Authors

  • Shaxnoza Axmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31731

Keywords:

national economy budget state budget local budget budget system budget revenues budget expenditures tax tax system value added tax fiscal policy macroeconomic stability.

Abstract

The process of economic liberalization, the aggravation of fiscal policy problems and the increase in the tax potential of taxpayers, the use by the state of effective means of modernizing the tax system in many ways, the distribution of added value also directly depends on the organization of an effective tax mechanism. It is important to study the directions of organizing an effective tax mechanism for the distribution of added value as a separate direction of the reform of the tax system, which today causes a lot of discussion. Based on this, this article discusses the issues of value added taxation.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

71

QO‘SHILGAN QIYMATNI TAQSIMLASHNING SAMARALI SOLIQ MEXANIZMIGA

OID XORIJ TAJRIBALARI

Axmedova Shaxnoza Ma’mur qizi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi

Fiskal institut magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11115207

Annotatsiya.

Iqtisodiyotning erkinlashuvi jarayoni, fiskal siyosat va soliq to‘lovchilar soliq

salohiyatini oshirish muammolarining keskinlashuvi, soliq tizimi modernizatsiyasining samarali
vositalarini davlat tomonidan qo‘llash ko‘p jihatdan kushilgan kiymatni taqsimlash

samarali

soliq

mexanizmi tashkil etilishiga ham bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda ko‘plab munozaralarga
sabab bo‘layotgan soliq tizimi islohining alohida bir yo‘nalishi sifatida qo‘shilgan qiymatni
taqsimlash

samarali

soliq mexanizmini tashkil etish yo‘nalishlarini o‘rganish muhim ahamiyatga

ega. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish
masalalari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, budjet, davlat budjeti, mahalliy budjet, budjet tizimi, budjet

daromadlari, budjet xarajatlari, soliq, soliq tizimi, qo‘shilgan qiymat solig’i, fiskal siyosat,
makroiqtisodiy barqarorlik.

FOREIGN EXPERIENCE ON AN EFFECTIVE TAX MECHANISM FOR THE

DISTRIBUTION OF ADDED VALUE

Abstract.

The process of economic liberalization, the aggravation of fiscal policy problems

and the increase in the tax potential of taxpayers, the use by the state of effective means of
modernizing the tax system in many ways, the distribution of added value also directly depends on
the organization of an effective tax mechanism. It is important to study the directions of organizing
an effective tax mechanism for the distribution of added value as a separate direction of the reform
of the tax system, which today causes a lot of discussion. Based on this, this article discusses the
issues of value added taxation.

Keywords:

national economy, budget, state budget, local budget, budget system, budget

revenues, budget expenditures, tax, tax system, value added tax, fiscal policy, macroeconomic
stability.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПО ЭФФЕКТИВНОМУ НАЛОГОВОМУ

МЕХАНИЗМУ РАСПРЕДЕЛЕНИЯ ДОБАВЛЕННОЙ СТОИМОСТИ

Аннотация.

Процесс либерализации экономики, обострение проблем фискальной

политики и повышение налогового потенциала налогоплательщиков, применение
государством эффективных средств модернизации налоговой системы во многом,
распределение добавленной стоимости также напрямую зависит от организации
эффективного налогового механизма. Важно изучить направления организации
эффективного налогового механизма распределения добавленной стоимости как
отдельного направления реформы налоговой системы, которое сегодня вызывает много
дискуссий.

Исходя из этого, в данной статье рассматриваются вопросы налогообложения

добавленной стоимости.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

72

Ключевые слова:

национальная экономика, бюджет, государственный бюджет,

местный бюджет, бюджетная система, доходы бюджета, расходы бюджета, налог,
налоговая система, налог на добавленную стоимость, налогово-бюджетная политика,
макроэкономическая стабильность.

Kirish.

Korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun xo‘jalik mexanizmining barcha

elementlari mukammal ishlashi zarur. Aynan shu yo‘nalishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini
hisoblash va to‘lash tartibiga alohida e’tibor qaratish kerak. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash
va to‘lash tizimini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish muximdir.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining respublikamiz soliq amaliyotiga joriy etilishi davlat budjeti

daromadlarini

shakllantirishning

barqaror

manbasini

yaratdi.

Ko‘plab rivojlangan

mamlakatlardagi kabi respublikamiz davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda ham qo‘shilgan
qiymat solig‘i eng asosiy moliyaviy resurs hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mazkur soliq
mexanizmidagi mavjud muammolar soliq tizimiga va davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

O’zbekistonda qo‘shilgan qiymatni taqsimlashning soliq mexanizmini samarali

shakllantirish masalalarining nazariy, metodologik va amaliy jihatlari maxsus, mustaqil tadqiqot
ob’ekti sifatida etarli darajada o‘rganilmaganligi tanlangan mavzuning dolzarbligini va ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.

Adabiyotlar tahlili.

Yangidan yaratilgan qiymatning nazariy asoslari A.Smit, D.Rikardo

ishlarida, qo‘shilgan qiymat kontseptsiyasi va ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasi esa J. Sey,
Dj. Klark asarlarida yaratilgan.

A.Marshall tadqiqotlari asosida yaratilgan iqtisodiy qo‘shilgan qiymatning zamonaviy

nazariyasi hozirgi kunda jahonning etakchi kompaniyalari tomonidan qiymatni yaratish jarayonida
samarali qo‘llanilib kelmokda.

Xorijiy tajribalar asosida QQS ma’muriyatchiligi samarali tadbirlarining metodologik

jihatlarini o‘rganishga B.X.Aliev [1], D.Bryummerxoff [2], A.A.Votchaev [3], S.V.Barulin [4],
E.A.Ermakova [5] larning izlanishlari bag‘ishlangan.

Mamlakatimiz milliy soliq tizimi va soliqqa tortish amaliyotini rivojlan-tirishga munosib

hissa qo‘shib kelayotgan olim va amaliyotchi mutaxassislarimizdan E.Gadoev [6], Sh.Gataulin
[7], I.Zavalishina [8], T.S.Malikov [9], O.Olimjonov [10] larni misol keltirish mumkin. O’z
mohiyatiga ko‘ra, QQS iste’mol solig‘i hisoblanganligi sababli uning ideal bazasi, ya’ni jami
yakuniy iste’mol xarajatlari biznes tsikllari davomida bir muncha barqaror bo‘lib, QQS bazasining
ham barqarorligini nazarda tutadi[11]. Ammo, amaliyotda QQS daromadlari ba’zan YaIM yoki
yakuniy iste’molga nisbatan ancha ta’sirchan hisoblanadi [12]. QQSning tashqi shoklarga nisbatan
nobarqarorlik sabablarini aniqlashda uning samaradorlik darajasi va uni belgilovchi omillarni
tadqiq etish muhim masaladir.

Tadqiqotning usullari.

Tadqiqotning metodologik asosi bo‘lib O’zbekiston

Respublikasida qo‘shilgan qiymatni taqsimlashning samarali soliq mexanizmini shakllantirish
yo‘nalishlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy xujjatlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining fundamental asarlari, davlat tomonidan budjetning soliqli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

73

daromadlarini prognozlash, davlat soliq siyosati, dalat soliq menejmentiga doir iqtisodiy nazariya
va ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya asoslari hizmat qiladi.

Ilmiy izlanish jarayonida tadqiqot olib borishning guruxlash, tizimli qiyosiy taxlil va

tizmili yondashuv, iqtisodiy-matematik modellar, korrelyatsion, regression, ekspert va taqqoslama
taxlili, bashoratlash, ma’lumotlarni statistik ishlanmasi, guruxlash metodlari va boshqa zamonaviy
usullaridan foydalaniladi.

Tahlil va natijalar.

Ma’lumki, har qanday mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish

sur’atlarini saqlab turish va inqirozlar oldini olish yuzasidan soliq siyosatini samarali yuritishda
soliq mexanizmining dastaklari (imtiyoz va preferentsiyalar, maxsus rejim, chegirma va qayta
hisoblashlar, investitsion soliq krediti va h.k.)dan keng foydalaniladi.

Avvalombor, rivojlangan davlatlar soliq amaliyotida hozirda bo‘lgan soliq turlari tahlili

shuni ko‘rsatadiki, ularda bizning soliq amaliyotimizdan farq qiluvchi, ayrim noan’anaviy soliqqa
tortish ob’ektlari ham uchraydiki, ular bilan umumiy tarzda tanishib chiqish, tadqiqimiz uchun
zarurdir. Ayniqsa, aktsizosti tovarlarni soliqqa tortishning samarali tadbirlari va ularning
afzalliklarini jahon soliq amaliyoti tajribalari tasdiqlamoqda.

Ma’lumki, jahon mamlakatlari davlat boshqaruvi tizimida soliq organlari tuzilmasi

faoliyatining uch turi uchrashi mumkin: bitta yoki bir nechta vazirliklar doirasidagi xizmat yoki
agentlik; yagona yarim mustaqil organ; boshqaruv (kuzatuv) kengashiga hisobot beruvchi yagona
yarim mustaqil organ.

Mazkur turkumlashga ko‘ra, jahon mamlakatlari soliq organlari mustaqil faoliyat

yuritishlari, ya’ni alohida vazirlik, qo‘mita yoki davlat xizmati organi sifatida ajratilgan bo‘lishi,
u yoki bu vazirliklar tarkibidagi xizmat yoki agentlik sifatida mavjud bo‘lishlari va nihoyat,
davlatga, qonun chiqaruvchi va boshqa vakolatli tarkibga hisobot beruvchi mustaqil organ
bo‘lishlari mumkin.

Jahon mamlakatlari soliq organlarining tashkiliy tarkibi va bo‘ysunuvi tamoyillariga ko‘ra

180 ta mamlakat bo‘yicha farqlanishining o‘rganilishi ularning to‘rtta mezon bo‘yicha guruhlarga
bo‘linishini va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining aralash modelga xosligini ko‘rsatdi.

Umuman, aktsizosti tovarlarni soliqqa tortishning samarali tadbirlariga xizmat qiluvchi

davlat soliq xizmatining institutsional asoslarini takomillashtirishga oid xorij tajribalarini
mamlakatimiz soliq amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini baholashda ayrim jihatlarga alohida
e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz.

Mazkur umumiy xulosalardan kelib chiqib, aktsizosti tovarlarni soliqqa tortishning

samarali tadbirlariga xizmat qiluvchi davlat soliq xizmatining institutsional asoslarini
takomillashtirishga oid xorij tajribalarini qo‘llashga oid quyidagi takliflarni maqbul hisoblaymiz:

- soliq organlarining institutsional strukturasini har bir hududning iqtisodiyoti tuzilishiga,

soliqli daromadlarining mamlakat budjet daromadlaridagi o‘rniga moslashtirib borish zarur;

- soliq organlariga xodimlar tomonidan soliq to‘lovchilar haqidagi to‘plangan har qanday

ma’lumot (axborot)dan qo‘shimcha tushumlar manbalarini aniqlash, shu orqali soliq solish ob’ekti
ko‘lamini va bazasini kengaytirish maqsadlari uchun foydalanish vakolatini berish lozim;

- soliq organlari, shu jumladan soliq organlari xodimlarining ish faoliyati samaradorligidan

kelib chiqqan holda reyting baholash tizimini yo‘lga qo‘yish kerak;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

74

- soliq organlari ish faoliyati samaradorligi natijalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha

baholash tizimini ishlab chiqish lozim: a) soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati; b)
qo‘shimcha soliq manbaalarini aniqlash va ularni soliqqa tortish; v) soliq profilaktikasini tashkil
etish va uni o‘tkazish;

- soliq organlari faoliyati, ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni Xalqaro

valyuta fondi, Iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan aniqlanadigan
uslubiyotlar asosida yuritishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Hozirgi zamon jahon soliq amaliyotida yuzaga chiqayotgan muhim jihatlardan biri – QQS

ma’muriyatchiligining samarali tadbirlari tarkibida soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq
majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishni rag‘batlantirishga oid yangi hamkorlik jihatlari,
jumladan, soliq to‘lovchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish tizimlarini
kengaytirish, soliq to‘lovchilarga maslahatlar berish va ular bilimi, savodxonligini oshirish uchun
Call-markazlar faoliyatidan foydalanish, hisobot bukletlari, deklaratsiyalar namunalarini bepul
tarqatish va x.k. muhim o‘rin tutmoqda.

Soliq madaniyatining yuqori bo‘lishi rivojlangan davlatlar tajribasida, jumladan,

Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya kabi davlatlarda “Public relations”, ya’ni jamoatchilik
munosabatlarini keng shakllanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, Yaponiyada hududiy
davlat soliq idoralarida telefon orqali 600 dan ortiq soliq maslahatchilari xizmat ko‘rsatadi, soliq
xizmati xodimlari bilan yuzma-yuz holda, yozma ravishda yoki veb saytlar orqali murojaat qilgan
shaxslarga ham alohida xizmatlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi 70
mingga yaqin malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan soliq maslahati xizmati
ko‘rsatiladi. Bu esa o‘z navbatida 1,8 mingdan ortiq kishiga 1 ta malaka sertifikatiga ega bo‘lgan
mustaqil faoliyat yurituvchi shaxs to‘g‘ri kelishini ifoda etadi va soliq maslahati xizmatini yuqori
darajada shakllanganligidan dalolat beradi.

Janubiy Koreyada esa Milliy soliq xizmati tarkibida soliq to‘lovchilar bilan ishlash

bo‘yicha alohida Mijozning talabini qondirish (soliq to‘lovchilar murojatlari bo‘yicha ishlash)
markazi tashkil etilgan. Milliy soliq xizmatining ushbu markazida soliq tizimida kamida 10 yil
tajribaga ega bo‘lgan xodimlar ishlashi belgilab qo‘yilgan.

1-jadval

Alohida olingan xorijiy mamlakatlar soliq amaliyotida davlatning QQSga oid

samarali tadbirlari

Mamlakatlar

Tadbirning farqlovchi xususiyati

Vengriya,
Daniya,
Norvegiya,
Shvesiya

Asosiy e'tibor uzluksiz zanjirning barqarorligini ta'minlashga qaratilgan.
QQS barqaror yuqori stavkada olinadi, tartibga solishning murakkab,
lekin mustahkam tarkibiga ega, soliq stavkalari va imtiyozlar ko‘lami
hududiy miqyosda farqlanishi mumkin.

Yevropa
Ittifoqi
davlatlari

Asosiy urg‘u bilvosita soliqlarga, xususan QQSga beriladi. Mazkur soliq
budjetga doimiy va salmoqli tushumlarni ta'minlaydi, isloh qilishda o‘ta
qat'iy va mustahkamdir. Evropa Ittifoqi ichki hududida QQSga nisbatan
yagona xuquqiy mexanizm amal qiladi, biroq soliqning stavkalari va
imtiyozlari a'zo-mamlakatlar o‘rtasida farq qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

Yaponiya

Davlat tushumlarning asosiy qismini budjetdan tashqari fondlarga
ajratmalar hisobiga, yanada aniqroq tarzda mehnatkashlarning ijtimoiy
sug‘urta va ta'minotiga ajratmalar orqali ta'minlaydi. Mazkur ajratmalar
ham to‘g‘ri va egri soliqlar belgilariga egadir – yollanma ishchilar
tomonidan ish xaqidan to‘lanadi va ishlab chiqaruvchi tomonidan
mahsulot va xizmatlar qiymatiga qo‘shiladi.

Irlandiya

QQS stavkasining pastligi ham chetdan kapitalning oqib kelishini ham
ichki ishlab chiqarish o‘sishining yuqori sur'atlarini ta'minlaydi. Soliq
maslaxatchiligi rivojlangan tizimi va itizomli soliq to‘lovchilarga soliq
ma'muriyatchiligining maxsus xizmat rejimi qo‘llaniladi.

Buyuk
Britaniya,
Frantsiya

Alohida hududlar, ishlab chiqarish tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash
uchun QQSda rag‘batlar tizimining mavjudligi: kapital qo‘yilmalar
uchun budjetdan bir martalik to‘lovlar mavjudligi, ishlab chiqarish
inshootlari qurish uchun davlat subsidiyalarining ajratilishi, soliq
imtiyozlari va preferentsiyalari keng ko‘lamining amal qilishi. Soliq
madaniyatining yuqori darajasi shakllanganligi bois soliq to‘lashning
ixtiyoriyligi tamoyili ko‘proq hayot tarziga aylanganligi bois intizomli
soliq to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan ko‘proq maslaxat berish
tarzidagi xizmatlar amalga oshiriladi.

Germaniya

Kelgusi taraqqiyot uchun yuksak imkoniyatlarga ega bo‘lishi
kutilayotgan

iqtisodiy

qoloq

hududlarga

mablag‘ajratayotgan

kompaniyalarga yirik soliq imtiyozlari tizimining qo‘llanilishi. Soliqlar
bo‘yicha to‘lov intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish tadbirlarining
qat'iyligi, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga jinoiy javobgarlikning
mavjudligi.

Umuman, alohida olingan xorijiy mamlakatlar soliq amaliyotida davlatning bevosita va

bilvosita soliqlarga oid samarali tadbirlarini o‘rganish hozirda muhim ahamiyat kasb etadi (1-
jadval).

Ko‘pchilik davlatlar (Frantsiya, Germaniya, Shveytsariya) QQS ma’muriyatchiligi

amaliyotida milliy soliq qonunchiligida

“soliq to‘lovchilarning soliq tekshiruvlari jarayonida

tegishli tushuntirish va asoslarni tekshiruvchilarga etkazib berishlarining majburiyligi”

belgilab

qo‘yilgan va ushbu talabning buzilishi qonuniy tarzda javobgarlik uchun asos bo‘ladi.

Tovar(ish,xizmat)larni QQSga tortishning samarali tadbirlarida qator xorijiy mamlakatlar

(Shveytsariya, Frantsiya, Kanada) soliq amaliyotida unumli tarzda qo‘llanilib kelayotgan muhim
tajriba – “

soliq to‘lovchilar soliq tarixiga oid ma’lumotlarning shaffofligi va ulardan

foydalanuvchi davlat organlari uchun maxsus ruxsatnomasiz tizimli tarzda foydalana olish
imkoniyatining yaratilganligi”

dir.

Mazkur tajribani mamlakatimiz soliq amaliyotga qo‘llash O’zbekiston Respublikasi DSQ

va davlat soliq organlari tarkibida soliq to‘lovchilarga oid ma’lumotlarni to‘plash, zarur ma’lumot
bazasini to‘liq shakllantirish va ularni tahlil qilib borish bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘lim va
tarkiblarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish zaruriyati yuzaga keladi.

2-жадвал


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

76

Қўшилган қиймат солиғи тўлаётган давлатлар ва солиқ ставкалари

Davlat nomi

QQS, %

Davlat nomi

QQS, %

Vengriya

27

Xitoy

16

Daniya, Norvegiya,

Shvesiya

25

Turkmaniston, O'zbekiston

15 (12)

Gresiya

24

Qozog‘iston,

12

Islandiya

24,5

12

Urugvay, Portugaliya

23

Qirg‘iziston

10

Italiya

22

8

Gollandiya, Belgiya

21

Janubiy Koreya, Indoneziya,

Livan

7

Buyuk Britaniya,

Frantsiya, Avstriya,

Rossiya, Belorussiya

20

Shveytsariya

6

Germaniya

19

Tailand

5

Latviya, Isroil,

Tojikiston

18

Dominikan Respublikasi

4

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi malaka oshirish markazi

ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Ushbu zaruriyat tufayli QQS ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishda qator xorijiy

mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Meksika, Avstraliya, Frantsiya)

“soliq amaliyotida soliq

xizmati organlarida lavozimlar reglamentini qayta ko‘rib chiqish

”ni va har qaysi bo‘lim

ma’suliyati va vakolatlarini ifodalovchi xizmat Nizomlarini qonuniy tarzda yangidan
tasdiqlanishini shart qilib qo‘ydi.

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda iqtisodiyoti

rivojlangan davlatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi kam miqdorda belgilanganligi guvohi
bo‘lamiz. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foiz, Janubiy
Koreya, Indoneziya va Livanda 10 foiz, Shveytsariyada 8 foiz, Tailandda 7 foiz stavkada soliq
amaliyotini ko‘rish mumkin. Ushbu davlatlarning iqtisodiyoti bugungi kunda rivojlangan davlatlar
qatoridan joy olganligini va tadbirkorlarning soliq munosabatlarida ijobiy ishtirok etishi
budjetning ortib borishiga xizmat qiladi(2

-jadval

).

Hozirgi kunda ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar

tarmog‘i kengayib borayotgan bir vaqtda ushbu korxonalarga 15 foizlik soliq stavkasini 10 foizga
tushirib belgilash ham tadbirkorlarni yanada qo‘llab quvvatlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Buning natijasida qanchadan qancha hali ham yashirin iqtisodiyot orqali tadbirkorligi amalga
oshirib, oxir oqibatida qonun oldida javob berishga to‘g‘ri kelayotganlarning oldi olinib, yosh
tadbirkor-larning rivojlanishi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini dunyo miqiyosida
raqobatdoshligi ta’minlashga xizmat qiladi.

Umuman, jahon soliq amaliyoti boy ijobiy tajribalarini inobatga olgan holda

tovar(ish,xizmat)larni QQSga tortishning samarali tadbirlariga oid

soliq ma’muriyatchiligi

samarali vositalarini joriy etishda “soliq to‘lovchilar va soliq organlarining hamkorlikda
o‘sish”ini ta’minlashga qaratilgan talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan ishonchli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

77

hamkorlikni tashkil etish maqsadida soliq organlari xizmat ko‘rsatish ochiqligi jarayonlarining
shaffofligini oshirish lozim.

Bu sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar tarkibida

quyidagilar ham inobatga olinishi darkor:

- soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni metodologik

ta’minlash;

- barcha kanallar va resurlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarga interaktiv va axborot xizmatlarini

ko‘rsatish jarayonlarini yaxshilash;

- soliq to‘lovchining talabi va kutishi to‘risidagi axborotlar tahlili asosida, servis

xizmatlarining samarali va sifatini nazorat qiluvchi monitoring tizimini joriy etish;

- soliq to‘lovchilarga qonunchilikda joriy qilingan va rejalashtirilayotgan o‘zgartirishlar,

meriy-huquqiy hujjatlar, sud qarorlari, sharx va tushuntirishlar yuzasidan doimiy va faol
axborotlar berib borish;

- doimiy asosda tadbirkorlik va fuqarolik jamiyatlari, ekspertlar bilan hamkorlikda soliq

qonunchiligidagi aktual maslalarni muhokama qilib borish;

- soliq organlari faoliyatining moliyaviy malumotlarining ochiqligi va foydalanishga ruxsat

etilishi shaffofligini oshirish;

- davlat-xususiy hamkorlik huquqi asosida xususiy biznes bilan hamkorlikda soliq

xizmatlarini rivojlantirish;

- soliq inspektorlarining soliqlar tushumini yig‘ish bo‘yicha yanada samaraliroq ishlashiga

erishish;

- soliqlar va soliq to‘lovchilar bo‘yicha aniq axborot olish;
- mavjud axborotni himoyalash.
Tovar(ish,

xizmat)larni

QQSga

tortishning

samarali

tadbirlarida

oid

soliq

ma’muriyatchiligining strategik maqsadi

-

soliq ma’muriyatchiligi usullari vositasida davlat soliq

siyosatini ro‘yobga chiqarish; soliq to‘lovchilarning o‘z soliq majburiyatlarini to‘liq ado etishlarini
nazorat qilish, davlat budjetiga tushumlar barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Buning uchun quyidagilarga rioya etish zarur:

soliq to‘lovlarining o‘z vaqtida va bir xildagi

tushumini ta’minlash, ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va
soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufyona aylanmalarni
qisqartirish hisobiga budjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish.

Ma’lumki, tovar(ish,xizmat)larni QQSga tortishning samarali tadbirlariga oid soliq

ma’muriyatchiligining samarali vosita va dastaklarini hayotga tatbiq etish hozirgi kunda uning

mavjud usullari tizimi

(boshqarish, xabardor qilish, tarbiyalash, maslahat berish, rag‘batlantirish,

imtiyoz berish, nazorat qilish, undash (majburlash), jazolash)ni takomillashtirishni talab etadi va
buning uchun quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi zarur:

- soliqqa tortish ishlarini yuritishda soliq tizimining eng asosiy vazifalari quyidagilardan

iborat soliq qonunchiligi bajarilishini nazorat qilish soliqlarni to‘g‘ri va to‘liq xisoblanishini
nazorat qilish;

- soliqlarni davlat budjetiga to‘lanishini nazorat qilish;
- soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab

chiqish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

78

Jahon soliq amaliyotida ham QQSning mohiyati doimo bilvosita soliqlar doirasida o‘rganib

chiqilgan. Shu bois QQSning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga
keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi.

Xulosa va takliflar.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish yo‘llarini tahlil qilish

jarayonida quyidagi taklif va tavsiyalarni ta’kidlash joiz hisoblanadi:

Birinchidan,

bugungi kunda iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i

stavkasi kam miqdorda belgilanganligi ushbu davlatlarning budjet daromadlari va tadbirkorlarning
oshib borishiga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ishlab chiqarish va qayta
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tarmog‘i kengayib borayotgan bir vaqtda ushbu
korxonalarga 15 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 10 foizga tushirish taklif etiladi;

Ikkinchidan

, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat soliq inspektsiyalari

mas’ul xodimlari tomonidan hisoblangan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun
uchun penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilishi bekor qilish tavsiya etiladi;

Uchinchidan,

korxonalarning aylanma mablag‘lari ortib borishi bilan daromadlarning ham

ortib broishiga xizmat qilishi maqsadida aylanma mablag‘lariga chegaraviy miqdor 500 mlrd.so‘m
qilib beligilash va aylanma mablag‘lari 500 mlrd.so‘mdan oshgan qismiga soliq stavkasining
imtiyozli shaklini joriy qilishni taklif etiladi;

Yuqoridagi taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,

qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirishda xorijiy davlatlarning soliq amaliyoti tajribasidan
foydalangan holda, soliq stavkalarining pasaytirilishi, hisoblangan soliq summasiga nisbatan
kechiktirilgan har bir kun uchun penya (moliyaviy jazo) qo‘llanilmasligi, qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchi korxonalarga aylanma mablag‘larining chegaraviy miqdordan oshgan qismiga soliq
stavkasining imtiyozli shaklini qo‘llash kabi takliflarning amalga oshirilishi natijasida,
tadbirkorlarni yanada qo‘llab quvvatlash, insofli va halol tadbirkorlarning ko‘payishi, qo‘shilgan
qiymat solig‘i undirilishi bilan bog‘liq soliqdan qochish yo‘llarini kamayishi va budjet
daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

Алиев Б. Х. Налоговые системы зарубежных стран / Б.Х. Алиев, Х.М. Мусаева. -
М.:Юнити-Дана, 2013. – 216 с.

2.

Брюммерхофф, Д. Теория государственных финансов / Д. Брюммерхофф. –
Владикавказ: Пионер-Пресс, 2001. – 480 с.

3.

А.А. Вотчаев, С.В. Барулин, Е.А. Ермакова, А.А. Степаненко. - Саратов: СГСЭУ,
2010. – 170 с.

4.

Голик Е.Н. Косвенные налоги в условиях институциональных преобразований
налоговой системы Российской Федерации: Монография / Ростовский
государственный экономический университет «РИНХ». – Ростов-на- Дону, 2007. –
242 с.

5.

Князев, В.Г. Налоговые системы зарубежных стран: учеб. пособие / В.Г. Князев,
Д.Г. Черник. - М.: Закон и право, Юнити, 1997. – 81с.

6.

Гадоев Э. ва бошқ. Солиққа оид хатолар. – Т.: "Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси"
нашриёт уйи, 1996. -128 б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

79

7.

Гатаулин Ш. Солиқлар ва солиққа тортиш. – Т.: ДСҚ, 1996. – 241 б.

8.

Завалишина И. Солиқлар: назария ва амалиёт. – Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси”,
2005. – 544 б.

9.

Ваҳобов А., Маликов Т. Молия. – Т.: «НОШИР», 2012. – 712 б.

10.

Маликов Т., Олимжонов О. Молиявий менежмент. – Т.: Академия, 1999. – 254 б.

11.

Тошматов Ш. Корхоналарни ривожлантиришда солиқлар роли: Монография. – Т.:
Фан ва технология, 2008. – 204 б.

12.

Sancak, C., R. Velloso, and J. Xing. Tax Revenue Response to the Business Cycle,»

IMF

Working Paper 10/71 (Washington: International Monetary Fund).

2010- pp. 12-27.

13.

Ueda J. The Evolution of Potential VAT Revenues and C-Efficiency in Advanced
Economies.

International Monetary Fund, Working Paper WP/17/158,

2017 – pp. 1-38.

14.

Guedes de Oliveira F., and L. Costa, (2015). The VAT Laffer Curve and the Business
Cycle in the EU27: An Empirical Approach.

Economic Issues, Vol. 20(2),

2015 – pp. 29-

44

15.

Dudine P., and J. Jalles. How Buoyant Is the Tax System? New Evidence from a Large
Heterogeneous Panel.

IMF Working Paper 17/4, International Monetary Fund

. 2017.

16.

Keen M. The Anatomy of the VAT.

National Tax Journal, Vol. 66

, 2013 – pp. 423-446.

17.

Ebrill L., M. Keen, J. Bodin, and V. Summers, The Modern VAT. Washington,
D.C.: International Monetary Fund. ISBN 1-58906-026-1. 2001

18.

Абдувохидов А. А. и др. ҲУДУДЛАРДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ
ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ
КРЕДИТЛАШ СИЁСАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //barqarorlik va yetakchi
tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 46-52.

19.

Нурмухаммидова, М. Х., Абдувохидов, А. А., & Мамажонова, С. В. (2021).
ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ҲОЗИРГИ БОСҚИЧИДА ҚИШЛОҚ
ХЎЖАЛИГИНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСЛАРИ.

TA'LIM VA

RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

1

(6), 401-417.

20.

Kamilova S. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF DIGITALIZATION OF THE
BANKING SYSTEM //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2022. – Т. 23. – №. Maxsus_son. – С. 102-
107.

21.

Абдувохидов А. А. и др. САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ
НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR
ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 40-45.

References

Алиев Б. Х. Налоговые системы зарубежных стран / Б.Х. Алиев, Х.М. Мусаева. - М.:Юнити-Дана, 2013. – 216 с.

Брюммерхофф, Д. Теория государственных финансов / Д. Брюммерхофф. – Владикавказ: Пионер-Пресс, 2001. – 480 с.

А.А. Вотчаев, С.В. Барулин, Е.А. Ермакова, А.А. Степаненко. - Саратов: СГСЭУ, 2010. – 170 с.

Голик Е.Н. Косвенные налоги в условиях институциональных преобразований налоговой системы Российской Федерации: Монография / Ростовский государственный экономический университет «РИНХ». – Ростов-на- Дону, 2007. – 242 с.

Князев, В.Г. Налоговые системы зарубежных стран: учеб. пособие / В.Г. Князев, Д.Г. Черник. - М.: Закон и право, Юнити, 1997. – 81с.

Гадоев Э. ва бошқ. Солиққа оид хатолар. – Т.: "Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси" нашриёт уйи, 1996. -128 б.

Гатаулин Ш. Солиқлар ва солиққа тортиш. – Т.: ДСҚ, 1996. – 241 б.

Завалишина И. Солиқлар: назария ва амалиёт. – Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси”, 2005. – 544 б.

Ваҳобов А., Маликов Т. Молия. – Т.: «НОШИР», 2012. – 712 б.

Маликов Т., Олимжонов О. Молиявий менежмент. – Т.: Академия, 1999. – 254 б.

Тошматов Ш. Корхоналарни ривожлантиришда солиқлар роли: Монография. – Т.: Фан ва технология, 2008. – 204 б.

Sancak, C., R. Velloso, and J. Xing. Tax Revenue Response to the Business Cycle,» IMF Working Paper 10/71 (Washington: International Monetary Fund). 2010- pp. 12-27.

Ueda J. The Evolution of Potential VAT Revenues and C-Efficiency in Advanced Economies. International Monetary Fund, Working Paper WP/17/158, 2017 – pp. 1-38.

Guedes de Oliveira F., and L. Costa, (2015). The VAT Laffer Curve and the Business Cycle in the EU27: An Empirical Approach. Economic Issues, Vol. 20(2), 2015 – pp. 29-44

Dudine P., and J. Jalles. How Buoyant Is the Tax System? New Evidence from a Large Heterogeneous Panel. IMF Working Paper 17/4, International Monetary Fund. 2017.

Keen M. The Anatomy of the VAT. National Tax Journal, Vol. 66, 2013 – pp. 423-446.

Ebrill L., M. Keen, J. Bodin, and V. Summers, The Modern VAT. Washington, D.C.: International Monetary Fund. ISBN 1-58906-026-1. 2001

Абдувохидов А. А. и др. ҲУДУДЛАРДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ КРЕДИТЛАШ СИЁСАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 46-52.

Нурмухаммидова, М. Х., Абдувохидов, А. А., & Мамажонова, С. В. (2021). ИҚТИСОДИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИНГ ҲОЗИРГИ БОСҚИЧИДА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ БАРҚАРОР РИВОЖЛАНТИРИШ АСОСЛАРИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(6), 401-417.

Kamilova S. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF DIGITALIZATION OF THE BANKING SYSTEM //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2022. – Т. 23. – №. Maxsus_son. – С. 102-107.

Абдувохидов А. А. и др. САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 40-45.