ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
138
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING MA’NAVIY DUNYOQARASHINI
SHAKLLANTIRISHDA MUSIQANING RO’LI
Raimova Dilfuzaxon Maxammadsoliyevna
Andijon davlat pedadgogika instituti
“Tasviriy san’at va Musiqa ta’limi” kafedrasi
dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11124166
Annotatsiya.
Ushbu maqolada shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish – bu
insonning jismonan, aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Maqolada musiqaning
inson ongiga ta’siri, uning davolovchi xususiyatlari hamda yoshlar ma’naviyatida qay darajada
muhim ekanligi to‘g’risida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
shaxs, jamiyat, tafakkur, ma’naviyat, musiqa, kompozitor, qo‘shiq, maqom,
tovush, obraz, san’at.
THE ROLE OF MUSIC IN SHAPING THE SPIRITUAL OUTLOOK OF YOUNG
PEOPLE IN UZBEKISTAN
Abstract.
In three articles, personality development, upbringing and observation is the
process of physical, mental and spiritual maturation of a person. The article discusses the impact
of music on the human mind, its healing properties, and how important it is in the spirituality of
young people.
Key words:
personality, society, thinking, spirituality, music, composer, song, status,
sound, image, art.
РОЛЬ МУЗЫКИ В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ
МОЛОДЕЖИ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В данной статье развитие, воспитание и становление личности – это
процесс физического, психического и духовного взросления человека. В статье
рассматривается влияние музыки на сознание человека, ее целебные свойства, а также
то, насколько она важна в духовности молодежи.
Ключевые слова:
человек, общество, мышление, духовность, музыка, композитор,
песня, статус, звук, образ, искусство.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ 4623-sonli
“Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul
qilindi. Qarorga asosan musiqiy ta’lim tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, texnologiya
ta’limi, jismoniy madaniyat, chaqiriqqacha harbiy ta’lim hamda maktabgacha va boshlang’ich
ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo’malishlari bo‘yicha 3 yillik bakalavrlik ta’limi joriy etildi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimida mutaxassis-o‘qituvchilar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
1
Bugungi kunda barkamol shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish bu –
insonning jismonan, aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o‘ziga
1
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz O‘zbekiston, T..2016
14-bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
139
xos tomonlari mavjud. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan va inson shaxsiyatining
shakllanishida muhim ro‘l o’ynaydigan san’at turidir.
Qadimgi Gretsiyaning eng gullab yashnagan vaqti eramizdan avvalgi IV V asrlarga to‘g‘ri
keladi. Ulug’ madaniyatimiz uncha ko‘p bo‘lmagan halq tomonidan yaratildi
2
Musiqa inson ruhiyatidagi eng nozik va samimiy tuyg’ularni oddiy 7 nota bilan aks ettira
oladigan san’at turidir. Butun dunyoda faqat shu 7 nota C,D,E,F,G,A,H (Do,re mi, fa, sol, lya, si)
ishlatiladi ammo bir-birini takrorlamas go‘zal kuylar yaralaveradi. Musiqaning bu sehrli olamiga
oshno bo‘lgan qalblar doimo ezgulik suvi ila sug’orilgan bo‘ladi. Ma’naviyatimizga xos bo‘lgan
milliy, mumtoz kuylarimiz, maqom yo‘lidagi kuy qo‘shiqlarimizni, jahon klassik kompozitorlari
asarlarini tinglash orqali yoshlarni samimiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin. Bunday
musiqalarni tinglagan va shunday musiqalar butun umri davomida hamroh bo‘lgan insonlar
ma’nan yetuk insonlar bo‘lib tarbiya topadilar.
Arxeologlarning topilmalaridan ma’lum bo‘lishicha, XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib,
allaqachon yo‘qolib ketgan dunyoni topishga muyassar bo‘lishadi. U yerda to ‘la ajoyib
go‘zallikka (Kritdagi Knoss saroyi qoldiqlari), shuningdek, ulug‘vor qattiqqo‘llikka (Janubiy
Gretsiyaning Miken qal’asi xarobalariga) duch keladilar.
3
Eramizdan oldingi IV asrda grek faylasufi Platon shunday degan edi: “Eng katta tarbiyaviy
omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko’proq shu vaqtda
qalbga chuqur yo‘l topadi va salobat baxsh etib, uni ko‘rkam qiladiki, agar tarbiya to‘g‘ri yo‘lga
qo’yilgan bo‘lsa, aks xolda uning teskarisi bo’lib chiqadi.” Uning shogirdi Aristotel komil ishonch
bilan mazkur fikrni quvvatlaydi: “Musiqa kishi ruhining ahloqiy tomoniga ma’lum darajada ta’sir
etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga, ta’sir etadi.”Milliy madaniyatimiz bobokaloni
Abu-Nasr al-Forobiy esa musiqaning shaxs shakllanishiga aniq ta’sirini quyidagicha bayon etadi:
“Bu fan shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l atvori muvozanatni yo’qotgan bo‘lsa, tartibga
keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo‘lganlarning
muvozanatini saqlaydi. Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.” degan edi.
Zero bilim olish va ilm yo‘lini tanlash bugungi kun va o‘tkan davrlarda ham jamiyatning
asosiy bo‘lagi va maqsadi bo‘lib hizmat qilgan Isak Nyuton aytganidek “O‘qigan sari
bilmasligimni bilib boryapman” olimning ushbu so‘zlari yillar avval aytilgan bo‘lsada hali hamon
insoniyatda ilmga, bilim olish muhim ekanligini anglatadi
Yuqoridagi bir nechta allomalarning fikridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki
musiqa va uni kelajak avlodga o’rgatish shaxs kamolotini tarbiyalashda asosiy vazifalardan biri
bo‘lib hizmat qiladi. Musiqa sadolari eshitgan inson ongini va tafakurrini rivojlantiribgina
qolmasdan ma’lum ma’noda orzu va maqsadlar uyg’ota oladi. Cholg‘u asbobida ijro eta oladigan
musiqachi o‘zining olamini ham yarata oladi. Ijro etiladigan kuy har bir insonga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi. Jumladan tinglovchining hayotiy kechinmalarini, esga soladi, qalbga sokinlik,
ruxiyatga poklik, mo‘tadillik baxsh etadi, fe’l-atvoriga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ibn
sino ham o‘zining “Kitob ashshifo” asarlarida buni ko’p bor keltirib o‘tgan bo‘lib musiqa
terapeyasi bilan davolash be’mor insonlarni ijtimoiy hayotga qaytarishga asos bo‘la oladi. Musiqa
2
I.Ibrohimov O.A, Xudoyev. G’M “Musiqa tarixi” Barkamol fayz media nashriyot T.2018 12-bet
3
I.Ibrohimov O.A, Xudoyev. G’M “Musiqa tarixi” Barkamol fayz media nashriyot T.2018 12-bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
140
tinglagan kishining aqliy faoliyati, dunyoqarashi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson
borki musiqa u bilan hamisha birga har bir inson o‘z yoshaga va qiziqishlariga qarab musiqa
tinglaydi. Yosh ulg’aygan sari musiqalarning ritmi (usuli) ham asta pasayadi. Bu aslida tabiiy
holatdir.
Musiqa inson ruhi va aqliy rivojiga bebaho ta’sir o’tkazadi. Muqaddas islom dinimizda
ham, bu dinni muqaddas kitobimiz bo‘lmish Qur’oni Karimning oyatlarini talaffuz, qiroat qilishda
ham musiqiy ritm va ladlardan foydalaniladi. Shuning uchun bu oyati karimalarni tinglaganlarning
qalbi taskin topishi, ezgulik tuyg’ulari bilan to‘lishi, qandaydir ilohiy sokinlikka erishishi hatto
ilm fan tomonidan ham isbotlangan. Qur’oni Karim oyatlarini tinglaganlar ularning ma’nolariga
tushunmasa ham har qanday insonlarga bir xilda sokinlik tuyg‘ularini baxsh etgani mutaxassislar
tomonidan isbotlangan. Bu esa musiqaning Alloh taolo tomonidan berilgan ulug’ bir ne’mat
ekanligiga yana bir dalildir.
Shu bois o‘quvchilarda inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa
madaniyatini tarbiyalash musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Aqliy va jismoniy
rivojlanishning garmonik qo‘shilishiga ahloqiy soflik, san’atga va hayotga estetik munosabat –
shaxsning to‘laqonli kamolga yetishida muhim shartlardir. Bu olijanob maqsadga erishishda
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bolalar musiqa tarbiyasi katta ahamiyatga egadir. Bolalar qobiliyati aktiv
musiqa faoliyati davomida rivojlanib boradi.
MUSIQA UQUVI (qobiliyat) - insonning musiqa asaridagi tovushlar (baland-pastlik, metr,
ritm, tembr xususiyatlari)ni eshita bilish, ularning izchillik mazmunini tushunib ovoz yoki biror
cholg'uda ijro eta olish qobiliyati. Musiqa uquvining asosiy ikki pogonasini ajratib ko‘rsatish
4
Qobiliyatlar deganda insonning kerakli ko‘nikma, malaka, ilmlarni olish va uni amaliyotda
muvaffaqiyatli qo‘llay olishga qaratilgan psixologik xususiyatlari tushuniladi.
Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiya berishda musiqa san’atining o‘rni, shu jumladan
butun jamoatchilik manfaatdor bo‘lgan umumdavlat ishidir. Tarbiya-ta’lim ishlari davlat
tomonidan bajarilishi ham istiqbol ehtiyojlari bilan taqozo etgan hayotiy zaruratdir. Bolalik
chog’idan farzandlarimizga to‘g‘ri musiqiy ta’lim berish, yosh avlod qalbi va ongida ezgu
g’oyalarni shakllantirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, fidoyilik
ruhida tarbiyalash uchun respublika bo’yicha ko‘p sonli musiqa maktablari, etnografik jamoalar,
xo’r to’garaklari o’rni alohidadir. Bugungi kunda bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim
oluvchi o’quvchilar soni tobora ko’payib bormoqda. Musiqa ta’lim tizimini zamon talablariga
moslashtirishga davlatimiz tomonidan jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. “Bolalar musiqa va
san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yaxshilash”
bo’yicha davlatimiz tomonidan Qarorlarning qabul qilinishi soha rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Soha rivoji uchun qabul qilingan Qarorlarda yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol
toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarni milliy va jahon musiqalari, tasviriy
san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo’lishi uchun zarur sharoitlar yaratish,
bolalar musiqa va san’ati maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy texnik bazasini
shakllantirish borasida qat’iy chora-tadbirlar belgilanganligi bilan e’tiborli bo’ldi.
4
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi O harfi «O‘zbek milliy ensiklopediyasi»Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent
850-bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
141
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki yoshlarni ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashda
musiqa san’atining tutgan o’rni respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y berayotgan tub
islohotlar bilan bog’liq holda ravnaq topmoqda.
Bugungi kun talaba yoshlarini kelajakda o‘z o‘rnini topa olishida tizimda yetarli shart -
sharoitlar yaratib berilmoqda. Davlat mukofotlarini topshirish, nomdor stipendiyantlarning soni
kundan kunga ko‘payib borishi, talabalarni chet davlatlarida o’qishlarini davom ettirishi, PISA
tizimi orqali yoshlarni o’qib bilim olishlari, yoshlarni jumladan qiz ayollarni bakalavrdan kegingi
ta’limni davom ettirishdagi imkoniyatlar barkamol shahsni tarbiyasiga hizmat qiladi
REFERENCES
1.
Ibrohimov O.A, Xudoyev. G’M “Musiqa tarixi” Barkamol fayz media nashriyot T.2018
12-bet
2.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi O harfi “O‘zbek milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti Toshkent 850-bet
3.
Djalilova, D. (2024). Formation of hermeneutic competence of future music education
teachers in the analysis of music texts. в international bulletin of engineering and
technology (Т. 4, Выпуск 1, сс. 34–37).
4.
Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA
ISHLASH. SCHOLAR, 1(28), 277–287. https://doi.org/10.5281/zenodo.10026753
5.
A.Qambarov,S.Mannopov, M.Najmeddinova O‘zbek san’ati tarixi “Farg’ona” nash 2021.
6.
N.Yusupova Musiqa savodi, metodikasi va ritmika “Musiqa” nash. T..2010
