Authors

  • Qarshigul Iskandarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31616

Keywords:

higher education institution financial management financing financial independence introduction of financial independence education fee higher education market.

Abstract

The article analyzes the modern theories of financial independence of higher education institutions and introduction of public-private partnership and their specific aspects. Scientific conclusions about the role of state and state budget funds in financing the higher education system have been formed. Based on research, scientific proposals and recommendations aimed at providing financial independence to the higher education system and improving the role of the state in its financing have been developed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1328

OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI

TAʼMINLASHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKCHILIGINI JORIY ETISH

Qarshigul Iskandarova

Bank- moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11099571

Annotasiya.

Maqolada oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi

va unda davlat xususiy sherikchiligini joriy etishning zamonaviy nazariyalari va ularning o'ziga
xos jihatlari tahlil etilgan. Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirishda davlatning va davlat
byudjetining mablag'larining roli to'g'risidagi ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Tadqiqotlar
asosida oliy taʼlim tizimiga moliyaviy mustaqillik berilishi va uni moliyalashtirishda davlatning
rolini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar:

oliy taʼlim muassasasi, moliyaviy menejment, moliyalashtirish,

moliyaviy mustaqillik, moliyaviy mustaqillikni joriy etilishi, taʼlim to'lovi, oliy taʼlim bozori.

IMPLEMENTATION OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP IN ENSURING

THE FINANCIAL INDEPENDENCE OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract.

The article analyzes the modern theories of financial independence of

higher education institutions and introduction of public-private partnership and their specific
aspects. Scientific conclusions about the role of state and state budget funds in financing the higher
education system have been formed. Based on research, scientific proposals and recommendations
aimed at providing financial independence to the higher education system and improving the role
of the state in its financing have been developed.

Key words:

higher education institution, financial management, financing,

financial independence, introduction of financial independence, education fee, higher education
market.

РЕАЛИЗАЦИЯ ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА В

ОБЕСПЕЧЕНИИ ФИНАНСОВОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ ВЫСШИХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ

Аннотация.

В статье анализируются современные теории финансовой

независимости высших учебных заведений и внедрения государственно-частного
партнерства и их особенности. Сформированы научные выводы о роли средств
государства и государственного бюджета в финансировании системы высшего
образования. На основе исследований разработаны научные предложения и рекомендации,
направленные на обеспечение финансовой независимости системы высшего образования и
повышение роли государства в ее финансировании.

Ключевые слова:

высшее учебное заведение, финансовый менеджмент,

финансирование, финансовая независимость, введение финансовой независимости, плата
за обучение, рынок высшего образования.

Oliy taʼlim tizimi yuqori texnologiya, malaka, tajribalar va fiskal cheklanishlar doirasida

davlat majburiyatlari saqlanib qolinishi o'rtasida to'qnashuvlarga duch keladi. Oliy taʼlimning
boshlang'ich va o'rta taʼlim tizimidan farqli jihati uning bozor iqtisodiyoti qonunlariga bo'ysinib
ishlay olish imkoniga ega ekanligidir. Unda o'zaro raqobat va narx omilining muhim ahamiyatga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1329

ega ekanligi tizimda moliyaviy menejmentning zaruriy kategoriya sifatida vujudga kelishini
asoslaydi. Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirish nafaqat inson kapitalini rivojlantirish, balki
mamlakatni uzoq istiqbolda geosiyosiy maydondagi obro'yini mutahkamlashga xizmat qiluvchi
omillardan bo'lib hisoblanadi.

XXI asrda jahon iqtisodiyoti, global munosabatlar keskin o'zgarishlar va o'ta mohirona

yondashuv, tajribani talab etayotgan tizimga aylandi. Bu esa. Yuqori bilim va malakalarni talab
etishi bilan oliy taʼlimga bo'lgan, ayrim hollarda umuman o'rganilmagan talablarni yuzaga
kelishiga zamin hozirladi. Shu bilan birga, sunʼiy intellekt nazariyasining vujudga kelishi va undan
sanoat inqilobining to'rtinchi bosqichida keng ko'lamli foydalanish tendensiyasi oliy taʼlim
bozorida moliyaviy qarorlar qabul qilishni ham tubdan qayta ko'rib chiqishning dolzarbligini
ko'rsatib berdi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish – keng imkoniyatlar

garovidir. Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash, ularga yetarlicha
bilim hamda tajriba orttirish imkonini yaratish bugungi kunda har qachongidan dolzarb vazifa
sifatida qaralmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, oliy ta'lim tizimini isloh qilish eng muhim
vazifalardan biridir.

Oliy ta’lim muassasalari asosan respublika budjet ta’minotida bo‘lishiga qaramay

budjetdan tashqari moliyaviy mablag’larni topish, uni oliy ta’lim tizimiga yo‘naltirish masalalari
ham dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim tizimi faoliyatini moliyalashtirish
tizimining samaradorligi oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarini nafaqat o’quv faoliyati
bilan, balki ilmiy va innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish, shuningdek qo’shimcha moliyaviy
manbalarni izlab topishga asos bo‘ladi. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini
rivojlantirish, ularga moliyaviy faoliyatida erkinliklar berish, ularni bosqichma bosqich o’zini o’zi
moliyalashtirish tizimiga o’tkazish jarayoni olib borilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda 36
ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilgan hamda ularga moliyaviy mablag’larni
boshqarishda bir qator erkinliklar berilgan.

O‘zbekistonda “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat

buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun davlat budjetidan moliyalashtirish
tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Hujjat bilan moliyaviy mustaqillik
berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarini bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat
miqdoridan kelib chiqib moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

U quyidagilarni tartibga soladi:
moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga moliya yili uchun ajratiladigan

budjet mablag‘lari hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan xarajatlar bazaviy normativlari;

moliya yilida xarajatlarning bazaviy normativlarini qo‘llash yo‘li bilan moliyaviy

mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari uchun budjet mablag‘lari hajmini hisoblash tartibi.

Moliya yili uchun OTMga ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmini aniqlashda quyidagi

xarajatlar bazaviy normativlari qo‘llaniladi:

professor-o‘qituvchilar hamda boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi

xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlari;

bir nafar talabani o‘qitish uchun joriy xarajatlar;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1330

boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar, o‘qitish xarajatlari, joriy ta’mirlash) hamda asosiy

aktivlarni xarid qilish va kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘lar;

davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim

muassasalarini moliyalashtirish tartibi.

Davlat buyurtmasini moliyalashtirish davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim

olayotgan talabalarni o‘qitishni moliyalashtirish bo‘yicha namunaviy bitimga muvofiq amalga
oshiriladi. U buyurtmachi (vazirlik, idora) hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuziladi. Bitim
imzolangandan so‘ng OTM budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini shakllantiradi va
tasdiqlaydi.

Umuman olganda, oliy taʼlim tizimini moliyalashtirish va unda davlat rolining ayrim

jihatlari to'g'risida to'xtalib o'tmoqchimiz. Oliy taʼlim tizimi o'zining dastlabki rivojlanish
bosqichiga chiqqan paytlarda davlat byudjetining ahamiyati yuqori bo'lgan. Ayni kunda ham
ko'plab mamlakatlar oliy taʼlim muassasalariga egalik qilishni saqlab qolgan bo'lsada,
moliyalashtirish mexanizmlariga ko'plab xususiy omillarni joriy etishga ulgurgan.

Oliy taʼlim tizimida mamlakat yoshlarini qamrov darajasini to'liq miqyosga olib chiqish

va sifatni taʼminlash davlat byudjetiga katta moliyaviy yukni vujudga keltirar ekan. Bir paytda
keltirib o'tilgan uchta kategoriyaning barqaror darajasiga erishish uchun to'rtinchi ko'rsatkichni
ham qo'shimcha qilish vujudga kelmoqda.

Bunda xususiy moliyaviy manbalarning rolini oshirish va davlat oliy taʼlim muassasalari

moliyaviy mustaqilligini to'liq taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish muhim, deb
hisoblaymiz.

Umuman olganda, davlat byudjetining oliy taʼlim xarajatlarini qoplab berishdagi ulushi

YaIM nisbatan yuqori bo'lishi yoki barqaror bo'lishi asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Masalan, ayrim rivojlangan mamlakatlarda YaIMga nisbatan 2-3 foiz atrofidagi davlat byudjeti
xarajatlari katta raqamlardagi oliy taʼlim bilan qamrov darajasini ko'rsatib beradi. Buning sababi
esa, xususiy manbalardan samarali foydalanish miqyosining sezilarli ekanligi bilan izohlanadi.

Fikrimizcha, O'zbekistonda byudjet xarajatlarining YaIMga nisbatan ulushi katta ekanligi

oliy taʼlim bilan qamrov olish miqyosini kichik miqdorda saqlanib qolishiga sabab bo'lmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri davlat byudjeti katta miqdordagi mablag'larni ajrata olish
imkoniyatiga to'liq ega emasligi va xususiy manbalardan foydalanish mexanizmlarining to'liq joriy
etilmaganligi bilan ifodalash mumkin.

Bizningcha, oliy taʼlim tizimi qamrovi kichik ulushlarda bo'lgan paytda soliqlar orqali

moliyalashtirish o'zining ijobiy natijasini berishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, oliy taʼlim tizimini davlat tomonidan

moliyalashtirilishini ixtisoslashuv shaklida amalga oshirishni belgilash ham o'zining ijobiy
natijasini beradi. Davlat byudjeti mablag'lariga bo'lgan ehtiyojning ortib borishi oliy taʼlimda
bozor iqtisodiyoti elementlaridan foydalanishini taqozo qilsa, ikkinchidan birinchi darajali
ijtimoiy masalalarni moliyalashtirish ustuvorlik kasb etib bormoqda. Bularga misol sifatida
maktab taʼlimiga bo'lgan talab ortishi, pensiya tizimi xarajatlari ortishi va majburiy tibbiy sug'urta
tizimining amalga kiritilishi kabi rivojlanish tendensiyalarini keltirish mumkin.

Bizningcha, oliy taʼlim xizmatlarini moliyalashtirishda quyidagi omil va yo'nalishlarini

inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1331

– oliy taʼlimning davlat buyurtmalari asosida moliyalashtiriladigan sohalarini belgilash;
– aholining maʼlum qatlamiga oliy taʼlim xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun

moliyaviy mablag'lar manzilliligini taʼminlash;

– oliy taʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlov uchun kvotalar ajratilishida universitetga

to'liq mustaqillikni taqdim etish;

– oliy taʼlim muassasalarida xorijiy talabalar jalb etilishida to'lov shartnoma qiymatini

mustaqil belgilash vakolatini berish.

Xulosa qilib aytganda, bugun oldimizda turgan asosiy vazifa ta’lim tizimini yuksak

cho‘qqilarga chiqarish, oliy ta’lim muassasalarining nufuzini yanada oshirish, ta’lim sifatini
yanada yaxshilash, davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillikni berish, professor-
o‘qituvchilarning ilmiy darajasini oshirish orqali bo‘lajak kadrlarga yetarlicha kasbiy hamda
dunyoviy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.

REFERENCES

1.

Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik
asoslarini takomillashtirish: i.f.d. ... avtoreferat. – Toshkent, TDIU. – 2018. – 72 bet.

2.

Azimov A.E. Taʼlim tizimini moliyalashtirishning xorij tajribasi// Zamonaviy taʼlim. –
2014. - №2. – B.17-22.

3.

G'ulomov S., Ochilov I., Saydaxmedov O. Intellektual iqtisodiyotda samaradorlik
omillari//O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnali. – Toshkent, 2015. - №6. – B.38-
41.

4.

Махмудов А. Олий таълим муассасаларида молиявий ресурсларни бошқариш
механизмини такомиллаштириш, иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси автореферати, 2019, -45б.

References

Raxmonov D.A. O'zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish: i.f.d. ... avtoreferat. – Toshkent, TDIU. – 2018. – 72 bet.

Azimov A.E. Taʼlim tizimini moliyalashtirishning xorij tajribasi// Zamonaviy taʼlim. – 2014. - №2. – B.17-22.

G'ulomov S., Ochilov I., Saydaxmedov O. Intellektual iqtisodiyotda samaradorlik omillari//O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnali. – Toshkent, 2015. - №6. – B.38-41.

Махмудов А. Олий таълим муассасаларида молиявий ресурсларни бошқариш механизмини такомиллаштириш, иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, 2019, -45б.