Authors

  • Rushana O’razliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32814

Abstract

This article talks about the special features of the legal regulation of the labor of domestic workers, types of domestic farming.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

717

KASANACHILARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA

SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O’razliyeva Rushana Abduvahob qizi

Navoiy viloyati yuridik texnikumi

Telefon: +998918560510

Orazaliyevarushana@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.11214885

Annotatsiya.

Ushbu maqola

kasanachilik, kasanachilik turlar kasanachilarning mehnatini

huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Kasanachilik, kasanachilik turlari, do’ppido’zlik, temirchilik, atlas va adraz

to’qish, milliy taqinchoqlar yasash, kandakorrlik.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LEGAL REGULATION OF THE WORK OF

HOMEWORKERS

Abstract.

This article talks about the special features of the legal regulation of the labor

of domestic workers, types of domestic farming.

Key words:

Homemaking, types of homemaking, hat making, blacksmithing, atlas and

adraz weaving, making national jewelry, kandakorry.

ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА НАМОДНИКОВ

Аннотация.

В данной статье говорится об особенностях правового

регулирования труда поселенцев, видах приусадебных хозяйств.

Ключевые слова:

Домашнее хозяйство, виды домашнего хозяйства, шляпное дело,

кузнечное дело, плетение атласа и адраза, изготовление национальных украшений,
кандакорры.

Hozirga kunda iqtisodiy adabiyotlarda kasanachilik va uning mazmuni, uni yuritishning

oʼziga xos xususiyatlarini asoslab berishga xarakat qilingan bir qancha qarashlar mavjud. Baʼzi
adabiyotlarda kasanachilikga “uy ishi” tushunchasi deb ta’rif beriladi.

Mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs (kasanachi) tomonidan o‘z yashash joyi

bo‘yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan yoki kasanachi tomonidan
ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab
chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan ish kasanachilik hisoblanadi.

O‘n olti yoshga yetgan shaxs kasanachi bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamonda aholini samarali bandligini taʼminlash, yalpi ichki mahsulot hajmini

koʼpaytirish va oila byudjeti daromadini oshirish muammosini hal etishda kasanachilikni oʼrni
beqiyosdir.

Kasanachilik yurtimizda fuqarolarni, birinchi navbatda xotin-qizlarni, ayniqsa koʼp

bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni
ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.

Yirik sanoat korxonalarida boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoatkor

xonalari bilan kasanachilik oʼrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirishning asosiy maqsadi aholining
ish bilan band boʼlmagan qismini ish bilan taʼminlash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini
rivojlantirish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirishdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

718

Kasanachilik amalga oshirish uchun kasanachida bino yoki turar joy mavjud bo’lsa uning

faoliyatiga ruhsat beriladi.

Quyidagilarni talab qiladigan ishlarni kasanachi tomonidan (xizmatlarni) bajarishiga yo‘l

qo‘yilmaydi:

-qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun

litsenziya;

-uyda kuch ishlatilanadigan, ko‘p energiya sarflanadigan va texnik jihatdan murakkab

asbob-uskunalardan, shuningdek xavfli kimyoviy vositalardan foydalanishni;

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash

jarayonlari jadal surʼatlar kechayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman aholining ijtimoiy
muhofaza qilishni, jumladan, korxonalar negizida kasanachilikni tashkil etish va ularni faoliyatini
rivojlantirish ularni muhofaza qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi.

Bunday oʼzgarishlar fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi

tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy muhofaza qilish boʼyicha
koʼproq kuch sarflanishini: ishsizlikdan, inflyatsiyadan, kasanachilik orqali aholini ish bilan
bandligining va boshqa iqtisodiy koʼrsatkichlarini yuqori bosqichlarga olib chiqadi.

Aholining kasanachilik bilan shug’illanmoqchi bo’lgan qismi bilan ham mehnat

shartnomasi tuziladi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida mehnat vazifasi, mehnatga haq
to‘lash, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish, kasanachi tomonidan o’z
vazifalarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xomashyo,
materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi, kasanachining aybiga bilan materiallar,
uskunalar, asboblarning buzilishi, va mahsulotning to‘liq yoki qisman yaroqsizligi bilan bog‘liq
moddiy zararning o‘rnini ish beruvchiga qoplash shartlari kiritiladi.

Kasanachi ishlab chiqarish topshirig‘ining qancha vaqt talab qilishiga qarab mehnat

shartnomasidagi shartlardan kelib chiqqan holda o‘zi uchun ish vaqti davomiyligini, ish jadvalini
va tartibini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

Kasanachining yillik mehnat ta’tili davomiyligi yigirma bir kalendar kundan kam

bo‘lmasligi kerak. Kasanachiga to’lanadigan ish haqi kasanachi mehnat normalarini va mehnat
majburiyatlarini bajarsa, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va biron-bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi.

Kasanachilikning turlari:
1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas va adras to‘qish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish
9. Qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

719

12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish

REFERENCES

1.

Mehnat kodeksi

2.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ”O’rindoshlik asosida hamda
bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risida’’gi nizomi

3.

www.lex.uz

References

Mehnat kodeksi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ”O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risida’’gi nizomi

www.lex.uz