39
PARKINSON KASALLIGI VA UNI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN
PREPARATLAR
Tajiyeva Oyimjon Ataxanovna
Xorazm viloyati Xonqa tumani Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi.
Tel: +99899 966 46 76
https://doi.org/10.5281/zenodo.11116067
Annotatsiya.
Ushbu tezisda
Parkinson kasalligini davolashda qo’llaniladigan preparatlar
guruhlari, zamonaviy va xitoy tibbiyot usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Akantopanaks, Alpiniya, Astragalus, Kameliya, Kassiya, Xrizantema,
Cistanche
, antidepressiv, antioksidant, neyroprotektiv, Amantadinlar
LRKK2, antixolinergik
guruh,
L Yui oqsil agregatlari
.
DRUGS USED IN PARKINSON'S DISEASE AND ITS TREATMENT
Abstract.
This thesis describes the groups of drugs used in the treatment of Parkinson's
disease, modern and Chinese medicine methods.
Key words:
Acanthopanax, Alpinia, Astragalus, Camellia, Cassia, Chrysanthemum,
Cistanche, antidepressant, antioxidant, neuroprotective, Amantadines LRKK2, anticholinergic
group, L Yui protein aggregates.
ПРЕПАРАТЫ, ПРИМЕНЯЕМЫЕ ПРИ БОЛЕЗНИ ПАРКИНСОНА И ЕГО
ЛЕЧЕНИИ
Аннотация.
В диссертационной работе описаны группы препаратов, применяемых
при лечении болезни Паркинсона, методами современной и китайской медицины.
Ключевые слова:
акантопанакс, альпиния, астрагал, камелия, кассия, хризантема,
цистанхе, антидепрессант, антиоксидант, нейропротектор, амантадины LRKK2,
антихолинергическая группа, агрегаты белка L Yui.
Parkinson kasalligi titroq kasalligi ekanligini yaxshi bilamiz, u asosan sekin boshlanib vaqt
o’tishi bilan kuchayib boradigan va bemorning hayot sifatini yomonlashuviga olib keladigan
kasalliklar toifasiga mansubdir. Kasallik markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatgani uchun vosita
apparatini buzilishi, mushaklardagi atrofiya va postural buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi. U
asosan erkakalarda uchragani bois, ayollar va bolalarning bu kasallikkka chalinishi kam holatlarda
uchraydi. Kasallikning asosiy sabablari orasida virusli ensefalit parkinsonga chalinish uchun eng
yuqori o’rinlarda turadigan kasallikdir. Bu kasallikka qarshi turli xil dori vositalari va biologik faol
40
qo’shimchalar orqali shu bilan birgalikda tabiiy dorivor o’simliklar orqali davolash choralarini
ko’rish o’tgan asrlar davomida hozirgi kunga qadar takomillashib kelmoqda, biroq bu kasallikni
to’liq davolash mumkin emas.
O’tgan asrlar davomida kasallikdan butunlay tuzalish chorasi doktorlar tomonidan
topilmagan bo’lsada, kasalikka qarshi qo’llaniladigan dori-darmon preparatlari uning
simptomlarini sezilarli darajada sekinlashishini ko’rsatgan. Qabul qilingan preparatlar bemorlarga
tremor (ya’ni qatiroqda) da, yurish va harakatda, o’zini –o’zi nazorat qilishda yaxshi samara
beradi. Parkinson kasalligiga chalingan bemorlarning miyasida dopamin modda ishlab chiqarilishi
pasayadi, shu sababli bemorlarda g’ayritabiiy o’zgaruvchan harakatlar paydo bo’lishni boshlaydi.
Bundan tashqari miyaning ma’lum neyronlarida L Yui oqsil agregatlari (bular erimaydi)paydo
bo’ladi. Dori vositalari tarkibidagi faol moddalar dopaminni oshiradi, miyada uning o’rnini
bosishga harakat qiladi.
Bemorning kasallik bosqichiga qarab nevrologlar tomonidan davolash ishlari amalga
oshirilishi zarur
. Nevrologlar duch keladigan qiyinchiliklardan biri neyrondagi molekulyar
darajada sodir bo'ladigan ma'lum jarayonlarni hujayra darajasidagi hodisalar bilan bog'lash
zaruratidir, bu esa o'z navbatida normal va patologik neyropsikologik o'zgarishlar qanday sodir
bo'lishini tushuntirishi mumkin. katta darajada hali ham amal qiladi: "Molekulyar darajada,
ko'pincha dori ta'sirini tushuntirish mumkin; hujayra darajasida tushuntirish ba'zan mumkin,
ammo xulq-atvor darajasida bizning nodonligimiz tubsizdir " degan edi Cooper, Bloom and Roth
o’zlarining 1986-yil o’tkazgan ilmiy izlanishlarida
.
Davolashni boshlashdan avval bemordagi quyidagi holatlar yaxshilab o’rganilib chiqiladi:
1)bemorning yoshi, kasallikning boshlangan vaqti;
2)parkinsonning qaysi turi ekanligi aniqlash;
3)bemordagi yondosh kasalliklar va ularning darajasi;
4)parkinsonizmning darajasi va bemorda uning individual kechishi;
5) funksional buzilishlar darajasi;
Parkinsonizmni davolashda shifokorlar asosan konservativ yo’ldan foydalanishsada,
patogenetik va simptomatik davolash usullari ham qo’llaniladi. Bemorning axvoliga qarab
bosqichma-bosqich davolash algoritmi tuziladi ya’ni agar kasallik ilk bosqichda bo’lsa bemorga
past dozada (holatiga qarab) bitta yoki ikkita dori buyuriladi. Bemorning xolati yaxshi bo’lsa unga
politerapiya shart bo’lmaydi. Parkinson bemorlarida eng ko’p uchraydigan gen bu LRKK2 (larke
2) bo’lib, u juda muhim rol o’ynashini bilamiz. Lekin uni endi sinchiklab ko’rib chiqayapmiz.
Jumboqni mana shu gen yechishi mumkin”, - deydi doktor Peygan.
41
Bundan tashqari antixolinergik guruh dorilari bo’lib bularga Tsiklodol, parkopan,
biperiden, atropin va boshqalar kiradi. Bular tabiiy neyrotransmitter atsetilxolinni blokirovka
qiluvchi moddalar bo'lib, u miyaning xolinergik retseptorlariga yuqori darajada yaqinligi tufayli
uni tanaga kirganda almashtiradi;
Amantadinlar guruhi dori vositalari-midantan, gabirol, viregit, simmetril, proteksin, pk-
merts, pk-amantadin. antiviral va shu bilan birga antiparkinsonian dopaminergik dori,
mushaklardagi rigidlikni pasaytirish uchun buyuriladi, ishlab chiqarilish shakliga ko’ra 100 li
tabletka va 500 ml li ineksiya uchun eritma shaklida bo’ladi va shifokor bemorning holatiga qarab
buyuradi.
Parkinsonizmda antidepressiv, antioksidant va neyroprotektiv ta’sirga ega preparatlar
sifatida dophamin retseptorlari agonistlari buyuriladi. Bularga bromokriptin, pergolid, kabergolin,
pramipeksol, ropinirol dori vositalari kiradi.
Bu dori vositalarini qo’llashdan tashqari xitoy tibbiyot usulidan ham keng foydalaniladi.
Xitoy tibbiyot usuli bu dorivor o’simliklarning o’zidan, quritilgani yoki ildizlaridan tayyorlangan
parkinsonizmga qarshi vositalarni tayyorlash va ulardan kelajakda samarali foyda olish uchun
qo’llashdir. Hozirgi kunda qirqga yaqin dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Ularga
Akantopanaks, Alpiniya, Astragalus, Kameliya, Kassiya, Xrizantema, Cistanche va boshqalar
kiradi.
Alpinia oxyphyllae fructus - Alpinia oxyphylladir u miqning quritilgan, pishgan urug'i.
(Zingiberaceae), 80 foizli etanol ekstrakti 6-Zebrafishlardagi PC12 hujayralari va
dopaminergik neyronlarning OHDA tomonidan qo'zg'atilgan shikastlanishidan himoya qiladi
Astragalus-astralgus membranusning quritilgan ildizidan foydalaniladi, u qo’zg’atilgan
dopaminergic neyronlarning yo’qolishini susaytiradi va erkin radikal rivojlanishga yordam beradi.
Kameliya- yashil choy barglaridan olinadigan mahsulot bo’lib, xitoy va yapon choylarini
iste’moli Parkinson kasalligi xavfini kamaytirishi mumkinligini aniqlangan.
Kassiya-cassai semenning pishgan urug’I bo’lib, Parkinson kaalligida degeneratsiyani
sezilarli darajada kamaytiradi, yallig’lanishlarga qarshi faollik ko’rsatadi.
Mavrak - bu o’simlikning asosiy xususiyatlaridan biri miyadagi neyrotransmitter
darajasini, xususan, kognitiv funktsiyani va vosita nazoratini saqlash uchun juda muhim bo'lgan
dopamin va atsetilxolin darajasini modulyatsiya qilish qobiliyatidir. Miyaning ta'sirlangan
hududlarida neyrotransmissiyani kuchaytirish orqali hotira yo'qolishi, titroq va mushaklarning
qattiqligi kabi simptomlarni yengillashtirishga yordam beradi va shu bilan bemorlarning hayot
sifatini yaxshilaydi.
42
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak zamonaviy va xalq tabobatida ham Parkinson kasalligini
rivojlanib ketishini kamaytirish uchun yetarlicha izlanishlar olib borilmoqda va bu bemorlarning
umrini 10-15 yilgacha uzaytirmoqda.
REFERENCES
1.
Adams JF, Clark JS, Ireland JT et al. Malabsorption of vitamin B12 and intrinsic factor
secretion during biguanide therapy. Diabetologia 1983.
2.
https://anatomica. uz/uz/articles/dofamin-chernaya-substanciya
3.
Ahmed MA, Muntingh G, Rheeder P. Vitamin B12 deficiency in metformin-treated type-2
diabetes patients, prevalence and association with peripheral neuropathy. BMC Pharmacol
Toxicol 2016.
