64
SUG’URTA FONDLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNING
SHAKLLANISHI
Djurabayeva Ruxshona Tòychiboy qizi
Jizzax viloyati yuridik texnikum òquvchisi.
e-poshta:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11126710
Annotatsiya.
Ushbu tezisda sug’urta fondlarini tashkil etish manbalari, ularni tashkil etish
va foydalanish blan bog’liq atamalar, fond mablag’larining ishlatilishi va sug’urta fondlarining
turlarining nazariy va uslubiy asoslari hamda ularning amaliy jihatlari haqida bir qancha
ma`lumotlar berib o`tilgan.
Kalit so`zlar:
sug’urta himoyasi, sug’urta manfatdorligi, sug’urta javobgarligi, qayta
sug’urta qilish, o’zaro sug’urta qilish, sug’urta vakillari, sug’urta guvohnomasi, sug’urta
qoplamasini oluvchi, sug’urtaviy baholash, sug’urta ta'minoti.
ORGANIZATION OF INSURANCE FUNDS AND THEIR FORMATION
Abstract.
In this thesis, some information is provided about the sources of insurance fund
organization, the terms related to their organization and use, the use of fund funds, the theoretical
and methodological basis of the types of insurance funds, and their practical aspects.
Key words:
insurance coverage, insurance benefits, insurance liability, reinsurance,
mutual insurance, insurance representatives, certificate of insurance, underwriter, insurance
appraisal, insurance coverage.
ОРГАНИЗАЦИЯ СТРАХОВЫХ ФОНДОВ И ИХ ФОРМИРОВАНИЕ
Аннотация.
В данной дипломной работе даются некоторые сведения об
источниках создания страховых фондов, условиях, связанных с их созданием и
использованием, использовании фондов фондов, теоретических и методологических
основах видов страховых фондов, а также их практических аспектах. . ``поднят.''
Ключевые слова:
страховая защита, страховые выплаты, страховая
ответственность, перестрахование, взаимное страхование, страховые представители,
страховой сертификат, получатель страховой защиты, страховая оценка, страховое
обеспечение.
Sug’urta munosabatlarini o’rnatishda sugúrta fondlarini tashkil etish birlamchi zaruriyat
hisoblanadi. Chunki, sug’urtalovchining moliyasi sug’urta himoyasi bo’yicha xizmat ko’rsatish
faoliyatini ta'minlaydi. Shu sababli sug’urtalovchi sug’urta fondi mablag’larini shakllantiradi va
65
tashkil etilgan fond mablag’larini sug’urtalanuvchilar zararlarini qoplash, sug’urta ishini tashkil
qilish bo’yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi.
Bundan tashqari, bozor sharoitida, sug’urtalovchi sug’urta fondining bir qismi va o’z
mablag’lari hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Bundan ko’rinib turibdiki,
sug’urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo’jaligining boshqa sohalari korxonalariga nisbatan
ancha murakkabdir.
Sug’urta tashkilotining pul aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o’z ichiga oladi: sug’urta
himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi va sug’urta ishini tashkil qilish bilan bog’liq pul aylanmasi.
Bunda sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi ikki bosqichni bosib o’tadi: birinchi
bosqichda sug’urta fondi shakllanadi va taqsimlanadi, ikkinchi bosqichda sug’urta fondi
mablag’lari foyda olish maqsadida investitsiya qilinadi.
Sug’urta fondi sug’urta tarifi bo’yicha aniqlanadigan va manbasi sug’urtalanuvchilar
tomonidan to’lanadigan sug’urta badallari hisoblanadi. Kutilayotgan va haqiqatdagi zarar
o’rtasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan nomutanosiblik, avvalo, tarif tuzilishiga ma'lum talablarni
qo’yadi: uning asosiy qismi (netto-stavka)ga haqiqiy zararni kutilganidan bo’lishi mumkin bo’lgan
ehtimolli farqini aks ettiruvchi tavakkal ustamasi qo’shiladi. Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy
majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar
bo‘yicha taqsimlaydilar.
Sug‘urtalovchi tomonidan tashkil qilingan sug‘urta fondi o‘zining majburiyatlarini
bajarishga yetarli bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa, sug‘urtalovchining moliyaviy
barqarorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Mablag‘lar aylanishining tavakkal xarakteridagi
sharoitlarda sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga ehtiyoj zararni
qoplashni kengaytirishga asoslangan qayta sug‘urtalash usulini vujudga keltirdi. Bozor sharoitida
sug‘urta tashkilotlarining faoliyati o‘z xarajatlarini qoplashnigina emas, balki foyda olishni ham
ko‘zda tutadi.
Sug‘urta tashkiloti sug‘urta operatsiyalaridan katta foyda olishga intilmasligi lozim, aks
holda bu bilan sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ekvivalentlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlarida «foyda» iborasi shartli
qo‘llaniladi, sug‘urta tashkilotlari milliy daromad yaratmaydilar, balki faqatgina uni qayta
taqsimlashda ishtirok etadilar.
Sug‘urta operatsiyalaridan olingan foyda deganda shunday ijobiy moliyaviy natija
tushuniladiki, unda sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortiq
bo‘ladi. Sug‘urta tashkiloti uchun foyda olishning asosiy manbai bo‘lib investitsion faoliyat
66
hisoblanib, u sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismini tijorat maqsadlarida foydalanish orqali
amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatining maqsadi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar
ko‘rsatish, investitsion faoliyatning maqsadi esa, foyda olish bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri
bilan uzviy bog‘liqdir.
Bir tomondan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbai sug‘urta fondi hisoblansa,
ikkinchi tomondan, investitsiya faoliyatidan olingan foyda sug‘urta operatsiyalarini, zarar bilan
ishlovchi sug‘urta turlariga dotatsiyalar, kadrlar tayyorlash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish
va boshqalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlari ham alohida
xo‘jalik subektlari hisoblanar ekanlar, ular ham o‘z xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus
sug‘urta va boshqa fondlarni shakllantiradilar, jumladan nizom va amortizatsiya fondlari.
Aksionerlik sug‘urta kompaniyalari nizom fondining egalari hisoblanadilar (ta’sischilar
tomonidan berilgan mulk, jumladan aksiyalarni sotishdan olingan daromadlar).
Mamlakatimizda qabul qilingan tartib bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari nizom fondining 20
% idan kam bo‘lmagan rezerv fondini yillik sof foydaning 5 % idan kam bo‘lmagan miqdordagi
ajratmalar qilish orqali shakllantirishlari lozim. Sug‘urta tashkilotlari tizimi faoliyatida quyidagi
fondlardan foydalaniladi:
nizom fondi;
amortizatsiya fondi;
joriy tushumlar fondi;
sug‘urta turlari bo‘yicha zahira fondlari tizimi;
sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha rezerv fondlari;
oldini olish tadbirlarini moliyalashtirish fondi;
mehnatga haq to‘lash fondi;
iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari (sug‘urtani rivojlantirish fondi va ijtimoiy-madaniy
tadbirlar fondi).
Zahira fondlarni shakllantirishga zarurat sug‘urtaning xususiyatli belgilaridan biri bo‘lgan
zararni vaqtlar bo‘yicha qoplash bilan asoslanadi. Sug‘urta hodisalarining to‘satdan ro‘y berishi
sug‘urtalovchining mablag‘larini noqulay davrlarda zarar ko‘rgan xo‘jaliklarga yordam ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qulay davrlarda jamg‘arishni talab etadi.
Zahira fondlarini shakllantirishdan maqsad sug‘urta operatsiyalari moliyaviy
barqarorligining ta’minoti hisoblanadi, shakllantirish manbai esa
67
– barcha to‘lovlar tushumlar bo‘yicha netto-stavkaning ishlatilmagan qismi hisoblanadi,
vaholanki sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lashga qoplamalar sug‘urta
xizmatining bahosi
– tarif - aynan netto-stavka mo‘ljallangan. Joriy qulay yilda bevosita maqsad yo‘nalishida
sarflanmagan
to‘lovlarning
netto-stavka
qoldiqlari
yildan-yilga
sug‘urtalovchining
sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarishga joriy to‘lov tushumlari yetmaydigan
noqulay yil kelguncha jamg‘arilib boradi.
Zahira fondlarining zaruriy hajmi sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligini
ta’minlashning obektiv talablari bilan asoslanadi. Bundan kelib chiqib, qayta sug‘urtalash sug‘urta
portfelini moliyaviy barqarorligini oshirish va tavakkalchiliklarni tenglashtirish imkonini beradi,
uni qo‘llash zahira fondlari hajmini sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Qayta sug‘urtalash
qanchalik kuchli rivojlangan bo‘lsa, sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligini shunchalik
kam zahira fondlari bilan ta’minlash mumkin.
Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha zahira fondlari muhim xarakter kasb etadi.
Sug‘urtaning uzoq muddatli turlarida badallarning asosiy qismi sug‘urta shartnomasi muddati
tugagandan so‘ng to‘lanish uchun uzoq davr davomida jamg‘arilib boradi. Shu sababli
sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha zahira fondlarini badal (to‘lov) rezervlari deyiladi.
Badal rezervlarining asosiy shakllanish manbalari netto-stavkaning jamg‘arma elementi
hamda investitsiya faoliyatidan olingan foyda hisoblanadi.
Xulosa shuki uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha badallar rezervi sug‘urtalovchining
investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Bu ularni uzoq muddat va katta
hajmda saqlanishi bilan asoslanadi. Badallar rezervi mablag‘laridan tijorat maqsadlarida keng
foydalanish sug‘urtalovchiga kelasi davr daromadlarini, tarif stavkasini kalkulyatsiya qilishda
hisobga olish yo‘li bilan sug‘urta badallarini pasaytirish imkonini beradi.
REFERENCES
1.
https://kutubxona.samduuf.uz/download/5264
2.
https://tiyin.uz/uz/news/sugurta-tarixi.html
3.
Малышенко А.В. Правовое регулирование экологического страхования в
Российской
4.
Бажайкин А.Л. Экологическое страхование: теория, практика правового
регулирования: Дисс. канд. юрид. наук. – . – М., 2002. – С.114.
5.
68
6.
O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 28 maydagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi
qonuni (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan);
7.
X.M.Shennayev, I.K.Ochilov, S.E.Shirinov, I.G`.Kenjayev “Sug'urta ishi” Toshkent-
2014;4
