Authors

  • Qarshigul Iskandarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31611

Keywords:

higher education institution financial independence public-private partnership academic independence.

Abstract

This thesis discusses the necessity and prospects of introducing financial independence in higher education institutions and the introduction of public-private partnership.

background image


558

OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI TAʼMINLASH

VA UNDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKCHILIGINI JORIY ETISH MASALALARI

Qarshigul Iskandarova

Bank- moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11096577

Annotasiya.

Ushbu tezisda oliy taʼlim muassasalarida moliyaviy mustaqillikni joriy etilishi

va unda davlat xususiy sherikchiligini joriy etishning zaruriyati va istiqbollari haqida fikr

yuritilgan.

Kalit so'zlar:

oliy ta’lim muassasasi, moliyaviy mustaqillik, davlat-xususiy sherikchiligi,

akademik mustaqillik.

ISSUES OF ENSURING FINANCIAL INDEPENDENCE OF HIGHER EDUCATION

INSTITUTIONS AND IMPLEMENTATION OF PUBLIC-PRIVATE

PARTNERSHIP IN IT

Abstract.

This thesis discusses the necessity and prospects of introducing financial

independence in higher education institutions and the introduction of public-private partnership.

Key words:

higher education institution, financial independence, public-private

partnership, academic independence.

ВОПРОСЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ ВУЗОВ И

РЕАЛИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА В ИТ

Аннотация.

В данной диссертации рассматриваются необходимость и

перспективы внедрения финансовой независимости в высших учебных заведениях и

внедрения государственно-частного партнерства.

Ключевые слова:

высшее учебное заведение, финансовая независимость,

государственно-частное партнерство, академическая независимость.

Taʼlim sohasi taraqqiyoti koʻpincha moliyalashtirish koʻlami va olingan moliyaviy

sohasidagi islohotlarni moliyalashtirish koʻlami bir-biridan tubdan farq qiladi. Baʼzi mamlakatlar

kam mablagʻ talab qiladigan islohotlarni tanlasalar, boshqa mamlakatlar katta moliyaviy

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga

boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi


background image


559

bir necha oliy oʻquv yurtlariga sinov-tajriba tariqasida moliyaviy mustaqillik berildi va tajriba

oʻzining ijobiy samarasini berdi.

Hujjat bilan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarini bir talaba

uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi

to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

U quyidagilarni tartibga soladi:

moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga moliya yili uchun ajratiladigan

budjet mablag‘lari hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan xarajatlar bazaviy normativlari;

moliya yilida xarajatlarning bazaviy normativlarini qo‘llash yo‘li bilan moliyaviy

mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari uchun budjet mablag‘lari hajmini hisoblash tartibi.

Moliya yili uchun OTMga ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmini aniqlashda quyidagi

xarajatlar bazaviy normativlari qo‘llaniladi:

professor-o‘qituvchilar hamda boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-

yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlari;

bir nafar talabani o‘qitish uchun joriy xarajatlar;

boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar, o‘qitish xarajatlari, joriy ta’mirlash) hamda

asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘lar;

davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim

muassasalarini moliyalashtirish tartibi.

Davlat buyurtmasini moliyalashtirish davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim

olayotgan talabalarni o‘qitishni moliyalashtirish bo‘yicha namunaviy bitimga muvofiq amalga

oshiriladi. U buyurtmachi (vazirlik, idora) hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuziladi. Bitim

imzolangandan so‘ng OTM budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini shakllantiradi va

tasdiqlaydi.

Taʼlim xizmatlari bozorida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura

mutaxassisliklariga talab yuqoriligini inobatga olib, yangi yoʻnalishlar ochilishi hamda aholiga

taʼlim xizmatlarini taklif qilish borasidagi mustaqillik oliy taʼlim muassasasining nufuzini

koʻtarilib borishiga hissa qoʻshadi. Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini

kengaytirish, moliyalashtirishning koʻp tarmoqligi, qayta sarmoyalanish tamoyiliga asoslanish esa

taʼlim jarayonini jahonning ilgʻor oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish borasida qoʻyilgan

katta qadamdir. Oliy taʼlim tizimini keng darajada moliyalashtirishni tartibga solish bilan uning

yangi talablar va muammolarga mos tarzda javob bera olishiga yoʻl ochiladi.


background image


560

Qabul qilingan qarorlarda kadrlar masalasiga ham keng oʻrin berilgan. Oliy taʼlim

muassasalarini moliyalashtirish manbalarini yanada kengaytirish va mavjud mablagʻlardan

samarali foydalanishga erishish bilan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchi va

xodimlariga motivatsiya berish tizimi faollashadi. Qarorning mehnatga haq toʻlash miqdori va

samaradorlik mezonlariga asoslangan ragʻbatlantirish tartibini mustaqil belgilash kabi bandlari

kadrlarning ilmiy potensial darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Xorijlik

professor-oʻqituvchilar va talabalarni jalb qilinishi oliy taʼlim muassasasini kelgusida jahonning

reyting agentliklari tomonidan eʼlon qilinadigan TOP-1000talik roʻyxatiga kiritish uchun amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlarini mustahkamlaydi.

Oliy taʼlim muassasasini bitirib chiqayotgan istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va

doktoranturaga yuborish kabi maqsadli harakatlar kelajakda oliy taʼlim muassasasi uchun

salohiyatli kadrni tayyorlash imkonini beradi.

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalariga soliq imtiyozlarini

tatbiq etilishi, ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qoʻllanilishi va bojxona bojidan ozod

qilish boʻyicha berilayotgan imtiyozlar ularning moddiy texnik bazasini yanada boyitish va oliy

taʼlim muassasalariga yana bir karra oʻzining reyting darajasini koʻtarish yoʻlida marketing

sohasini rivojlantirishga turtki beradi.

REFERENCES

1.

Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik

asoslarini takomillashtirish: i.f.d. ... avtoreferat. – Toshkent, TDIU. – 2018. – 72 bet.

2.

Azimov A.E. Taʼlim tizimini moliyalashtirishning xorij tajribasi// Zamonaviy taʼlim. –

2014. - №2. – B.17-22.

3.

G'ulomov S., Ochilov I., Saydaxmedov O. Intellektual iqtisodiyotda samaradorlik

omillari//O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnali. – Toshkent, 2015. - №6. – B.38-

41.

References

Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish: i.f.d. ... avtoreferat. – Toshkent, TDIU. – 2018. – 72 bet.

Azimov A.E. Taʼlim tizimini moliyalashtirishning xorij tajribasi// Zamonaviy taʼlim. – 2014. - №2. – B.17-22.

G'ulomov S., Ochilov I., Saydaxmedov O. Intellektual iqtisodiyotda samaradorlik omillari//O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnali. – Toshkent, 2015. - №6. – B.38-41.