Authors

  • Zulfiyaxon Ziyavutdinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31909

Abstract

This article is written on the topic “Social-philosophical analysis of the formation of national ensembles in Uzbekistan (in the example of Uzbek national musical ensembles)”. It contains theoretical information about the historical stages of the formation and development of musical ensembles, the scientific views of musicologists on collective performance art.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

142

MILLIY CHOLG‘U ANSAMBLLAR TASHKIL ETILISHINING ILMIY NAZARIY VA

METODOLOGIK ASOSLARI

Ziyavutdinova Zulfiyaxon Useinovna

Andijon davlat pedadgogika instituti

“Tasviriy san’at va Musiqa ta’limi” kafedrasi

Dotsenti

dilyadj88@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11124188

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “O‘zbekistonda milliy ansambllar shakllanishining ijtimoiy

falsafiy tahlili (O‘zbek milliy cholg‘u ansambllari misolida)” mavzusida yozilgan. Unda cholg’u
ansambllarining shakllanishi hamda rivojlanishining tarixiy bosqichlari, musiqashunos
olimlarning jamoaviy ijro san’ati haqidagi ilmiy qarashlari haqida nazariy ma’lumotlar bor.

Kalit so‘zlar:

shaxs, jamiyat, tafakkur, ma’naviyat, musiqa, kompozitor, qo‘shiq, maqom,

tovush, obraz, san’at.

SCIENTIFIC THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE

ORGANIZATION OF NATIONAL MUSICAL ENSEMBLES

Abstract.

This article is written on the topic “Social-philosophical analysis of the

formation of national ensembles in Uzbekistan (in the example of Uzbek national musical
ensembles)”. It contains theoretical information about the historical stages of the formation and
development of musical ensembles, the scientific views of musicologists on collective performance
art.

Key words:

personality, society, thinking, spirituality, music, composer, song, status,

sound, image, art.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ

НАЦИОНАЛЬНЫХ МУЗЫКАЛЬНЫХ АНСАМБЛЕЙ

Аннотация.

Данная статья написана на тему «Социально-философский анализ

формирования национальных ансамблей в Узбекистане (на примере узбекских
национальных музыкальных ансамблей)». Содержит теоретические сведения об
исторических этапах становления и развития музыкальных ансамблей, научные взгляды
музыковедов на искусство коллективного исполнительства.

Ключевые слова:

человек, общество, мышление, духовность, музыка, композитор,

песня, статус, звук, образ, искусство.

So’nggi yillarda mamlakatimizda musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati

darajasiga ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

1

,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021 yildagi PQ-36-sonli “Madaniyat va san’atni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2022 yildagi 633-sonli “Madaniyat va

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 2-fevraldagi PQ-112-sonli “Madaniyat va san’at sohasini

yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

143

san’at muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va ularni davlat tomonidan tizimli
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori, va shunga o‘xshash musiqa san’atini rivojlantirish
maqsadida bir qartor qarorlar qabul qilingani buning yaqqol tasdig’idir.

Donishmand xalqimiz azaldan kuy va ashula birligini o‘z ijtimoiy va madaniy

hayotlarining muhim bo‘lagi deb bilgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish
ota-onalarning orzusi sanalgan, shu niyat bilan xonadonda biron cholgu soz saqlanishi odat
qilingan. Kuy va ohangni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, ruhiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, xulq-
odobi va yaxshi fazilatlarni shakllanib borishida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lishi chuqur anglab
yetilgan. Xalq cholg‘ularining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda
dastlabki musiqa cholg‘ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin
qilinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda musiqachilikda eng dastlab urma zarbli cholg‘ular,
keyinchalik shovqinli cholg‘ular (ijrochilar qarsak bilan ritmni takrorlaydilar va shovqinli
cholg‘ular ta’sirini kuchaytiradilar), vaqtlar o‘tib esa asta-sekin xalq ustalari tomonidan naysimon
xunggaklar, shiqildoqlar, surnay va nay (qamish va bambuk poyalaridan) kabi sozlar yuzaga kela
boshlagan. Asta-sekin torli-mizrobli va torli kamonchali musiqa cholgulari paydo bo‘lgan.
Tarixning dalolat berishicha O‘rta asr Sharq madaniyati quchogida shakllangan cholgu sozlari
(nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g‘ijjak, qobuzlar) o‘tgan ko‘p asrlar davomida o‘zlarining
tovush tuslari va xususiyatlarini yo‘qotmay bizgacha yetib kelgan. O‘zbek xalq cholg‘ulari
ijrochiligining shakllanishi va rivoj topishi XIX asrning o‘rtalariga to‘gri keladi. Shu davrdan
boshlab ko‘pchilikka tanila boshlagan dutorchilar, tanburchilar, doirachilar, naychilar va
surnaychilar, rubobchi va g‘ijjakchilar ijod eta boshlaganligi, xalq hayotini turli jabhalarini
tarannum etuvchi yangi kuy va qo‘shiqlar paydo bo‘lganligi ma’lum. Bu yillarda Qo‘qon shahri,
mashhur cholg‘uchilar to‘plangan markazga aylangan bo‘lib, unda o‘zbek xalq cholg‘ularida
ijrochilik san’atini egallash bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Maqomlar ijrosida xonandalar
bilan bir qatorda tarkibi turlicha bo‘lgan o‘zbek xalq cholg‘u ansambllari ham ishtirok etgan.
Farg‘ona cholg‘uchilari ham ijrochilik mahoratini faol o‘zlashtira boshlaganlar. Cholg‘uchilar
ansambliga Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa dutor, g‘ijjak, bo‘lamon, doira yoki tanbur
garmon, rubob, doira ham kirgan. Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida cholg‘uchilar ansambllari
8-10 kishidan iborat bo‘lgan. Ansambllar nay, qo‘shnay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va
g‘ijjak kabi cholg‘ulardan tashkil topgan.

“Ansambl” fransuzcha “ensemble” – birgalikda

2

ya’ni, birgalikda ijro etish degan ma’noni

bildiradi. Tarixning dalolat berishicha XIX asrning oxiriga kelib ansambllar birmuncha rivojlandi,
ularning asosiy turlari shakllandi, ansambllar tarkibiga yangi cholg‘ular kiritilgan, cholg‘ular
tovushlarini yanada yoqimli qilish, diapazonlarini kengaytirish va ijro imkoniyatlarini
takomillashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan.

Cholg‘u asboblari – musiqiy ton yoki o‘ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma’lum ritmik

tuzilmalarni hosil etishga mo‘ljallangan cholg‘u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli
ansambl, orkestr va boshqa turli guruhlar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir Musiqa cholg‘u
asboblarining sadosi o‘ziga xos tembr, ma’lum diapazotm tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga
ega. Musiqa cholg‘u asboblari sadosining sifati, ko‘pincha, muayyan cholg‘u asbobining shakli,

2

I.Akbarov. Musiqa lug‘ati. Toshkent 1986 yil. 7-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

144

umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bog‘liq. Musiqa cholg‘u
asboblari qadimdan qamish, bambuk, yog‘och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos
yong‘og‘i, qovoq va shu kabilardan tayyorlangan.

Sadolanish xususiyatini qo‘shimcha vositalar, ijrochilik uslublari, masalan, torli sozlarni

tirnab-chertib chalish, flajolet va shu kabi turli uslublardan foydalanish mumkin. Ba’zi musika
bezaklari yordamida o‘zgartirish mumkin. Paydo bo‘lishi insoniyat tarixining ilk davrlariga to‘g‘ri
keladi; mukammallanishi esa musiqa san’ati va ijrochilikning rivojlanishi hamda Musiqa cholg‘u
asboblarining rivojlanishi texnika taraqqiyoti bilan ham bog‘liq.

Musiqa cholg‘u asboblari tovush manbalariga qarab guruxdarga, ijrochilik uslubi (yoki

ishlatilgan mexanizmi)ga qarab guruhchalarga, o‘ziga xos qo‘shimcha belgilariga qarab xillarga
bo‘linadi.

Musiqa cholg‘u asboblari, asosan, torli (xordofonlar), puflab chalinadigan

(aerofonlar), teri qoplamali (membranofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, va elektron
musiqa cholg‘ulari guruhlariga bo‘linadi.

“Torli cholg‘u asboblarning guruxchalari: kamonli sozlar (skripka, alt, violonchel,

kontrabas, viola, o‘zbek sozlaridan g‘ijjak, ko‘biz, sato va boshqalar);

Chertib chalinadigan sozlar (arfa, gusli, sitra, gitara, domra, balalayka, dutor, tanbur,

rubob, setor, do‘mbira va boshqa;

Urib chalinadigan torli sozlar (chang, simbali va boshqalar;
Klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, royal);
Klavishli chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari).
Puflab chalinadigan cholg‘u asboblarning guruhchalari: tilchali sozlar (surnay, qo‘shnay,

bo‘lamon, shoxnay, klarnet, goboy va b.), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtukli sozlar
(truba, valtorna, tuba, karnay va b.), pnevmatik klavishli sozlar (organ va uning turlari)”

3

.

Tilchali cholg‘u asboblarning bo‘linmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya,

bayan, akkordeon va b.), chertib chalinadigan sozlar (changko‘biz va uning turlari), urib
chalinadigan sozlar (fleksatonlar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholg‘u asboblarning
guruhchalari: sozlanadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nog‘ora, doyra, baraban, tamburin va b.)
cholg‘u asboblar. Plastinkali cholg‘u asboblarning guruhchalari: urib chalinadigan rezonatorsiz
sozlar (ksilofonlar va b.), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida
ma’lum hajmdagi rezonatorlar — trubkalar, bo‘sh idishlar o‘rnatilgan metallofon,
marimba, vibrafon va b.), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta). Idiofonlarning
guruhchalari: sozlanadigan (orkestr kolokoli, ko‘ng‘iroqchalar, gong va b.), sozlanmaydigan
(tarelkalar, tamtam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mis lagan, zang va b.) cholg‘u
asboblar.

Musiqa cholg‘u asboblari ba’zida xalq va professional (orkestr) turlarga ham bo‘linadi.

Orkestr cholg‘ulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan
ko‘p ovozli musika asarlari ijrosiga moslashtirilgan. Xalq cholg‘ulari esa ma’lum millat (elat)
monodik musiqa ijrosi uchun qo‘llaniladi va musiqiy tovush quroli bo‘lish bilan birga,
moddiy madaniyat mahsuli hamdir. Mukammal shaklida xalq badiiy tafakkuri, nafosat tasav-

3

Sh.Umarov. Musiqa cholg‘ularini o‘rganish. Toshkent 2018. 9-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

vurlari, ramziy ma’nolar aks etgan. Cholg‘ular xalq hayotida sof estetik vazifa
bajarishdan tashqari shaman, baxshilar, afsungarlar ruhiyatga ta’sir o‘tkazishda, harbiylar,
cho‘ponlar, dehqonlar tomonidan boshqaruvchi, qo‘rqituvchi, chorlovchi tovush quroli sifatida
foydalanib kelingan.

XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida xalq musiqachilari orasida ustoz-shogirdlik

an’analarining rivoj topishi, iqtidorli yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga musiqa ilmini o‘rgatish
natijasida O‘zbekistonda ko‘plab mohir sozandalar yetishib chiqqanligi ma’lum. Jumladan,
Buxoro va Samarqandda Ota G‘iyos G‘aniev, Ota Jalol Nosirov, Lev Boboxonov, Hoji
Abdurahmon Umarov kabi tanburchilar, Qori Karomat, Hoji Abdulaziz Abdurasulov kabi
dutorchilar, Farg‘ona va Toshkentda doirachi Usta Olim Komilov, nog‘orachi Yusuf qizik
Shakarjonov, qo‘shnaychilar Ahmadjon Umrzoqov, Xayrulla Ubaydullaev, tanburchi Qo‘zijon
Madrahimov, dutorchi Abdusoat Vahobov, naychi Abduqodir Ismoilov, Xorazmda esa,
tanburchilar Matpano ota Xudoyberganov, Matyoqub Harratov, Qurbon Nazar Abdullaev (Bola-
Baxshi), Madrahim Yoqubov (Sherozi)lar shinavandalar orasida mashhur bo‘lganlar

4

.

O‘zbekistonda birinchi bor davlat tasarrufidagi ansamblning tashkil etilishi Muhiddin Qori
Yoqubov nomi bilan bog‘liq. Uning tashkilotchiligi va bevosita rahbarligida 1926 yil o‘zbek
musiqa madaniyati tarixida ilk bor 21 ijrochidan iborat davlat va sayyor konsert-etnografik
truppasi tashkil etildi

5

. Mazkur ansamblga Farg‘ona vodiysining o‘sha davrda mashhur bo‘lgan

usta cholg‘uchilari, xonandalari, raqqos va raqqosalari ishga taklif etilgan. Cholg‘uchilar tarkibi
ansamblning eng nufuzli qismi bo‘lib, ijodiy jamoaning o‘zagini tashkil qilar edi. Ansambl
Yusufjon qiziq Shakarjonov (nogora, rahbar), Usta Olim Komilov (doyra), To‘xtasin Jalilov
(gijjak), Ahmadjon Umrzoqov (qo‘shnay), Abduqodir Ismoilov (nay), Ota Xo‘ja Saydazimov
(dutor), Xayit-oxun (tanbur), Muhitdin Hoji (tanbur), Mamat bobo (doira), Xudoyberdi (surnay),
Madaminjon Is’hoqov (bo‘lamon) kabi mashhur sozandalardan tashkil topgan edi. Bunday
musiqiy-etnografik ansamblning tashkil bo‘lishi, uning muvaffaqiyatli konsertlari va keng
jamoatchilik orasida, oddiy xalq ichida hurmat qozonishi O‘zbekistonda milliy musiqa san’atini
chinakam rivojiga katta turtki bo‘ldi. “Taniqli sozanda va xonanda Yunus Rajabiy 1927 yili
O‘zbekiston radio qo‘mitasi qoshida 12 cholg‘uchidan iborat xalq cholg‘ulari milliy ansambli
tashkil etadi”

6

. Bu ansamblga Toshkentdagi o‘sha davrning mashhur musiqachilari-qo‘shnaychi

Xayrulla Ubaydullaev, dutorchilar Abdusoat Vahobov, Orif Qosimov, tanburchilar Rixsi Rajabov,
Maqsudxo‘ja Yusupov, g‘ijjakchilar Imomjon Ikromov, Nabi Hasanov, Maxmud Yunusov,
naychilar Dadali Soatqulov, Said Kalonov, changchilar Nig‘matjon Do‘stmuhammedov,
Fahriddin Sodiqov, Mamatjon Rasulov, doirachi Dadaxo‘ja Sottievlar jalb etilgan edilar. Ansambl
repertuarida o‘zbek xalq kuylari bilan bir qatorda zamonaviy bastakorlarning, jumladan
Yu.Rajabiyning «Chorgoh», «Ko‘chabog‘i», «Bayot», «Birlashingiz», «Ilgor», «Mirzadavlat»
kabi asarlari bor edi

7

. Keyinchalik bu ansamblda respublikaning mashhur xonandalari, toshkentlik

mulla To‘ychi Toshmuhammedov, buxorolik Domla Halim Ibodov, samarqandlik Hoji
Abdurahmon Umarov, xorazmlik Matyoqub Harratov, Safo Mug‘anniy, toshkentlik Nazira

4

Sh.Umarov. Musiqa cholg‘ularini o‘rganish. Toshkent 2018. 7-bet.

5

S.Azizboev. An’anaviy cholg‘u ansambli. Musiqa nashriyoti. Toshkent 2009 yil. 6-bet.

6

N.Usmonova. “Musiqa fidoiysini xotirlab” maqolasidan. Manzil:

https://uza.uz/posts/232661

7

Abdufattox Abdugapparov. Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti. Toshkent 2020. 21-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

Ahmedova kabi taniqli san’atkorlar ishlagan. Yillar davomida ansambl o‘sdi, ijrochilik repertuari
boyidi, xalq e’tiborini qozondi. Tez fursatda ansambl O‘zbekistonning eng yaxshi musiqiy
jamoalari safidan o‘rin olganligi musiqa shinavandalariga yaxshi ma’lum. 1936 yili tashkil topgan
O‘zbek davlat filarmoniyasi (direktori Muhiddin Qori Yoqubov, musiqa rahbari To‘xtasin Jalilov)
qoshida 98 ijrochidan iborat «Etnografik unison ansambli», 30 ijrochidan iborat dutorchi qizlar
ansambllari tuziladi

8

. Ansamblda ko‘plab mohir sozandalar, san’at ustalari faoliyat ko‘rsatadilar,

jamoaning ko‘p yillik ijodiy faoliyati esa o‘zbek musiqa san’atini yanada rivojlanishiga, uni keng
ko‘lamda targ‘ib qiliniishiga samarali xizmat qiladi. 1939 yilda esa naychi A.Ismoilov,
A.Umrzoqov va changchi F.Sodiqovlar Moskvadv o‘tkazilgan xalq cholg‘ulari ijrochilari
Butunittifoq ko‘rigida 2-darajali diplom bilan taqdirlanganlar. Shundan keyingi yillarda
O‘zbekiston radiosi va televideniesi qoshida ko‘plab professional musiqa jamoalari, viloyat va
tumanlarda, maktablar, o‘quv yurtlar va madaniyat uylarida o‘nlab, yuzlab cholg‘uchilar
ansambllari tashkil etildi va bugunda faoliyat yuritib kelmoqda. Ular: O‘zbek teleradio
kompaniyasi qoshida Yu.Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli (rahbari Abduhoshim
Ismoilov)

9

, M.Turg‘unboeva nomidagi «Bahor» xalq raqs ansambli (rahbari Ma’mura Ergasheva),

filarmoniya qoshidagi «Shodlik» ashula va raqs ansambli (rahbari Qodir Mo‘minov), «Tanovar»
ansambli (rahbari Yulduz Ismatova), «Lazgi» ashula va raqs ansambli (rahbari Raxmatjon
Qurbonov), bolalar «Bulbulcha» ansambli (rahbari Shermat Yormatov), Aviasozlar madaniyat
saroyi qoshidagi «Parvoz» ansambli (rahbari Sharip Janaydarov), Xorazm viloyati Bog‘ot
tumanidagi «Qaldirg‘och» ansambli (rahbari Shermat Fayzullaev), Qoraqalpog‘iston
filarmoniyasi qoshidagi «Ayqulosh» ansambli, Buxoro viloyatidan «Zarafshon» ansambli kabi
ko‘plab ijodiy jamoalar shular jumlasidandir. O‘zbekistonning mustaqilligi san’atni, jumladan
musiqa san’atini yanada erkin va keng rivojlanishi uchun, milliy musiqiy qadriyatlarimizni tiklash
uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarimiz oldida turgan asosiy
vazifalardan biri ansambl mashg‘ulotlari jarayonida san’at sirlarini yanada chuqur o‘rganish,
ijrochilik mahoratini puxta egallash va ayni paytda san’at orqali o‘quvchi yoshlarning
dunyoqarashlari va ma’naviyatlarini o‘stirish, ular ongida milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish,
o‘z vatanini sevuvchi, uning ravnaqi uchun astoydil xizmat qiluvchi kishilar qilib tarbiyalash sir-
asrorlarini puxta o‘zlashtirishdan iboratdir.

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh.M. Xalqimizning ma’qullashi faoliyatimizga berilgan yuksak bahodir. -
Toshkent: O'zbekiston. NMIU. 2-jild 2018. -B. 448

2.

Karamatov F. “O‘zbek xalqining musiqiy merosi”. - Toshkent: 1978 yil.

3.

Matyoqubov O. Kuch. -Toshkent: Musiqa nashriyoti. 2004. - B. 292, 314

4.

Mannopov S. O`zbek xalq musiqa madaniyati. Asboblar to'plami. -Toshkent: Yangi asr avlodi.
2004. - B. 105

8

B.S.Salixov, B.Matyoqubov. O‘zbekistonda damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi tarixi. Toshkent 2007. 39-bet.

9

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

5.

Djalilova, D. (2024). Formation of hermeneutic competence of future music education teachers
in the analysis of music texts. в international bulletin of engineering and technology (Т. 4,
Выпуск 1, сс. 34–37).

6.

Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA ISHLASH.
SCHOLAR, 1(28), 277–287.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10026753

7.

A.Qambarov,S.Mannopov, M.Najmeddinova O‘zbek san’ati tarixi “Farg’ona” nash 2021.



References

Mirziyoev Sh.M. Xalqimizning ma’qullashi faoliyatimizga berilgan yuksak bahodir. -Toshkent: O'zbekiston. NMIU. 2-jild 2018. -B. 448

Karamatov F. “O‘zbek xalqining musiqiy merosi”. - Toshkent: 1978 yil.

Matyoqubov O. Kuch. -Toshkent: Musiqa nashriyoti. 2004. - B. 292, 314

Mannopov S. O`zbek xalq musiqa madaniyati. Asboblar to'plami. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2004. - B. 105

Djalilova, D. (2024). Formation of hermeneutic competence of future music education teachers in the analysis of music texts. в international bulletin of engineering and technology (Т. 4, Выпуск 1, сс. 34–37).

Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA ISHLASH. SCHOLAR, 1(28), 277–287. https://doi.org/10.5281/zenodo.10026753

A.Qambarov,S.Mannopov, M.Najmeddinova O‘zbek san’ati tarixi “Farg’ona” nash 2021.