ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1356
MAQOM CHOLG‘U ANSAMBLINI SHAKLLANTIRISH
Raimova Dilfuzaxon Maxammadsoliyevna
Andijon davlat pedadgogika instituti
“Tasviriy san’at va Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11393265
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Maqom cholg‘u ansamblini shakllantirish” mavzusida
yozilgan. Unda musiqiy idroknining shakllanishi hamda rivojlanishining tarixiy bosqichlari,
musiqashunos olimlarning jamoaviy ijro san’ati haqidagi ilmiy qarashlari haqida nazariy
ma’lumotlar bor.
Kalit so‘zlar:
maqom, tovush, obraz, san’at, shaxs, jamiyat, tafakkur, ma’naviyat, musiqa,
kompozitor, qo‘shiq.
FORMATION OF THE MAKOM MUSICAL ENSEMBLE
Abstract.
This article is written on the topic "Formation of the Maqom Instrumental
Ensemble". It contains theoretical information about the historical stages of the formation and
development of musical perception, the scientific views of musicologists on the art of collective
performance.
Key words:
status, sound, image, art, person, society, thinking, spirituality, music,
composer, song.
ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО АНСАМБЛЯ «МАКОМ».
Аннотация.
Данная статья написана на тему «Становление инструментального
ансамбля Маком». Содержит теоретические сведения об исторических этапах
становления и развития музыкального восприятия, научные взгляды музыковедов на
искусство коллективного исполнительства.
Ключевые слова:
статус, звук, образ, искусство, человек, общество, мышление,
духовность, музыка, композитор, песня.
Maqom cholg‘u ijrochiligi” atamasi.
Mazkur atama o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lib,
o‘zbek maqom ijrochiligida yirik yo‘nalishni tashkil etadi. Unda cholg‘ular turlari va
imkoniyatlaridan foydalanib, maqom ijrochiligini amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu atama
“maqom xonandaligi”, “maqomshunoslik” va “cholg‘ulashtirish” kabi atamalar bilan uzviy
bog‘liq holda idrok etiladi. Hozirgi zamon o‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligida tanbur, dutor,
rubob, chang, qonun, g‘ijjak, nay va doira kabi yigirmaga yaqin cholg‘ular qo‘llanilmoqda. Shu
jihatdan maqom cholg‘u ijrochiligimiz ko‘p asrlik tajribaning hosilasi bo‘lib, o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlarning asosiylari quyidagilardir:
- Shashmaqom va Xorazm maqomlarining cholg‘u qismlarini ijro etish;
- Shashmaqom va Xorazm maqomlarining ashula qisamlarini va Farg‘ona
Toshkent maqom yo‘llarini ijro etish;
- Maqom xonandalariga jo‘rnavozlik qilish;
- Maqom ijrochiligiga imkon qadar cholg‘ularning keng turlarini qo‘llash.
Mana shu xususiyatlari bilan “maqom cholg‘u ijrochiligi” atamasi ma’no-mazmun kasb
etadi. Maqom cholg‘u ijrochiligi maqom ijrochiligining negizlaridan biri sifatida idrok etilishi
kerak. Bundan tashqari “maqom cholg‘u ijrochiligi” atamasida Surnay maqom yo‘llari, Dutor
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1357
maqomlari va yovvoyi maqom yo‘llarini ijro etish ham ko‘zda tutiladi. Shu sababli bo‘lajak
maqom sozandali bu atamani keng ma’noda tushunishi va uning ilmiy-amaliy atama ekanligini
bilishi kerak.
Maqom cholg‘u ijrochiligi metodologiyasi.
“Metodologiya” atamasining ma’nosi “hujjat, dalil, asos, omil” demakdir
1
. Shu ma’noda
maqom cholg‘u ijrochiligi muhim metodologik asoslarga ega. Bu metodologik asoslarning
muhumlari quyidagilardir:
- davlat ta’limi standartlari;
- o‘quv dasturlari va adabiyotlari;
- maqom cholg‘u ijrochiligi manbalari;
- maqom cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar;
- maqom cholg‘u ijrochiligi milliy tajribasi.
Mazkur metodologik asoslar maqom cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bilim olish, uni o‘rganish
va o‘zlashtirishning tayanchi hisoblanadi. Misol uchun “maqom cholg‘u ijrochiligi manbalari”
masalasini olaylik. Bu manbalar ming yillik me’rosni qamrab oladi. Shu jihatdan uni ikki yirik
davrga bo‘lish mumki:
1) qadimgi davr (XI-XIX asrlar);
2) yangi davr (XX-XXI asrlar). Bu o‘rinda eslatma tarzida aytib o‘tish lozimki, maqom
cholg‘u ijrochiligi ilk manbasiga XI asrda duch kelamiz. Gap shundaki, Unsur-ul-maoliy
Kaykovus (XI asr) “Qobusnoma”
2
asarida bu davrda Iroq, Navo kabi maqomlar ijrosi
muqimlashgani va ularning ijrosida Rud, Tanbur singari cholg‘ular keng qo‘llanilishini yozadi.
Shu sababli biz maqom cholg‘u ijrochiligi manbalari XI-XIX asrlar davomida yaratib
kelinayotganligini ta’kidlaymiz. E’tibor berilsa, maqom cholg‘u ijrochiligi metodologiyasini
bilish bo‘lajak maqom sozandalarining nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakaviy ijrochilikni
kutilgan darajada o‘zlashtirishiga asos bo‘ladi. Maqom sozandalarining metodologik asoslar bilan
qurollanishi eng muhim masalalardan biridir. Professor- o‘qituvchilar va jo‘navozlar
3
ning bu
masalaga bo‘lajak maqom sozandalarini o‘qitish jarayonida alohida ye’tibor berishi taqozo etiladi.
Negaki maqom cholg‘u ijrochiligi metodologiyasi bo‘lajak maqom sozandalarini zamonaviy
talablarga binoan tayyorlashning asosidir.
Maqom cholg‘u ijrochiligi ta’limi.
O‘zbekistonda maqom cholg‘u ijrochiligi ta’limi
uzviylik, izchillik va yagonalik tamoyillari asosida tashkil etilgan. Bu ta’lim uch bosqichda amalga
oshirilmoqda:
1) umumiy ta’lim (umumta’lim maktablarining 6-7 sinflarida hamda bolalar musiqa va
san’at maktablarida);
2) o‘rta maxsus ta’lim (ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus maktab internatlarda);
3) oliy musiqa ta’limi (Yu.Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda oliy pedagogika o‘quv yurtlarida).
Umumiy ta’lim
boshlang‘ich xarakterda bo‘lib, unda o‘quvchilarga maqom cholg‘u
ijrochiligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi, cholg‘ular bilan tanishtiriladi, o‘quvchilarning layoqat va
1
Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Tuzuvchilar J.Hasanboyev va boshq.-T. “Fan va texnologiya”. 2009. 44-bet.
2
Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchilar S.Dolimov, U.Dolimov. Toshkent 1994.
3
Jo‘rnavoz – ijro etiladigan musiqiy asarga muayyan bir cholg’u sozi bilan jo’r bo’ladigan sozanda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1358
xohish-istagiga asosan cholg‘u ijrochiligini o‘rganishga yo‘naltiriladi hamda bolalar musiqa va
san’at maktablarida esa cholg‘ular turlari bo‘yicha maqom cholg‘u ijrochiligi ko‘nikmasi
shakllantiriladi. O‘rta maxsus ta’limda
o‘quvchilarga maqom cholg‘u ijrochiligi asoslari bo‘yicha
bilim beriladi, ularning yakkanavoz va maqom ansambl ijrochilik malakasi tarkib toptiriladi.
Oliy musiqa ta’limida
malakali va kasbiy yetuk maqom sozandalari tayyorlanadi, ularning
individual ijrochilik uslubi va ijro mahorati hosil qilinadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday maqom cholg‘u ijrochiligi kutilgan
samarani berayotganligini ta’kidlab o‘tish joiz. Eng asosiysi-bu ta’limda o‘qitish jarayoni nota
asosida va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Masalan,
nota asosida o‘qitish maqom kuylarini tez o‘zlashtirish va ularning tuzilishi ya’ni taktlar, xona,
bozgo‘y hamda avjlardan iboratligini umumta’lim bosqichidayoq o‘zlashtirib olish imkonini
bermoqda.
Maqom cholg‘u ijrochiligining qadimgi davri.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, biz
o‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligini tajribasini yirik ikki davrga bo‘lamiz va qadimgi davrini XI-
XIX asrlar tashkil qiladi. Bu o‘rinda mazkur davrning yeng muhum xususiyatlariga e’tiboringizni
tortamiz.
Maqom cholg‘u ijrochiligi ilk davrlardayoq muayyan tartib-qoidalarga asosan amalga
oshirilgan. Jumladan, bu masalada Unsur-ul-maoliy Kaykovus (XI asr) “Qobusnoma” asarida fikr
yuritadi. U deydiki, “Hamma vaqt og‘ir yo‘llarni chertmang”
4
. Bu fikrdan maqsad maqom
sozandalari vaqt, makon va tinglovchi omillarini hisobga olish kerakligini uqtirishdir. Chunki bu
omillar maqomlar ijrosining tinglovchilarga kutilgan darajada yetib borishiga asos bo‘ladi. Shu
tariqa XI asrdayoq maqom cholg‘u ijrochiligining mazkur omillrga tayangan muayyan tartib-
qoidasi yuzaga kelgan.
Bu hol maqomlar ijrochiligining qadimiyligini yana bir ko‘rsatuvchi dalildir. XIII asrda
Safiuddin Urmaviy tomonidan o‘n ikki maqom tizimlashtirilgach ham bunday tartib qoidalar
maqom cholg‘u ijrochiligida yanada rivojlanib bordi. Bu jarayon ayniqsa, XIV-XVII asrlar o‘zbek
maqom cholg‘u ijrochiligida keng ko‘lamda kechdi. Misol uchun, Najmiddin Kavkabiy-Buxoriy
(XVI asr) “Risolai musiqiy” asarida maqom cholg‘u ijrochiligining (umuman, maqom
ijrochiligining) vaqt omili to‘g‘risida quyidagi tavsiyani beradi:
“Maqomlarni ijro etish vaqti:
1. Rohaviy - subh- Quyosh chiqish oldidan;
2. Ushshoq - Quyosh chiqqandan so‘ng;
3. Rost - Choshgoh vaqtida;
4. Iroq - Peshin- Kun o‘rtasida;
5. Buzruk - Quyosh botishi oldidan;
6. Busoliq - Namozi digar (asr) vaqtida;
7. Zangula - Quyosh ufqqa bosh qo‘ygan vaqtda;
8. Navo - Shom namozi vaqtida;
9. Zirafkand - Tun quyuqlashgan vaqtda;
10. Husayniy - Tun o‘rtasida;
4
Kaykovus. Qobusnoma.-T.: “O‘qituvchi”.2006.148-bet.
V
a
q
t
M
a
q
o
m
c
h
o
l
g
‘
u
i
j
r
o
c
h
i
l
i
g
i
M
a
k
o
n
T
i
n
g
l
o
v
c
h
i
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1359
11. Hijoz - Uyquga yotishdan oldin;
12. Isfahon - Subhdan avval”
5
.
O‘n ikki maqom Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-Toshkent
maqom yo‘llariga singib ketganligi ma’lum, shu ma’noda bu kabi vaqt omillari to‘g‘risida berilgan
tavsuyalar o‘zbek maqom ijrochilari tomonidan ham qabul qilinganini idrok etish qiyin emas. Eng
asosiysi-tavsiya etilgan vaqtlarda maqom ijrochisining jismoniy va ruhiy tayyorlik lahzalari
hisobga olinganligi sir emas.
Maqom cholg‘u ijrochiligining yangi davri.
Bizning yondoshuvimizga ko‘ra, O‘zbek
maqom cholg‘u ijrochiligining yangi davri XX-XXI asrlarni qamrab oladi. Bunga XX asr
boshlaridan boshlab Yurtimizda musiqa bilim yurtlarining tashkil yetilishi va ta’lim jarayonining
nota asosida yo‘lga qo‘yilishi sabab bo‘lgan. Bu yangi davr o‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligida
quyidagi uch omil muhim o‘rin tutadi:
Mazkur omillar XX-XXI asrlar o‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligining rovojlqnib borishida
muhim tayanch bo‘lmoqda.
Albatta, XX asr o‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligida murakkab davrlar ham kechdi.
Bunga XX asrning 40-yillari atrofiga kelib an’anaviy Ustoz-shogird sozandalarining vafot
etishi, 50-yillarda sobiq Sho‘ro davlatining o‘zbek maqomlariga bo‘lgan salbiy munosabati va
rekonstruksiya qilingan cholg‘ularning imkoniyatiga qarashlarning turlicha bo‘lishi sabab bo‘ldi.
Misol uchun, keksa maqom sozandalarining fikricha, rekonstruksiya qilingan cholg‘ular
maqom kuylariga xos bo‘lgan nolish, qochirim kabi bezaklarni to‘laqonli berish imkoniyatiga ega
emas, shuningdek, zamonaviy nota yozuvida maqom asarlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham
to‘liq ifodalashning imkoniyatlari ham yo‘q.
Ayni paytda, musiqa ta’limining rivojlanib borishi, o‘zbek maqomlarining nashr yetilishi,
maqom ansambllarining tuzilishi va musiqa ma’lumotiga ega mahoratli maqom sozandalarining
yetishib chiqishi bu murakkablikni bartaraf eta bordi.
Hozirgi zamon maqom cholg‘u ijrochiligida keying uch yil davomida bo‘lgan jonlanish
muhim o‘rin tutmoqda. Bunda professional maqom sozandalarini tayyorlash yo‘nalishi zamon
talablari asosida rivojlanib borayotganligi muhim tendensiyadir.
Maqom cholg‘u ijrochiligining istiqboli.
O‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligi o‘ziga xos
rivojlanish tendensiyalariga ega. Bu tendensiya maqom cholg‘u ijrochiligi milliy tajribasida
erishilgan yutuqlarni asrash va ijrochilikni zamonaviy talablar asosida rivojlantirib borishga
asoslanadi. Shu jihatdan maqom cholg‘u ijrochiligini rivojlantirib borishning istiqbolida uch
yo‘nalish muhim o‘rin tutadi:
Maqom ijrochilarini shakllantirish;
Ta’lim muassasalarini yetuk kadrlar bilan ta’minlash;
Savodli tinglovchilarni tarbiyalash.
Bu istiqbolli yo‘nalishlar va uni amalga oshirish tizimi idrok etilishi kerak. Chunki mazkur
masala maqom cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha professional maqom sozandalari tayyorlash va maqom
cholg‘u ijrochiligini rivojlantirib borish strategiyasi bilan bog‘liqdir. Maqom san’ati vakillari
5
N.Qodirov. Maqom cholg‘u ijrochiligi. Toshkent 2020 y. 15-bet.
P
r
o
f
e
s
s
i
o
n
a
l
m
a
q
o
m
S
o
z
a
n
d
a
l
a
r
i
n
i
t
a
y
y
o
r
l
a
s
h
Maqom cholg‘u
ijrochiligining
rivoji
M
a
q
o
m
c
h
o
l
g
‘
u
i
j
r
o
c
h
i
l
i
g
i
n
i
n
g
y
a
k
k
a
n
a
v
o
z
v
a
a
n
s
a
m
b
l
i
j
r
o
c
h
i
l
i
k
M
a
h
o
r
a
t
l
i
m
a
q
o
m
s
o
z
a
n
d
a
l
a
r
i
f
a
o
l
i
y
a
t
i
n
i
n
g
d
a
v
o
m
i
y
l
i
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1360
yaxshi idrok etishadiki, maqom ijrochiligi ochiq tizim. Biroq, bu xususiyat maqom cholg‘u
ijrochiligida to‘liq va hadsiz-hududsiz erkinlikka yega bo‘lish degani emas.
Maqom cholg‘u ijrochiligining ansambl shakli.
O‘zbek maqom cholg‘u
ijrochiligida o‘ziga xos shakllar tarixan shakllanib kelgan. Ularning asosiylaridan biri
ansambl
ijrochilik shaklidir. O‘zbek cholg‘ulari tur va sadolanish jihatidan juda boy bo‘lsa-da, lekin sharoit
va imkoniyatlardan kelib chiqilib maqom ansambl ijrochiligida ularning muayyan turlari
qo‘llanilib kelingan. Misol uchun, professor Abdurauf Fitratning (1884-1938) xabar berishicha,
XX asrning 20-yillarida o‘zbek maqom ansambl ijrochiligida ikki tanbur, bir dutor va doira shakli
keng qo‘llanilgan, agar tanbur uchta bo‘lsa uchinchi tanbur kamoncha bilan sato sifatida ijro
etilgan
6
. Shuningdek, ko‘p hollarda xonandalarning o‘zlari cholg‘ularni ijro etishgan va
maqomlarning cholg‘u qismlari ham ular tomonidan ijro qilingan.
XX asrning 30-yillaridan boshlab maqom ansambl ijrochilik shakli takomillashdi va bu
sozandalar guruhining tarkib topganligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda O‘zbek maqom
ijrochiligi ansambllari professional sozandalar va xonandalar guruhlaridan iborat. Sozandalar
guruhining xonandalarga jo‘rnavozlik qilishi ustuvor hisoblanadi.
O‘zbek maqom cholg‘u ijrochiligida professional sozandalarning muhim o‘rin tutishi
ularning kasbiy jihatdan keng ko‘lamli tarzda tayyorlashni taqozo etadi. Chunki maqom ansambl
ijrochiligi ikki jihatdan muhim ahamiyatga ega:
1) Sozandalarning mahorati o‘zaro hamkorlik vositasida oshib boradi;
2) Maqom cholg‘u ijrochiligining imkoniyatlari va ko‘lami yanada kengayadi
7
.
Maqom
cholg‘u
ijrochiligining
yakkanavozlik
shakli.
Maqom
cholg‘u
ijrochiligida
Yakkanavozlik
deganda muayyan sozandaning o‘z cholg‘usi vositasida yetakchi
ijrochiligi tushuniladi. Misol uchun, Koshg‘ar rubobi cholg‘usi sozandasi birikki cholg‘ular
jo‘rligida yakkanavoz ijrochi sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Maqom asarlari rang-barang
xususiyatlariga boyligi bilan muayyan bir cholg‘uga ikki yoki uch cholg‘uning jo‘r bo‘lishini
(Masalan, Koshg‘ar rubobi-g‘ijjak+doira; Koshg‘ar rubobi-chang+doira va h.k) taqozo etadi.
Chunki maqom musiqa asarlari serjjilo xususiyatlarga boyligi ma’lum
8
. O‘zbek maqom
cholg‘u ijrochiligining yakkanavozlik shakli muhim imkoniyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi:
1) Yakkanavoz ijrochi o‘z mahoratini to‘liq namoyon etadi;
2) Maqom cholg‘u ijrochiligi individual ijrochilik uslubi asosida kehgaytirib borish
imkonini beradi;
3) Mohir maqom sozandalariga ega bo‘lish mexanizmi vujudga keladi
9
. Shu sababli
bo‘lajak maqom sozandalarini yakkanavozlikka tayyorlash uchun ularning individual ijro uslubini
shakllantirish taqozo etiladi.
Maqom cholg‘u ijrochiligining havaskorlik shakli
. O‘zbek maqom cholg‘u
ijrochiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning
havaskorlik
shakliga egaligidir.
Havaskorlik maqom cholg‘u ijrochiligining ikki turi mavjud:
6
A.Fitrat. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent 1993. 26-bet.
7
D.Ruziyev. Ansambl ijrochiligi. Buxoro 2020. 65-bet.
8
Fitrat. A. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi.-T: “Fan”.1993. 48-bet.
9
D.Ruziyev. Ansambl ijrochiligi. Buxoro 2020. 70-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1361
1) musiqa ta’lim muassasalaridagi yoshlar, to‘garaklar, klublardagi va individual
guruhlarning ansambllari;
2) tuman, shahar va viloyatlarning maqom ansambllari.
Me’yoriy hujjatlarga muvofiq, muayyan talablarga javob beradigan havaskorlik
guruhlariga “xalq ansambli” nomi beriladi. Maqom cholg‘u ijrochiligining havaskorlik shakli bir
necha imkoniyatlarga ega:
1) layoqatli yoshlarni tarbiyalash va yo‘naltirish;
2) yoshlar imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish;
3) maqom ijrochiligini ommalashtirish;
4) jamiyat madaniy darajasida maqom san’ati nufuzini ta’minlash
10
.
Shunday qilib maqom cholg‘u ijrochiligi shakllari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
ularni rivojlantirish maqom cholg‘u ijrochiligini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari sifatida
diqqatni tortadi. Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, maqom cholg‘u ijrochiligining barcha
shakllarida faoliyat yuritayotgan ijrochilar layoqat va musyqiy ta’limga egadir. Shu sababli bu
ijrochilik shakllarini rivojlantirib borish muhimdir. Mazkur jihatdan musiqa ta’limi jarayonida
bo‘lajak maqom sozandalari maqom ijrochiligining barcha shakllari bilan ishlashga ko‘niktirilishi
kerak. Chunki bo‘lajak maqom sozandalari kelgusida maqom cholg‘u ijrochilik shakllarida ham
faoliyat yuritishi mumkin.
REFERENCES
1
Shavkat Mirziyoyevning 4 jildlik asarlari, Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy
yuksalishgacha. -Toshkent: O'zbekiston. 2020.
2
Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Tuzuvchilar J.Hasanboyev va boshq.-T. “Fan va
texnologiya”. 2009. 44-bet.
3
Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchilar S.Dolimov, U.Dolimov. Toshkent
1994.
4
Jo‘rnavoz – ijro etiladigan musiqiy asarga muayyan bir cholg’u sozi bilan jo’r
bo’ladigan sozanda.
5
N.Qodirov. Maqom cholg‘u ijrochiligi. Toshkent 2020 y. 15-bet.
6
A.Fitrat. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent 1993. 26-bet.
7
D.Ruziyev. Ansambl ijrochiligi. Buxoro 2020. 65-bet.
8
Bunday havaskorlik ansambllarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat olib
borishi samarali natija beradi.
10
Bunday havaskorlik ansambllarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borishi samarali natija beradi.
