetib kelgan boʻlib, shundan 80

tasi oʻzbek tilidagi gʻazallardir. Bu shoiraning oʻzbek xalqiga boʻlgan mehri va hurmati oʻzgacha

ekanligini bildiradi.

Shoiraning ustozlari adabiyotning klassik namoyondalari Nizomiydan Bedilgacha,

Navoiydan Nodiragacha boʻlgan eng yaxshi qalam sohiblari boʻlgan. Shoira Dishodi Barno buyuk

muttafakkir Mir Alisher Navoiyni oʻziga pir deb bilgan. Dilshodi Barnoning eng yaqin ustozi va

zamondoshi Nodira va Uvaysiy boʻldi. Bu haqida oʻz tarjimai holida "Ulugʻ otinlar Jahon Otin va

Nodiraxonim nazmlari saliqamgʻa quvvat baxsh etar" deb yozgan edi. U shoir oʻz

zamondoshlarining qalb tarjimoni boʻlishi zarur degan masalani ilgari suradi. Dilshodi Barno

lirikasida insonga muhabbat, inson taqdiri uchun qaygʻurish, hayotni qadirlash, adolat va

haqiqatga intilishni koʻrish mumkin. Uning sheʼrlarida zamonga hamnafaslik sezilib turadi.

Dilshodi Barnoning asarlarida boshidan oʻtkazgan qiyinchiliklari, shunga qaramay ijodiy xatti-

harakatlarini koʻrishimiz mumkin.

Dilshodi Barno oʻzining tarixiy va badiiy asarlari bilan XIX asr oʻzbek va tojik demokratik

adabiyotining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan. Shoira oʻz davridagi hayot voqealarini rang-

barang obrazlarda aks ettirgan realistik asarlari, oʻtmishdagi oʻzbek va tojik xotin-qizlarning

yurak sadolaridir.

Dilshodi Barnoning asarlaridagi pedagohik gʻoyalar hozirgi zamon pedagogikasi uchun katta

ahamiyatga ega. Uning asarlarida insonparvarlik, vatanga muhabbat, xalq taqdiri uchun kurash

yaqqol sezilib turadi. U insonni biz pedagog boʻlishi bilan bir qatorda psixolog ham deyishimiz

mumkin. 14 yoshida ham otasidan, ham onasidan yetim qolsa-da, oʻsha paytdagi johillik, hurofot

hukmron boʻlgan feodalizm zamonda xotin qizlarni bilimli qilishga intilgan. Shu bilan birga yosh

isteʼdod egalariga oʻzbek tili bilan bir qatorda tojik tili klassik namoyondalarining adabiy asarlarini

oʻqitib oʻz zamonasining ilgʻor kishilari qilib yetishtirishga hissasini qoʻshgan.

REFERENCES

1.

Dilshodi Barno, Tanlangan asarlar. (Nashrga tayyorlovchi M.Qodirova). Gʻafur Gʻulom

nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyoti, 1972.-P.3-10.

2.

Dilshodi Barnoning oʻzbek tilidagi "Muxojirlar tarixi asari". Toshkent-1972.-P.10-11.

3.

8-sinf Oʻzbekiston Tarixi darsligi "Oʻqituvchi" Nashriyoti-Mattbaa ijodiy uyi. Toshkent-

2019.-P.147.


background image


251

4.

Nuruddinova Malikaxon Sharabovnaning maqolasi "Tarixdan aks sado: "Tarixi

muxojironasari haqida".-P.2-3.

5.

Erkin Rabbimovich maqolasi, 11- oktabr 2018- yil.-P.1-2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов