SOCIAL SELF-CONCEPTION AND SELF-ASSESSMENT MECHANISMS OF YOUNG PEOPLE

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanova, G., & Sayliyeva, U. (2024). SOCIAL SELF-CONCEPTION AND SELF-ASSESSMENT MECHANISMS OF YOUNG PEOPLE. Modern Science and Research, 3(2), 118–121. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30738
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the self-awareness, self-evaluation, and proper use of one's potential are discussed in this article. There are detailed information about the wide opportunities and conditions created for the youth today, the development of personal perfection, as well as the achievements of the youth today

Similar Articles


background image


118

YOSHLARNI IJTIMOIY OʻZ-OʻZINI ANGLASH VA OʻZ-OʻZINI BAHOLASH

MEHANIZMLARI

Kurbanova Gullola Bakhramovna

GulDPI Pedagogika kafedrasi (PhD) katta o‘qituvchi

Sayliyeva Umida Sodiqovna

GulDPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10950366

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yurt kelajagi boʻlgan yoshlarning oʻz -oʻzini anglashi, oʻz-

oʻzini baholay olishi,shuningdek oʻz imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalanish. Bugungi kunda

yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar va shart -sharoitlar, shaxsiy barkamollikni kamol

toptirish shuningdek yoshlarning bugungi kundagi yutuqlari haqida batafsil maʼlumotlar joy

olgan

Kalit soʻzlar:

Davlat, yutuq, muvaffaqiyat, kelajak, yoshlar, bunyodkorlik ,jamiyat,

yuksalish, sub'ekt, kuzatish, baholash, shaxs, daraja, nuqson, kamchilik, talabchan, axloq, huquq,

aqliy tarbiya, texnika, usul, shakl.

SOCIAL SELF-CONCEPTION AND SELF-ASSESSMENT MECHANISMS OF YOUNG

PEOPLE

Abstract.

In this article, the self-awareness, self-evaluation, and proper use of one's

potential are discussed in this article. There are detailed information about the wide opportunities

and conditions created for the youth today, the development of personal perfection, as well as the

achievements of the youth today

Key words:

State, achievement, success, future, youth, creativity, society, rise, subject,

observation, assessment, person, level, defect, deficiency, demanding, ethics, law, intellectual

education, technique, method, form.

СОЦИАЛЬНАЯ САМОКОНЦЕПЦИЯ И МЕХАНИЗМЫ

САМООЦЕНКИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается самосознание молодежи,которая

является будущим страны, способность к самооценке, а также правилному использованию

своих возможностей и условий, созданных для молодежи сегодня, личностной развития а

также подробную информацию о достижениях современной молодежи

Ключевые слова:

Государство, достижение, успех, будущее, молодежь,

творчество, общество, подъем, предмет, наблюдение, оценка, человек, уровень,


background image


119

недостаток, недостаток, требовательность, мораль, закон, интеллектуальное

воспитание, техника, метод, форма.

Inson bu dunyoga kelib yashagandan boshlab oʻziga tegishli boʻlgan ma'lumotlarni

bilishga qiziqadi va bu yoʻlda juda koʻp mulohazalar qiladi. Insonlar eng avvalo kuzatishlar orqali

atrof-muhitni insonlarni va albatta oʻzlarini tushunadi, anglaydi. Eng birinchi hamma koʻproq

oʻzini kuzatgani uchun oʻzi toʻgʻrisidagi barcha haqiqatni biladi. Ba'zida bizni kuzatayotgan

yaqinlarimiz biz haqimizda turlicha ijobiy va salbiy fikrlarini bildirishadi. Har kimning oʻz hayoti,

dunyoqarashi bor, hamma oʻzi uchun idealdir balk, ilekin haqiqiy ideal inson bu oʻz -oʻzini

anglagan insondir.

Jamiyatdagi barcha shaxslar oʻzlarini baholay olishi, shuningdek anglashi zarur. Oʻz-oʻzini

baholash eng avvola oʻzini anglashdan boshlanadi. oʻzini anglash mana shu insonga xos xarakter,

qobiliyat, xulq-atvori, madaniyat, axloq bilan bogʻliq.

Oʻzini baholash-bu shaxs tomonidan oʻz-oʻzini, oʻz imkoniyatlari, sifatlarini va odamlar

orasidagi oʻrnini baholash. Bu psixologiyada oʻzini anglashning mohiyatliroq boʻlgan va eng koʻp

oʻrganilgan tomonidir.

Shaxs asosiga tegishli boʻlgan holda oʻzini baholash xulq-atvorining muhim

boshqaruvchisi boʻlib xizmat qiladi. shaxsning atrofdagilar bilan oʻzaro munosabatlari uning

oʻziga nisbatan tanqidiyligi ,talabchanligi, yutuq va kamchiliklarga munosabati oʻzini baholashga

bogʻliqdir .Oʻzini baholash qanday tarkib topadi? Boshqa odamning sifatlarini oʻrgangan sayin,

shaxs xususiy bahoni ishlab chiqish imkonini yaratuvchi zarur ma'lumotlarga ega boʻladi. Inson

oʻzini toʻgʻri baholay olishi zarur. Oʻzini baholashda yoqmaydigan sifatlari boʻlsa yoki biror

xususiyatidan koʻngli toʻlmasa oʻzini tanqid qilishi kerak, mana shu asnoda asta-sekin oʻz

kamchiliklarini tuzatib ijobiy hislatlarni shakllantirib, oʻzini toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirib, oʻziga

nisbatan toʻgʻri baho beradi. Shaxsiy "Men" haqida tarkib topgan baholanish shaxsning boshqa

odamlarda koʻradiganlari va oʻzidagi kuzatishlari bilan muntazam ravishda solishtirib borishning

natijasidir. Odam oʻzidagi ba'zi bir narsalarni bilgan holda oʻzini boshqa bilan solishtiradi,

boshqaning ham uning shaxsiy sifatlari, harakatlari, ifodalariga befarq emasligini taxmin qiladi,

bularning barchasi shaxsni oʻzini baholashiga tegishli boʻlib, uning ruhiy kayfiyatini belgilaydi.

Boshqacha aytganda, shaxs doimo referent guruh ya'ni real yoki idealga egadir, shaxs unda oʻz

qadriyatlarini oʻzlashtirgani uchun bu guruh bilan hisoblashadi, uning ideallari va qiziqishlari

boʻlishi mumkin. Shuningdek, shaxsning ham ideallari va qiziqishlari boʻlib hisoblanadi.


background image


120

Huquqiy davlat va demokratik jamiyat taraqqiyoti sharoitida zamonaviy shaxsga

qoʻyiladigan talablarni kuchaytirishning ob'ektiv ehtiyoji vujudga keldi,bu ijtimoiy faol, mustaqil,

ijodiy shaxsga boʻlgan talabni koʻrsatadi. Shu munosabat bilan yosh avlodni tarbiyalash va oʻqitish

uchun ma'sul boʻlgan davlat muassasalari faoliyatini takomillashtirish muammosi dolzarb boʻlib

qolmoqda. Aynan ular yangi shaxsni shakllantirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratish

imkoniyatiga ega.

Shaxsning oʻzini-oʻzi takomillashtirish muammosiga e'tibor shaxsning ichki faoliyatini,uning

zaxiralarini oʻrganish ,ulardan rivojlanish jarayonida shaxsning mustaqilligini oshirish uchun

ulardan maksimal darajada foydalanish bilan bogʻliq.

Yosh avlod har qanday davlatning kelajagi, aniqrogʻi bu butun millat farovonligiga sarmoya

ekani hammaga birdek ma'lum. Yoshlarning salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarish butun xalqning

ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini taʼminlaydi. Shu sababli ham Oʻzbekiston rahbari taʼlim va

yoshlarni ish bilan taʼminlash muammolariga eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekiston respublikasi prezidenti tashabbusi bilan 2016-2021-yillarda yoshlar siyosatiga

doir 5ta qonun va 55ta qonunosti hujjatlari qabul qilingan .2016-yilda qabul qilingan "Yoshlarga

oid davlat siyosati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston respublikasi qonunida yoshlarga oid davlat siyosati

yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi

salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qilishi alohida taʼkidlanib,amalga

oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar qonun bilan mustahkamlandi.

Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor ,ularga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan

gʻamxoʻrlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bunday imkoniyatlar hattoki qonun bilan

ham mustahkamlab qoʻyilgan. Ayniqsa, bosh qomusimizda yosh avlodning huquq va manfaatlari

aniq moddalar bilan muhrlab qoʻyilgani, hech shubhasiz, bu boradagi huquqiy bazani yanada

kengaytirish, amaliy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatni ochadi. Hozirgi vaqtda

yoshlarga maktab, professional va oliy taʼlim sohasida bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar

egallashga, madaniyat va sport yoʻnalishlarida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yuritishga yaratilgan

sharoitlar natijasida bugungi kun yoshlari juda katta yutuqlarga erishmoqda desak mubolagʻa

boʻlmaydi.

Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan yana biri bu Respublikamizdagi barcha mahallarda

prezident vakili yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu vazifaga intiluvchan, tashkilotchilik

qobiliyatiga ega ,tashabbuskor yoshlar saralab olindi. Mahallalarda bu tizim orqali yoshlarga

100dan ortiq imkoniyatlar yaratildi. "Yoshlar daftari "tizimi yoʻlga qoʻyilib soʻnggi ikki yilda

798ming nafarga yaqin yoshlarga qariyb 1trillion soʻmlik yordamlar koʻrsatildi. Yoshlar ham


background image


121

yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda dastlabki yutuqlarni qoʻlga

kiritishmoqda.

Xulosa

Oʻzbekiston respublikasida yashayotgan har bir yosh oʻziga yaratilayotgan imkoniyatlardan,

shart-sharoitlardan, vaqtida foydalanishi, ularni qadrlashi, oʻz yutuq muvaffaqiyatlari bilan

ijtimoiy, iqtisodiy, taʼlim sohasini yanada yuksaltirib bormogʻi zarurdir. Yoshlar qachonki oʻz -

oʻzini anglasa va imkoniyatlarini toʻgʻri baholay olsa ijtimoiy jamiyatga shunchalik koʻp foyda

keltiradi. Ammo bugungi davrda yoshlarning oʻziga yaratilayotgan imkoniyatlarni toʻgʻri baholay

olmasliklari natijasida katta muammolarga duch kelishmoqda. Muhtaram prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyev yoshlarning har qanday kichik yutuqlari uchun ham ragʻbatlantirib kelmoqdalar. Biz

yoshlar ham bunday imkoniyatlarga mos boʻlishimiz va jamiyat taraqqiyoti uchun oʻz hissamizni

qoʻshib borishimiz zarur. Eng foydali investitsiya bu taʼlimga,ilmga tikilgan investitsiyadir chunki

u bir kun kelib oʻz mevasini beradi.

REFERENCES

1.

G.b.Kurbanova."Yunogogika" 2023.30-31-betlar.

2.

1 jakobson pm motivatsiyaning psixologik muammolari. P.M.

3.

Yangi Oʻzbekiston gazetasi 2023-yil. 2-qism.

4.

Yangi avlod yangi kelajak .2022. 23-28-betlar.

References

G.b.Kurbanova."Yunogogika" 2023.30-31-betlar.

1 jakobson pm motivatsiyaning psixologik muammolari. P.M.

Yangi Oʻzbekiston gazetasi 2023-yil. 2-qism.

Yangi avlod yangi kelajak .2022. 23-28-betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов