ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1349
O‘QUVCHI YOSHLARDA MUSIQIY IDROKNI SHAKILLANTIRISHNING IJTIMOIY
AHAMIYATI
Ziyavutdinova Zulfiyaxon Useinovna
Andijon davlat pedadgogika instituti
“Tasviriy san’at va Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11393063
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “O‘quvchi yoshlarda musiqiy idrokni shakillantirishning
ijtimoiy ahamiyati” mavzusida yozilgan. Unda musiqiy idroknining shakllanishi hamda
rivojlanishining tarixiy bosqichlari, musiqashunos olimlarning jamoaviy ijro san’ati haqidagi
ilmiy qarashlari haqida nazariy ma’lumotlar bor.
Kalit so‘zlar:
shaxs, jamiyat, tafakkur, ma’naviyat, musiqa, kompozitor, qo‘shiq, maqom,
tovush, obraz, san’at.
THE SOCIAL IMPORTANCE OF FORMING MUSICAL PERCEPTION IN YOUNG
STUDENTS
Abstract.
In this article, "Formation of musical perception in young students. written on
the topic of "social importance". It contains theoretical information about the historical stages of
the formation and development of musical perception, the scientific views of musicologists on the
art of collective performance.
Key words:
person, society, thinking, spirituality, music, composer, song, status, sound,
image, art.
СОЦИАЛЬНАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ МУЗЫКАЛЬНОГО
ВОСПРИЯТИЯ У СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ.
Аннотация.
Данная статья написана на тему «Социальная значимость
формирования музыкального восприятия у школьников». Содержит теоретические
сведения об исторических этапах становления и развития музыкального восприятия,
научные взгляды музыковедов на искусство коллективного исполнительства.
Ключевые слова:
человек, общество, мышление, духовность, музыка, композитор,
песня, статус, звук, образ, искусство.
Musiqa insonga ta’sir etar ekan, uni quvontiradi, hayajonlantiradi, o‘ziga qiziqish
uyg‘otadi. Inson tuyg‘ularining barcha ko‘rinishlari – quvonch va qayg‘u, baxt va dard-alam
musiqada aks etishini bolalar eshitishlari, anglashlari va his etishlari uchun o‘qituvchi barcha
shart-sharoitlarni hosil qiladi, bolalarning musiqa bilan muloqati quvonchli bo‘lishi uchun turli
vositalar qo‘llaydi. Bu esa ko‘proq darsda qo‘llaniladigan musiqiy asarlarga bog‘liq. Asarlar
badiiy qiymatga ega bo‘lishi, obrazli, qiziqarli, mazmunan bolalarga yaqin, tili jihatdan mos
bo‘lishi, bolalar ehtiyojlariga javob berishi kerak. Shu bilan birga, o‘quvchilarga tinglash uchun
musiqiy material havola etilayotganda ularning tinglash diqqati hajmi e’tiborga olinishi lozim. 6-
7 yoshli bolalar 1-1,5 minut musiqani turg‘un diqqat bilan tinglaydilar, uchinchi-to‘rtinchi sinf
o‘quvchilari 4-4,5 minut jaranglaydigan musiqiy obrazni idrok etishlari, o‘smirlar esa 15-17 minut
diqqat bilan asar tinglay oladilar.
Har bir bolaning qiziqishi uning ichki dunyosiga mos bo‘ladi. Ma’lum bir yoshdagi
bolalarni alohida qiziqishlari birlashtiradi. 7-8 yoshdagi kichik maktab o‘quvchilari quvnoq, sho‘x
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1350
musiqani qahramonlik, o‘yin mavzusiga bag‘ishlangan asarlarni qiziqish bilan eshitadilar. Ularni
aniq, yorqin obrazli, poetik mazmunga, sho‘x usulga, oddiy til va shaklga ega bo‘lgan asarlar
qiziqtiradi. Masalan, «Oq terakmi, ko‘k terak», «Asp bo‘laman», «Dilxiroj», «Chitti gul»,
«Chamanda gul», «Choriy chambar», «Kovushim» (hazil qo‘shiq), «Laylak keldi» kabi ko‘plab
xalq ijodi namunalari, «Kapalagim», «Archa bayrami» (N.Norxo‘jaev), «Bolalar va g‘ozlar»
(D.Najmitdinov), «Yomg‘irjon» (S.Abramova), «Quvnoq doira» (B.Gienko), «Qo‘g‘irchoq
soldatchalar marshi» (P.Chaykovskiy) kabi asarlar shu yoshdagi o‘quvchilarga yaqin.
Bolalar asarning
janr xususiyatlarini
– marsh, qo‘shiq-raqs yengil o‘zlashtiradilar.
Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni musiqa janri namunalari bilan tanishtirishda janrning
faqatgina xarakterini aniqlamasdan, janr xususiyatlarini ham ko‘rsatib berishga harakat qilishi
lozim. Buning uchun bolalarga pesalarni taqqoslash va ulardagi umumiylikni topish vazifalari
beriladi. Masalan, «Yurish marshi» (F.Nazarov), «Bayram marshi» (D.Zokirov), «Usmoniya»
(xalq kuyi), «Futbol marshi» (M.Blanter), «Yog‘och soldatchalar marshi» (P.Chaykovskiy)
namunalarida bolalar marsh musiqasining hayotdagi o‘rni hamda ularning xilma-xilligini bilib
oladilar. Ko‘rsatilgan marshlarning hammasi o‘z kayfiyatiga ega va ularni umumlashtirib turuvchi
xususiyat – hammasida qadam harakati, aniq usul (pulsatsiya) borligi. qadamlar harakati tez,
yengil, chaqqon yoki og‘ir, shaxdam, ulug‘vor, tantanavor bo‘lishi marshning kayfiyatidan kelib
chiqishini bilib oladilar. Xuddi shu yo‘sinda raqs va qo‘shiq janr xususiyatlarini ko‘rsatib berish
mumkin.
Asarning janr xususiyatlarini o‘rgangandan so‘ng bolalarni musiqadagi
ifodaviylik va
tasviriylik
tushunchalariga olib kelish mumkin. Avvalo o‘quvchilarga musiqiy obrazning
ifodaviyligi
ko‘rsatiladi. Musiqa sho‘x, quvnoq, g‘amgin, mayin, nozik, tantanavor, hazil,
beg‘amlik, ma’yuslik, dard kabi turli kayfiyatlarni ifodalashi ko‘plab asarlar misolida ko‘rsatilishi
mumkin (I.Akbarov «Alla»si, A.Mansurov «Qo‘zichog‘im – o‘yinchoq»
1
, P.Chaykovskiyning
«Kasal qo‘g‘irchoq» asari, «Lazgi», «Paxtaoyning bayrami» va boshqalar).
Shundan so‘ng bolalarda tabiat manzaralari va harakat aks etganasarlar yordamida
musiqaning
tasviriyligi
haqidagi tushunchalar shakllantiriladi (S.Abramova «Yomg‘irjon»,
R.Shuman «quvnoq chavandoz», B.Gienko «quvnoq doira», G.Mushel «Ertak», I.Akbarov
«Karvon», A.Rouli «Vesyoliy gnom» va hk.) 9-11 yoshli o‘quvchilarni ko‘proq musiqada o‘tgan
davr va hozirgi zamon qahramonliklari mavzusi, xalq ijodi, turli xalqlar musiqasi qiziqtiradi,
kompozitorlar ijodi, xalq qahramonlari aks etgan asarlar kasb etadi. Musiqaning ifoda vositalari –
sur’at, dinamika, registr, lad haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar. Oddiy musiqa shakllari bilan
tanishadilar.
Asta-sekin musiqa takrorlanish, tafovut, variantli o‘zgarish asosida rivojlanishi haqida
tasavvur hosil qiladilar. O‘quvchilarga musiqiy obrazning rivojlanishini tushuntirish maqsadida
uning grafik yozuvidan foydalanish mumkin. Masalan: - oddiy uch qismli shaklda musiqiy
obrazning rivojlanish yo‘li shunday ifodalanadi
Mazkur shakllar orqali o‘quvchilar “band-naqorat” kabi kuy bo‘laklari haqida tasavvur
hosil qilishlari mumkin.
1
G.M.Sharipova, G.T.Tojiyeva. Musiqa metodikasi. Toshkent 2012. 206-bet.
n
a
q
or
at
b
a
n
d
n
a
q
or
at
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1351
Oddiy musiqa shakllarini o‘zlashtirgandan so‘ng bolalar variatsiya, rondo, syuita kabi
musiqa janrlari bilan tanishadilar. Bunda ham chizma yaxshi yordam beradi. Variantlik asosida
musiqaning rivojlanishini ifodalash uchun bir turdagi shaklchalarning turli rangdagi yoki naqshlar
ko‘rinishini keltirish mumkin
O‘smirlarda insonnnig ichki murakkab dunyosi his-tuyg‘u, kechinmalari, sevgi-muhabbat
obrazlari, qahramonlik va satira kabi jiddiy muammolar aks etgan asarlar, buyuk musiqa
ijodkorlari hayoti qiziqish uyg‘otadi. Uslubi, janri, shakl-hajmidan qat’iy nazar muhim ijtimoiy
mavzular, masalan, chuqur falsafiy g‘oyalar, orzu va baxtsaodat uchun kurash, ilk muhabbat dardi,
sog‘inch kabi insoniy histuyg‘ular ifodalangan musiqa o‘smirlarga katta hissiy ta’sir o‘tkazadi va
ularni jiddiy fikrlashga undaydi. Musiqiy idrokni rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biri –
o‘smirlarda musiqiy dramaturgiya haqida tushunchalar, tasavvurlar hosil qilish. Bu tasavvurlar
asosan yirik shaklli musiqa asarlari bilan tanishish jarayonida hosil qilinadi. Dasturga kirgan
T.Qurbonovning «Shiroq» baleti, Ulug‘bek Musaevning «To‘maris» baleti, T.Jalilovning «Tohir
va Zuhra» operasi, S.Yudakovning «Mirzacho‘l» vokal-simfonik syuitasi, Betxovenning
«Qahramonlik», V.A.Mosartning «40» simfoniyalarini tinglab o‘zlashtirish jarayonida
o‘quvchilar bu asarlarda aniq ifodalangan musiqiy obrazlar va ularning to‘qnashuvlari,
ziddiyatlari, kurashlari orqali ijodkorlar murakkab hayot janrlari, insonlar xarakteri, dramalari,
katta g‘oyalarni aks ettirganlarini bilib oladilar.
Mazmuni murakkab bo‘lgan yirik musiqa asarlarini diqqat bilan tinglash, asarning
g‘oyasini tushunishga o‘rgatish o‘qituvchidan mahorat kasb etadi. Shu bilan birga har bir o‘quvchi
o‘zinnig shaxsiy va musiqiy tajribasidan kelib chiqqan holda, musiqiy-ijodiy qobiliyatlariga qarab
musiqani idrok etadi. O‘quvchilarda musiqa tinglash, musiqa idroki, malakalarini rivojlantirish bir
qancha qonuniyatlarga asoslanadi:
1. O‘quvchilarni musiqani diqqat bilan tinglashga, musiqa «oqimini» kuzatishga o‘rgatish
lozim. Tinglash faol bo‘lishi uchun uni tashkil etish va boshqarish talab etiladi.
2. Musiqa tinglash maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
3. Bolalarda musiqaga nisbatan hissiy munosabatni shakllantirish. Buning uchun darsda
qo‘llaniladigan asarlar badiiy jihatdan yetuk bo‘lishi, yorqin obrazli, qiziqarli, mazmunan
bolalarga yaqin, bolalar ehtiyojlariga javob berishi lozim.
4. Berilayotgan material bolalar yoshiga mos bo‘lishi va puxta o‘zlashtirilish kerak. Puxta
o‘zlashtirilgan asargina musiqiy dunyoqarashni kengaytiradi, didni shakllantiradi, idrokni
rivojlantiradi.
O‘quvchilarda musiqa tinglash ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari
O‘quvchilarda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda, musiqa idrokini rivojlantirish murakkab vazifa.
O‘quvchi musiqani butunligicha umumiy xarakter, kayfiyat sifatida idrok etadi. Ular
«g‘amginquvnoq», «chaqqon-sekin», «baland-past», marsh, qo‘shiq, raqs kabi kontrast obrazlarni
yengil farqlaydilar, ammo shu bilan bir qatorda asarni doimo ham boshidan oxirigacha hayollarini
buzmasdan tingla olmaydilar. Ko‘pincha asarning boshlang‘ich taktlarinigina tinglab, davomini
eshitmaydilar. Shuning uchun asarni boshidan oxirigacha tinglash va idrok etishga o‘rgatish
o‘qituvchining asosiy vazifalardan biridir. «Musiqada har daqiqada o‘zgarish sodir bo‘ladi,
tovushlar qaytariladi, o‘zgaradi, tovushlar turli kayfiyatlarga birlashadi» degan fikrni bolalar
tushunishlari lozim. Bunda musiqa ifoda vositalarining bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi katta
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1352
yordam beradi: asar qanday jaranglayapti, bu kayfiyat qanday vositalar orqali berilgan? – degan
savollarga javob berish uchun o‘quvchilar kuyning harakatiga, xarakteriga, ritmik ko‘rinishi
tempi, dinamikasiga (keyinchalik ladiga) quloq solishlari lozim.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar asosan xalq musiqasining ommaviy janrlariga kiruvchi
«Dilxiroj», «Do‘loncha», «Chertmak», «Ufor», «Asp bo‘laman», «Gulnoraxon», «Qashqarcha»,
«Qo‘shtor», «Oromijon», «Qora soch», «Norim-norim», «Lazgi» kabi ko‘plab asarlarni
yakkanavoz, cholg‘u dastalari va orkestr, hamda xor jamoasi ijrosidagi variantlarda tinglaydilar.
Musiqiy asarlarni tinglash, idrok etish, mazmuni va kayfiyatini anglash jarayonida o‘qituvchi
o‘quvchilarga yordam berishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilarni tinglanayotgan asarga hissiy tayyorlaydi;
o‘quvchida madaniyatli tinglovchi malakalarini shakllantiradi;
musiqaning mazmuni, ifoda vositalarini oddiy tahlil qilishga o‘rgatadi;
musiqa haqida fikr yuritish, asarga estetik baho berish ko‘nikmalarini hosil qiladi;
o‘tilgan asarlarni jaranglashidan tanib eslashni, asarning nomi va kompozitorlarining
nomlarini bilishni. Tinglashdan oldin bolalar diqqatini jamlash, faollashtirish uchun o‘qituvchi
o‘quvchilar oldiga ularning musiqiy tayyorgarligi darajasidan kelib chiqqan holda turli vazifalar
qo‘yishi mumkin.
Masalan:
1. «Hozir siz uncha katta bo‘lmagan musiqiy asar, musiqiy pesa tinglaysiz. Siz bu asarga
nima deb nom bergan bo‘lardingiz?»
2. «Siz M.Mirzaevning «Bahor valsi» asarini tinglaysiz. Musiqani eshiting va o‘ylab
ko‘ring – nima uchun asar shunday nomlanadi?»
3. «Musiqani diqqat bilan eshiting va ayting – asarda bir kayfiyat aks etadimi yoki bir necha
kayfiyat berilganmi?» Bunday vazifa – savollar bolalarda musiqani tinglash hohishini uyg‘otadi,
musiqiy idrokni faollashtiradi. Bolalar asar mazmuni, musiqiy nutq vositalarining ifodaviyligini
anglashga harakat qiladilar.
Musiqa idrokini hissiy jihatdan faollashtiruvchi va boyituvchi metodlar quyidagilar:
- bolalarga tanish bo‘lgan asarni yangi ijroda, yangi talqinda berish;
- turli talqin va ijro usullarida berilgan bir asarning o‘zini taqqoslash (masalan, «Chamanda
gul» asarining dutorchilar ansambli hamda xor ijrosidagi talqini, o‘zbek xalq kuyi «Chertmak»
ning yakka dutor hamda dutorchilar ijrosida va hk.);
- o‘qituvchining jonli ijrosi;
- o‘qituvchining kirish so‘zi;
- yuqori sifatli audio va CD yozuvlaridan foydalanish;
-cholg‘u asarlarining musiqiy mavzularini lokalizatsiya qilib kuylash.
Darsda musiqiy asarni o‘rganish bosqichlari.
Musiqa idroki musiqiy asarni o‘rganish
jarayonida rivojlanadi va bu jarayon to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: o‘qituvchining kirish so‘zi,
musiqiy asarni birinchi bor tinglash, musiqa tahlili, qayta tinglash. Bu bosqilarni alohida ko‘rib
chiqamiz.
O‘qituvchining kirish so‘zi
– qisqa, emotsional, qiziqarli bo‘lib, asosiy maqsad –
bolalarning diqqatini tinglanadigan asarga jalb etish, unga qiziqish uyg‘otish. Kirish so‘zi bolalar
yoshi, dars mavzui va dastur vazifalariga bog‘liq. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi o‘z kirish
so‘zida bolalarga kompozitor haqida, asar mazmuni haqida qisqacha so‘zlab berishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1353
Ba’zida esa kirish so‘zi bir necha savollardan iborat bo‘lib, bolalar idrokini faollashtirish, ularda
musiqani tinglash hohishini hosil qilishi lozim (yuqoridagi matnga qaralsin).
Balet yoki operalardan namunalar tinglanar ekan, syujetni to‘liq so‘zlash shart emas,
chunki, birinchidan, ko‘p vaqt talab etiladi, ikkinchidan, bolalarga syujet voqealari har doim ham
ohirigacha tushunarli bo‘lavermaydi (masalan, «Maysaraning ishi», «Ruslan i Lyudmila»).
Shuning uchun syujetning asosiy g‘oyasini keltirish bilan chegaralanish mumkin. Operadan
tinglanadigan qo‘shiq yoki ariya matnini oldindan o‘qib berish ham maqsadga muvofiq.
Agar baletdan raqslar tinglanadigan bo‘lsa, (masalan T.Qurbonovning «Shiroq»,
U.Musaevning «To‘maris» baletidan) o‘qituvchi raqslar sahnada qanday holatda ijro etilishi
haqida so‘zlab beradi. Gramyozuv orqali tinglanadigan yirik cholg‘u asarlariga bolalar e’tiborini
jalb etish maqsadida o‘qituvchi avval shu asardagi asosiy mavzularni chalib ko‘rsatib berishi
asarning yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi (V.A.Mosartning 40-simfoniyasi,
M.Mahmudovning «Muxammas va ufor» asari). Asar kompozitori, bastakori haqidagi bayon
mazmuni aniq o‘ylab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ko‘pincha o‘qituvchi ijodkorning hayoti bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sanalar haqida ma’lumot beradi. Bu sanalarning hammasini bolalar eslab
qolmaydilar. Va bu unchalik muhim emas. Muhimi bolalarga, masalan, Hoji Abdulaziz
Abdurasulovning bir necha bor sharq mamlakatlari bo‘ylab qilgan sayohatlaridan olgan
taasurotlari natijasida «Cho‘li Iroq», «Jazoir» kabi xalq sevgan asarlarni yaratganligi,
Yu.Rajabiyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi darajasiga o‘sib yetgan yagona
san’atkor ekanligi kabi ijodkor hayotidagi yorqin lavhalarni yetkazishdir.
Musiqiy asarni tinglash
– bolalarni musiqani tinch, gaplashmasdan tinglashga o‘rgatish
birinchi galdagi vazifa. Asar boshidan oxirigacha ifodali, badiiy ijroda gramyozuv orqali yoki
o‘qituvchi ijrosida ko‘rsatiladi. Musiqa jaranglayotgan paytda o‘qituvchining o‘zi ham musiqani
berilib tinglashi, ko‘rsatmalar bermasligi, yozuv-chizuv ishlari bilan shug‘ullanmasligi lozim,
ya’ni musiqiy asarni o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda tinglaydi.
Musiqa tahlili
– musiqa tinglashdan olingan hissiy ta’sirni chuqurlashtirish vazifasiga
qaratilgan. Bu murakkab va o‘qituvchidan mahorat talab etadigan bosqich. Asarni tushunish va
his etish bir narsa emas. Tahlil ko‘pincha hissiy idrokka halal ham berishi, tinglashni susaytirishi
mumkin. Asar ifoda vositalari mazmundan ajralgan holda ko‘rib chiqilsa, shunday bo‘ladi
2
.
Musiqa mazmunini so‘z bilan ifodalash qiyin. Shunga qaramasdan musiqiy obrazning
umumiy hislatlarni aks ettiruvchi so‘zlarni topish mumkin. Bunday so‘zlarni topish zaruriyati
(vazifasi), bolalarni nafaqat asarni diqqat bilan tinglashga, balki uni tushunishga undaydi.
Bolalarning musiqiy tajribasi, so‘z boyligi ortib borgan sari, ular musiqiy asarga nozikroq, aniqroq
tavsif bera oladilar. O‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish maqsadida o‘qituvchi bir qator
usullardan foydalanishi mumkin. Masalan, doskaga yozilgan tavsiflar ichidan tinglangan asarga
mos keluvchi so‘zlarni tanlab olish, asarning shaklini yoki janrini kartochkalar yordamida aniqlash
va hk…
Musiqa savodini egallab olgan sari o‘quvchilar musiqa tahlili jarayonida o‘z bilimlarini
qo‘llay boshlaydilar. Shuni aytish lozimki, tahlil turli sinflarda turlicha savollarni yoritishga
qaratilgan. 1-2-sinflarda tahlil jarayonida quyidagilar yoritiladi:
2
D.Soyipova. Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi.142-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1354
1) musiqaning mazmuni, kayfiyati, xarakteri;
2) musiqa janri.
3-4-sinflarda suhbat quyidagi savollar yuzasidan o‘tkaziladi:
1) mazmun va xarakter;
2) musiqiy janr;
3) musiqa qanday o‘zgaradi;
4) musiqiy shakl
3
.
5-7-sinflarda tahlil chuqurlashadi:
1) xarakter mazmunga bog‘liqligi;
2) musiqiy janrlar; vokal-simfonik syuitalar, operalar,
oratoriya, simfoniya, balet, mumtoz musiqa janrlari va hk.
Musiqa tahlili asosida o‘quvchilarning musiqaga kirib borishi, asosiy musiqiy
qonuniyatlarni tushunib yetishlari bosqichma-bosqich, tizimli ravishda hosil bo‘ladi.
Qayta tinglash
– o‘quvchilar musiqani to‘laroq idrok etishlari, asarni eslab qolishlari,
asarni yoqtirib qolishlari uchun bir necha bor qayta tinglash maqsadga muvofiq, chunki bir marta
tinglangan asar darrov bolalarga yoqadi, hamma bolalar tomonidan yetarli darajada emotsional
qabul qilinadi, deb ayta olmaymiz. Birinchi taassurot ko‘pincha noaniq bo‘ladi. Musiqiy asar
o‘quvchi bolaning musiqiy tajribasiga aylanishi uchun uni bir necha bor qayta tinglash (uch-to‘rt
marotaba, bir necha darslar davomida) lozim bo‘ladi. Har bir qayta tinglash jarayoni idrokni
boyitishi, musiqiy obraz tasavvurini chuqurlashtirishi va asarning esda qolishini ta’minlashi lozim.
Musiqiy obrazlarni taqqoslash – qiyoslash metodi bolalarda musiqa idrokini
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu metoddan oqilona foydalanish bolalarning musiqiy-
eshituv qobiliyatlarini o‘stiradi. Avval kontrast asarlarda farqlarni anglash, keyinchalik kayfiyati
bir xil bo‘lgan asarlarda nozik o‘xshashliklarni his etishlariga yordam beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘quvchilarda musiqa idrokini rivojlantirish o‘qituvchidan
turli metod va usullardan oqilona foydalanishni talab etadi. Musiqa qonuniyatlari, musiqa san’ati
xususiyatlari oddiy janrlardan murakkablariga qarab bosqichmabosqich o‘zlashtirilishi
ta’minlanishi musiqaning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytiradi.
REFERENCES
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Madaniyat va san’at sohasini
yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni. -Toshkent:
2022 yil 2 fevral
2
Mirziyoev Sh.M. Xalqimizning ma’qullashi faoliyatimizga berilgan yuksak bahodir. -
Toshkent: O'zbekiston. NMIU. 2-jild 2018. -B. 448
3
G.M.Sharipova, G.T.Tojiyeva. Musiqa metodikasi. Toshkent 2012. 206-bet.
4
“Kitobi dada qurkut” – turkiy xalqlarning XII-XV asrlarda yaratilgan qahramonlik
qo‘shiqlari to‘plami.
5
Karamatov F. “O‘zbek xalqining musiqiy merosi”. - Toshkent: 1978 yil.
6
D.Soyipova. Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi.142-bet.
3
D.Soyipova. Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi.142-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1355
7
Djalilova D. THE ESSENCE OF THE DEVELOPMENT OF HERMENEUTIC
COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS //Models and methods
in modern science. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 213-216.
8
Rizaev Sh. O‘zbek dramaturgiyasi va teatrining asoschisi // Teatr, 2006, 1-son . - B.10-12.
9
Ziyonet.uz
